2
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. O‗zbekiston mustaqillikka erishganidan so‗ng, respublika
ma‘daniy hayotida o‗ziga xos ma‘naviy muhit maydonga keldi.Bu jaroyonda ijod
ahlining o‗tkir so‗zi alohida ahamiyat kasb etishi haqida O‗zbekiston
Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov: ―Barchamizga a‘yonki, XXI
asr intellektual salohiyat, tafakkur va ma‘naviyat asri sifatida insoniyat oldida
yangi-yangi ufqlar ochish bilan birga, biz ilgari ko‗rmagan, duch kelmagan
bugungi jiddiy muammolarni ham keltirib chiqarmoqda.
Bugungi murakkab va
tahlikali zamonda yozuvchining bashariyatning ertangi kunini o‗ylab, odamlarni
ezgulikka, insof-diyonatga, mehr-oqibatga qaratilgan haroratli so‗zi har
qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda ―,- deb ta‘kidlaydi
1
. Mustaqillik
tufayli ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida ulkan o‗zgarishlar yuz berdi.
Ayniqsa, ma‘naviyat sohasida misli ko‗rilmagan ishlar amalga oshirildi. Uzoq tarix
va boy an‘analarga ega bo‗lgan madaniy merosimiz o‗z tabiiy sarchashmalari
asosida o‗rganilishga barcha imkoniyatlar yaratildi. Xalq og‗zaki ijodi, uzoq asrlik
mumtoz adabiyotimiz va jahon adabiyoti durdonalari bilan erkin tanishish
natijasida adabiy jaroyonda katta yuksalishlar yuzaga keldi.
Tarixiy tajribalardan
foydalanish, jahon erishgan adabiy-estetik tuyg‗ularni o‗zlashtirish, yangi davr,
xususan, mustaqillik davri adabiy jaroyonining asosiy fonemenini belgilab
berishga xizmat etdi. Ijod olamidagi an‘analar, tajribalar va yutuqlar keyingi
davrlar o‗zbek adabiyotining erkin taraqqiy etishiga poydevor bo‗lib xizmat etdi.
Ma‘lumki,
ma‘naviyat,
axloq,
estetik
tuyg‗uni
shakllantirishda
adabiyotchalik xizmat etadigan vositaning o‗zi yo‗q desak, xato qilmagan
bo‗lamiz.
Shu bois qadimdan, adabiyotga, badiiy so‗z san‘atiga e‘tibor nihoyatda
katta bo‗lib kelgan. Birgina badiiy so‗zning qimmati haqidagi sharq va g‗arb
allomalarining, arbob-u siyosatdonlarning, faylasuf-u ijodkorlarning aytgan
fikrlarini jamlasak, badiiy adabiyotning nufuzi nihoyatda
ardoqli ekanligini
1
Karimov I.O‗zbekiston XXI asrga intilmoqda.Xalq so‗zi,1999.15-aprel
3
anglashimiz tabiiy.Asrimiz boshidayoq ma‘rifatparvar Cho‗lpon ―Adabiyot
yashasa- millat yashar ― degan shiori bilan adabiyotning millat va xalq taqdiridagi
o‗rnini belgilab berganligini ko‗ramiz. Bunday qarashlarni barcha ma‘naviyat
fidoyilari ta‘kidlab o‗tganlar. Ayniqsa, yangi asr bo‗sag‗asida birinchi
prezidentimiz Islom Karimovning ―Adabiyotga e‘tibor - ma‘naviyatga e‘tibor ―
degan purma‘no, hikmatli so‗zlari badiiy adabiyotning millat, xalq va insoniyat
taqdiridagi asosiy xizmatini ko‗rsatib berdi.
Mamlakatimizda qo‗lga kiritilgan mustaqillikdan so‗ng ko‗plab sohalarga,
xususan, madaniyat va adabiyotni o‗rganishga qiziqish ortdi. Shu jumladan, xorijiy
mamlakatlar tili va adabiyotiga ham e‘tibor kuchaydi. Chunki ―keng miqyosdagi
xalqaro aloqalar jahon madaniyatini
yanada chuqurroq bilish, umuminsoniy
qadriyatlardan bahramand bo‗lish uchun qulay zamin yaratdi ―.
2
Jahon xalqlari
madaniy va ma‘naviy boyliklar bilan tanishish esa, o‗z milliy merosimizni
munosib baholash imkonini beradi. Bu borada adabiyotlarni qiyosiy o‗rganish
ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. Qiyosiy adabiyotshunoslik, avvalo, yozuvchi
adabiy mahoratini tizim shaklida ochib berishga zamin hozirlaydi.
Shuningdek
milliy adabiyotdagi yoki jahon adabiyotidagi mavqeyini belgilash, yozuvchining
o‗ziga xos iste‘dodini, mahoratini va yashirin qirralarini bilib olish uchun boshqa
bir ijodkorning o‗xshash asari bilan qiyoslab o‗rganish ham muhim sanaladi.
Qiyoslash orqali adabiyotning asl maqsadi ochiladi.
Tabiat va jamiyatda, asosan, takrorlanuvchi, bir-biriga o‗xshash yoki o‗z tabiati,
tuzilishi, mohiyati bilan bir-biriga zid (qarama-qarshi) bo‗lgan narsa, hodisalar
qiyoslash obyekti bo‗lib xizmat qiladi. Badiiy adabiyotdagi bu hodisa qiyosiy
adabiyotshunoslik markazida turadi.
Adabiyotshunoslikda ma‘lum bir yozuvchi yoki shoir
ijodini milliy va xalqaro
adabiy an‘analar bilan qiyoslab o‗rganish muhim ilmiy-nazariy ahamiyatga ega.
Chunki shunday qiyoslashlar orqali yozuvchining ijodiy mustaqilligi va uning
2
Karimov.I O‘zbekiston 21 asar bo‘sag‗asida:xavfsizlikka tahdid,barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.-
T.:O‘zbekiston,1997-B.149.
4
milliy, jahon adabiyoti rivojidagi o‗rni anglab yetiladi. Yozuvchi ijodining o‗ziga
xos qirralarini o‗rganishda va anglab yetishda uni boshqa bir ijodkorning o‗xshash
asarlari bilan qiyoslab tahlil qilish muhimdir. Jahon xalqlari bilan iqtisodiy,
madaniy va adabiy aloqalar kundan-kunga rivojlanib borayotgan hozirgi davrda
adabiyotlarni, adabiy oqim, yo‗nalish va yozuvchilar ijodini qiyoslab o‗rganish
ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Bu bizga boshqa (qiyoslanayotgan)
adabiyotnigina emas, o‗z adabiyotimizni
ham yaxshiroq anglashga, uning nozik
jihatlarini ilmiy-estetik tahlil qilishga yordam beradi.
Ma‗lumki, jahon xalqlari o‗rtasida tarixiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy
sohalarda aloqalar, ijobiy o‗zlashtirishlar mavjuddir. Shuning uchun ham bu
jaroyonni tahlil qilish hech qachon o‗z dolzarbligini yo‗qotmaydi,
balki
mamlakatlar o‗rtasida iqtisodiy, madaniy sohalarda integratsiya avj olayotgan XXI
asr sharoitida yanada dolzarb hisoblanadi.