Kirish I bob. O„zbek va koreys adabiyotining rivojlanish bosqichlari


II BOB.O„zbek va koreys adabiyotida g„oya va fikrlarning o„xshash



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/18
tarix23.05.2022
ölçüsü1,01 Mb.
#59014
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
ўзбек ва корейс адабиётида тарбиявий масалалар

II BOB.O„zbek va koreys adabiyotida g„oya va fikrlarning o„xshash 
jihatlari(“Alpomish” dostoni, “Jumong” dostoni, xalq maqollari va Li Mun 
Yol,O„tkir Hoshimov va boshqa ijodkorlar misolida). 
2.1. “Alpomish” va “Jumong” dostonlarining tarbiyaviy ahamiyati. 
Janubiy koreyalik olima O In Kyong «Alpomish» va «Jumong» dostonlari 
materiallari asosida o‗zbek va koreys qahramonlik eposlari qiyosiy tahliliga 
bag‗ishlangan doktorlik dissertatsiyasini yoqladi. 
— Men 2010 yildan buyon O‗zRFA Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot 
institutida ilmiy tadqiqotchi sifatida faoliyat yuritish bilan birga Nizomiy nomidagi 
Toshkent davlat pedagogika universitetida dars berdim, — deydi O In Kyong. — 
«Alpomish» dostonining g‗oyasi, tili va uslubi meni nihoyatda hayratga soldi. 
«Jumong» ham koreys xalqining qahramonlik eposi hisoblanadi. O‗zbek xalqiga 
bu doston «Jumong» teleseriali orqali yaxshi tanish. Bu ikki dostonning syujetini 
tashkil etuvchi asosiy voqealarning ildizi Markaziy Osiyoda yashagan qadimgi 
turkiylarning 
an‘analariga 
borib 
taqalishi 
fanda 
olimlar 
tomonidan 
isbotlangan.Shuningdek, «Alpomish» va «Jumong» dostonlarining qiyosiy tadqiq 
etilishi ikki xalq ruhiyatidagi mushtarak jihatlarni ochib berishi bilan ham 
qimmatlidir
3

«Jumong» dostoni Hemosu, Jumong, Yuri kabi uch avlod sarguzashtlari 
haqida hikoya qiladi. «Alpomish»da ham uch avlod, ya‘ni Boybo‗ri bilan Boysari, 
Alpomish va uning o‗g‗li Yodgor taqdiri bayon etilgan.Ahamiyatlisi, ikki 
dostonning tuzilishi ham epik asar qurilishiga to‗la mos keladi. Ayrim o‗xshash 
xususiyatlar haqida fikr yuritsak. Masalan, har ikki qahramon ham aslzoda nasl-
nasabga mansubdir. Alpomishning otasi Boybo‗ri Boysun-Qo‗ng‗irot elining 
sarbonidir. Jumong esa bir tomondan ko‗k, ya‘ni ruhlar dunyosiga bog‗lanadi. 
G‗ayritabiiy tug‗ilish talqinini olsak, Jumongning onasi Yuhva osmondan tushgan 
ilohiy nurdan homilador bo‗ladi va bir dona katta tuxum qo‗yadi. Qirol tuxumni 
3
“O‘zbekiston ovozi “ gazetasi .Toshkent – 2016 . 


22 
tashlab yuboradi. Ammo jonivorlar uni asrab qolishadi. Voqealar rivojida qirol 
tuxumni yana Yuhvaga qaytarib beradi va shu tariqa Jumong dunyoga keladi. 
«Alpomish» dostonida esa bundanda ta‘sirchan lavhalar bor. Boybo‗ri va 
Boysari to‗yga borishganida ularni farzandi yo‗q deb behurmat qilishadi. Bundan 
ranjigan aka-ukalar Shohimardon pir mozoriga borib, qirq kun tunaydilar. Qirq 
birinchi kuni shunday ilohiy xabar eshitadilar: 
«Boybo‗ri, senga xudoyim bir o‗g‗il, bir qiz berdi, yolg‗iz emas egiz berdi; 
Boysari, senga xudoyim bir qiz berdi, egiz emas yolg‗iz berdi. Bundan borsang, 
farzandlarni ko‗rsang, xaloyiqni yig‗sang, to‗y-tomoshalar bersang, to‗yda 
qalandar bo‗lib borib, bolalaringning otini o‗zim qo‗yib kelaman»
4

Alpomish va Jumong juda ko‗p noyob qobiliyatlarga ega. Masalan, ikki 
qahramon ham kamondan bexato o‗q uza olishi bilan mashhur. Alpomish o‗zining 
mardligi va jasorati tufayli Barchinni qutqarib, el-yurti, yori va xalqining oriyatini, 
manfaatini himoya qiladi. Jumong ham barcha qiyinchiliklarni yengib, o‗zi orzu 
qilgan saltanatni bunyod etadi.Jumong obrazida ham ko‗pgina ijobiy xususiyatlar 
mavjud. Ularning aksari ilohiylik vositasida aks ettirilgan. Alpomishning fazilatlari 
esa tabiiy va ishonarli. Shuning uchun bugungacha uning sifatlari o‗zbek 
o‗g‗lonlariga ibrat bo‗lib keladi. Birgina misol: Alpomish Qalmoq eli zindonida 
edi. Do‗sti Qorajon daragini topib keladi va chohga arqon tashlaydi. Chirmoviqqa 
osilib chiqayotgan alp negadir yarim yo‗lda arqonni kesib, zindonga qaytadi. 
Alpning ori keladi, ertaga yuzimga solmasin deydi. Mana sizga haqiqiy yigitning 
or-nomusi. 
Qadimgi turkiylar an‘anasiga ko‗ra, kishining jamiyatda tutgan mavqeyi va 
ko‗rsatgan jasoratlariga qarab ism ham o‗zgartirilgan. Har ikki dostonda ham 
qahramonlarga ism qo‗yish jarayoni alohida ahamiyatga ega. Ular qaysidir jasorati 
tufayli ikkinchi bir ulug‗ nomga sazovor bo‗ladi. 
4
Фозил Йўлдош ўғли. Алпомиш. Ўзбек халқ достони. − Тошкент: Шарқ, 1998. − Б.15


23 
Alpomishga ilk bor qalandar-darvesh qiyofasidagi pir tomonidan Hakimbek 
deb ism berilishi va keyinchalik uning alp bo‗lib yetishishi bashorat qilinadi. U 7 
yoshida Alpinbiy bobosidan qolgan o‗n to‗rt botmonlik yoydan otib, hammani 
hayratga soladi. Shundan so‗ng to‗qson alpning biri sifatida tan olinib, Alpomish 
nomini oladi. «Jumong» ham merganlikda tengsiz ekanligini isbotlay olgan 
qahramon. Aslida uning ismi «kamonni yaxshi otuvchi odam» ma‘nosini anglatadi. 
«Alpomish» dostonida o'z ifodasini topgan ezgu g'oyalar o'zbek xalqining 
ma'naviy taraqqiyotida nechog'liq muhim o'rin tutgan bo'lsa, koreys qahramonlik 
eposi «Jumo'ng» ham Koreya xalqi taraqqiyotining negizini tashkil etuvchi 
ma'naviy tayanchlardan biri bo'lib kelgan. Bu esa har ikki xalq ma'naviy 
qadriyatlari tizimining g'oyat yaqinligi va hayotbaxshligini ko'rsatadi. Zero, 
O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimov qisqa muddatda jahonning 
eng ilg'or mamlakatlari qatoridan o'rin olgan Janubiy Koreya taraqqiyotini 
ta'minlagan omillar xususida to'xtalganida, «…koreys xalqi asrlar davomida 
shakllanib, katta bunyodkor kuchga aylangan o'ziga xos milliy ma'naviyati 
hisobidan ham rivojlanganligi»ni ta'kidlab, koreys xalqi ma'naviyatiga yuksak 
baho bergan edi . Shuning uchun jahon badiiy qadriyatlarining durdonasi 
hisoblangan o'zbek xalq qahramonlik eposi «Alpomish» dostoni bilan koreyaliklar 
badiiy tafakkurining ulkan yodgorligi «Jumo'ng»ni qiyoslab o'rganish asosida ikki 
xalq epik tafakkurining o'ziga xosligini ko'rsatish mumkindir. 
O'zbek va koreys folkloridagi qahramonlik eposlari har bir mamlakatda 
chuqur va keng ko‗lamda o'rganilgan bo'lib, «Alpomish» dostoni G'.O.Yunusov, 
V.M.Jirmunskiy, H.T.Zarifov,M.Afzalov, M.Saidov, T.G'oziboev, M.Murodov, 
T.Mirzaev, B.Sarimsoqov, K.Imomov, O.Madaev,M.Jo'raev, S.Yo'ldosheva, 
A.Ergashev, I.Yormatov, SH.Turdimov, J.Eshonqulov
5
va boshqa olimlar 
tomonidan turli yo'nalishlarda tadqiq etilgan . 
5
Юнусов Ғ.О. «Алпомиш» достони // Билим ўчоғи. – Тошкент, 1923. – 2–3-сонлар.
– Б.37–39; Жирмунский В.М., Зарифов Х.Т. Узбекский народный героический эпос. – М.: 
ГИХЛ, 1947. – С.165–279; Зарифов Х.Т. Основные мотивы эпоса Алпомыш // Об эпосе 
«Алпамыш». – Тошкент: Фан, 1959. – С.6–25; Ғозибоев Т. «Алпомиш» достонининг 


24 
I Byongdo‗ esa «Jumo'ng» eposi syujetining tarixiy asoslarini Bueyo 
davlati tarixi bilan chambarchas bog'liq holda o'rgangan
6
. Gim Dujin o'z 
tadqiqotlarida kosmogonik miflar rivoji natijasida Go'guryoda «Jumo'ng» 
dostonining ilk syujeti yuzaga kelaboshlaganini aniqlagan
7
. «Jumo'ng» dostonini 
o'rganishga oid dastlabki tadqiqot muallifi yapon olimi Nakamichiuo Buyo 
davlatining paydo bo'lishiga oid mifologik tasavvurlarning Go'guryo miflariga 
bog'liqligini aniqlagan
8
. Jumo'ng haqidagi ilk mifologik syujet dastavval Bueyo 
davrida yuzaga kelib,keyinchalik Go'guryo aholisining arxaik eposi tarzida 
shakllangan. Go'guryo mifologiyasining asosini esa Buyo asotirlari tashkil etgan . 
Koreys olimi I Byongdo' esa «Jumo'ng» eposi syujetining genezisi Buyo davlati 
davriga borib taqalishini isbotladi . Gim Dujinningfikricha, osmon tangrisi 
haqidagi kosmogonik miflar rivoji natijasida Go'guryoda «Jumo'ng» dostonining 
ilk syujeti paydo bo'lgan . Keyinchalik shimoldan kelgan qabilalar bilan yerli aholi 
mifologiyasining birlashishi oqibatida yuzaga kelgan arxaik eposning qahramonlik 
dostoni xarakteriga ega bo'lganligi aniqlandi
9
. Yaponiyalik olim Mishna Akixida 
quyosh nuridan tug'ilish bilan bog'liq mifik tasavvurlar hamda Jumo'ngning 
g'ayrioddiy tarzda tuxumdan tug'ilishi motivi shimoliy va janubiy hudud aholisi 
Наманган вариантлари // Ўзбек тилшунослиги ва ўзбек адабиѐти масалалари. – Тошкент, 
1967. − Б.3–12; Саидов М. Ўзбек достончилигида бадиий маҳорат. – Тошкент: Фан, 1969.
– Б.70–144; Афзалов М. «Алпомиш» достонининг вариантлари ҳақида // Шарқ юлдузи.
– 1956. – 7-сон. – Б.107–117; Мирзаев Т. «Алпомиш» достонининг ўзбек вариантлари.
Тошкент: Фан, 1968; Муродов М., Эргашев А. Алпомишнома. – Ташкент: Ўзбекистон, 
1999 – Б.288; Имомов К. «Алпомиш» эпосининг айрим хусусиятларига доир // Ўзбек тили 
ва адабиѐти. – 1999. – 1-сон. – Б.12–16; Мадаев О. «Алпомиш» билан суҳбат. – Тошкент, 
1999; Жўраев М. «Алпомиш» достонида мифологик образлар // «Алпомиш» − ўзбек халқ 
қаҳрамонлик эпоси. – Тошкент: Фан, 1999. – Б.147–157; Йўлдошева С. Поэтика узбекского 
героического эпоса «Алпамыш»: Дисс. канд. филол. наук. − Ташкент, 1984; Ёрматов И. 
Ўзбек халқ қаҳрамонлик эпоси бадиияти. – Тошкент: Фан, 1994; Турдимов Ш. Этнос ва 
эпос. – Тошкент: Ўзбекистон, 2012 – Б.97; Эшонқулов Ж. Ўзбек фольклорида туш ва 
унинг бадиий талқини. – Тошкент: Фан, 2011.
6
이병두. 한국사. – 서울: 을유문화사. 
– 1995. – Р.40.
7
김두진. 한국고대의 건국신화와 제의. – 서울: 일조각
. – 1999. – Р.10–78. 
8
김두진. 한국고대의 건국신화와 제의. – 서울: 일조각.
– 1999. – Р.10–78. 
9
나경수. 한국의 건국신화연구 // 교문사. – 서울
. – 1983. – Р.93–99. 


25 
mifologiyasining o'zaro aloqadorligini ko'rsatuvchi muhim dalil ekanligini 
aniqladi
10
.
Gim Yolgyu «Jumo'ng» eposining «tuxumdan tug'ilish >tashlab yuborilish > 
mamlakatdan ajralish > vazifani bajarish» kabi elementlardan iborat strukturasi 
Sibir turkiylari folkloridagi shomon initsiatsiyasi tasvirlangan afsonalarga 
aloqadorligini isbotladi. Ma'lumki, «Jumo'ng» dostoni uch epik qahramon: 
Hemosu – Jumo'ng – Yuri triadasidan iborat uch avlod sarguzashtlari haqida 
hikoya qiluvchi asardir. «Alpomish» dostonida ham uch avlod, ya'ni Boybo'ri bilan 
Boysari, Alpomish va uning o'g'li Yodgor taqdiri bayon etilgan. Har ikki 
dostonning syujet tuzilishi L.Raglan, O.Rank va J.Kambel kabi olimlarning epik 
asar syujet qurilishi mezonlari va struktural-kompozitsion funksiyalariga doir 
qarashlariga mos keladi.Ularning fikricha, epos syujet qurilishi quyidagicha 
qismlarga bo'linadi: 1) aslzoda nasl-nasabga mansublik va g'ayritabiiy tug'ilish; 
2) tangrining karomati;
3) tashlab yuborilish;
4)oliy tabaqaga mansub insonlar tomonidan qutqarilish;
5) tahlika va uni yengish;
6) muammoni hal etish; 
7) fojiyaviy yakunlanma . 
«Jumo'ng» va «Alpomish» dostonlarida yuqorida keltirilgan syujet 
strukturasining asosan besh qismi mavjud: 1) aslzoda nasl-nasabga mansublik; 2) 
g'ayritabiiy tug'ilish; 3) tahlika va uni yengish; 4) ajoyib qobilyat; 5) muammoni 
hal qilish
11

10
Кўрсатилган асар. – Б.118. 
11
Raglan L. The Hero: A Study in tradition // Myth and Drama. − New American Literary, 
1956. − Р.174–175; Rank О. The Myth of the Birth of the Hero and Other Writings // Vantage 


26 
1. Aslzoda nasl-nasabga mansublik. Qadimgi koreys yozma yodgorligi 
«To'ngmyongvangpyon» talqinicha, beshta ajdaho qo'shilgan aravaga minib yerga 
tushgan va qirol bo'lib, hukmronlik qilgan ko'k tangrisi Hemosu yuqori olam 
timsolidir. Yuxva esa daryoning qizi bo'lgani uchun o'zida serhosillik kultining 
mohiyatini aks ettirgan ona iloha, yer ma'budasining antropomorf shakldagi talqini 
hisoblanadi. Demak, Jumo'ngning nasl-nasabi bir tomondan ko'k –yuqori olam – 
ruhlar dunyosiga bog'lansa, ikkinchidan, yer-suv ma'budlariga borib taqaladi. 
«Alpomish» dostonining qahramoni bo'lgan Hakimbekning otasi Boybo'ri, 
baxshi tabiricha,«Boysun-qo'ng'irot elining xoni»dir. Demak, aslzoda nasl-nasabga 
mansublik har ikki qahramonlik dostoniga xos mushtarak xususiyatdir. 
2. 
G'ayritabiiy 
tug'ilish. 
Epik 
qahramonning 
g'ayritabiiy 
tug'ilishi 
motivida«qadimiy mifologik tasavvurlar aks etgan» . Jumo'ngning onasi osmondan 
tushgan ilohiy nurdan homilador bo'lishi motivi epik qahramonning dunyoga 
kelishi va tug'ilishi quyosh kulti bilan bog'liq qadimgi tasavvurlarga aloqadorligini 
ko'rsatadi. Alpomishning Shohimardon mozorida tilab olingan farzand sifatida 
dunyoga kelishi o'zbek xalq qahramonlik eposida ham g'ayrioddiy tug'ilish motivi 
mavjudligini ko'rsatadi. 
3. Tahlika va uni yengish. Jumo'ngning dastlab tuxum shaklida tug'ilishi va 
tuxumning yerga tashlanishi qahramonning ma'lum muddat «ramziy o'lim» 
holatida bo'lganligini bildiradi.Tuxumning ona (tabiat) vujudidan tushishi 
(mifologik qahramon ibtidosi) > tashlab yuborilishi > hayvonlar himoyasi > 
saroyga qaytarilishi (Jumo'ngning tug'ilishi) yil fasllarining doimiy o'zgarishi 
hamda yangi yilning boshlanishi haqidagi qadimgi kalendar miflarni ifodalaydi. 
«Alpomish» dostonida epik qahramonni Shohimardon piri va sadoqatli oti 
Boychibor himoya qiladi. Ot ham Alpomishni himoya qilish uchun yuborilgan 
ilohiy kuch timsolidir. Har ikki dostonda kosmik mohiyat kasb etuvchi jonivor 
timsolining mavjudligi epik an'analar genezisi bilan bog'liq bo'lib, tarixiy 
Book −New York, 1959. − Р.65; Campbell J. The Hero with a Thousand Faces // Bollingen 
Series, Princeton Univ. − Press, 1968. − Р.35.


27 
asoslariga ko'ra qadimgi Sibir mifologiyasiga mansub e'tiqodiy ishonchlar 
tizimining xalq eposi syujetiga diffuziyalashgan ko'rinishlaridan biri hisoblanadi. 
4. Ajoyib qobiliyat. Koreys eposi qahramoniga kamonni juda yaxshi ishlata bilishi 
va merganligi uchun «Jumo'ng» deb ism qo'yilgan. Qadimgi koreys tilida 
«Jumo'ng» so'zi «kamonni yaxshi otuvchi odam» ma'nosini anglatadi. 
«Alpomish» dostonida Hakimbek yetti yoshga to'lganida Alpinbiy bobosidan 
qolgan o'n to'rt botmonlik yoyni otadi. Kamondan otilgan o'q Asqar tog'ining 
cho'qqisini yalab o'tgach, Hakimbek «Alpomish» deb nomlanadi. Har ikki doston 
qahramonining tug'ilishidan boshlab g'ayritabiiy qobiliyatga ega bo'lishi va «alp» 
atalishi 
qahramonlik 
eposining 
muhim 
elementlaridan 
sanaladi. 
Epik 
qahramonning magik qobiliyatini ko'rsatadigan asosiy belgi esa yoy tortish 
motivida namoyon bo'ladi. Yoy detali epik qahramonga xos magik qudrat, ajdodlar 
kultining homiyligi va ilohiylik timsoli sifatida talqin qilinadi. 
5. Muammoni hal qilish. «Jumo'ng» dostoni koreys xalqining tarixi, millat 
sifatidagi shakllanish jarayoni va qahramonona o'tmishini keng epik ko'lamda aks 
ettirgan asardir.Alpomish ham o'zining jasorati va mardligi tufayli Barchinni 
qutqarib, el-yurti, yori va xalqining oriyatini, manfaatini himoya qiladi. Jumo'ng 
butun qiyinchiliklarni yengib o'tib, yangi davlat bunyod etsa, Alpomish qo'ng'irot 
qabilasini birlashtirib, el-yurtni parokandalikdan,tushkunlikdan asrab qoladi, yirik 
davlatga asos solib, uni boshqaradi. Bu esa har ikki xalqqahramonlik eposining 
mohiyati va personajlar tarkibi o'zaro mushtaraklik kasb etishidan dalolat 
beradi.Har ikkala dostonda qahramonlarga «ism qo'yish» motivi ham o'zining epik 
bayoniga ko'ra qadimgi tasavvurlarni ifodalaydi. «Alpomish» dostonida 
qahramonga qalandar-darvesh ko'rinishida namoyon bo'lgan homiy – Shohimardon 
pir tomonidan ism berilishi, birinchidan, uning g'ayriodatiy xususiyatlarga egaligi, 
ya'ni kelajakda «alp» bo'lishining ilk belgisi edi; ikkinchidan, epik qahramonning 
g'ayrioddiy kuchlar himoyasi va madadidan bahramand bo'lganligi, ya'ni «homiy 
kuchlar tomonidan tanlanganligi»dan dalolat beradi. Ma'lumki, «Jumo'ng» 
dostonida qahramonning kamondan ―o'q otish motivi‖ uning ―alp‖ligini 


28 
ko'rsatadigan asosiy belgilaridan biri bo'lib, uning tabiatida ilohiylik mavjudligini, 
ya'ni Jumo'ng o'q-yoy timsoli sifatida tasavvur qilingan quyosh tangrisining o'g'li 
ekanligini ko'rsatadi. «Alpomish» dostonida esa epik qahramon yetti yoshga 
to'lganida o'zining alpligini,el-yurt birligi uchun tug'ilganligini bobosidan qolgan 
kamondan yoy otish orqali isbotlaydi.O'q-yoyning hokimiyat, davlat va baxt 
timsoli deb tasavvur qilinganligi «O'g'uznoma»da ham o'z ifodasini topgan
12

«Alpomish» va «Jumo'ng» dostonlarining asosiy motivlari tarkibida «alplik tizimi» 
mezonlariga bog'liq quyidagi xususiyatlar mavjud: 
– epos qahramoni dunyoga kelmasdan avval ezgu homiylar va eranlar ruhining 
e'tiboriga tushadi, ya'ni homiylar tomonidan «tanlanganlik» maqomida turadi; 
– qahramonlarning «alp atalishi» dushman tomon uchun qayg'u va kulfat timsoli 
sifatida talqin qilinadi;
– Alpomishning Barchin tufayli qalmoqlar yurtida ma'lum muddat yashashi, 
koreys xalq eposida Yuxva Gimvaning yurtida qolishga majbur bo'lgach, Jumo'ng 
ham ma'lum muddat «o'zga yurt»da qiyinchilik bilan kun kechirishi sinov 
marosimi ifodasi hisoblanadi; 
– qahramonlar homiy kuchlar tomonidan tarbiyalanib, magik qudrat kasb etadi. 
Ularning taqdiri homiy kuchlar tomonidan avvaldan bashorat qilinadi; 
– homiy kuchlar epik qahramonga doimo hamrohlik qiladilar, xususan, koreys xalq 
eposi qahramoni Jumo'ng qiyin ahvolga tushganida tangrilarga iltijo qiladi va 
uning tilaklari amalga oshadi; 
– Alpomish o'z elatini birlashtirishi, Jumo'ng Go'guryo davlatini bunyod etib 
hokimiyatni tiklashi alplik tizimi mezonlariga to'la mos keladi; 
12
Щербак А.М. Огуз-наме. Мухаббат-наме. – М.;-Л., 1959. – С.57–63. 


29 
– Alpomishning o'z yori Barchinning to'yiga cho'pon Qultoy qiyofasida kelishi 
uning homiy ruhlar tomonidan tarbiyalab voyaga yetkazilgan yangi eran 
maqomidagi alp sifatida shakllanganligini bildiradi ; 
– Jumo'ngning qirq yoshga kirgach osmonga chiqib ketishi qahramonning 
kamolotga yetib, Alpomish kabi g'ayb eranlar qatoriga o'tganligini ko'rsatadi; 
– epik qahramonlarning shajarasiga alohida e'tibor qaratilishi xalqning davlatchilik 
dostonlarida ajdodlar kulti muhim o'rin tutganligining belgisidir. 
«Alpomish» dostonida epik qahramonning zindonga tushishi o'zbeklarda ham 
«o'zga olam»ni yer ostida deb tasavvur qilishga asoslangan mifologik qarashlar 
mavjud bo'lganligini ko'rsatadi. Alpomishning yetti yil zindonda yotishi, uning 
oldiga Tovka oyimning lahm qazib kelishi, xabarchi g'ozning Alpomish huzurida 
bo'lishi bilan bog'liq epik motivlar mifologik personajning «o'zga olam»ga safari 
to'g'risidagi arxaik miflar talqinidan iboratdir.Koreys eposi «Jumo'ng»da ham, 
o'zbek xalq dostoni «Alpomish»da ham qahramonning o'zi tug'ilib o'sgan yurtidan 
chiqib boshqa mamlakatga borishi muhim syujet halqasi sanaladi. Epik voqealar 
tizimi shu ko'chish sababini izohlash bilan boshlanadi va rivojlanadi. 
Qahramonning o'z tug'ilgan joyidan sayohatga chiqib, g'olib sifatida qaytib kelishi 
shomonning ruhlar makoni hisoblangan«o'zga olam»ga sayohatiga o'xshab ketadi.

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin