30
2.2.Xalq maqollarida aks etgan tarbiyaviy tushunchalar.
Har bir xalqning o‗ziga xos maqollarini tarjimada berishda o‗ta ehtiyotkorlik
talab etiladi. Chunki tarjimon o‗sha xalq tilini yaxshi
bilishi va anglay olishi
darkor.
Koreys millatiga xos bo‗lgan maqollarning o‗rni beqiyos. Negaki,
maqollarda shu xalqning o‗ziga xos urf-odat va ma‘daniyati aks etgan bo‗ladi
Koreys tilining o‗ziga xos jihati uning ibora va maqollarga nihoyatda boyligidir.
Koreys tilidagi maqollarining lug‗aviy ma‘nosi uzoq o‗tmishga borib taqaladi, bu
ko‗proq xalqning turmush tarzi va urf odatlariga ham qisman bog‗liq.
O‗zbek xalqi ham asrlar davomida yuksak ma‘daniyat shakllanib kelgan
millatlardan biri xisoblanadi.U o‗ziga xos xalq og‗zaki ijodiga ega.Bunda
maqollarning o‗rni beqiyos.Chunki
maqollar millatning tajribasi,uning boshidan
kechirgan voqealarining,o‗y-fikrlarining isboti tarzda namoyon bo‗ladi.Ushbu
ilmiy ishimizda o‗zbek va koreys maqollarini solishtirib chiqdik va o‗zbekcha
maqollarning koreys maqollariga o‗xshash taraflarini aniqladik.
1.Do‗st achitib gapiradi,dushman kuldirib(o‗.m.) -
Kim meni maqtasa - u mening
dushmanim(k.m.).
2. Og‗zi kuygan qatiqni ham puflab ichadi(o‗.m.) - Quyoshdan kuygan buqa
oydan ham hayiqadi(k.m.).
3. Asal aynimaydi,sariyog‗ sasimas(o‗.m.)
- Uy tamalidan yemiriladi, inson
boshidan ayniydi(k.m.).
4.Aytilgan so‗z - otilgan o‗q (o‗.m.) - Otilgan o‗qni qaytarish mumkin, aytilgan
so‗zni qaytarib bo‗lmaydi(k.m.).
5.Uyat – o‗limdan qattiq(o‗.m.) - Uyatchanlik odamni o‗ldiradi(k.m.).
6.
Yomg„irdan qochib, do‗lga tutilma(o‗.m.) - Qochib ketgan quyonni tutaman
deb, tutilganini qochirma(k.m.).
31
7.Bitta qozonda ikkita qo‗chqorning boshi qaynamas(o‗.m.)
- Bir otga ikki egar
o‗rnatib bo‗lmaydi(k.m.).
8.Bo‗ri o‗z hududini ovlamaydi(o‗.m.) - Pichoq o‗z sopini kesmaydi(k.m.).
9.Ko‗r ko‗rni qorong‗uda topadi(o‗.m.) - Bevaning dardini beva tushunadi. (k.m.).
10.O‗z uying o‗lan to‗shaging (o‗.m.) - Baliqqa o‗z ko‗lmagi aziz(k.m.).
11.Qars ikki qo‗ldan chiqadi (o‗.m.) - Bir qo‗l bilan chapak chalib
bo‗lmaydi(k.m.).
12.Afting xunuk bo‗lsa oynadan o‗pkalama(o‗.m.) - Qiyshiq daraxtning soyasi
ham qiyshiq(k.m.).
13.Kambag‗alni tuyani ustida ham it qopadi(o‗.m.)
- Omadsizning tubusiga ham
suyak tusharmish (tubu — soyali tvorog) (k.m.).
14.Odamlar bor tirigida o‗likdir,odamlar bor o‗ligida tirikdir(o‗.m.) - Tirik kuchuk
o‗lik vazirdan afzal(k.m.).
15.Pul – belning kuchi(o‗.m.) - Pul bilan hatto it ham ―janob Vov-vov‖ga
aylanadi(k.m.).
16.Cho‗pon ko‗p bo‗lsa,qo‗y xarom o‗ladi (o‗.m.) - Usta ko‗p joyda devorlar
qiyshiq bo‗ladi(k.m.).
17.Qishni g‗amini yozda ye(o‗.m.) -
Yozda bir kun yallo qilsang, qishda o‗n kun
och qolasan(k.m.).
18.Qulday ishlasang,biyday yeysan (o‗.m.) - Ho‗kizday ishla, lekin sichqonday
ye(k.m.).
19.Eri-xotin urishi – doka ro‗mol qurishi(o‗.m.) - Xotin bilan janjallashish —
pichoqbilan suv kesish(k.m.).
20.Oyning o‗n beshi yorug‗ – o‗n beshi qorong‗u(o‗.m.)
- Baxt egiz yurmaydi,
dard bir o‗zi kelmayd(k.m.)i.
32
Yuqoridagi maqollardan ko‗rinib turibdiki o‗zbek va koreys maqollari
o‗zaro o‗xshash.Bunga sabab esa har ikki davlat tarixi va madaniyati o‗zaro
mushtarakligidadir.Keltirib o‗tilgan maqollar mamlakatlar fuqarolarining ongi va
tafakkurini o‗zida jamlagan.Bu hikmatlardan ta‘lim
jarayonida tarbiyaviy
maqsadlarni amalga oshirishda foydalanish maqsadga muvofiqdir.O‗quvchilar
hikmatlarni solishtirib,zaruriy xulosalar chiqarishi va hayoti davomida foydalanishi
mumkin.
Dostları ilə paylaş: