Namangan davlat universiteti ijtimoiy fanlar fakultuteti



Yüklə 138,86 Kb.
səhifə1/5
tarix19.12.2023
ölçüsü138,86 Kb.
#186002
  1   2   3   4   5
Otaxonov Samandar kurs ishi



NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
IJTIMOIY FANLAR FAKULTUTETI
T.R.X BU-21 talabasi
OTAXONOV SAMANDARNING
“ O’ZBEKISTON TARIXI ” fanidan
MOVAROUNNAHRDA SHAYBONIYLAR
HUKMRONLIGINING O’RNATILISHI ”
mavzusida yozgan


KURS ISHI

Qabul qiluvchi: ______________________


Namangan—2023


MUNDARIJA
I. Kirish……………………………………………………………………………..3
II. Asosiy qism.
1. Shayboniylar sulolasining kelib chiqishi va Abulxayrxonning “O’zbek ulusi” davlatiga asos solishi……………………………………………………………….6
2. Muhammad Shayboniyxonning yirik sarkarda va kuchli davlat arbobi sifatida shakllanishi………………………………………………………………………..11
3. Muhammad Shayboniyxon tomonidan Movarounnahr va Xurosonni istilo etilishi……………………………………………………………………………..21
4. Shayboniylar sulolasi hukmronligi davrida Movarounnahrdagi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayot…………………………...………………….35

III. Xulosa…………………………………………………………………………37

IV. Foydalangan manba va adabiyotlar…………………………………...………39

KIRISH
O’zbek davlatchilik tarixida ko’plab davlatlar va sulolalar hukmronlik qilgan bo’lib, ularning har birining davlatchiligimizda ahamiyati kattadir. Amir Temur tomonidan tashkil etilgan buyuk imperiyadan so’ng, temuriyzodalar davrida vujudga kelgan siyosiy parokandalik, toj-u taxt uchun kurashlar mamlakat ahvolini og’irlashtirib, tanazzul yoqasiga kelib qoldi. Shunday murakkab vaziyatda yurtimiz hududida davlatchiligimizda katta ahamiyatga ega bo’lgan Shayboniylar sulolasi hukmronligi o’rnatiladi. Dashti Qipchoqdan kelgan Muhammad Shayboniyxon boshchiligidagi o’zbek urug’lari asta-sekinlik bilan Movorounnahga kelib joylashib, yashab qolishadi. Vaqt o’tishi bilan yillar davomizda Dashti Qipchoq o’zbeklari va Movorounnahrdagi mahalliy millat vakillari chachishib yag’ona O’zbek xalqini shakllantirishadi. Shu tariqa ushbu hududda yashayotgan aholini o’zbeklar deb atash odat tusiga kiradi. Markur kurs ishida biz Shaybonoylar sulolasining vujudga kelishi, ular yashagan geografik hudurlar, shayboniylarning kelib chiqishi, shayboniylar tomonidan tashkil etilgan dastlabki mustaqil davlat “O’zbek ulusi” davlati haqida, Sulolaning eng mashhur vakillarining hayoti va faoliyati haqida yaqindan tanishib chiqamiz. Bunday tashqari bu mavzu orqali biz Shayboniylarning Movorounnahr hududiga kirib kelishi va o’z hukmronligini o’rnatishi, Xuroson hududlarini zabt etilishi va Xurosonni Eron Safaviylariga o’tib ketishi kabi siyosiy jarayonlarni ham yoritib o’tamiz. Shayboniylar tomonidan Movorounnahrda mustaqil Buxoro xonligi davlatiga asos solinishi, mazkur davlatda hukmronlik qilgan davlat rahbarlari va ularning davlat boshqaruvida qilgan islohotlari, Buxoro xonligining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohada erishgan yutuqlari haqida so’z yuritamiz. Mavzuning yakunlovchi qismida esa shayboniylar sulasining inqirozga uchrashi va uning o’rniga Buxoro xonligida Ashtarxoniylar sulolasining hukmronligini o’rnatilishi haqida ma’lumotlar berib o’tiladi.


Albatta, yurtimiz hududida bir asrdan sal ko’proq hukmronlik qilgan bu sulolaning o’rganilish masalasi ham dolzarbdir. Mazkur davrni yoritishda o’sha davrda yashagan va o’zidan tarixiy mavzuda yozilgan asarlar qoldirgan mashhur tarixchi olimlar va hozirgi zamonaviy tarixchilar tomonidan chiqarilayotgan ko’plab kitoblar va maqolalar yurtimizning XVI asr boshidan XVII asr boshigacha bo’lgan tarixini yoritishga xizmat qiladi. Bunday asarlar qatoriga quyidagi asarlarni kiritishimiz mumkin. O‘rta Osiyo xalqlarining XVI asrning boshi – XIX asrning birinchi yarmi tarixiga oid ko‘pdan ko‘p yozma manbalar bizning kunlarimizgacha saqlanib qolgan. Ular avvalo, mahalliy tarixnavislik maktablari vakillarining asarlari, qolaversa, O‘rta Osiyoga tashrif buyurgan elchilar, sayyohlar, zobitlarning ma’lumotlaridan iborat.
Ushbu manbalar yuqoridagi davr tarixi, ijtimoiy-iqtisodiy va xo‘jalik – madaniy hayot hamda siyosiy jarayonlar haqida qimmatli ma’lumotlar beradi. Ular orasida quyidagilarni alohida sanab o‘tish maqsadga muvofiqdir: Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma”, Muhammad Solihning “Shayboniynoma”, Mulla Shodining “Fathnoma” Fazlulloh Ro‘zbexonning “Mehmonnomai Buxoro”, Zayniddin Vosifiyning “Badoye ul-vaqoe”, Xofiz Tanish Buxoroniyning “Abdullanoma”, Muhammad Yusuf Munshiyning “Tarixi Muqimxoniy”, Xoja Samandar Termiziyning “Dastur al-muluk”, Mirza Badi Devonning “Majma al-arkam”, Mir Muhammad Salimning “Silsilat as-salotin”, Abduraxmon Davlatning “Tarixi Abulfayzxoniy” Mulla Vafo Karmanagiy va Olimbekning “Tuhfat al-xoniy”, Abulg‘oziyning “Shajarai turk”, Niyozmuhammad Xo‘qandiyning “Tarixi Shohruhiy”, Muhammad Hakimxonning “Muntaxib at-tavorix”, Ogahiyning “ Firdavs ul-iqbol”, Ahmad Donishning “Mang‘it amirlari tarixi” kabi asarlardir.
XVI-XIX asrning birinchi yarmi tarixiga oid manbalar ma’lumotlarini ilmiy muomalaga kiritishda ko‘plab sharqshunos, tarixchi va huquqshunos olimlar tadqiqot ishlarini olib bordilar. Bu yo‘nalishda V.Abdullayev, A.Arends, B.Axmedov, S.Azimjonova, M.Abduraimov, Ya.G‘ulomov, U.Karimov, A.Kononov, N.Malitskiy, R.Muqminova, A.Muhammadjonov, R.Nabiyev, T.Ne’matov, N.Norqulov, A.O‘rinboev, A.Ziyo, H.Bobobekov, Sh.Vohidov, R.Xoliqova, M.Yo‘ldoshev, H.Boboyev, A.Saidov, Z.Muqimov, I.Saidahmedovlarning tadqiqotlari diqqatga sazovordir.


Yüklə 138,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin