Ishning tuzilishi va hajmi. Bitiruv malakaviy ishi uch bob, umumiy xulosalar
va foydalanilgan adabiyotlar ro‗yxatidan iborat. Ishning umumiy hajmi 68 sahifani
tashkil qiladi.
7
I BOB.O„zbek va koreys adabiyotining rivojlanish bosqichlari.
1.1.O„zbek adabiyotining shakllanish tarixi.
O‗zbek adabiyoti o‗zining mazmundorligi,tarixiy qimmati bilan ajralib turadi.Ham
nazm, ham nasr,ham publitsistika bu millat asarlarini maroqli mutolaa qilishga
chorlaydi.O‗zbek adabiyoti o‗zining qadimiy ildiziga,rivojlanish bosqichiga
ega.Millat adabiyotining shakllanish tarixidan kelib chiqib uni quyidagi davrlarga
bo‗lib chiqish mumkin.
Milodiy 7 asrgacha:
*. „Avesto― — jahon madaniyatining, jumladan, Markaziy Osiyo va Eron xalqlari
tarixining qadimgi noyob yodgorligidir.
*.Moniylik tavbanomasi. Moniylik qadimgi turkiy xalqlar eʼtiqodida alohida oqim
boʻlib, „Xuastuanift― („Moniylik tavbanomasi―) uning nazariy manbasi va diniy
yodgorligidir. Bu yodgorlik V-VI asrlarda qadimgi uygʻur qavmlarida shakllangan.
*.Oʻrxun-Enasoy obidalari V-VII asrlarda qadimgi turk tilidagi va yozuvidagi
tarixiy yodgorlik sifatida qadrli.
*.Ahmad YassaviyIlk turk mutasavvufi, yassaviylik (jahriylik)tariqatining
asoschisi, orifona sheʼriyat boshlovchisi. 11 asrning soʻngida Sayram qishlogʻida
Shayx Ibrohim oilasida tugʻilgan.
*. „Oʻgʻuznoma―dostoni turkiy xalqlarning kitobiy eposlaridan biridir. Turkiy
xalqlar
tarixida
ikkita
kitobiy
doston
boʻlib,
„Dadaqoʻrqut
kitobi―va„Oʻgʻuznoma―dir.
*.Mahmud Qoshgʻariy. Mahmud ibn Husayn ibn Muhammad al–Qoshgʻariy,
qomusiy olim, fiqh va hadis ilmining bilimdoni.Qoshgʻarda tugʻilgan (sanasi
nomaʼlum), qoraxoniylar davlatining poytaxti Bolasogʻunda yashagan.„Devonu
lugʻotit-turk―asari (1068) bilan turkshunoslik faniga asos solgan. „Devon―da tilga
8
olingan„Javohirun-nahvifi lugʻatit-turki―(„Turkiy tillarning nahv qoidalari―) asari
bizgacha yetib kelmagan.
*.Y.X.Hojib dostonnavisi Bolasog`unda tugʻilgan,qoraxoniylar saroyida xizmat
qilgan. Hijriy 462 (m.1069-70)da yozib tugallangan„Qutadg‗u bilig―(„Saodatga
boshlovchi bilim―) asari qoraxoniylar davlatining mustahkam qaror topishiga
xizmat qilgan nizomnomadir. Uch nusxasi (Vena, Qohira va Namangan) mavjud.
*.Adib Ahmad binni Mahmud Yugnakiy, yirik adib, hadisshunos.
*.Nosiriddin Rabgʻuziy.Yirik adib va dinshunos.Xorazmning Raboti Oʻgʻuz
qishlogʻida tugʻilgan, u yerda qozilik qilgan.Moʻgʻul istilosi davrida yaratilgan
birdan-bir yirik asar„Qisasi Rabgʻuziy―muallifi.
*.Sayfi Saroyi.Oʻzbek mumtoz adabiyotining isteʼdodli vakillaridan biri. Xorazm
yaqinidagi Qamishli qishlogʻida tugʻilgan. Oltin Oʻrda davlatining poytaxti Saroy
shahrida yashagan, hayotining soʻnggi yillarini Misrda oʻtkazgan va u yerda vafot
etgan.
*.Lutfiy XV asr oʻzbek sheʼriyati takomilida oʻziga xos oʻringa ega, katta isteʼdod
sohibi, „Malik ul-kalom― (Navoiy), tuyuq janrining ustasi.
*.Xorazmiy. Isteʼdodli shoir, temuriylar davri adabiyotining yirik namoyandasi.
Xorazmiy — shoirning adabiy taxallusi, ismi va hayoti voqealari maʼlum emas.
Birgina asari „Muhabbatnoma― (1353) Sirdaryo boʻylarida yozilgan.
*.Husayniy(Husayn Boyqaro).Taniqli shoir va davlat arbobi. Hirot yaqinida
tugʻilgan. 1469 yildan umrining oxirigacha Xuroson podshohi. Uning hukmdorligi
yillarida iqtisodiy va madaniy hayot yaxshilangan. Navoiyning maktabdosh doʻsti
va homiysi.
*.Alisher Navoiy.Ulugʻ oʻzbek shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi. Gʻarbda
chigʻatoy adabiyotining buyuk vakili deb qaraladi, sharqda „nizomi millati va d-
din― (din va millatning nizomi) unvoni bilan ulugʻlanadi.
9
*.Zahiriddin Muhammad Bobur.Ulugʻ oʻzbek shoiri, mutafakkir, tarixchi va davlat
arbobi; markazlashgan davlat va boburiylar saltanati asoschisi.
*.Atoyi.Mumtoz sheʼriyatda gʻazal janrining taraqqiyotiga hissa qoʻshgan shoir.
Balx shahrida yashagan, yassaviylik tariqati shayxlaridan Ismoil otaning oʻgʻli.
Mirzo Ulugʻbek saroyga bir qancha shoir va olimlarni taklif etganda, ular orasida
Atoyi ham bor edi.
*.Sakkokiy XV asr sheʼriyatining isteʼdodli vakillaridan biri. Mumtoz adabiyot
taraqqiyotida gʻazalgoʻy va qasidanavis shoir sifatida mashhur.
*.Gadoiy.Oʻzbek mumtoz sheʼriyatining taniqli namoyandasi, 1403-1404 yillarda
tugʻilganligi taxmin qilinadi. Temuriylar xonadonining vakillaridan biri.XVI asr-
XIXasrning birinchi yarmi.
*.Shayboniy.Taniqli oʻzbek shoiri, davlat arbobi, oʻzbekxonlar sulolasining
asoschisi, „hazrati imomuz-zamon xalifatur-rahmon― (zamona imomi va xalifasi)
unvoniga erishgan.
*.Muhammad Solih.Oʻzbek epik sheʼriyati taraqqiyotida iz qoldirgan isteʼdodli
shoir, Shayboniy saroyida „amir ul-umaro―, „malik ush-shuaro― unvonlarini olgan.
*.Ubaydiy.Taniqli shoir, davlat arbobi, tasavvuf adabiyotining namoyandasi.
Buxoroda tugʻilgan, Shayboniyxonning jiyani. Buxoro xoni sifatida (1533—1539)
mamlakatda obodonchilik va madaniy-maʼrifiy ishlarni yuksaltirgan.
*.Abulgʻozi Bahodirxon.Mashhur adib, tarixchi olim va davlat arbobi, turkiy
xalqlar shajarasining yaratuvchilaridan.
.*.Soʻfi Olloyor.Yirik oʻzbek adibi, tasavvuf adabiyotining namoyandasi.
Samarqandning Minglar qishlogʻida (1644) tugʻilgan.
*.Boborahim Mashrab.Ulugʻ oʻzbek shoiri, tasavvuf adabiyotining yetuk
namoyandasi Boborahim Mashrab Mulla Vali oilasida (1653) dunyoga kelgan.
10
*.Muhammadniyoz
Nishotiy.Taniqli
oʻzbek
shoiri,
liro-epik
sheʼriyat
tarraqqiyotida alohida oʻringa ega. Xorazm (1701)da tugʻildi. Ijodiy merosidan
lirik sheʼrlari va „Husnu Dil― dostoni yetib kelgan. Sheʼrlari „Gʻazaliyot va
muxammasoti Nishotiy―, „Bayozi mutafarriqa―, „Bayozi majmuai ash‘or― kabi
manbalarda jamlangan. Muhammad Yusuf Chokar tomonidan koʻchirilgan devoni
(1903) OʻRFAShI da (inv.1197, 7013,1117, 1027, 7054) saqlanadi.
*.Xoʻjanazar Huvaydo.Isteʼdodli shoir, tasavvuf adabiyotining yirik namoyandasi.
Xoʻjanazar Gʻoyibnazar oʻgʻli Chimyonda (1704) tugʻilgan.
*.Nurmuhammad Andalib.Isteʼdodli adib, dostonchilik taraqqiyotida alohida
oʻringa ega. Xivada tugʻilgan, Xiva va Buxoro madrasalarida taʼlim olgan. Munis
va Ogahiyning„Firdavsul-iqbol―,Bayoniyning„Shajarayi Xorazmshohiy― asarlarida
fikrlar bor.
*.Shermuhammad Munis.Yirik oʻzbek shoiri, tarixnavis, davlat arbobi
Shermuhammad Munis Xiva yaqinidagi Qiyot qishlogʻida Avazbiy mirob oilasida
(1778) tugʻildi.
*.Jahon otin Uvaysiy.Atoqli shoira, oʻzbek shoirlari murabbiysi Jahon otin
Uvaysiy Margʻilonda tugʻilgan.Otasi Siddiq bobo ikki tilda sheʼrlar yozgan.
*.Amiriy(Amir Umarxon).Yirik oʻzbek shoiri, adabiy maktab asoschisi, tarixnavis
va davlat arbobi.
*.Nodira(Komila).Taniqli shoira, davlat arbobi. Asl ismi Mohlaroyim, Andijon
hokimi Rahmonqulibiy oilasida dunyoga keldi
*.Muhammadsharif Gulxaniy.Taniqli oʻzbek adibi, oʻzbek adabiyotida satirik
maktab yaratuvchilaridan biri. Oʻratepada (ayrim manbalarda Namangan
viloyatida) tugʻilgan, hayot yillari nomaʼlum. Turk va fors tillarida asarlar bitgan.
„Zarbulmasal― asari Umarxonning torshirigʻi bilan yozilgan. U haqda Fazliyning
„Majmuai shoiron―, Vozehning „Tuhfatul-ahbob―, Avazmuhammad Attorning
„Tarixi jahonnoma― asarlarida maʼlumot bor.
11
*.Muhammad Rizo Ogahiy.Ulugʻ oʻzbek shoiri, tarixnavis, tarjima maktabining
asoschisi va davlat arbobi Muhammad Rizo Ogahiy Xiva yaqinidagi Qiyot
qishlogʻida Erniyozbek mirob oilasida (1809) tugʻildi.
*.Komil Xorazmiy. 1825 yilda Xivada tavallud topgan. U Muhammad Rahimxon
soniy (Feruz) zamonasida mirzaboshi, devonbegi lavozimlarida ishlagan.
*.Yusuf Sayromiy Sayromiy. XIX asrning ikkinchi yarmi va XXasr boshlari
oʻzbek adabiyotining vakili. Shoir muhr yasash va xattotlik qilish bilan hayot
kechirgan.
*.Feruz(Muhammad Rahimxon II.)Feruz shoh va shoir. Xiva xoni. Adabiyot va
sanʼat rahnamosi, musiqashunos, mohir sozanda va bastakor, sanʼatkor ham
talabchan muxlis boʻlgan.
*.Muqimiy.Muqimiy milliy uygʻonish davri oʻzbek adabiyotining zabardast
vakillaridan biri.
*.Zavqiy.Zavqiy lirik shoir. Shoir ijodida muhabbat lirikasi asosiy oʻrin egallaydi.
Zavqiyning „Kelmasa kelmasun netay?― radifli gʻazali oʻzbek mumtoz
adabiyotining goʻzal anʼanalarini davom ettirib yozilgan asar hisoblanadi.
*.Furqat.Zokirjon Xolmuhammad oʻgʻli Furqat — milliy uygʻonish davri oʻzbek
adabiyotining zabardast vakillaridan biri.
*.Ahmad Tabibiy.Tabibiy Xorazm adabiy muhitiga mansub shoir. Tabibiy ijodida
tazkiranavislik anʼanalari oʻz rivojini topdi.
*.Anbar otin.Anbar Otin XIX asr ikkinchi yarmi XX asr boshlarida yashab ijod
etgan shoira.
Jadid adabiyoti davri (1905—1930 yillar).
*.Mahmudxoʻja
Behbudiy.Behbudiy Turkistonda jadidchilik harakatining
rahnamosi. Yoshligida togʻasi Muhammad Siddiq huzurida taʼlim olgan.
Keyinchalik mirzalik vazifasida ishlab, soʻngra muftiylik lavozimiga oʻtadi.
12
*.Munavvarqori Abdurashidxon oʻgʻli.Munavvarqori 1878 yili Toshkentda
tugʻilgan. 1931 yil 23 mayida Moskvaning mashhur Butirkasida otilib, Vagankovo
qabristoniga pinhona koʻmildi.
*.Abdulla Avloniy.Abdulla Avloniy 1878 yil 12 iyulida Toshkentda Mergancha
mahallasida tugʻildi. Madrasa taʼlimini oldi.
*.Soʻfizoda Muhammadsharif. Muhammadsharif Soʻfizoda 1880 yilda Chustda
hunarmand oilasida tugʻildi.
*.Abdurauf Fitrat.Fitrat Oʻrta Osiyo jadidchilik harakatining mashhur vakillaridan,
yangi oʻzbek adabiyotining asoschilaridan, usuli jadid maktablarining
nazariyotchisi va amaliyotchisi, dramaturg, nosir, shoir va olim.
*.Hamza Hakimzoda Niyoziy.Hamza jadid adabiyoti namoyandasi, shoir,
dramaturg, adib va muallim.
*.Abdulla Qodiriy.Abdulla Qodiriy oʻzbek milliy romanchiligining asoschisi, hajv
ustasi, tilshunos va tarjimon.
*.Abdulhamid
Sulaymon oʻgʻli Choʻlpon.Oʻzbek yangi sheʼriyatining
asoschilaridan biri, dramaturg, nosir va tarjimon.
Sovet davri adabiyoti (20 asrning 30-80 yillari).
*.Gʻafur Gʻulom.1903 yilning 10 mayida Toshkent shahrida tugʻilgan. „Shum
bola― (1936) avtobiografik qissasida ijodkorning bolaligi, asr boshidagi Toshkent
hayoti tiniq tasvirlangan.
*.Oybek — 1905 yilda 10 yanvarda Toshkentning Govkush mahallasida tugʻilgan
Muso Toshmuhammadning adabiy taxallusi. „Bolalik xotiralarim― (1963) asarida
bolaligini: ota-onasi, qarindoshlari, XX asr boshidagi Toshkent va uning atrofidagi
qishloq, ilk sabogʻi, saboqdoshlarini tasvirlaydi.
*.Abdulla Qahhor. Talantli oʻzbek yozuvchisi. 1907 yil 17 sentyabrda Qoʻqonda
tugʻildi.
13
*.Mirkarim Osim.Toshkentda ziyoli oilasida tugʻildi. „Shamsul irfon― maktabida,
Narimonov nomli texnikumda (1924) oʻqidi.
*.Maqsud Shayxzoda.Taniqli shoir va dramaturg. U aslida ozarbayjon millatiga
mansub boʻlib, 1908yilda Oqtosh shahrida vrach oilasida tugʻilgan.
*.Hamid Olimjon.Isteʼdodli shoir. Lirik sheʼrlari bilan XX asr oʻzbek adabiyotiga
munosib hissa qoʻshgan. 1909 yilning 12 dekabrida Jizzaxda tugʻilgan.
Boshlangʻich taʼlimdan soʻng 20-yillarning oxirida tahsilni Samarqanddagi
pedakademiyada davom ettirgan. „Koʻklam― nomli birinchi sheʼriy toʻplami 1928
yilda bosilib chiqqan. Sheʼrlarida lirik pafos yetakchilik qiladi. 30-yillarda shodlik
va baxt kuychisi sifatida tanildi.
*.Mirtemir.Oʻzbek sheʼriyati taraqqiyotida oʻziga xos oʻrin tutgan shoir Mirtemir
Tursunov 1910 yilning 10 mayida Turkiston shahri yaqinidagi Iqon qishlogʻida
tugʻildi.
*.Izzat Sulton.Adabiyotshunos, tanqidchi, dramaturg Izzat Otaxonovich Sultonov
1910 yilda Oʻsh shahrida tugʻildi.
*.Usmon Nosir XX asr oʻzbek sheʼriyatiga chaqmoqdek kirib kelgan va yashindek
qisqa ijodiy umr kechirgan talantli shoir Usmon Nosir 1912 yilning 13 noyabrida
Namanganda tugʻildi.
*.Zulfiya.Oʻzbek shoirasi. 1915 yilning 1 martida Toshkentda tugʻilgan. Oʻrta
maktabdan soʻng pedagogika institutida va aspiranturada taʼlim olgan.
*.Asqad Muxtor.Shoir va yozuvchi. 1920 yilning 23 dekabrida Fargʻona shahrida
tugʻilgan. Bolalar uyida tarbiyalangan. 1936 yilda maktabni bitirgan. Toshkentda
jurnalistika kursida oʻqigan.
*.Said Ahmad.Mashhur oʻzbek adibi Said Ahmad (Saidahmad Husanxoʻjaev) 1920
yilning 10 iyunida Toshkent shahrining „Samarqand darvoza― mahallasida
tugʻilgan.
14
*.Shukrullo(Shukrullo Yusupov) 1921 yil 2 sentyabrda Toshkentning Olmazor
mahallasida ziyoli oilada tugʻildi. Otasi —Yusufxoʻja Mahmudxoʻja oʻgʻli emchi
boʻlgan. Onasi — Zaynabxon ham ilmli ayol boʻlgan.
*.Mirmuhsin.Mirmuhsin
(Mirsaidov)
1921
yil
3
mayda
Toshkentning
Kesakqoʻrgʻon mahallasida kulol oilasida tugʻildi.
*.Odil Yoqubov.Odil Yoqubov 1926 yili Qozogʻistonning Turkiston viloyatida
ziyoli oilasida tugʻilgan.
*.Pirimqul Qodirov.Pirimqul Qodirov 1928 yil 25 oktyabrda Turkiston tizma togʻi
etagidagi Kengqoʻl qishlogʻida tugʻildi.
*.Ibrohim Gʻofurov.Yozuvchi tarjimon, tanqidchi Ibrohim Gʻofurov 1937 yil 27
dekabrda Toshkentda hunarmand oilasida tugʻildi
*.Rauf Parfi (1943-2005).Rauf Parfi (taxallusi — Oʻzturk) 1943 yil 27 sentyabrda
Toshkent viloyatining Yangiyo‗l tumaniga qarashli Sho‗ralisoy qishlog‗ida
tug‗ilgan. Rauf Parfi Bayronning „Manfred―, Nozim Hikmatning „Inson
manzaralari―, Mahmud Hodiyning „Ozodlik lavhalari― („Alvohi intiboh―), Karlo
Kaladzening „Dengiz xayoli―, A. Dyumaning „Uch sarboz― va boshqa asarlarni
o‗zbek tiliga o‗girgan.Asarlari: „Karvon yo‗li― (1969, birinchi sheʼriy kitobi), „Aks
— sado― (1970), „Tasvir― (1973), „Xotirot― (1974), „Ko‗zlar― (1976), „Qaytish―
(1981), „Sabr daraxti― (1986), „Sukunat― (1989), „Tavba― (2000) kabi to‗plamlari,
„Sukunat― (1991), „Adashgan ruh― dostoni, „Hijrat―, „Men yolg‗izman―, „Pag‗a-
pag‗a oppoq qor yog‗ar―, „Ona Turkiston― (1992), „Turkiston ruhi― (1993),
„Saylanma― (1993), „Tong otmoqda―, „Shoir―, „Xato qildim―, „Cho‗lpon―,
„Yomg‗ir yog‗ar― (bunda yomg‗ir ilhomning ramzi) kabi sheʼrlari, „Abdullajon―
marsiyasi va boshq.
*.Ahmad A'zam — yozuvchi, munaqqid, ssenarist, telejurnalist. 1949 yili
Samarqand viloyati, Jomboy tumanidagi Gʻazira qishlogʻida tugʻilgan.
15
*.Xurshid
Davron.Xurshid
Davron(1952-yil
20-yanvarda
Samarqandda
tugʻilgan)— oʻzbek shoiri, jurnalisti, tarixchisi, tasavvufshunosi, yozuvchisi va
tarjimoni.Xurshid Davronning butun ijodi ona Turkiston va Samarqand tarixi bilan
yoʻgʻrilgan. Uning „Samarqand xayoli―, „Sohibqiron nabirasi―, „Shahidlar shohi
yohud Shayx Kubro tushlari― asarlari Amir Temur, Mirzo Ulugʻbek, Mirzo Bobur
hayoti va faoliyaning ayrim bosqichlariga, Turkiston tasavvuf maktablari tarixiga
bagʻishlangan.Xurshid Davron dramaturgiya sohasida ham ijod qiladi. „Bobur
sogʻinchi―, „Algʻul yulduzi― (Mirzo Ulugʻbek) pyesalarining muallifi.
*.Omon Muxtor.Omon Muxtor (Omonov Muxtor Sulaymonovich) 1941 yil 16
iyulda Buxoro shahrida tugʻilgan.
*.Usmon Azim.Shoir, dramaturg, kinodramaturg va nosir. 1950 yil Surxondaryo
viloyatining Boysun tumanida tugʻilgan. 1972 yil Toshkent Davlat Universitetining
jurnalistika fakultetini tugatgan.
*.Halima Xudoyberdiyeva.Shoira Halima Xudoyberdiyeva 1947 yil 17 mayda
Boyovutdagi „Taraqqiyot― jamoa xoʻjaligida tugʻilgan. Toshkent Davlat
universiteti (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Mehnat
faoliyatini „Saodat― jurnalida boʻlim boshligʻiligidan boshlagan (1972). Talabalik
yillarida „Ilk muhabbat― (1968) sheʼriy toʻplami chop etildi. Shoiraning „Oq
olmalar― (1973), „Chaman― (1974) toʻplamlari izma-iz bosildi.
*.Shukur Holmirzaev.Isteʼdodli oʻzbek yozuvchisi. 1940 yilning 24 martida
Surxondaryo viloyatining Boysun tumanidagi Shahidlar qishlogʻida tugʻilgan.
1957—1962 yillarda ToshDU (hozirgi OʻzMU)ning filologiya fakultetiga oʻqigan.
Soʻng Toshkentdagi bir qator nashriyot va gazeta-jurnallarning tahririyatlarida
ishladi.
*.Abdulla Oripov atoqli oʻzbek shoiri va jamoat arbobi. U hozirgi oʻzbek
sheʼriyatida inson qalbidagi murakkablik va ziddiyatlarni teran, haqqoniy oʻziga
xos betakror kuylagan ulkan ijodkordir. Abdula Oripov hozirgi oʻzbek sheʼriyatiga
16
yangicha badiiy tafakkur yoʻsinlarini olib kirdi. U tub mohiyati bilan Yassaviy,
Navoiy, Bobur, Choʻlpon, Gʻ. Gʻulom singari ijodkorlar badiiy anʼanalarining
davomchisidir. Shoirning butkul ijodi milliylik ruhi bilan sugʻorilgan.
*.Oʻtkir Hoshimov.Taniqli oʻzbek yozuvchisi va jamoat arbobi. 1941 yili 4
avgustda Toshkentda Doʻmbirobod mahallasida tugʻilgan. Toshkent Davlat
universiteti filologiya fakultetida oʻqigan. Turli tahririyat va nashriyotlarda
ishlagan.
*.Oydin Hojiyeva1942 yil 22 aprelda Buxoroning Qiziltepa tumanidagi Hojayi
Boʻston qishlogʻida tugʻildi. 1965 yilda ToshDU (hozirgi OʻzMU)ning filologiya
fakultetini bitirdi.
*.Muhammad Ali.Muhammad Ali (Muhammad Ali Ahmedov)1942 yil 13 martda
Andijonning Boʻz tumanida tugʻilgan. U shoir, yozuvchi, olim va jamoat arbobi.
Bekoboddagi oʻrta maktabni (1959), Moskvadagi Gorkiy nomidagi adabiyot
institutini (1996) tamomlagan.
*.Tohir Malik.Tohir Malik Abdumalik oʻgʻli Habilovning adabiy taxallusi,
Toshkentda tugʻilgan, Toshkent Davlat Universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy
Universiteti)ning jurnalistika fakulteti kechki boʻlimida oʻqidi, kunduzi qurilishda
ishladi. 1966 yildan beri Oʻzbekiston radiosida, gazeta va jurnallar tahririyatida,
Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasida, nashriyotlarda ishladi. Hozir „Sharq―
NMAK bosh tahririyatida muharrir.
*.Anvar Obidjon.Anvar Obidjon 1947 yil 8-yanvarda Farg‗ona viloyati Oltiariq
tumanidagi Pologʻon qishlogʻida dunyoga kelgan. Oʻrta maktabda oʻqib yurganida
„Gʻuncha― jurnalida „Shkafjon― nomli birinchi sheʼri bosilgan (1960).
Togʻay Murod.Togʻay Murod — Togʻaymurod Mengnorovning taxallusi. U 1948
yili Surxondaryoning Denov tumanidagi Xoʻjasoat qishlogʻida tugʻilgan.
*.Azim Suyun.Azim Suyun (Azimboy Alimovich Suyunov) 1948 yil Samarqand
viloyatiga qarashli Nakurt qishlogʻida tugʻilgan.
17
*.Erkin Aʼzam 1950 yil 10 avgustda togʻli Boysunda tugʻildi 1972 yil Toshkent
Davlat Universiteti (Xozir Oʻzbekiston Milliy Universiteti)ning jurnalistika
fakultetini tamomladi.
*.Sharof Boshbekov.Samarqand viloyati Bulungʻur tumanidagi Gʻubir qishlogʻida
1951 yil 4 yanvarda tugʻildi.
*.Xurshid Doʻstmuhammad.Yozuvchi Xurshid Doʻstmuhammad (Xurshid
Doʻstmuhammedov) 1951yilda Toshkent shahrida tugʻlgan.
*.Muhammad Yusuf.1954 yil 26 aprelda Andijonning Marhamat tumanida tugʻildi.
Toshkentdagi rus tili va adabiyoti institutini tamomladi (1978). Respublika
kitobsevarlar jamiyatida (1978—1980), „Toshkent oqshomi― gazetasida (1980—
1986), Adabiyot va sanʼat nashriyotida, „Oʻzbekiston ovozi― gazetasida (1986—
1993) ishladi.
*.Hayriddin Sultonov.Toshkent viloyati Qibray tumanidagi Tuzel qishlogʻida 1956
yil 18 yanvarda tugʻilgan. 1973 yilda Parkentdagi maktabni tugatgach, ToshDU
(hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakultetiga oʻqishga kirdi (1972).
Dostları ilə paylaş: |