Kirish I bob. O„zbek va koreys adabiyotining rivojlanish bosqichlari



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/18
tarix23.05.2022
ölçüsü1,01 Mb.
#59014
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
ўзбек ва корейс адабиётида тарбиявий масалалар

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


33 
2.3. Har ikki davlat zamonaviy adabiyotining ta‟lim tizimida tutgan o„rni. 
Xolbuki, koreys yozma asarlarining ilk namunasi VIII asrda Silla qirolligida 
yaratilgan
13
.751 yilda Koreyada dastlabki kitob — ―Dxarani sutraning pok 
yog‗dusi‖ budda o‗rami chop etilgan. Koreyaliklar matbaachilikda metall 
shriftidan ham Iogann Gutenberg 
14
― Bibliyani 1455 yilda shu usulda nashr 
etganidan 21 yil ilgari 1234 yilda qo‗llay boshlaganlar.Koreys badiiy nasrining 
tarixi xam XV asrga borib taqaladi. O‗sha davrda Kim Si Sipning (1435—1493) 
―Oltin Toshbaqa tog‗ida quloqqa chalingan yangi hikoyalar‘‘i nashr etilgan. Ushbu 
besh jilddan iborat badiiy asarlar turkumining birinchi jildi saqlanib dolgan. U 
xitoy tilida bitilgan bo‗lsa ham, aslida bu asarda Koreyada so- dir bo‗lgan vokealar 
xaqida so‗z borgan. Xo Gyun qalamiga mansub, ijtimoiy tengsizlik muammolari 
ko‗tarilgan birinchi koreys romani — ―Xon Gil Don haqida qissa‖ esa XVII asrga 
taalluqlidir.Xangil
15
yozuvidagi ―in munxak‖(―yangi adabiyot‖) nomini olgan 
badiiy adabiyot Koreyaning Yaponiya tomonidan bosib olinishidan avvalgi davrda 
— XX asr dastlabki o‗n yilligida ravnaya topa boshladi. In munxak milliy o‗zlikni 
anglash, ajnabiy bosqinchilarga isyon shaklini olgan. Jumladan, 1914 yilda 
―Chxonchxun‖ (―Yoshlik‖) jurnalida Li Gvan Su shu mavzulardagi o‗z romanlarini 
e'lon qila boshlagan. Bu yozuvchining asarlari zamonaviy koreys adabiyotining 
rivojlanishiga katta tasir ko‗rsatgan. 
Umuman, xozirgi davrga qadar roman koreys badiiy adabiyotining asosiy janri 
bo‗lib qolmoqda. Janubiy Koreyaning yangi davr adabiyoti bevosita 1950-
13
Силла 1^ироллиги (милоддан аввалги 57—милодий 935-йиллар) — уч Корея цироллигининг 
биттаси. Силла 1^ироллиги тарихи милоддан аввалги 57 йилдан бош- ланади. Уша пайтда у 
Самхаи коифедерацияси циролликларининг биттаси булган. Силла бирии-кетии долган икки 
корейс мамлакати — 660 йилда Пэкчени ва 668 йилда Когурёни забт этади ва Бирлашган 
Силла давлатига асос солади. Милодий биринчи минг йиллик охирида бу салтанат яна уч 
корейс давлатига парчаланиб кетади. 935 йилда улар яна Корея номини олган давлатга 
бирлашади. 
14
Иоганн Генсфляйш цур Ладен цум Гутенберг (немисча: Johannes Gensfleisch zur Laden zum 
Gutenberg; тахминан 1397 ва 1400 йиллар — 1468) — биринчи немис матбаачиси. У 1440 йилда 
китобларни харакатланувчи литералар билан чоп этиш усу- лини кашф этган. Бу 
матбаачиликда инкилоб яратиб, факат Европа маданиятигагина эмас, шунингдек, жахон 
тарихига хам улкан таъсир курсатган. 
15
Хангиль — 1446 йилда корейс сулолаларидан булган 1^ирол Се Жон томони- дан жорий 
этилган 28 харфдан иборат алифбо. Бу пайтгача корейслар хитой иерог- 


34 
yillarning ikkinchi yarmidan boshlab rivojlanadi. Ana shu davrda davlatlari ikkiga 
parchalangan va Koreya Respublikasi tashkil topganidan keyin shu zaminda badiiy 
adabiyot bilan shug‗ullanayotgan yangi avlod o‗z asarlarini e'lon qila boshladilar. 
Ularning ko‗pchiligi o‗sha paytdagi urushda ishtirok etishgan, janggohlarda 
orttirgan shaxsiy xayotiy tajribalarini ijodlarining asosiy mavzusiga aylantirgan 
edilar.Janubiy Koreya yangi davri adabiyotining ana shu vakillari qatorida O San 
Von (1930—1985),So Gi Von (1930 yilda tug‗ilgan), Chxve In Xun (1936 yilda 
tug‗ilgan), Son Chxam Sop (1922— 1959) nomlari ajratib ko‗rsatiladi. Ushbu 
yozuvchilar urushning dahshatli fojialari va buning millatdoshlari hayotidagi 
ayanchli oqibatlarini badiiy ifoda etish uchun noan'anaviy adabiy uslub va 
vositalarni qo‗llay boshladilar. 
Koreyadagi urushdan avvalgi adabiyot uchun ham tanish bo‗lgan ekzistentsializm 
bu mamlakatning 1960-yillardagi badiiy adabiyotiga jiddiy ta'sir ko‗rsatdi. Shu 
yillar Janubiy Koreya badiiy adabiyotining asosiy xususiyati — ―sunsu 
munxak‘dan (―sof adabiyot‘dan) sochish va voqelik xayotda ko‗ndalang 
qo‗yayotganmavzularga murojaat etishdir. Bunga yorqin misol sifatida Chan Yen 
Xakning (1921 yilda tugilgan) ―Ioann poeziyasi‘‘ni (1955) ko‗rsatish mumkin. 
Unda tasvirlangan maxbuslar qamoqxonasi eng oddiy huquqlardan ham maxrum 
qilingan urushdan keyingi jamiyatning o‗ziga xos ramzidir.Ekzistentsializm 
uslubini qo‗llagan yana bir yozuvchi Son Chjan Sop (1922 yilda tug‗ilgan) bu 
mavzuni rivojlantirib, o‗z asarlarida xar qanday axloqiy qoidalarni pisand 
qilmaydigan, jirkanchlik botqog‗iga botgan shaxslarning ta'sirchan obrazlarini 
yaratgan. 
Janubiy Koreya badiiy adabiyotida xurlikka talpinayotgan, o‗zligini izlayotgan 
shaxslar davr qaxramonlari sifatida tasvirlangan asarlar xam paydo bo‗la boshladi. 
Bunday yondashuvni Chxvi In Xuning (1936 yilda tug‗ilgan) ―Maydon‖ romanida 
(1961) ko‗rish mumkin. Ushbu asarda ham Janubiy Koreyadagi urushdan keyingi 
xayotning og‗riqli muammolari ko‗tarib chiqilgan. 


35 
―Maydon‖ romanida Koreya sohillaridan ochiq dengizga chiqqan Hindistonning 
‗'Tagor‖ kemasida Janub yoki Shimolni tanlash bo‗yicha bir qarorga kelish o‗rniga 
betaraf mamlakatga yo‗l olayotgan, bir gurux xarbiy asirlikdan ozod 
qilinganlarning ayanchli taqdiri o‗z ifodasini topgan. Ana shu kemani kuzatib 
borayotgan ikki baliqchi qush ramziy ma'noda biri — Janubdan, ikkinchisi 
Shimoldan bo‗lgan sevishganlarning urush oqibatlari chilparchin qilgan 
muxabbatlari fojiasidek anglanadi.―Maydon‖ — Janubiy Koreyaning 1960-yillar 
badiiy adabiyoti ravnaqining timsoliga aylandi, roman kitobxonlar o‗rtasida katta 
muvaffaqiyat qozondi. U milliy adabiyotda yangi mavzu — ―pundan munxak‘ka 
(―parchalangan millat adabiyoti‘ga) asos soldi. Ana shu mavzuga yozuvchilar, 
shoirlar, dramaturglar takror va takror murojaat etadigan bo‗ldilar.Jumladan, Cho 
Chjon Nening ―Txebek tizmasi‖ romani 1948 yilda Yosu shahrida ko‗tarilgan 
isyondan Koreya ikkiga bo‗lingan 1953 yilgacha bo‗lib o‗tgan voqealarni qamrab 
olgan. Epopeya darajasidagi bu asarda 100 dan ortiq personaj qiyofasi 
gavdalantirilgan bo‗lsa ham vositalar markazida ham aka-uka, ham mafkuraviy 
raqiblar — so‗llar tashkilotining raxbari Yom San Chjin va barrikadaning narigi 
tarafidagi Yom San Gu turadi. Romanning bosh g‗oyasi bu tarafkashlikka, 
umuman mamlakat parchalanganligiga barham berishga yo‗naltirilgan. Shuning 
uchun Txebek tizmasini Koreya yarim orolining sumbati sifatida ta'riflashganidek, 
bu asarni Janubiy Koreyaning sumbatiga qiyoslashadi. 
Koreys adabiyotining taniqli namoyandasi, yozuvchi va shoir Xvan Sun Vonning 
(1915 — 2000) 60 yildan ko‗proq ijodi milliy adabiyot shakllanishining barcha 
bosqichlarini o‗zida mujassamlashtirgan. Uning asarlari uchun an'anaviy uslubiy 
shakllarning yangi mazmun bilan boyitilishi xosdir. Xvan Sun Von Koreyaning 
noyob siymosini an'anaviy urf-odatlari va turmush tarzining butun latofati bilan 
namoyon qilish barobarida hozirgi davr jamiyatidagi insonning taqdirini juda 
chuqur tahlil etadi.Adibning 1954 yilda yozilgan mashxur ―Kain avlodlari‖ romani 
xozirga qadar ijodining shox asari hisoblanadi. Bu romanda insonning ichki 
dunyosi, uning hissiyotlari nihoyatda ta'sirchan ifoda etilishi bilan birga insonni 
o‗rab turgan voqelik butun murakkabligi va ziddiyatlari bilan gavdalanadi. 1957 


36 
yilda Janubiy Koreyada birinchi marta madaniyat sohasida mukofot ta'sis 
etilganida ―Kain avlodlari‖ birinchilar qatori unga sazovor bo‗lgan. Xvan Sun 
Vonning ―Quyosh va oy‖, ―Qoyadagi daraxt‖, ―Xarakatdagi Qasr‖ romanlari ham 
kitobxonlar tomonidan yuqori baholangan. Xozirgi vaqtda Janubiy Koreyada 
adabiyot sohasida Xvan Sun Von nomidagi mukofot Xam ta'sis etilgan. 
Yangi davr yozuvchilari orasida Yaponiyada tug‗ilgan, 1965 yilda Seul milliy 
universitetining fransuz adabiyoti fakultetini tugallagan Kim Sin Okning ijodi 
ajralib turadi. Uning ―Mujinga sayohat‖, ―Yashashga urinish‖, ―Singilni anglab 
yetish‖ asarlarida xam tahlikali, xam zerikarli vaziyatda turmush kechirayotgan 
xudbinlar obrazlari yaratilgan. Ular o‗z atroflarida bo‗layotgan voqea va xodisalar 
uchun shaxsiy mas'uliyatini xis etmaydilar va butun umrlari tanxolik bulutiga 
qoplangan xolda o‗tadi. 
Kim Sin Okning ayniqsa ―Seul. 1964 yil qishi‖ asari katta shov-shuvga sabab 
bo‗lgan. Romanda odatiy insoniy munosabatlarning har qanday ma'nisi 
yo‗qotilganligi ogohlantiruvchi bongdek yangraydi. Janubiy Koreya badiiy 
adabiyoti uchun adib asarining faqat mavzusi va mazmunigina yangilik bo‗lib 
qolmagan. U shaklan ham betakrordir, aslida voqealar ham o‗ziga xos tarzda 
tasvirlangan. Yozuvchi maktabni bitirgan yosh yigitning yo‗l yoqasidagi 
mayxonada tasodifan uchrashib qolgan o‗rta yashar erkak bilan o‗zaro suhbatini 
so‗zma-so‗z bayon qilgan. Bu suhbat juda jo‗n, ba'zi joylarda esa mutlaqo ma'nosiz 
tuyuladi. Shu bilan birga asarda turmushning o‗ta havoyiligi g‗oyat 
muvaffaaqiyatli tarzda ifoda etib berilgan. 
Janubiy 
koreyaliklar 
o‗zlarining iste'dodli romannavislari, shoirlari va 
dramaturglarining, badiiy asarlar muntazam chop etiladigan ko‗p sonli turli 
jurnallar va nashrlarining xaqiqiy ixlosmandlaridir. Bu mamlakatda hatto kundalik 
gazetalar ham doimiy ravishda yangi roman, qissa va hikoyalarni sonma-son e'lon 
qilib boradilar. Janubiy Koreyada har yili topshiriladigan qator adabiy mukofotlar 
ta'sis 
etilgan. 
Bu 
o‗z 
qadimiy 
adabiyoti 
bilan 
haqli 
ravishda 


37 
g‗ururlanadiganJanubiy 
Koreyada 
badiiy 
adabiyot 
tobora 
ravnaq 
topayotganligining yaqqol nishonalaridir. 
Ushbu mamlakat adabiyoti asta-sekin jahonda ham tanilib borayotganligining 
dalolatiga yana bir chizgi. Janubiy Koreya poytaxti — Seuldagi Osiyoning eng 
yirik kitob magazinlaridan biri — ―Kyoboning ulkan vitrinasida adabiyot soxasida 
Nobel mukofoti laureatlarining ismi-shariflari qayd etilib, sur‘atlari ilib qo‗yilgan. 
Bu qatordagi ramkalardan biri bo‗m-bo‗sh. Ammo uning tagida quyidagi yozuvga 
ko‗zingiz tushadi: ―Adabiyot soxasida bo‗lajak Nobel mukofoti laureate - koreys 
uchun…‖ 
Kitobxonlar e'tiboriga havola etilayotgan, O‗zbekistonda xizmat ko‗rsatgan 
jurnalist Erkin Ernazarov tomonidan rus tilidan tarjima qilingan ―Oltin qanotli 
qush‖ qissasi Janubiy Koreyaning hozirgi davrdagi eng mashxur va mumtoz 
yozuvchilaridan hisoblangan Li Mun Yol qalamiga mansubdir. Li Mun Yol(1948 
yil 8 mayda tug‗ilgan) Seul milliy universitetini tugallagan. 1985 yilda u 
tomonidan tashkil etilgan yosh mualliflar ijodiy studiyasi bugungi kunda 
mamlakatdagi birinchi ―Puak‖ Adabiyot akademiyasiga aylangan. Li Mun Yol 
1994—1997- yillarda ana shu akademiyada koreys tili va adabiyotidan dars 
bergan, 1999 yildan akademiya rektori. 
Li Mun Yol` ―Inson o‗g‗li‖, ―Imperator ahli‖, ―Imperator tabrigi‖, ―Shoir‖ 
romanlarining, ko‗plab qissa va hikoyalarning muallifidir. Yozuvchi tomonidan 
qayta ishlangan o‗n bir jildlik ―Uch podsholik‖ mumtoz romanlar turkumi 11 
million nusxada sotilgan. Li Mun Yol Janubiy Koreyaning adabiyot sohasidagi eng 
nufuzli mukofotlariga sazovor bo‗lgan, adibning qator roman va qissalari boshqa 
tillarga tarjima qilingan, teatrlarda sahnalashtirilgan, ular asosida badiiy 
kinofilmlar yaratilgan. ―Oltin kanotli qush‖ qissasi 1982 yilda Janubiy Koreyaning 
adabiyot sohasidagi nufuzli Kim Tonin mukofotiga loyiq topilgan. 
Li Mun Yol bugungi kunda Koreyaning sevimli yozuvchilaridan biridir.Uning 
asarlari kitobxonlar qo‗lida qo‗lma-qo‗l bo‗lib o‗qiladi.Deyarli har bir fuqaroning 


38 
uyida uning asarlarini uchratish mumkin.Yuqorida keltirib o‗tgan hikmatlarimiz 
uning‖Oltin qanotli qush‖asaridan olingan.Birgina shu asarining o‗zi ham uni 
buyuk ijodkor ekanligini ko‗rsatadi.
Ushbu qissada insoniy qadriyatlarning falsafasi asar qahramoni — taniqli 
rassom va xattot Ko Chjuk taqdiri orqali ma‘joziy ifodasini topgan. Shogirdlik 
paytidayok uning iqdidori ma'lum bo‗ladi. Ustozi unga ijodda yuksak ruh his 
etilmasa, tasvirlar shunchaki bo‗yoqlardangina iborat bulishini uqtirgan. Ko Chjuk 
dunyo tanigan rassom darajasiga ko‗tarilgan bo‗lsa ham faqat umrining so‗nggi 
kunlarida o‗zida o‗sha yuksak ruxni tuymaganligini, erishgan shuxratining 
o‗tkinchiligini anglab yetadi. U turli o‗lkalarga tarqalib ketgan mashhur asarlariga 
o‗zi o‗t qo‗yganida, alanga uchkunlarida butun hayoti davomida ko‗rishni orzu 
qilgan o‗sha yuksak ruh ramzi — oltin qanotli qush gavdalanadi.Asar qaxramoni 
umri davomida boshqa ijodkorlarga taqlid qilib ijod qildi.Ustozini toki u vafot 
etguncha yomon ko‗rdi.Uning vafotidan keyin esa ko‗nglidagi o‗tinch,afsuslanish 
tuyg‗usi uni ustozining uyiga yetakladi.Qalbidagi oylar unga o‗tmishini eslatib 
turardi.U o‗tmishida ijodini arzimas chaqalarga sotgan,o‗xshar o‗xshamas 
asarlarini ayollar va may uchun sarflagan edi.Ustozining uyida vafot etguncha 
shogirdlar tayorladi,ustozining ishlarini davom ettirdi.Butun umr oltin qanotli 
qushni asarlarida jilva ko‗rsatishini xohlab yashadi.Lekin u bu tuyg‗uni asarlaridan 
topolmadi.U o‗zini yuksaklikda,komillik darajasida his etmadi.Butun umri 
samarasiz kechganligini o‗ylagan Ko Chjuk shogirdiga chizgan rasmlarini butun 
mamlakat bo‗ylab yig‗ib chiqishini tayinladi.Bu jarayonda o‗zi ham 
qatnashdi.Chunki,u sabr qila olmas edi,umri poyoniga yetayotgan edi.Boshini 
ko‗tarishga majoli yo‗q Ko Chjuk o‗rnidan turdi.Xuddi sog‗ odam kabi asarlarini 
yoqishni buyurdi.Shogirdi o‗t qo‗ydi.Asarlar alanga ichida qoldi.Odamlar uchun 
bir qop pul yonayotgan edi.Ko Chjuk uchun esa samarasiz hayoti.Alanga ichida 
nihoyat qush ko‗rindi . Uning boshida — ―Istaklar ijrosi duri‖. U olov purkaydi va 
ajdaxolarni yeydi. U hamma tomonidan dengizlar bilan qurshalgan Sumeru tog‗ida 
yashaydi. Bu qush — Budda qonunini qo‗riqlaydigan sakkizta ilohning 
beshinchisidir.Ko Chjuk umri yakunida komillik sari qadam qo‗ydi.


39 
Li Mun Yol hikmatlari: 
1.Oltin qanotli qush dengizni teshib o‗tmoqda, 
Xushbo‗y isi anqigan fil daryo kechmokda. 
2.Xayoti go‗yo tog‗ bag‗irlab vaznsiz oxista xarakatlanayotgan bahorgi bulut 
soyasi kabi, go‗yo esib qolgan yoz shamoli supurgan xovli singari, go‗yo ovloq 
tog‗ darasidagi kuzgi irmoklar suvidek, go‗yo qor yog‗ib o‗tgandan keyingi ochiq 
va sarhadsiz qishki osmondek tiniq, sokin, ma'yus va yolg‗iz edi. 
3.Inson emasga — ta'lim bermayman. 
4.Azob-uqubatsiz iqtidor qalbning haqiqiy asoslar sari yo‗liga to‗siq bo‗ladi. 
5.Bu hikmatning ma'nosi shunday: moviy dengizga otilib, ajdahoni yulib oladigan 
va ko‗kka o‗qday otiladigan Oltin kanotli qush kabi shijoatli bo‗l; xushbo‗y hidini 
anqitib, daryodan shoshmay kechib o‗tayotgan fildek qat'iy bo‗l. 
6.Olxo‗ri butun umri bo‗yi sovuqqotsa ham, xidini sotmaydi. 
7.Orxideyalarining yalang‗och ildizlari — halok bo‗lgan mamlakatga motam 
ramzidir. 
8.Yozuv shaklida birinchi qoida quyidagidan iborat bo‗lishi kerak: avvaliga 
qalbingni hamma bexalovatliklardan xalos qil, keyingina qo‗lingga mo‗yqalam 
ushla. Sening xarakatlaring falakning aylanishi kabi bo‗lishi kerak: samoning 
o‗rtasida osmonning o‗qi joylashgan. Uning atrofida aylanish ro‗y beradigan 
janubiy qutbi va shimoliy qutbi bo‗lgani kabi mo‗yqalamning harakati qo‗l 
panjalari bilan, qo‗l panjalari harakati barmoqlar bilan, barmoqlarning harakati 
bilak bilan, bilakning harakati qo‗ll bilan, qo‗lning harakati yelka bilan amalga 
oshiriladi — tananing butun o‗ng yarmi xarakati shu tarzda sodir bo‗ladi. 
9.Buni yuz marta yozib chiqsang — husnixating boshqalarga namuna bo‘ladi; buni 
ming marta yozib chiqsang — maqtov eshitasan; buni o‗n ming marta yozib 
chiqsang — seni mashxur xattot deb atashadi. 


40 
10.Budda holatida o‗tirish Budda bo‗lishni anglatmaydi, biror vositasiz ajdaxoni 
tuta olmaysan. Faqat ko‗p marta urinishlardan keyingina biror narsani eplay 
olasan. 
11.Rangtasvir va xattotlik — ruhning ifodasi.
12.Agar xattotlik yoki rangtasvir atigi dunyoga qayg‗u va alamni ma'lum qilish 
vositasi deb xisoblanadigan bo‗lsa, san'at ma'nisiz mashg‗ulotga aylanib 
qolmaydimi? 
13.Xonada o‗tirib, g‗arov barglarini yulish va olxuri gullarini sidirish — o‗zingni 
ham, uzgalarni ham aldash demakdir. 
14.Ijodda yuksak ruh namoyon bo‗lmas ekan, rasmdagi qora rang shunchaki qora 
siyoh, oqi esa shunchaki qog‗oz bo‗ladi. 
15.Qobilyat — hikmatning nurlanishi, ko‗nikma esa — uning po‗stlog‗idir. Agar 
hikmatga amal qilinmasa, qobilyat o‗z ifodasini topmaydi va ko‗nikma 
egallanmaydi. 
16.Son-sanoqsiz sochlar birgalikda — kuch. 
17.Haqiqatdan ko‗z yumib bo‗lmaydi. 
18.Hatto qabr toshlarini ham shamol va yomg‗ir yemiradi — shunday ekan, qog‗oz 
bilan qora siyoh qanchaga chidaydi? 
19.Suymagan bolang doim ko‗p ovqat yeydi. 
20.Dengiz suvini qancha ko‗p ichsang, shuncha tomog‗ing quriydi. 
21.Qo‗shnisining yonayotgan uyida loviyasini qovurib olishni eplashtiradiganlar 
hamisha topiladi. 
22.Tog‗ kulsa — dala yig‗laydi, dala yig‗lasa — tog‗ kuladi. 


41 
22Oltin qanotli qush.Uning boshida - ―Istaklar ijrosi duri‖. U olov purkaydi va 
ajdaholarni yeydi. U hamma tomonidan dengizlar bilan qurshalgan Sumeru tog‗ida 
yashaydi. Bu qush — Budda qonunini qo‗riqlaydigan sakkizta ilohning 
beshinchisidir.
23.Agar sen hech bo‗lmasa bir marta mo‗yqalaming ostidan chiqayotgan bitikda 
hayotni ko‗ra olsang — maqsadingga erishgan bo‗lasan. 
23.Rassomning san'ati Buyuk daryo suvlari kabidir. Xattotning mahorati yolg‗iz 
qarag‗ay kabidir. 
24.Qalb jarohatlari darrov bita qolmaydi. 
25.Uning uchun xotini va farzandlari nobop poyafzaldek edi, qissa ham chidashi va 
kiyib yurishi kerak edi. 
26.Yuksak san'atning mohiyati — falsafa, uning asosiy ma'nosi — Yo‗lni va 
Maxliyo bo‗lishni majoziy aks ettirishdir. 
27.Tangrining marxamatiga sazovor ijodkor rassom xisoblanadi. 
28.Agar bitiklar ijodi faqat ma'noni yozuv belgilari orqali ifoda etishdan iborat deb 
xisoblansa, u o‗ziga hayotni baxshida qilish uchun arzimaydi. Bir necha oy ichida 
mo‗yqalam yordamida ma'noni ifoda etishni egallab olish mumkin, hozir qalam 
yoki ruchka kabi oddiy yozuv qurollari paydo bo‗lgach, bunga bir necha kun 
kifoya kiladi. Biroq xattotlikning mohiyati ma'noni ifoda etish emas, balki 
iyerogliflarni chizish jarayonida tug‗iladigan muhabbatdir; shuning uchun 
iyeroglifni ma'no belgisi emas, ma'nodor sur‘at sifatida tushunish darkor. 
29.Bitiklarning xushbo‗y isi va kitobiylik ruhi umuman san'atning asosi emas, 
balki atigi ―qalb sur‘atining unsurlaridan biridir.
Li Mun Yolning hikmatlari uning ruhidagi falsafiylik yuqori ekanligini 
ko‗rsatadi.O‗zbek adabiyotida Li Mun Yolga tenglashtirish mumkin bo‗lgan 
ijodkor O‗tkir Hoshimovdir.Bu ikki adib deyarli tengdoshdir.Har ikkisi o‗zining 


42 
yurtida sevimli yozuvchiga aylanib ulgirgan.O‗tkir Hoshimov ham falsafiy 
mushohadaga ega ijodkjor.Asarlari hikmatlarga to‗la.Hikmatlarida hayot chiroyli 
va o‗tkir piching bilan aks etadi.Xuddi yuqorida ko‗rib chiqqanimiz Li Mun Yol 
hikmatlari singari. 
O‗tkir Hoshimov hikmatlari:
1. “Tabiat gultoji” 
Kiyik och qolmaslik uchun ko‗kat yeydi. Amma bir-birini o‗ldirmaydi. Sher och 
qolmaslik uchun kiyikni yeydi. Ammo bir-birini o‗ldirmaydi. Odam ko‗katni ham 
yeydi. Kiyikni ham yeydi. Ko‗ngil hushi uchun sherni ham o‗ldiradi… Keyin.. 
urush qilib, bir-birining boshini yeydi… 
2. Otalar va bolalar 
U oddiy odam edi. Hammolchilik qilardi. To‗rt qiz, uch o‗g‗ilni oyoqqa 
turg‗azdi.O‗g‗illarini uylantirdi. Qizlarini chiqardi. Hammasini uyli-joyli qildi. 
Ko‗z yumayotganida ―hammalaringdan mingdan-ming roziman‖, dedi... 
Qarashsa, kafanligi yo‗q ekan… 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin