Kirish I bob. O„zbek va koreys adabiyotining rivojlanish bosqichlari



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/18
tarix23.05.2022
ölçüsü1,01 Mb.
#59014
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
ўзбек ва корейс адабиётида тарбиявий масалалар

 
 
 
 
 
 
 
 
 


18 
1.2.Kores adabiyotining shakllanish tarixi. 
Adabiyoti milodning avvalida qad. k. folkloridan rivojlana boshlagan. XIX 
asr oxirigacha badiiy asarlar koreys tilida va xanmun — xitoy adabiy tilining 
koreyslashtirilgan shaklida yaratilgan. Xitoy iyeroglifi, keyinroq koreys alifbosida 
yozilgan "Ona-vatan qoʻshiqlari" (VII-XIasrlar) k.adabiyotining qadimgi 
namunasidir. 
XI-XIV asrlarda uning davomi — "Koreya qoʻshiqlari" yaratildi. Sheʼriyatning 
vujudga kelishida Chxve Chxi Von (857) muhim rol oʻynadi. Li In No uni yanada 
rivojlantirdi. Badiiy nasr asta-sekin tarixiy adabiyotdan ajralib chiqdi. Novella 
janriga Kim Si Sip (1435— 93) asos soldi. 1487 yil So Go Jon (1420—88)130 
kitobdan iborat "Sharq antologiyasi"ni tuzdi. Lim Je (1549— 87) satirik qissalar 
yozdi. 
XVI- XVII asrlarda tabiat goʻzalliklarini madh etuvchi va falsafiy sheʼriyat ravnaq, 
topdi. XVII-XIX asrlarda koreys tilida koʻplab qissalar yozildi, dastlabki romanlar 
paydo boʻla boshladi,yangi nasr shakllandi. Dastlabki erkin sheʼrlarni Chxve Nam 
Son va Kim Ok yozdi. 
Yaponiya xukmronligi davrida adabiyotning taraqqiyoti vaqtincha toʻxtab 
qoldi,koʻpgina 
yozuvchilar 
qatag‗onga 
uchradi. 
1919 
yil 
qoʻzgʻoloni 
bostirilgandan keyin har xil dekadentlik yoʻnalishlari koʻpaydi. Realistik romanlar 
paydo boʻldi (1934). Yapon reaksiyasi kuchaygan davrda tarixiy roman janri 
ommalashdi (30-yillarning 2-yarmi).Yaponiyaga qarshi xalq lashkarlari uchun 
jangovar inqilobiy sheʼrlar, qoʻshiqlar va kichik pyesalar yaratildi (1930-40).
Koreyaning bugungi kundagi mashhur yozuvchilari: 
Cho Xi Su (1962; Janubiy Koreya)Choi Xi Su 1962 yili Janubiy Koreyaning Paju 
shahrida tug‗ilgan. U Seul Universitetining badiiy peyzaj fakultetini tamomlagan 
bo‗lib, shu vaqtga qadar 9 ta kitobi nashr etilgan. Cho Xi Su Koreyada anchagina 
nufuzga ega bo‗lgan ―Joun chek ilkki‖ (―Yaxshi kitoblar mutolaasi‖) nomli ilmiy-
adabiy jurnalining ―Oila‖ bo‗limi mudiri lavozimida faoliyat ko‗rsatgan va aynan 
shu jurnal orqali uning bir qancha asarlari koreyalik kitobxonlarga yetib borgan. 


19 
Uning ―Dadam bilan kitob‖, ―Chuqur muhabbat baxtni yaratadi‖ nomli kitoblari 
mashhur. 
Chon Myong Kvan (1964; Janubiy Koreya).Yozuvchi Chon Myong Kvan koreys 
nasrining kenja avlod namoyondalaridan biri hisoblanadi. U 1964 yili Koreyaning 
Kyongido viloyati Yong-in shahrida tug‗ilgan.U dastlab kinossenariychi sifatida 
faoliyat yuritgan bo‗lsa, 2003 yili ―Frenk‖ nomli hikoyasi bilan adabiyotga kirib 
keldi. Shu yili Koreyadagi nufuzli ―Munhak dongne‖ nashriyotining ―Eng yaxshi 
nasriy debyut‖ yo‗nalishi sohibi bo‗ldi. 2004 yili esa ushbu mukofotning 
―Adabiyot yuzi‖ yo‗nalishida g‗olib bo‗ldi.2004 yili koreys kitobxonlarining 
sevimli romaniga aylangan ―Dengiz kiti‖ asari nashr qilingan bo‗lsa, 2010 yili 
Chon Myong Kvan ssenariysi asosida ―Qo‗shni uydagi erkak‖ filmi ekranga 
chiqdi.2010 yili ham Chon Myong Kvan ijodida barakali bo‗ldi: uning ―Qarigan 
oila‖ qissasi ham qo‗lma-qo‗l bo‗ldi. 2012 yil mart oyida esa uning ―Bryus Li –
mening tog‗am‖ nomli qissasi e‘lon qilindi. 
Chong Yong Cheol (1962; Janubiy Koreya)Chong Yong Cheol hozirgi koreys 
adabiyotining proza janri yetakchi namoyondalaridan biridir. U 1962 yilda 
tug‗ilgan. Bir qancha hikoyalar va prozaik asarlardan iborat kitoblari nashrdan 
chiqqan. So‗nggi paytlarda uning ―Yaroqsiz buyum‖ (―Bullyangpum‖) nomli 
kitobi qo‗lma qo‗l bo‗lmoqda. Kitob hayotiy mulohazalar, ibratli hikoya va 
luqmalardan tuzilgan bo‗lib, zamonaviy Koreya hayotini aks ettiradi. Chong Yong 
Cheol hozirda ―Ezgu xayol‖ adabiy jurnalida faoliyat yuritmoqda.
Li Mi Ye (1964; Janubiy Koreya).Li Mi Ye koreys bolalar adabiyotining yirik 
namoyondalaridan biridir. U 1964 yil 7 dekabrda Janubiy Koreyaning Tegu 
shahrida tug‗ilgan. Uning 179 ga yaqin kitoblari nashr etilgan bo‗lib, ko‗proq 
bolalar hayotiga oid ertak va hikoyalardan tashkil topgan. Uning ―Nima nimaga 
o‗xshaydi?‖, ―Kuzga yetdik‖, ―Sahro qirolligi‖, ―Maqsad sari bir qadam‖, ―Biz 
seni sevamiz‖, ―Buvimning sovg‗asi‖ kabi kitoblari koreys bolalari orasida 
qo‗lma-qo‗l 
bo‗lgan. 
Li 
Mi 
Ye 
Koreyaning 
Chung-Ang 
universiteti 
adabiyotshunoslik fakultetini tamomlagan bo‗lib, 1994 yili ―Eng e‘tiborga loyiq 


20 
asar uchun‖ va ―Yangi do‗st‖ adabiyot sovrinlarini qo‗lga kiritgan bo‗lib, 2000 
yili eng yaxshi hikoya uchun ―Samsung‖ mukofotiga loyiq ko‗rilgan. 
1948 yil — Li Mun Yol tavallud topgan.1970 yil — Li Mun Yol Seul milliy 
universitetini tugallagan. 
1977 yil — uning birinchi asari — ―Chegarada‖ hikoyasi ―Degu‖ gazetasida chop 
etildi. 
1979 yil — yozuvchining ―Inson farzandi‖ asari e'lon qilingan. 
1982 yil — Li Mun Yolning ―Oltin qanotli qush‖ qissasi milliy Kim Tonin 
nomidagi adabiy mukofot bilan taqdirlangan. 
1983 yil — yozuvchi ―Imperator haqi‖ romani uchun Koreya Respublikasi adabiy 
mukofotiga munosib topilgan. 
1984 yil — adibning ―Qahramon davri‖ asari chop etilgan. 
1985 yil — Li Mun Yol Inchxonda yosh mualliflar uchun ijodiy studiya tashkil 
etgan. 
1987 yil — yozuvchining ―Bizning sindirilgan qaxramon‖ asari nashr etilgan. 
1988 yil — Inchxondagi ijodiy studiya negizida Li Mun Yol tomonidan Janubiy 
Koreyada birinchi ―Pu-ak‖ adabiyot akademiyasi ochilgan. 
1989 yil — Li Mun Yolning ―Xatto yiqilganlarning ham qanoti bor‖ asari chop 
etilgan. 
1994-1997 yillar — Li Mun Yol Sechjon universitetida koreys tili va adabiyotidan 
dars bergan. 
1999 yil — u ―Pu-ak‖ adabiyot akademiyasi rahbari vazifasiga tayinlangan. 
1999 yil — Li Mun Yol mamlakatda eng nufuzli ―Xoam‖ mukofotiga sazovor 
bo‗lgan. 


21 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin