Kirish I bob. O„zbek va koreys adabiyotining rivojlanish bosqichlari



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/18
tarix23.05.2022
ölçüsü1,01 Mb.
#59014
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
ўзбек ва корейс адабиётида тарбиявий масалалар




 
 
KIRISH………………………………………………………………………….....2 
I BOB.O„zbek va koreys adabiyotining rivojlanish bosqichlari. 
1.1.O„zbek adabiyotining shakllanish tarixi…………………………………….7 
1.2.Koreys adabiyotining shakllanish tarixi……………………………………18 
II BOB.O„zbek va koreys adabiyotida g„oya va fikrlarning o„xshash jihatlari. 
(“Alpomish” dostoni, “Jumong” dostoni, xalq maqollari va Li Mun 
Yol,O„tkir Hoshimov va boshqa ijodkorlar misolida) 
2.1. “Alpomish” va “Jumong” dostonlarining tarbiyaviy ahamiyati………...21 
2.2.Xalq maqollarida aks etgan tarbiyaviy tushunchalar…………………….30 
2.3. Har ikki davlat zamonaviy adabiyotining ta‟lim tizimida tutgan o„rni…33 
III.BOB.Ishning amaliyotga tatbiqi. 
3.1. “O„qitish” va “O„rgatish” tamoyillari…………………………………….49 
3.2.Ochiq dars ishlanmasi………………………………………………………58 
UMUMIY XULOSA VA METODIK TAVSIYALAR……………..………64 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO„YXATI......................................66 
 
 

 
 



 
Kirish 
Mavzuning dolzarbligi. O‗zbekiston mustaqillikka erishganidan so‗ng, respublika 
ma‘daniy hayotida o‗ziga xos ma‘naviy muhit maydonga keldi.Bu jaroyonda ijod 
ahlining o‗tkir so‗zi alohida ahamiyat kasb etishi haqida O‗zbekiston 
Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov: ―Barchamizga a‘yonki, XXI 
asr intellektual salohiyat, tafakkur va ma‘naviyat asri sifatida insoniyat oldida 
yangi-yangi ufqlar ochish bilan birga, biz ilgari ko‗rmagan, duch kelmagan 
bugungi jiddiy muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. Bugungi murakkab va 
tahlikali zamonda yozuvchining bashariyatning ertangi kunini o‗ylab, odamlarni 
ezgulikka, insof-diyonatga, mehr-oqibatga qaratilgan haroratli so‗zi har 
qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda ―,- deb ta‘kidlaydi
1
. Mustaqillik 
tufayli ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida ulkan o‗zgarishlar yuz berdi. 
Ayniqsa, ma‘naviyat sohasida misli ko‗rilmagan ishlar amalga oshirildi. Uzoq tarix 
va boy an‘analarga ega bo‗lgan madaniy merosimiz o‗z tabiiy sarchashmalari 
asosida o‗rganilishga barcha imkoniyatlar yaratildi. Xalq og‗zaki ijodi, uzoq asrlik 
mumtoz adabiyotimiz va jahon adabiyoti durdonalari bilan erkin tanishish 
natijasida adabiy jaroyonda katta yuksalishlar yuzaga keldi. Tarixiy tajribalardan 
foydalanish, jahon erishgan adabiy-estetik tuyg‗ularni o‗zlashtirish, yangi davr, 
xususan, mustaqillik davri adabiy jaroyonining asosiy fonemenini belgilab 
berishga xizmat etdi. Ijod olamidagi an‘analar, tajribalar va yutuqlar keyingi 
davrlar o‗zbek adabiyotining erkin taraqqiy etishiga poydevor bo‗lib xizmat etdi.  
Ma‘lumki, 
ma‘naviyat, 
axloq, 
estetik 
tuyg‗uni 
shakllantirishda 
adabiyotchalik xizmat etadigan vositaning o‗zi yo‗q desak, xato qilmagan 
bo‗lamiz. Shu bois qadimdan, adabiyotga, badiiy so‗z san‘atiga e‘tibor nihoyatda 
katta bo‗lib kelgan. Birgina badiiy so‗zning qimmati haqidagi sharq va g‗arb 
allomalarining, arbob-u siyosatdonlarning, faylasuf-u ijodkorlarning aytgan 
fikrlarini jamlasak, badiiy adabiyotning nufuzi nihoyatda ardoqli ekanligini 
1
Karimov I.O‗zbekiston XXI asrga intilmoqda.Xalq so‗zi,1999.15-aprel



anglashimiz tabiiy.Asrimiz boshidayoq ma‘rifatparvar Cho‗lpon ―Adabiyot 
yashasa- millat yashar ― degan shiori bilan adabiyotning millat va xalq taqdiridagi 
o‗rnini belgilab berganligini ko‗ramiz. Bunday qarashlarni barcha ma‘naviyat 
fidoyilari ta‘kidlab o‗tganlar. Ayniqsa, yangi asr bo‗sag‗asida birinchi 
prezidentimiz Islom Karimovning ―Adabiyotga e‘tibor - ma‘naviyatga e‘tibor ― 
degan purma‘no, hikmatli so‗zlari badiiy adabiyotning millat, xalq va insoniyat 
taqdiridagi asosiy xizmatini ko‗rsatib berdi. 
Mamlakatimizda qo‗lga kiritilgan mustaqillikdan so‗ng ko‗plab sohalarga, 
xususan, madaniyat va adabiyotni o‗rganishga qiziqish ortdi. Shu jumladan, xorijiy 
mamlakatlar tili va adabiyotiga ham e‘tibor kuchaydi. Chunki ―keng miqyosdagi 
xalqaro aloqalar jahon madaniyatini yanada chuqurroq bilish, umuminsoniy 
qadriyatlardan bahramand bo‗lish uchun qulay zamin yaratdi ―.
2
Jahon xalqlari 
madaniy va ma‘naviy boyliklar bilan tanishish esa, o‗z milliy merosimizni 
munosib baholash imkonini beradi. Bu borada adabiyotlarni qiyosiy o‗rganish 
ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. Qiyosiy adabiyotshunoslik, avvalo, yozuvchi 
adabiy mahoratini tizim shaklida ochib berishga zamin hozirlaydi. Shuningdek 
milliy adabiyotdagi yoki jahon adabiyotidagi mavqeyini belgilash, yozuvchining 
o‗ziga xos iste‘dodini, mahoratini va yashirin qirralarini bilib olish uchun boshqa 
bir ijodkorning o‗xshash asari bilan qiyoslab o‗rganish ham muhim sanaladi. 
Qiyoslash orqali adabiyotning asl maqsadi ochiladi. 
Tabiat va jamiyatda, asosan, takrorlanuvchi, bir-biriga o‗xshash yoki o‗z tabiati, 
tuzilishi, mohiyati bilan bir-biriga zid (qarama-qarshi) bo‗lgan narsa, hodisalar 
qiyoslash obyekti bo‗lib xizmat qiladi. Badiiy adabiyotdagi bu hodisa qiyosiy 
adabiyotshunoslik markazida turadi. 
Adabiyotshunoslikda ma‘lum bir yozuvchi yoki shoir ijodini milliy va xalqaro 
adabiy an‘analar bilan qiyoslab o‗rganish muhim ilmiy-nazariy ahamiyatga ega. 
Chunki shunday qiyoslashlar orqali yozuvchining ijodiy mustaqilligi va uning 
2
Karimov.I O‘zbekiston 21 asar bo‘sag‗asida:xavfsizlikka tahdid,barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.-
T.:O‘zbekiston,1997-B.149. 



milliy, jahon adabiyoti rivojidagi o‗rni anglab yetiladi. Yozuvchi ijodining o‗ziga 
xos qirralarini o‗rganishda va anglab yetishda uni boshqa bir ijodkorning o‗xshash 
asarlari bilan qiyoslab tahlil qilish muhimdir. Jahon xalqlari bilan iqtisodiy, 
madaniy va adabiy aloqalar kundan-kunga rivojlanib borayotgan hozirgi davrda 
adabiyotlarni, adabiy oqim, yo‗nalish va yozuvchilar ijodini qiyoslab o‗rganish 
ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Bu bizga boshqa (qiyoslanayotgan) 
adabiyotnigina emas, o‗z adabiyotimizni ham yaxshiroq anglashga, uning nozik 
jihatlarini ilmiy-estetik tahlil qilishga yordam beradi. 
Ma‗lumki, jahon xalqlari o‗rtasida tarixiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy 
sohalarda aloqalar, ijobiy o‗zlashtirishlar mavjuddir. Shuning uchun ham bu 
jaroyonni tahlil qilish hech qachon o‗z dolzarbligini yo‗qotmaydi, balki 
mamlakatlar o‗rtasida iqtisodiy, madaniy sohalarda integratsiya avj olayotgan XXI 
asr sharoitida yanada dolzarb hisoblanadi.

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin