Namangan davlat universiteti ijtimoiy fanlar fakultuteti


Muhammad Shayboniyxonning yirik sarkarda va kuchli davlat arbobi sifatida shakllanishi



Yüklə 138,86 Kb.
səhifə3/5
tarix19.12.2023
ölçüsü138,86 Kb.
#186002
1   2   3   4   5
Otaxonov Samandar kurs ishi

2. Muhammad Shayboniyxonning yirik sarkarda va kuchli davlat arbobi sifatida shakllanishi.
Muhammad Shayboniyxon uzoq yillar o‘zbek tarixi uchun, aniqrog‘i, siyosatchi bo‘lgan tarixchilar va tarixchi bo‘lgan siyosatchilar uchun o‘tmishimizning o‘gay o‘g‘li bo‘lib qoldi. Sovet davrida va bugungi kunda nashr etilgan mumtoz she’riy to‘plamlarni qanchalik varaqlamang, uning adabiy merosi to‘liq aks etmaganiga guvoh bo‘lasiz. Ilm-fanning sharmandaligi shu darajaga yetdiki, mustaqillikning dastlabki yillarida nashr etilgan “O‘zbekiston tarixi” darsliklaridan birida Muhammad Shayboniyxon davri umuman kiritilmagan, qariyb bir asrlik tarixga e’tibor berilmagan. Bu ilmga mutlaqo zid, ilmga xiyonat edi. Ilm-fanni siyosat bilan aralashtirib yuborgan “olimlar” nazarida Shayboniyxon Mirzo Boburning Movarunnahrdan quvg‘in qilinishiga, temuriylarning tarix sahnasidan yo‘qolishiga sababchi bo‘lgan tarixiy shaxsdir. Tarixiy shaxs so'zini alohida ta'kidlamoqchiman. Chunki tarixiy shaxsni tarix sahifasidan o‘chirib bo‘lmaydi.
Ha, Muhammad Shayboniyxon temuriylar qudratini barbod qilgan qudrat ramzi sifatida tarixda qoldi. Biroq, temuriylarning tarix sahnasidan tushib ketishiga, ya’ni Sohibqiron bobolari birlashgan saltanatning yemirilishiga birinchi navbatda ularning o‘zlari aybdor, ya’ni taxtni egallab olgan nevaralarning noroziliklari, zulm tufayli yuzaga kelgan. O'zaro ittifoqning yo'qligi; bu tarixiy haqiqat va tarixning qaytarilmas hukmi edi. Shu munosabat bilan Bobur Mirzoning o‘zi ham o‘z umr kitobiga adolatli va xolis baho yozgan. Oradan necha marta o‘tdi, Bobur va Shayboniyxon o‘rtasidagi o‘zaro ziddiyat tarix mulkiga aylandi va bu mojaroning bugungi kungacha “ko‘chirilishi” ilm-fanga mutlaqo zid bo‘lgan, xolisona ko‘rinishga to‘sqinlik qiluvchi soxtalikdan boshqa narsa emas5.
Sulton Muhammad Shayboniyxon ibn Budoq Sulton ibn Abulxayrxon 1451-1510-yillarda yashagan Shayboniylar sulolasi asoschisi va eng yirik vakili hisoblanadi. “Shayboniylar sulolasi” asoschisi. 1500-1510-yillarda mamlakatni boshqargan. Abulxayrxonning nabirasi. Budoq sultonning o‘g‘li. Tug‘ilganda unga turkiylar odatiga ko‘ra ikki ism qo’yilgan. Muhammad (arabcha) va Shayboniyxon (turkiycha) ismlari qo‘yilgan. Abulxayrxon unga Shohbaxt deb laqab qo‘ygan.Shayboniyxon g‘oyat katta jismoniy kuchga, harbiy tashkilotchilik qobiliyatiga ega edi. “Boburnoma” asarida esa u “Shayboqxon”, ya`ni “kuch-qudrat egasi” deb ataladi.
Shayboniy yo’llanma qo‘shin boshlig‘idan xon darajasiga ko‘tarilgan tarixiy shaxsdir. U nafaqat sarkarda balki, Shohbaxt, Shoyboq, Sheboni, Shohibek, Shayboniy taxalluslari bilan g‘azal, ruboiylar bitgan shoir hamdir. Shayboniyxonning adabiy me`rosidan bizgacha bir nechta o‘zbekcha g‘azal, ruboiy va “Bahr-ul xudo” asarlari mavjud. Mazkur asar 1508-yil 14-may Bastom, Domg‘omda yozib tugallangan. va 1507-1508-yillarda yozilgan o‘g‘li valiaxd Temur sultonga atalgan pand-nasihatlardan iborat kitobi mavjud bo’lib, uning yagona nusxasi hozir Turkiyada saqlanadi.
U yoshligida otasi Budoq sulton va onasi Qo‘zibegimdan yetim qolgach, otasining sodiq xizmatkori Qorachabek oilasida tarbiyalanadi. Keyinchalik Shayboniyga Turkiston va O‘tror hukmdori Muhammad Mazid tarxon homiylik qiladi. Shayboniy yoshligida Buxoro madrasasida ta`lim oladi.
Shayboniy Dashti Qipchoqqa qaytib borib lashkar to‘plashga muvaffaq bo‘lgan. U buyuk davlatni tiklash yo‘lida xatti-harakatni dastlab o‘z qo‘shini bilan temuriylarga yollanma qo‘shin lashkarboshisi sifatida xizmat qilishdan boshlagan. Dastlab Shayboniy parchalangan Amir Temur davlatining shimoliy chegarasida noiblik qilayotgan homiysi Mazid tarxondan uni o‘z xizmatiga olishni so‘raydi. Avvaliga bu taklifga rozi bo‘lgan Mazid tarxon tezda Shayboniyni o‘z hokimiyatiga xavf solishi mumkinligini anglab yetadi. Natijada, u Shayboniyni Buxoro hokimi Darvish Muhammad tarxon ixtiyoriga jo‘natib yuborish orqali undan qutuladi. Chunki, Darvish Muhammad bunday yordamga muhtoj edi. Uning xizmatidan boshqa hukmdorlar ham foydalanganlar. Shayboniy o‘z qo‘shini bilan Mo‘g‘iliston, Movarounnahr hamda Xorazm hukmdorlariga xizmat qilib, ularning qo‘shnilariga va ichki raqiblariga qarshi kurashdi. Bu kurashlarda Shayboniy o‘zining mohir lashkarboshilik qobiliyatini namoyon qiladi. Uning bunday turmush tarzini yozma manbalarning mualliflari “qozoqlik” ya`ni “o‘z xalqi va qavmidan ajralib ketgan odamlar, taxt uchun kurashda yengilsa-da, ammo o‘z huquqidan voz kechmagan va o‘z tarafdorlariga boshchilik qilib, vuqoliflari bilan qulay fursat poylab kurashadigan sulola vakili” deb atashgan edi. Turli hukmdorlarga xizmat qilish Shayboniyga Temuriylar davlatidagi vaziyatni yaxshi bilib olishiga imkon berdi. Movarounnahr hukmdorlari va zodagonlari uning xizmatidan eng ko‘p manfaat ko‘rishi natijasida Shayboniy Movarounnahr zodagonlari orasida mashhur bo‘lib ketgan edi.
Shayboniy ko‘chmanchi o‘zbeklar davlatini qayta tiklash yo‘lida kurash olib borgan, biroq o‘zbek-qozoq qabilalari tomonidan kuchli qarshilikka duch kelgan. Bu qabilalar Shayboniyxonni qo‘llab-quvvatlagan qabilalarni asta-sekin janubga tomon siqib chiqarganlar. Shayboniy bobosi Abulxayrxon vafotidan parokanda bo‘lib ketgan qabilalarni birlashtirdi va beayov qonli urushlar natijasida 1480-yilda ko‘chmanchi O’zbek ulusi davlatini qayta tiklashga muvaffaq bo‘ldi. 1487-1488-yillarda Sayram, O‘tror va Turkiston shaharlarini hamda qo‘rg‘onlarni egallab, Movarounnahr yaqinida mustahkam o‘rnashib oldi. Bu qo‘rg‘onlar kelgusida unga Movarounnahrni istilo qilish uchun tayanch vazifasini o‘tagan. Shayboniyxon ko‘chmanchilarning jangovar an`analari bilan O‘rta Osiyo shaharlarining madaniy yutuqlarini birlashtira olishi uning istilochilik yurishlari muvaffaqiyatli chiqishiga yordam berdi. S.Siyoyevning "Dashti qipchoq lochini yoxud Muhammad Shayboniyxon" asarida Shayboniyxon Temuriylar birlashtira olmagan Markaziy Osiyoni qo'l ostida birlashtirgan, lashkarboshilik jihatlarini, shuningdek shoir, islohotchi, olim va mutaffakkir sifatlarini namoyon etgan shaxs ekanligi ko'rsatilgan. Asar voqealari Shayboniyxonni tanishtirishdan boshlanadi, asl ismi Abdulfatx Muhammad ota- onasidan erta yetim qolganligi, unga va ukasi-Sulton Mahmudga Mazid tarxon homiylik qila boshlaganligi aks etgan.
Shayboniyxonning diniy ta'lim olishida Mazid tarxonning hamda ustozi Shayx Mansurning xizmatlari katta bo'lgan. Shayboniyxon Samarqandni Bobur Mirzodan tortib olgach, Toshkent sari yurish boshlaydi. Toshkent egallangach Shayboniyxonning xalqqa adolati ochib beriladi: "Shayboniyxonning azaliy bir odati bor. U qaysi shahar yo viloyatni zabt etsa, avvalambor o'sha yerning bozorini borib ko radi. Zero, bozor mamlakatning yuz-ko'zi degan aqidaga ishonadi. Shayboniyxon ham shohona libosda emas, oddiyroq kiyingan. Oyog'ida qonji qizil etik, egnida ko'k shoyi yaktak, boshida bejirim o'ralgan simobiy salla. Qorin tekis, ko'zlar qiyiq, kalta kuzalgan soqol-murt o’ziga yarashgan. Yelkalari keng. Turish-turmushidan navjuvonlarga xos o'ktamlik shijoat va quvvat yog'iladi. Magar sallaga qondirilgan yong'oqdek yoqut jig'a bo’lmasa, ro'parada Dashti Qipchoq lochini, deya sharaf tojini kiygan Shayboniyxon emas, biror viloyat yo muzofotning sarkori o'tiribdi, deb o'ylash mumkin edi"6. Shayboniyxonning fe'l-atvori, xarakteri, oddiy inson ekanligi ko’rishimiz mumkin. Shuningdek, Shayboniyxonning oddiy kiyim kiyganligi uning kibrga berilmagan, hamma uchun o'rnak bo'la olishi matnda ochib berilgan.
Sa’dulla Siyoyev Shayboniyxonning savdo-sotiq, qishloq xo’jaligi, ta'lim sohasiga qo'shgan hissasiga alohida to'xtalib o'tadi:"Biz, Turkiston elining sultoni, Samarqand podshosi Muhammad Budog' o'gli Shayboniyxon ushmundoq qaror qilduk: Shahar bozori buzib tashlansin, o'rnida keng, obod, sarishta dehqon bozori bunyod etilsun. Toshkentda to'qqizta yangi hovuz qazilsinki, xalq ichkilik suviga zor bo'lmag'ay. Bo'zsuv anhoridan shahar ichkarisiga kichik-kichik ariqlar o’tkazilsin. Madrasalar ta'mirlansin, mudarrislarning maoshi ikki barobar oshirilsin, tolibi ilmlarga beriladigan nafaqa ham ikki hissa ko’paytirilsin. Ularga Ramazon va Qurbon hayiti bosh-oyoq libos berilsin. Bozorda o'z molini sotib o'tirgan dehqon ahlidan soliq oz olinsin. Harajatlar baytul-mol hisobidan qoplansun. Muhrimizni bosdik. Imom uz-zamon, xalifat ur rahmon Shayboniyxondirmiz. Hijriy 907 sana, shavvol.[Siyoyev S. 2:39.] Bu yerda Shayboniyxonning fuqaro ravnaqi uchun juda ko'plab ariqlar, hovuzlar, masjid va madrasalar bunyod etganligiga guvoh bo 'lamiz.
Sa’dulla Siyoyevning "Dashti qipchoq lochini yoxud Muhammad Shayboniyxon" asarida Shayboniyxon Markaziy Osiyoni yagona bir markaz - Samarqand qo'1 ostida birlashtira olgan, mamlakatda tukiy til va adabiyoti rivojiga hissa qo'shgan, tarixiy imorat va madrasalar qurdirgan tarixiy shaxs, hukmdor va shoir sifatida, O'zbekiston tarixida tutgan o'rni, oddiy inson sifatida aks ettirishda o'ziga xos yondashuvi seziladi. Yozuvchining mahorati, bir tomondan, real hayotdagi yangilikni ko'ra olishi va uni adabiy vositalar bilan tahlil eta olish san'ati bolsa, ikkinchi tomondan san'atning sirlarini chuqur egallay olganligida ko'rinadi. Shayboniyxon tarixni sevgan va tarixiy asarlar yaratilishida o'zi shaxsan ishtirok etgan. So'nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, Shayboniyxon o'zbek tilida bitilgan o'ziga xos manba — "Tavorixi guzidayi nusratnoma" asarining yozilishida bevosita ishtirok etgan7.
Shayboniyxon Qur'onni yaxshi bilgan va diniy ulamolar, shoirlar bilan suhbat qurishni xush ko'rgan. Hukmdorning siyosiy raqibi bo'lgan Zahiriddin Muhammad Bobur ham uning musulmon dini borasida yaxshi bilimga ega ekanligini ko'rsatib o'tadi. Muhammad Shayboniyga hamroh va maslakdosh bo'lgan shaxslar ichida shayxlar, sayyidlar va xo’jalardan chiqqan bilimdon kishilar eslatib o'tiladi. Ularning ba'zilari xonga nisbatan "buyuk muhabbat va sadoqat"larini ko'rsatgan bo'lib, keyinchalik ham hukmdorning yaqinlaridan bo'lib qolganlar. Ularning ichida Muhammad Solih tomonidan "olim kishi" deb atalgan Abdurahim Sadr alohida imtiyozli o'rin egallagan edi. "Dashti qipchoq lochini yoxud Muhammad Shayboniyxon" asarida Shayboniyxon Xonzodabegimga ikki yildan beri oshiq ekanligi aks etgan. Shayboniyxon Samarqandni qamal qilganda so’ng Xonzodabegimga xat yozadi. Xonzodabegimga atalgan bu izhori dilda mashuqaning vasfi ham, xonning shahar ahliga qo' ygan sharti ham mujassam edi.
Shayboniyxon o'zini Alisher Navoiyning ma'naviy shogirdi hisoblar, o'nlab g'azallarini yod bilar va o'z qo'li bilan ilk devonini ko'chirgan edi. Shayboniyxon turkiy tilni nihoyatda qadrlagan. U Hirotda bundan boshlab devon ishlari turkiy tilda yurgizilsin deb buyruq beradi. Shuningdek, “Dashti qipchoq lochini yoxud Muhammad Shayboniyxon" asarida Shaybonixon turkiy til haqida kuyunib shunday deydi: " Ajab maxluq erkan bu odamzod deganlari. Bir burda non umidida tuqqon tilidan kechib, begona alfozda chuldiramakni afzal ko'radir. Olloh, olloh! Iftixor qani? Mir Alisher "Muhokamatul lug'atayn"da bizlarga ne deb vasiyat qilmishlar". Afsuski Shayboniyxon vafot etishi bilan devon ishlari turkiy tildan forsiy tilga o'tkaziladi. Shayboniyxonning o'zining shaxsiy kutubxonasi bo'lgan. U janglarga o'zining aravasida shaxsiy uy kutubxonasi bilan chigar edi. Shayboniyxon saroyda ko plab mushoiralar o'tkazib turgan va o'zi ham mushoiralarda ishtirok etgan.
Mulla Shodi "Fathoma" asarida ma'lumot berishicha hijriy 864-yil yoki milodiy 1459-1460 -yilda Abulxayronning katta o'g'li Shohbudog’ sulton vafot etadi. Undan qolgan sakkiz yoshli Muhammad va besh yoshli Mahmud uyg'ur Boyshayx ko'kaldosh tarbiyasiga beriladi. Shohbudog'ning katta o'g'li Muhammad Shohbaxt keyinchalik Shayboniylar davitiga asos soladi. Manbalarning ma'lumot berishicha, Muhammad Shohbaxt Shayboniyxon iste'dodli shoir va sarkarda, zamonasining o'qimishli va bilimdon kishilaridan bo'lgan 8. Shayboniyxonning hayot tarixida e‘tiborga molik uch muhim nuqta bor.
U avvalo, O‘rta Osiyoliklarning ichki kuchlariga tayanib yurishlar qilgan va oqibatda chegarasi Amudaryo doirasidan juda uzoqqa cho‘zilgan bir mamlakatni barpo etgan buyuk sohibqironlarning oxirgisi edi. Bundan keyingi jangovar yo‘lboshchilar, mahorat va hirslari qanchalik katta bo‘lsada, bu boradagi baxt-omadga erisholmadilar.
Ikkinchidan, bundan keyin O‘rta va G‘arbiy Osiyoda qabilalar urushi qat‘iy tugadi. O‘zbeklar Turon yaylovidan janubiy g‘arbga tushgan qavmlarning eng so‘ngi qabilasi bo‘ldilar.
Uchinchidan, ilk Amudaryo va Sirdaryo daryolarining narigi tarafidagi musulmonlar bilan G‘arbiy Osiyodagi din qardoshlari o‘rtasida juda yaqin bo‘lmasada, doimiy bir aloqa bor edi.
Temuriylarning inqirozi va halokatlari bilan bu aloqa tamom bo‘ldi. Xususan, Safaviylarning shialikni quvvatlashlari sababli aloqa uzilishi yanada chuqurlashdi. Shayboniyning ko‘chmanchi qavmlari bilan bu o‘lkaning shimol tarafiga yurishi, bunda tamomila ma‘lum diniy-ijtimoiy o‘zgarish qilgan (shialik tarqalishi) vaqtlarga to‘g‘ri kelgani uchun Movarounnahr yanada tezroq mustaqil bo‘lib oldi. Juda qadim zamonlardagi kabi Movarounnahrning suv hududi Turon bilan Eron orasida asosiy bir chegara holini oldi.
Shayboniyxon ruhoniy ulamolariga katta hurmat, hatto bolalarcha itoat qilib, barcha urush safarlarida o‘zi bilan barobar kichkina go‘zal kutubxonasini olib yurar, Temur kabi bu ham Damashq va Halab ulamosi bilan diniy munozaralarga qatnashgan. Qur`onning ba`zi bir oyatlari haqida Hirotning peshqadam tafsirchilari bo‘lgan Qozi Ixtiyor va Muhammad Yusufga e`tiroz bildirgan edi. Shayboniyxoning islom dini borasida yaxshi bilimga ega ekanligini hatto Bobur ham tan oladi. Shuning uchun bo‘lsa kerak Shayboniyxon o‘zini chin musulmonlar, ya`ni sunna mazhabidagi musulmonlarning boshlig‘i va ularning ximoyachisi deb hisoblardi. Shuning uchun ham Shayboniylar davrida yashagan olimlar xususan, shoir va tarixchilar uni "Xalifa ur-Rahmon" va "Imom az-Zamon" ya`ni "davr imomi" va "tangrining yerdagi xalifasi" deb ulug‘laganlar. Bu nom Shayboniyxonga Hirot olingan yili 1506-yilda berilgan9.
Shayboniyxon maorif va madaniyat haqida o‘z davrining ruhidan to‘la xabardor va hatto maorif jihatidan oldinga Temur shahzodalarning aksaridan past emas edi. Zamonasidagi tengdosh shoirlarning aksariyatidan ortiq darajada qalam sohibi bo‘lgan. Chunki uning she`rlari buyuk bir iqtidor va go‘zal tabiatga molik ekanini, u ham turkiy ham forsiy ham arabiy tillardan asosli suratda voqif ekanini ko‘rsatmoqda. Sulton Husayn Boyqaroning vafotidan keyin bir siqim donga muxtoj qolgan ko‘pgina ulamolar Shayboniydan panoh topdilar. U ulamolarni xizmatga olib, munosib vazifalar berdi. Buxoro, Samarqand, Toshkentda masjidlar, madrasalar solishga amr etdi. Hatto harbiy yurishlarda ham o‘z atrofida bir necha ulamo bo‘lgan va bular unga hurmat hamda sadoqat ko‘zi bilan qarashgan.
Shayboniyxon davlatni iqtisodiy va siyosiy jihatdan mustahkamlash yo‘lida qator islohotlar o‘tkazdi. Birinchidan u davlat boshqaruvida suyurg‘ol tizimini joriy etdi, ya`ni zabt etilgan hududlarni boshqarish ishini o‘z farzandlariga, qarindosh-urug‘lariga, birodarlariga, qabila boshliqlari bo‘lgan sultonlarga topshiradi. Xususan, Balx - Sultonshohga, Hisor - Mahdi va Hamza Sultonlarga, Andijon - Mahmud Sultonga, Qunduz - Ahmad Sultonga, Hirot - Jonvafobiyga, Marv - Qo‘biz Naymanga, Toshkent – Suyunxo’jaga, Xorazm - Kepakbiy Qushchiga, Samarqand va Kesh Muhammad Temurga, Buxoro va Qorako‘l - Mahmud Sultonga, Turkiston esa Ko‘chkunchixonga taqdim etilgan. Samarqand poytaxt sifatida xon taxtiga o‘tqaziladigan joy hisoblangan. U yerda xon sharafiga xutba o‘qitilgan va pul zarb etilgan.
Ikkinchidan, u mamlakatda yer-suvni qaytadan taqsim qildi. Ko‘chmanchi qabila zodagonlari yengilgan mahalliy mulkdorlar mol-mulkini musodara qilish, sotish, egasiz qolgan yerlarni o‘zlariniki qilib olish yo‘li bilan mulklarini ko‘paytirib oldilar.
Uchinchidan, mamlakat ichida ijtimoiy hayotni tartibga solishga imkon beruvchi islohot ham o‘tkazdi. Keyingi 10 yil ichida soliqlar og‘irligidan va mulkdorlar jabr-zulmidan yer-suvlarini tashlab ketgan xo‘jaliklar yerlarini ishga tushirish masalasi ko‘rib chiqdi.
To‘rtinchidan, Shayboniyxon 1507-yilda pul islohotini o‘tkazdi. Bunga ko‘ra mamlakatning hamma katta shaharlarida vazni bir xil - 5,2 gramm bo‘lgan yangi kumush tangalar hamda mis chaqa pullar zarb qilinib muomalaga chiqarildi. Bu islohot iqtisodiyotni tartibga solish va savdo-sotiqni jonlantirish maqsadida o‘tkazilgan edi. Ayni paytda bu islohot markaziy hokimiyatning siyosiy va iqtisodiy mavqeini kuchaytirishga, mahalliy hokimlar mavqeini esa kuchsizlantirishga, dehqonlarning soliq to‘lash imkoniyatini oshirishga, davlat xazinasi mulkini ko‘paytirishga imkon berdi.
Beshinchidan, Shayboniyxon ta‘lim sohasida ham islohotlar o‘tkazdi. Bu islohotning o‘tkazilishiga amaldorlar guruhini vujudga keltirish va ularni jamiyatning asosiy tayanchiga aylantirish zarurati sabab bo‘ldi. Xonlarga va sultonlarga barcha sohalar bo‘yicha ilmli, diplomat qobiliyatiga ega bo‘lgan amaldorlar zarur edi. Islohotga ko‘ra, ko‘p bosqichli o‘qitish tizimi joriy etildi. Ta‘limning quyi bosqichi maktab hisoblandi va bolaga 6 yoshidan ta‘lim beriladigan bo‘ldi. Maktabda ikki yil o‘qigach o‘quvchilar madrasaga o‘tkazilardi. Madrasada 3 bosqichli ta‘lim joriy etilgan bo‘lib, uning har bir bosqichida 8 yildan o‘qilardi. Shunday qilib, o‘qish 26 yil davom etardi10.
Shayboniyxon tomonidan amalga oshirilgan bu kabi va boshqa tadbirlar o‘z mohiyatiga ko‘ra markaziy hokimiyatni mustahkamlashga, shayboniy xonlari va beklari hukmronligi kuchayishiga xizmat qilishi zarur edi.
Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti ilmiy xodimi Baxtiyor Alimjanovning “Ishonch” gazetasida “Muhammad Shayboniyxon davrni o`zgartirgan siyosiy lider edi(mi?) maqolasi e`lon qilingach, bu ijtimoiy tarmoqlarda ancha shov-shuvlarga ham sabab bo`ldi. Tarixni xolis baholash va yozish, ayniqsa 21 asrda voyaga etayotgan farzandlarimiz ma`naviy barkamolligi, o`tmishdagi bobolari haqida to`g`ri tushunchaga ega bo`lishlari uchun ham, davlatchiligimiz va Markaziy Osiyo hududida taraqqiyot va tinchlik o`rnatishga hissa qo`shgan siymo, go`zal adabiy asarlar muallifi Muhammad Shayboniyxon shaxsiyati to`g`risida jamoatchilikning xolis dunyoqarashini shakllantirish uchun ham, uning shaxsiga hurmat va ehtirom ko`rsatishimiz lozim11. Ko`pchilik ziyolilar Muhammad Shayboniyxon qabri Samarqanddagi Registon maydoni yonida ekanligini tilga olishadi. Agar shunday bo`lsa, qabrning xuddi yo`qdek yodga olinmasligi juda achinarli holat. Bor bo`lsa uni obodonlashtiraylik, haykalini o`rnataylik. Tarixda boshsiz ko`milgan shohning jasadi qanday olib kelingan, haqiqatan shunday bo`lganmi, uning kalla suyagiga o`zga shohning may ichgani to`g`risidagi inson zotiga yoqmaydigan bemaza falsafani isbotlab jamoatchilikka bildirishimiz kerak-ku axir? Yoki u to`qilgan uydirma bo`lsa, ulug` siymoga tuhmat qilishni bas qilaylik. Shayboniyxon ba`zi joylarda, Shoyboq, ba`zida Shaboniy, ko`p manbalarda Shayboniyxon, Shayboniylar sulolasi asoschisi deya talqin qilinadi. Nima bo`lganda ham, u bizning bobomiz, milliy davlatchiligimiz siymosi. Shunday ekan, yangi tarix fani o`rganuvchilariga, kelgusi avlodlarga uning siymosini xolis va haqqoniy tarzda ko`rsatish adolatdan bo`ladi.


Yüklə 138,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin