49
III.BOB.Ishning amaliyotga tatbiqi.
3.1. “O„qitish” va “O„rgatish” tamoyillari.
Pedagogik texnologiyalarning bugungi kunda eng ommaviylashgan
turlaridan biri – bu interaktiv metodlardir. Interaktiv metodlar o‗quvchi va
o‗qituvchining birgalikdagi faoliyati bo‗lib, asosan o‗quvchilarni fikrlashga
undaydi. Kerakli xulosalarga kelishni, ular o‗zini tahlil qilishni va amaliyotda
qo‗llashni o‗rgatadi. O‗qituvchining asosiy vazifasi bu erda o‗quvchilarga yo‗l
ko‗rsatish, yo‗nalish berish, eng to‗g‗ri xulosani aytishdan iborat.
Interaktiv usullar yana shunisi bilan ham ahamiyatliki, o‗qituvchi
o‗quvchining fikrini hech qachon keskin rad etmaydi, faqatgina vaqti bilan to‗g‗ri
xulosani aytib o‗tib ketadi.Natijada o‗quvchi xatosini o‗zi tushunib oladi
16
. Bu esa
ularni tushkunlikka tushish, fikrlashda tormozlanish kabi holatlarning oldini oladi.
Bu esa ularni tushkunlikka tushish, fikrlashda tormozlanish kabi holatlarning oldini
oladi. Interaktiv metodlar o‗quvchi va o‗qituvchi o‗rtasidagi o‗zaro hurmatga
asoslanadi. O‗qituvchi qanday bo‗lmasin o‗quvchining fikrini tinglaydi va hurmat
bilan qarashini bildiradi, shu bilan birga o‗quvchilarni bir-birlarini tinglashga
o‗rgatadi. e`tirozlar, qo‗shimchalar ham ―hurmatli‖, ―sizning fikringizga
qo‗shilgan holda‖, ―bizning ham ayrim fikrlarimiz bor edi‖ kabi so‗zlar orqali
bildiriladi. Bunday tarzda tashkil etilgan darsda o‗quvchi o‗zini hurmat
qilinayotganligini sezadi va bunday sharoitda hech qanday tayziqsiz erkin fikrlay
boshlaydi va uni ochiq bayon eta oladi. Ushbular bilan birgalikda u boshqalarni
ham hurmat qilishga o‗rganadi.
Interaktiv metodlar o‗quvchilarda doimiy faollikni ta`minlaydi. O‗quvchilar dars
davomida bo‗sh qolmaydilar, ular mavzuga oid biror bir muammo bilan band
bo‗ladilar. Natijada esa zerikish holatini oldi olinadi. Zamonaviy dars berish
metodlaridan asosiysi ―interaktiv‖ metod bo‗lib, hozirda uning chala tarjimasi ko‗p
hollarda ―interfaol‖ deb yuritiladi, ―interaktiv‖ atamasi aslida inglizcha ―interaktiv‖
so‗zidan olingan bo‗lib, ―o‗zaro ta`sirlashish‖ ma`nosini bildiradi va biror faoliyat
16
Jo’raev R.H., Rahimov B.X., Xolmatov Sh. Yangi pedagogik texnologiyalar. Muammoli ta’limga asoslangan o’quv –
metodik qo’llanma.-T.: Fan, 2005.-66 b.
50
yoki metodda o‗zaro bahs- munozara, fikrlash asosida faoliyat yoki hamjihatlik
bilan hal etish tushuniladi. Ammo biz ayrim o‗quv qo‗llanmalarini
varaqlaganimizda ―o‗qitishning interaktiv metodlari‖ termini qo‗llanishini ham
guvoxi bo‗ldik. Ta`lim berish jarayoni bevosita o‗qitish metodi bilan uzviy
bog‗liqdir.
Metodika
sizning
qanday
texnik
vosita
yoki
kitoblardan
foydalanayotganinggiz emas, balki sizning ta`limingiz qanday tashkil etilishidadir.
Ta`lim va o‗qitish asoslarini tuzuvchilar unga o‗quv kontekstini kiritishni, yangi
darsning tuzilmasini qurishni taklif etadilar. O‗qitish mazmuni aqliy hujumdan
boshlanadi. Misol uchun Kitg Xayning (dengiz toshbaqalari) deb nomlangan
kichik maqolasini o‗qib chiqish taklif etiladi. Oldin o‗qib chiqib dengiz
toshbaqalari haqida biroz o‗ylab olish taklif etiladi, buning uchun muhokama qilish
uchun sherik tanlanadi. 3-5 minut davomida sherigi bilan hamkorlikda toshbaqalar
haqida mavjud bilimlar yozib chiqiladi, miyaga qanday fikr kelsa, hammasini
yozib olish kerak. Yozilgan narsaning to‗g‗ri noto‗g‗riligi ahamiyatga ega emas,
iloji boricha ko‗proq ma`lumotlar yozish muhimdir. Sheriklar muhokamani
yakunlaganlaridan keyin guruhlar a`zolardan dengiz toshbaqalari haqidagi o‗z
bilimlari bilan o‗rtoqlashishilari taklif etiladi. O‗quvchilar o‗z fikrlarini gapirib
berar ekanlar, ularni doskadagi qog‗ozdan yozib berish kerak. Har qanday
kelishmovchiliklar muxokamaga olib chiqilishi kerak. Ana shu ish jarayoni
davomida vaqti-vaqti bilan aytilgan gaplar to‗g‗rimi deb savol berib turish zarur.
Bundan tashqari muhokama etilayotgan savollar bo‗yicha o‗rtoqlik tortishuvlari,
turli fikrlar va qarama-qarshi fikrlarga yo‗l berib turish maqsadga muvofiq
bo‗ladi
17
.
Yangi g‗oyalar va tanishuvlardan ba`zilari qarama-qarshi xususiyatga ega bo‗lishi
mumkin. Bularni sinfda aniqlab, tahlil etish mumkin, chunki qarama-qarshliklar
shaxsiy savollarni vujudga kelishiga olib keladi. Shaxsiy savollari esa o‗qish va
tushunish uchun xarakatlantiruvchi kuch bo‗lishi mumkin.
Aqliy hujum-muammolarni hal qilishda keng qo‗llaniladigan samarali metoddir. U
qatnashuvchilarni o‗z tasavvurlari va ijodlaridan foydalanishga undaydi. U
17
Azizxo’jaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat.-T.:2003.-174b.
51
berilgan har qanday muammoga ko‗p sonli to‗g‗ri yechimlar topishga yordam
beradi
18
.
Dars
mashg‗ulotlariga
o‗tiladigan mavzu qirralarini qarama-
qarshiliklarini ko‗rsata olish sinf o‗quvchilarining mustaqil fikrlash qobiliyatlarini
shakllantirish o‗zaro munosabatlarini bildirib himoya eta olish asoslab berish,
boshqa ishtirokchilarning fikrlarini tinglay olish, baholash maqsadida ushbu
metodni qo‗llash muhim ahamiyatga ega. Ushbu dars maqsadi birgalikda
o‗qitishga ko‗maklashuvchi uslubiy yo‗llar ya`ni o‗quvchilarga jamoada o‗qitish
yo‗li bilan bimlim olishlari to‗g‗risida tasavvur berish.
Bu metodda qoidalarga amal qilish talab etiladi:
1. Ishtirokchilarni muammo doirasida keng fikr yuritishga undash, ular tomonidan
kutilmagan mantiqiy fikrlarning bildirilishiga erishish.
2. Har bir o‗quvchi tomonidan bildirilayotgan fikr yoki g‗oyalar miqdori
rag‗batlantirib boriladi. Va fikrlar orasidan eng maqbullarini tanlab olishga imkon
beradi, fikrlarni rag‗batlantirilishi navbatdagi yangi fikr yoki g‗oyalarning
tug‗ilishiga olib keladi.
3. Har bir o‗quvchi o‗zining shaxsiy fikr yoki g‗oyalariga asoslanishi hamda ularni
o‗zgartirishi mumkin. Oldin bildirilgan fikrlarni umumlashtirish, turkumlashtirish
yoki ularni o‗zgartirish ilmiy asoslangan fikrlarning shakllanishiga zamin yaratadi.
4. Mashg‗ulot paytida o‗quvchilarning har qanday faoliyatlarini standart talablar
asosida nazorat qilish, ular tomonidan bildirilayotgan fikrlarni baholashga yo‗l
qo‗yilmaydi. Agar ularni fikrlari baholanib boriladigan bo‗lsa, o‗quvchilar o‗z
diqqatlarini o‗axsiy fikrlarini himoya qilishga qaratadilar, oqibatida ular yang
fikrlarni ilgari surmaydilar. Bu metodni qo‗llashdan ko‗zlangan asosiy maqsad
o‗quvchilarni muammo xususida keng va chuqur fikr yuritishga rag‗batlantirish
ekanligini e`tibordan chetda qoldirmagan holda ularning faoliyatlarini baholab
borishning har qanday usulidan voz kechish maqsadga muvofiqdir.
18
Jo’raev R.H., Rahimov B.X., Xolmatov Sh. Yangi pedagogik texnologiyalar. Muammoli ta’limga asoslangan o’quv –
metodik qo’llanma.-T.: Fan, 2005.-66 b.
52
O‗zbek tomoshabinlari televideniya orqali koreys seriallarini miriqib
tomosha qilishadi. Lekin Janubiy Koreya adabiyotidan u qadar xabardor emaslar.
Umuman, bu mamlakat yozuvchilari, shoirlari, dramaturglarining asarlari jahonda
ham xozircha u qadar mashxur emas. Koreya Respublikasi badiiy adabiyot
tarjimalari institutining ma'lumotlariga qaraganda, so‗nggi 20 yil mobaynida bu
mamlakat badiiy adabiyotga taalluqli 2340 asar 27 ta tilga o‗girilgan. Biroq Koreya
Respublikasi ma‘daniyat, sport va turizm vazirligining e'lon qilingan ma'ruzasi
xulosalariga ko‗ra, tahlil qilib chiqilgan 70 ta tarjimaning faqat
yettitasini, ya'ni har o‗ntasidan bittasini muvaffaqiyatli chiqqan deb xisoblash
mumkin. qolgan aksariyat tarjimalar badiiy saviyasining darajasi asliyatga to‗la
mos tushmaydi. Bu, ko‗p jihatdan, tarjimonlarning asarlar asliyatining tili -
koreyschani mukammal egallamaganliklari bilan izohlanadi. Shu sababli dunyoda
Janubiy Koreya badiiy adabiyotining o‗ziga xosligi va qiymati to‗g‗risida to‗liq va
chuqur tasavvur shakllanmagan.
Dostları ilə paylaş: |