3.Gumroh bandalar
Odamlarga hayronsan. Ota-onasi tirikligida ikki og‗iz shirin so‗zni tekinga
aytmaydi-da,ular o‗lganidan keyin ming-ming pul sarflab, o‗sha so‗zlarni
qabrtoshga yozdirib qo‗yadi...
4. Laylak
Ona yosh edi. Ona navjuvon edi. Bola g‗or edi, bola go‗dak edi... Kunlarning
birida onabola qishloqqa –uzoq qarindoshlarinikiga boradigan bo‗lishdi. Ona
qaddini g‗oz tutib, tez-tez yurib borar, bola esa alang-jalang qilib atrofdagi
manzaralarni tomosha qilar edi.Qishloq guzarida yarmini yashin uchirib ketgan
bahaybat chinor bor ekan. Bola daraxtni ko‗rib angrayibqoldi: chinorning
tarvaqaylab o‗sgan shoxida supradek kattakon uya
43
qorayib ko‗rinar, uyada esa oyog‗i, tumshug‗i uzun bir qush turar edi.
Bola mo‗jiza ko‗rgandek taqqa to‗xtab qoldi.
- Anavi nima, oyi?- dedi o‗sha tomondan ko‗z uzmay.
-Laylak, o‗g‗lim, laylak!- ona o‗g‗lining boshini silab qo‗ydi. – Yura qol, jonim.
Bola hech qachon bunaqa qushni ko‗rmagan edi. Qush negadir bir oyoqlab turardi.
U yana to‗xtab qoldi.
-Nima u, oyi? –dedi tag‗in chinor uchiga ko‗z tikib.
-Laylak, o‗g‗lim, laylak.
- Nimaga bir oyoqda turibdi?
Ona kuldi:
- Bir oyog‗i charchagandir-da. Yura qol, jonim.
Bola hech qachon bunaqa qushni ko‗rmagan edi. Qush negadir bo‗ynini cho‗zib
tumshug‗ini osmonga qaratib silkitar, shunda ―tarak-tarak‖ degan ovoz
eshitilardi.Bola tag‗in to‗xtab qoldi.
- Nima o‗zi u, oyi?
Uning ko‗zlarida quvonch bor edi. Hayrat bor edi. Ona shoshib turardi. Mingta
yumushi bor edi. Hali shaharga qaytishi kerak.
-Laylak dedim-ku, jinnivoy,- deb ohista egilib, o‗g‗lining yuzidan o‗pdi. – senga
salom
beryapti-da.
Ona yosh edi. Ona navjuvon edi.
... Oradan o‗ttiz besh yil o‗tdi. Bola yigit bo‗ldi. Ona keksayib qoldi. Oyog‗idan
mador,
ko‗zidan nur ketdi.Kunlardan birida ona-bola ittifoqo yana o‗sha qishloqqa borib
qoldilar. Yigit qaddini g‗oz tutib tez-tez yurib borar, ona esa toliqqan oyoqlarini,
og‗ir-og‗ir ko‗tarib bosgancha harsillab kelardi. Guzardagi yarmini yashin uchirib
ketgan chinor hali ham bor ekan. Buni qarangki, chinorning tarvaqaylab o‗sgan
shoxida hamon supradek kattakon uya qorayib ko‗rinar, uyada esa oyog‗I,
tumshug‗i uzun laylak turardi. Yigit laylakka bir qarab qo‗ydiyu qadamini tezlatdi.
44
Orqada kelayotgan ona nursizlanib qolgan ko‗zlarini chinorga, chinor shoxida
qorayib turgan uyaga tikdi. Shoxda osilib turgan narsa ko‗ziga g‗alati ko‗rindi.
- Anavi nima, o‗g‗lim? – dedi to‗xtab.
-Laylak, oyi, laylak!
Ona yaxshi eshitmadi. Uch-to‗rt qadam yurib yana to‗xtab qoldi. Savatdek narsa
ichida bir nima oqarib ko‗rinyapti. Qiziq...
-Nima, o‗g‗lim? – dedi ko‗zlarini pirpiratib. O‗gil taqqa to‗xtadi. G‗ashi keldi. O‗zi
shoshib turibdi: mingta ishi bor! Odam qariganidan keyin ezma bo‗lib qolarkan-da!
-Laylak! –dedi jerkib. –Laylak deyapman-ku, karmisiz!
Shunday dedi-yu, jahl bilan tez-tez yurib ketdi. Nachora, yigit yosh, yigit
navqiron.Uning yumushi ko‗p. hali shaharga qaytishi kerak… Uning yumushi
ko‗p. hali shaharga qaytishi kerak… Uning g‗or, go‗dak bolalari bor…
5. Tarix “xatosi”
To‗qqizinchi asr. Muhammad al- Xorazmiy algebra faniga asos soldi.
O‗ninchi asr. Abu Nasr Forobiy Aristotelning ―Metafizika‖ asariga ehg mukammal
sharh yozib, ―ikkinchi ustoz‖ unvonini oldi.
O‗n birinchi asr. Abu Rayhon Beruniy Yer bilan Oy o‗rtasidagi masofani o‗lchadi.
Ibn Sino medetsina Qomusi- ―Tib qonunlari‖ ni yaratdi.
O‗n to‗rtinchi asr. Sohibqiron Amir Temur Yevroosiyoning yarmini tasarrufga
oldi. Ahli ilm boshini silab, o‗lmas obidalar yaratdi.
O‗n beshinchi asr. Ulug‗bek 1019 yulduzning harakat jadvalini tuzdi. Alisher
Navoiy o‗lmas ―Xamsa‖ sini yozdi.
O‗n oltinchi asr. ―Boburnoma‖ olamga tarqaldi.
O‗n yettinchi asr. Shohjahon dunyodagi yeti mo‗jizaning biri- ―Tojmahal‖ ni
bunyod etdi.
Yigirmanchi asr. O‗zbek-sovet olimlari misli ko‗rilmagan ―ixtiro‖ qildilar: tarix
―xato‖ sini tuzatib, o‗tmishda biz yoppasiga ―savodsiz‖ bo‗lganimizni isbotlab
berdilar…
45
6. Gunohi - azim
Do‗stni ho‗rlash-gunoh. Umr yo‗ldoshini ho‗rlash- yuz hissa gunoh. Ota-onani
ho‗rlashming hissa gunoh. Go‗dakni ho‗rlash- cheksiz gunoh.
7. Munofiq
Onasini behurmat qilgan odam qo‗shni kampirni yaxshi ko‗raman desa,
ishonmayman.O‗z xalqining tilini, madaniyatini, tarixini hurmat qilmagan
odamboshqa xalqlarningtilini,madaniyatini, tarixini hurmat qilaman, desa
ishonmayman.
8. Ona tili
Qancha ko‗p tilni bilsangiz, shuncha yaxshi. Biroq odam ona tilida tafakkur
qiladi,ona tilida tush ko‗radi, ona tilida yig‗laydi... o‗lim oldida onasini ona tilida
yo‗qlaydi...
9. Oliy jazo
Afrika qabilalaridan birida jinoyat qilgan odamni sazoyi qilish, qamab qo‗yish, qatl
etish degan gaplar yo‗q ekan. Tanho o‗zini qabiladan haydab yuborisharkan,
xolos…
10. Ketmas boylik
Menda bir so‗m bor. Sizda ham bir so‗m bor...
Men sizga o‗zimning pulimni berdim.
Siz ham menga o‗zingizning pulingizni berdingiz…
Hech nima o‗zgarmadi. Sizda ham bir so‗m pul qoldi, menda ham...
... Menda yangi bir fikr bor. Sizda ham yangi fikr bor...
Men sizga yangi fikrimni aytdim. Siz ham menga yangi fikringizni aytdingiz…
Sizda ham ikkita fikr paydo bo‗ldi, menda ham…
Esli odam pul almashmaydi. Fikr almashadi.
46
11. Odob
Farzandga oson tutmang. Otaning yuziga tik qarolmaydi.
Otaga oson tutmang. Farzandiga dardini ayta olmaydi.
12. Majnuntol va qamish
Majnuntolning bosh egib sukut saqlashi donoligi va chayirligidan.
Qamishning g‗oz turib shovullashi nodonligi va mo‗rtligidan... qiziq, ikkalasi
ko‗pincha yonma-yon o‗sadi...
13. Jinoyat
O‗z ko‗nglidagi mehrni o‗ldirish odam o‗ldirishdan og‗irroq jinoyatdir. Negaki har
qanday razillik bemehrlikdan boshlanadi…
14. Ustoz
Ustoz otangdan ulug‗, deganlari bejiz emas, Ota hayot beradi. Ustoz esa yashashga
o‗rgatadi. Tug‗ilish oson, yashash qiyin…
15. Vatan tuyg„usi
Qaysi yurtda non arzonroq bo‗lsa, o‗sha yerga ko‗chib yuradigan odamda Vatan
tuyg‗usi bo‗lmaydi.
16. Deraza-oynadan yasaladi. Ko‗zgu ham. Farqi shuki, ko‗zgu o‗zingni o‗zingga
ko‗rsatadi.Deraza esa hammasini ko‗rib turadi-yu, o‗zini ko‗rmaganga soladi…
Ko‗zguga ko‗proq qara!
17. Menga yuz marta ozor bersang, kechirishim mumkin. Onangga bir marta ozor
bersang,kechirmayman: onang senga mendan ko‗ra yuz hissa ko‗p mehr bergan!
18. Noningni yo'qotsang yo'qot, nomingni yoqotma!
19. -Iste‘dodli iste‘dodsizni yomon ko‗rsa nima bo‗ladi?
47
- Hech nima bo‗lmaydi.
-Iste‘dodli iste‘dodlini yomon ko‗rsa nima bo‗ladi?
- Fojia bo‗ladi!
20. Iste‘dodlilar ha deganda qovusha qolmaydi. Ular yulduzga o‗xshaydi. Har bir
yulduzning o‗z mehvari bo‗ladi. Yulduzlar bir-birini inkor etmaydi. Ammo bir-
birining mehvariga kirmaydi ham. Iste‘dodsizlar esa bir zambil shag‗aldek gap.
Darrov to‗dalashadi. To‗da bo‗lib jim yotsa-ku, mayli… Baraka topgurlar
iste‘dodlilarga tosh otaverib bezor qilgani chatoq…
Bu ikki millat yozuvchilarining fikrlarida jamiyatda kuzatgan o‗y fikrlar
jamlangan.Har bitta fikr insonni mushohadaga chorlaydi.O‗tkir Hoshimov o‗z
kuzatishlari haqida shunday degan: ―Aziz o‗quvchim! Bu kitobchani qariyb qirq
yil yozdim. Bular mening kuzatuvlarim.O‗ylarim… bir qadar armonli, bir qadar
istehzoli, bir qadar tabassumli. Xulosalarim...aslida, ularning har birini alohida asar
qilsa ham bo‗lardi-ku... mayli... Men bularni uzoq o‗ylab yozganman. Iltimos, Siz
ham kitobni shoshilmasdan, o‗ylab o‗qisangiz...‖.
Adabiyot fani o‗quvchilarni fikrlashga undashi kerak.Ularning inson bo‗lib
shakllanishida
adabiyotning
o‗rni
beqiyos.Bu
hikmatlarni
bejiz
keltirmadik.Maktabda dars davomida o‗quvchilarning yoshidan kelib chiqib
―Mustahkamlash‖darslarida hikmatlardan foydalanish mumkin. ―Yunon-
fin‖maktablarida o‗quvchilarning grammatik xatolariga e‘tibor bermasdan dastlab
ularning fikrlash qobilyati rivojlantirilar ekan.Bundan maqsad o‗quvchilar fanlarni
o‗zlashtirishga qiymnalmasligi va amaliyot jarayonida,hayoti davomida
qiyinchiliklarga duch kelganda o‗z fikrlari bilan muammolarni mustaqil hal
qilishga o‗rgatishdir.O‗zbekistonda ham shu fikrlarga amal qilgan tarzda ta‘lim
tizimida ko‗proq fikrlashga oid asarlar,hikmatlardan foydalanishni eng samarali
usulga aylantirish kerak.Zero,mamlakatga fikrlaydigan,o‗z mustaqil qarashalariga
ega bo‗lgan yoshlar juda ham zarur.Shuning uchun o‗zbek va jahon adabiyoti
namunalarini solishtirib o‗rganishni ta‘lim tizimiga kiritish,Deyarli har bir dars
tarkibida ―Mustaqil fikr‖qismini tashkil qilish kerak.O‗qituvchi tomonidan darsga
48
mo‗ljallangan hikmatlar doskaga yoziladi. O‗quvchilar tomonidan hikmatlar tahlil
qilinib,
darsning
oxirida
ularning
fikri
o‗qituvchi
tomonidan
xulosalanadi.Hikmatlarni tahlil qilish uchun ma‘lum bir vaziyat sahna ko‗rinishi
yoki videofilmlar orqali berilsa o‗quvchilarning vaziyatni tushunishi osonroq
bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: |