Namangan davlat universiteti ijtimoiy fanlar fakultuteti


Shayboniylar sulolasining kelib chiqishi va abulxayrxonning “o’zbek ulusi” davlatiga asos solishi



Yüklə 138,86 Kb.
səhifə2/5
tarix19.12.2023
ölçüsü138,86 Kb.
#186002
1   2   3   4   5
Otaxonov Samandar kurs ishi

1. Shayboniylar sulolasining kelib chiqishi va abulxayrxonning “o’zbek ulusi” davlatiga asos solishi.
Tarixdan ma'lumki, XI-XVI asrlarda g'arbda Dnepr daryosi va Qora dengiz, shimoli-sharqda Irtish daryosi va Balxash ko'ligacha, janubda esa Xorazm va Sirdaryoning quyi oqimlari oralig'idagi yerlar Dashti Qipchoq deb yuritilgan. Yoki Dashti Qipchoq, Qipchoq dashti nomlari bilan Sirdaryoning yuqori oqimi va Tyanshanning gʻarbiy yon bagʻridan, Dnepr daryosining quyi oqimiga qadar yoyilgan dashtlarni XI—XV asrlarga oid arab va fors manbalaridagi nomi. “Dashti Qipchoq” atamasini dastlab Nosir Xisrav XI asrda qoʻllagan. 1030-yilda qipchoqlar Irtish daryosi sohillaridan gʻarbga tomon koʻchib Xorazmga qoʻshni boʻlishgan va hozirgi Qozogʻiston hududi, shuningdek, janubiy rus dashtlarini egallashgan. Dashti Qipchoq aholisi sharq manbalarida — qipchoqlar, rus solno-malarida — poloveslar, Vizantiya xronikalarida — kumanlar, venger manbalarida—kunlar deb atalgan. Dashti Qipchoq ikki qismdan yani Sharqiy va Gʻarbiy qismdan iborat boʻlib, Yoyiq (Ural) daryosi ularni ajiratib turuvchi chegarasi sanalgan. Gʻarbiy qism Yoyiq va Itil (Volga) daryosidan to Dneprgacha boʻlgan hududdan iborat boʻlgan. Iqtisodiy sabablar umuman olganda Yevroosiyoning iqtisodiy markazi boʻlgan Quyi Volganing qulashiga bogʻlangandir. Dasht zonalarida namgarchilik sekin-asta oʻsishi XIV – XV asrlarda sekinlashib qoladi, lekin koʻchmanchi aholining notekis oqimi O’zbek ulusi gʻarbidan sharqqa hozirgi zamonaviy Qozogʻiston hududiga olib keladi. Shu vaqtda xalqaro savdo tranzit yoʻli roli pasayadi.
Birinchidan, tezlik bilan rivojlanayotgan Yevropa davlatlari Xitoy va Hindiston bilan dengiz orqali savdo qiladigan boʻlishadi.
Ikkinchidan, Usmoniylar imperiyasining yuksalishi O’zbek ulusining asosiy savdo hamkori va Yevropa bilan savdo munosabatlarida vositachisi hisoblangan Genuya respublikasining siyosiy va iqtisodiy qulashiga olib keldi1.
XIII asrga kelib Dashti Qipchoqni moʻgʻullar bosib olib, tarixda Joʻji ulusi nomi bilan mashhur Oltin Oʻrda davlatini barpo etganlar. XIVasr boshlarida Joʻji ulusi ikki qismga boʻlinib ketgan. Dashti Qipchoqning sharqiy qismida Oq Oʻrda tashkil topgan. Dashti Qipchoqning gʻarbiy qismi rus yilnomalarida “Poloveslar yeri” nomi bilan uchraydi. XIV asrning 60-yillaridan sharqiy Dashti Qipchoq “Oʻzbeklar mamlakati”, uning aholisi esa “oʻzbeklar” deb atala boshlandi. XVasrning 20-yillaridan boshlab sharqiy Dashti Qipchoqda Abulxayrxon va uning qarindosh-urugʻlari hukmronlik qilgan. Dashti Qipchoqning asosiy aholisi koʻchmanchi va yarim oʻtroq boʻlib, chorvachilik va ovchilik, daryo va koʻl yoqalarida yashagan aholi dehqonchilik, shaharlari (Saroy Botu, Saroy Berka, Oʻrda Bozor, Sigʻnoq, Arquq) dagi aholi esa hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan shugʻullangan. XVI-XVIII asrlarda Movarounnahr tarixshunosligida “Dashti Qipchoq” atamasi uning sharqiy qismi hozirgi Qozogʻistonni anglatgan. Bu hududda dastlab Jo'ji ulusi nomli bilan Oltin O'rda xonligi tashkil etilgan2.
XIV asr oxirlarida Oltin O'rda xonligi Amir Temur tomonidan tor-mor etilganidan so'ng parchalanib, bir necha xonliklarga bo'linib ketdi. Volga daryosining o'rta va quyi oqimlarida Qozon va Ashtarxon (Hojitarxon) xonliklari, Qrim yarim orolida Turkiya ta'sirida bo'lgan Qrim xonligi vujudga keldi. Dashti Qipchoqning sharqiy qismida esa Oq O'rda tashkil topdi. Bu katta hududda qiyot, mang'it, do'rmon, qushchi, o'rtachi, nayman, tuba, toyraas, jot, xitoy, uyg'ur; qorluq, ushun (usun), karlavut, ichki, ming, tan gut, qo'ng'irot va boshqa qabilalar yashagan. Bu ulus O'zbeklar davlati, uning aholisi “o'zbeklar” deb atalgan.
Oltin o’rda Jo’jixonning o’g’illari o’rtasida uluslarga bo’linishi natijasida Dashti Qipchoqning sharqiy qismi Jo’jixonning beshinchi o’g’li Shaybonga tegadi. Vaqtlar o’tishi bilan o’zaro ichki urishlar natijasida Shaybon ulusida markaziy hokimyat zaiflashib bordi. Oxir-oqibat ulus mayda-mayda qismlarga bo’linib ketdi. Bu kurash ayniqsa Shaybon naslidan bo’lgan hukmdor Davlatshayx 1425-yilda vafot etishi bilan yanada avj oladi. Ana shunday vaziyatda Davlatshayxning o’g’li Abulxayrxon siyosat maydoniga chiqdi3. Abulxayrxon 1412-1468-yillarda yashagan tarixda “Koʻchmanchi oʻzbeklar davlati” deb nom olgan davlat asoschisi. Tura hozirgi Gʻarbiy Sibir xoni boʻlgan. Abulxayrxon otasi vafot etganda yosh bo’lishiga qaramay kuchli sarkardalik qobilyatiga ega edi. O’zaro urushlardan aziyat chekayotgan o’zbek qabilalarining qo’llab-quvvatlashi natijasida Abulxayrxon 1428-yilda “O’zbek ulusi” deb atalgan davlatga asos soldi.
Oʻzbek Ulusi — Dashti Qipchoqning sharqiy qismi yani Janubiy Gʻarbiy Sibirda Abulxayrxon tomonidan 1428-yilda asos solingan davlat va uning aholisi. “Oʻzbek ulusi” atamasi Oʻzbekxon nomi bilan bogʻliq deb taxmin bildirishadi olimlar. Poytaxt vazifasini 1428-1446-yillarda Janubi-G’arbiy Sibirda joylashgan Tura shahri bajargan. Oʻzbek ulusi hududiga Orol dengizining shimoliy qirgʻoqlaridan to Irtish daryosining oʻrta oqimlarigacha, sharqda Sarisuv va Chu daryolaridan gʻarbda Yoyiq (Ural) daryosining soʻl sohillarigacha boʻlgan yerlar kirgan. Oʻzbek ulusi urugʻ qabilachilik munosabatlari asosida barpo etilgan. 1431-1446-yillarda Abulxayrxon o’z davlati mustaqilligi uchun Joʻjixon naslidan boʻlgan koʻpgina sultonlar xususan Iboqxon, Burka Sulton, Jonibek, Gerayxon, Mustafoxonlarning ayirmachilik harakatlariga barham berish uchun kurash olib borgan. Abulxayrxon 1431-yil o’z davlatini Oltin O’rdadan mustaqil deb e’lon qiladi.
XV asrning 30-yillarida Oltin Oʻrda, Oq Oʻrda, Moʻuliston va Temuriylar saltanatida ichki nizolar kuchayib ketganidan foydalanib Abulxayrxon Oʻzbek ulusi tarkibiga hozirgi Markaziy va Sharqiy Qozogʻiston yerlarini, 1446-yilda Sirdaryo boʻyidagi Sigʻnoq, Oqqoʻrgʻon, Arquq, Oʻzgan, Suzoq shaharilari va 1431-1435-yillarda Xorazm viloyatini qoʻshib olgan. 1447-yil Oʻzbek ulusi davlatining poytaxtini Turadan Sigʻnoqqa koʻchiradi. Natijada Oʻzbek ulusi temuriylarning yon qoʻshnisiga aylangan. Bu holat esa temuruylar va shayboniylar o’rtasida urush boshlanishini anglatardi. Dehqonchilik va hunarmandchilik mahsulotlariga boʻlgan ehtiyoj Dashti Qipchoq o’zbeklarini har yili Movarounnahrga hujum qilishiga sabab boʻlgan. Shuningdek, Oʻzbek ulusi temuriylarning oʻzaro kurashlariga aralasha boshlagan. Masalan Abulxayrxon Abu Said Mirzoning 1451-yilda Samarqand taxtini egallashiga va Ulugʻbekning nabirasi Muhammad Joʻgiyning 1459-1460-yillarda toj-u taxt uchun kurashiga yordam bergan. Buning evaziga Abu Said Mirzo Abulxayrxonga Mirzo Ulug’bekning qizi Robiya Sultonbegimni nikohlab beradi. Temuriylardan Sulton Husayn Boyqaro, Atouddavla, Manuchehr Mirzolar Abulxayrxondan yordam soʻraganlar. Abulxayrxon 1468-yilda vafot etgandan soʻng Oʻzbek ulusi oʻzaro ichki nizolar natijasida inqirozga uchragan. XIV asr ikkinchi yarmi – XV asr birinchi yarmi davomida iqtisodiy baza anchadan beri mavjud boʻlmasa-da, hokimiyatda boʻlgan barcha siyosiy guruhlar amalda iloji boricha kuchli xon hokimiyati asosida markazlashgan byurokratik davlat tuzishga intildilar. Aynan shu sababli Abulxayrxon aholisi oʻzining hukmdoridan norozi boʻlib, uning raqibini faol qoʻllab quvvatlaydilar.
Abulxayrxon oʻrniga taxtga oʻtirgan o’g’li Haydarxon davrida Iboqxon, Burka Sulton, Jonibek, Gerayxon, mangʻit amirlaridan Yomgʻurchi va Muso Mirzolar Oltin Oʻrda xoni Ahmadxon bilan ittifoq tuzib, Haydarxonga qarshi kurash olib borib, gʻalabaga erishganlar. Haydarxon qatl etilgan. Iboqxon va uning ittifoqchilari Abulxayrxonning qarindosh urugʻlarini va tarafdorlarini qirgʻin qilishgan. Undan faqat Muhammad Shayboniyxon, uning ukasi Mahmud Sulton, Abulxayrxonning oʻgʻillari Suyunchxoʻjaxon va Koʻchkunchixon, Baxtiyor Sultonning oʻgʻli Mahdiy Sulton, Hamza Sulton va baʼzi beklargina qochib qutulgan, xolos4. Abulxayrxon avlodlaridan omon qolganlar juda kamchilik bo’lib qolganlar Iboqxon va uning ittifoqchilari tomonidan qirg’in qilishgan. Omon qolganlar ham Dashti Qipchoq hududlarida bosh olib chiqib ketishga majbur bo’lishadi. Abulxayrxonning o’g’illari bo’lmish Ko’chkunchixon va Suyunchxo’jalar taxt vorisligida chetlatildi.


Yüklə 138,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin