Namangan davlat universiteti ijtimoiy fanlar fakultuteti


Shoyboniylar sulolasi hukmronligi davrida Movarounnahrdagi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayot



Yüklə 138,86 Kb.
səhifə5/5
tarix19.12.2023
ölçüsü138,86 Kb.
#186002
1   2   3   4   5
Otaxonov Samandar kurs ishi

4. Shoyboniylar sulolasi hukmronligi davrida Movarounnahrdagi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayot
Shayboniy xonlari tomonidan Movarounnahrda bir qator sohalarda islohotlar amalga oshirildi. Bu islohotlar qisman ijobiy natijalar bersa, ayrimlari davlatning zaiflashuviga oqibatlarga olib keldi. Shayboniyxon tomonidan joriy etilgan suyurg’ol tizimi eng yaxshi hizmat kо’rsatgan va Shayboniyxonga yaqin bо’lgan amaldorlar yoki xon xonadoni vakillariga turli viloyatlar ustidan hukmronlik qilishga imkon bersada, biroq ular markaziy hokimiyatdan mustaqil bо’lishga intildilar va oqibatda bu hol ichki kurashlarni keltirib chiqardi. Bu salbiy holat Shayboniyxon Ismoil Safaviydan mag’lubiyatga uchrashida ham ta’sir kо’rsatgan edi. Shuningdek, Shayboniyxon yer egaligi va yer-suv sohasida 1507-yilda pul islohoti va keyinchalik ta’lim sohasida ham islohotlar о’tkazgan edi. Dehqonchilik asosan lalmikor va obikor – sug’oriladigan yerlarda bо’lgan. Bug’doyning о’n ikki navi yetishtirilgan va boshqa an’anaviy ekinlar ekilgan. Dehqonchilik uchun qulay bо’lgan va hosildor yerlar yirik amaldorlar va harbiylar hamda din peshvolariga qarashli bо’lgan.
Shayboniylar davlati ijtimoiy – iqtisodiy hayotida Buxoro yaqinidagi Jо’ybor qishlog’idan chiqqan Jо’ybor xojalari katta ta’sirga ega edi. Ular siyosiy hokimiyat boshqaruv ishlariga ta’sir kо’rsatish bilan birga katta yer mulklariga ham etalik qilardilar. Shayboniylar davrida amalga oshirilgan islohotlardan biri qarovsiz yotgan yerlarni о’zlashtirishga ham qaratilgan edi. Chorvachilik ham yaxshi rivojlangan. Hunarmandchilikning 60 dan oshiq turi mavjud bо’lgan. Ichki savdoga katta e’tibor berilgan. Tashqi savdoda Turkiya, Eron, Hindiston, Rossiya, Xitoy kabi davlatlar bilan savdo aloqalari olib borilgan. 1588-yilda Buxoroda bо’lgan ingliz sayyohi Antoni Jenkinson ham о’z ma’lumotlarida Buxoro shahrida har yili yirik savdogarlar qurultoyi bо’lishi, bu yerga Hindiston, Eron, Balx, Rossiya va boshqa mamlakatlardan katta -katga savdo karvonlari kelishini yozib qoldirgan edi22.

Xulos a
XV-asr oxiri XVI-asr boshida Temuriy mirzolarning o’rtasida boshlanib ketgan o’zaro janjallar taxt uchun kurashlar oqibatida Temuriylar davlati parchalanib ketdi. Natijada shayboniyxon Movoraunnahr xalqlari hayotida muhm o’zgarishlar yasagan Shayboniylar davlarini tashkil qildi. Shayboniylar davlati o’zbek davlatchiligi tarixida alohida o’rin tutadi. Shaybiniylar davrida ilm - fan madaniyat rivojlanib temuriylar qodirgan meros davom ettirildi. Hukmdorlardan Shayboniyxon, Ubaydullaxon kabi shoirlarni xalqimizning ma’naviy merosiga qo’shgan hissasi nihoyatda katta ekanligi dalillar asosida asoslandi. Shayboniylar davlatida katta qurilish ishlari olib borildi.
Shayboniyxon madrasasi, Abdurahim Sadr madrasasi, Baroqxon madrasasi, Masjidi kalon, Mir arab madrasasi, Abdullaxon, Ko’kaldosh kabi madrasalar buni yaqqol misoli sifatida ko’rsatib berildi. Shayboniylar davrida etnik o’zgarishlar ro’y berib Dashti Qipchoqdan ko’chib kelgan qabilalar o’zlari bilan “o’zbek” degan etnik nomlarni olib keldilar va butun Movoraunnahr shu nom bilan yuritila boshlanganligi aniqlandi. Aynan Movarounnahr va Xuroson hududlari Amir Temurdan so’ng Shayboniyxon va qisman shaybaniy hukmdor Abdullaxon II davrida birlashtirilib yagona davlat sifatida faoliyat yuritdi. Shayboniyxon bilan birga Dashti Qipchoqdan 500-600 ming o’zbek oilasi Movarounnahr hududiga ko’chib keldi. Bu esa Movarounnahr aholisining shiddat bilan ko’payishiga olib keldi. Aholi yangicha madaniyat va yangicha turmush tarzi bilan tanisha boshladilar.
Movarounnahr hududida vujudga kelgan Shayboniylar davlati keyinchalik Buxoro xonligi O’rta Osiyoda deyarli 350 yil davom etgan “ Uch xonlik davri” ni boshlang’ich nuqtasi hisoblanadi. Aynan Buxoro xonligi tarkibidan 1512-yilda Xiva xonligi 1709-yilda esa Qo’qon xonligi mustaqil bo’lib ajiralib chiqib ketadi. Lekin aynan Shayboniylrning yurtimiz hududiga kirib kelishi shu davlatlar vujudga kelishi yo’lidagi dastlabki qadam bo’ladi. To’g’ri Shayboniyxonni Movarounnahr-ga qilgan yurishi natijasida temuriy hukmdor Bobur Mirzo mamlakatimiz hududini tashlab chiqib ketib, Hindiston hududlariga borib mustaqil “Boburiylar imperiyasi”ga asos solidi. Lekin Shayboniyxonni davlat oldidagi xizmatlari ham Bobur Mirzonikidan qolishmaydi. U ham siyosiy rahbar sifatida ham ma’naviy rahnamo sifatida o’zini namoyon etdi. Xullas yurtimiz hududida 1 asrdan sal oshiq hukmronlik qilgan Shayboniylar sulolasi o’zbek davlatchiligida o’chmas iz qoldirdi.

Foydalanilgan manba va adabiyotlar:



  1. Ahmedov B. “Tarixdan saboqlar”. –T:. 1994

  2. Azamat Ziyo “O'zbek davlatchiligi tarixi” (Eng qadimgi davrdan Rossiya bosqiniga qadar). –T:. 2010.

  3. Jo’rayev U., Usmonov Q., Jo’rayeva G., Norqulov N. “O’zbekiston tarixi”.[darslik]–T:. “O’qituvchi”, 2019

  4. Muhammad Solih “Shayboniynoma”. –T:. 1988.

  5. Saidqulov T. “O’rta Osiyo xalqlari tarixi tarixshunosligidan lavhalar”. T., 1993 yil.

  6. Siyoyev S. “Dashti Qipchoq lochini yoxud Shayboniyxon qissasi” –T:. “Navro’z”, 2021.

  7. Xayrullayev M.M. “Ma'naviyat yulduzlari”. –Toshkent. “Abdulla Qodiriy” nomidagi xalq merosi nashryoti, 1999.

  8. Z.M. Bobur “Boburnoma”

  9. https://dzen.ru/a/XaNYEOiCwwCuilqI

  10. https://kh-davron.uz/kutubxona/uzbek/muhammad-shayboniyxon-gazallar-xurshid-davron-muhammad-shayboniyxon-haqida.html

  11. https://mbaza.uz/wp-content/uploads/2020/06/shayboniylar_davrida__movarounnahrda_madaniy_hayot.pdf

  12. https://qomus.info/oz/encyclopedia/d/dashti-qipchoq/

  13. https://qomus.info/oz/encyclopedia/ou/ozbek-ulusi/

  14. https://rost24.uz/oz/news/1449

  15. https://www.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/tarix/uzbekiston-hukmdorlari/sulton-muhammad-shayboniyxon

  16. https://www.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/tarix/uzbekiston-hukmdorlari/sulton-muhammad-shayboniyxon



1 https://dzen.ru/a/XaNYEOiCwwCuilqI

2 https://qomus.info/oz/encyclopedia/d/dashti-qipchoq/

3 Jo’rayev U., Usmonov Q., Jo’rayeva G., Norqulov N. “O’zbekiston tarixi”. [darslik] –T:. “O’qituvchi”, 2019. —B . 5-6

4 https://qomus.info/oz/encyclopedia/ou/ozbek-ulusi/

5 https://kh-davron.uz/kutubxona/uzbek/muhammad-shayboniyxon-gazallar-xurshid-davron-muhammad-shayboniyxon-haqida.html

6 Siyoyev S. “Dashti Qipchoq lochini yoxud Shayboniyxon qissasi” –T:. “Navro’z”, 2021. –B. 144

7 Xayrullayev M.M. “Ma'naviyat yulduzlari”. –Toshkent. “Abdulla Qodiriy” nomidagi xalq merosi nashryoti, 1999.

8 Azamat Ziyo “O'zbek davlatchiligi tarixi” (Eng qadimgi davrdan Rossiya bosqiniga qadar). –T:. 2010.

9 https://www.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/tarix/uzbekiston-hukmdorlari/sulton-muhammad-shayboniyxon

10 https://www.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/tarix/uzbekiston-hukmdorlari/sulton-muhammad-shayboniyxon

11 https://rost24.uz/oz/news/1449

12 Ahmedov B. “Tarixdan saboqlar”. –T:. 1994 yil. –B. 57

13 Muhammad Solih “Shayboniynoma”. –T:. 1988. –B. 115.

14 Jo’rayev U., Usmonov Q., Jo’rayeva G., Norqulov N. “O’zbekiston tarixi”. [darslik] –T:. “O’qituvchi”, 2019. —B. 8-9



15 https://mbaza.uz/wp-content/uploads/2020/06/shayboniylar_davrida__movarounnahrda_madaniy_hayot.pdf

16 Kobul—Hozirgi Afg’oniston davlatining poytaxti.



17 Jo’rayev U., Usmonov Q., Jo’rayeva G., Norqulov N. “O’zbekiston tarixi”.[darslik]–T:. “O’qituvchi”,2019.—B. 13-14

18 To‘lg‘ama — jang chog‘ida dushman qo‘shinini qanotlaridan aylanib o‘tib, qurshab olib zarba berish usuli.

19 Z.M. Bobur “Boburnoma” 165-bet

20 https://mbaza.uz/wp-content/uploads/2020/06/shayboniylar_davrida__movarounnahrda_madaniy_hayot.pdf

21 Jo’rayev U., Usmonov Q., Jo’rayeva G., Norqulov N. “O’zbekiston tarixi”.[darslik]–T:. “O’qituvchi”, 2019.—B. 15



22 Saidqulov T. “O’rta Osiyo xalqlari tarixi tarixshunosligidan lavhalar”. T., 1993 yil. B – 57.


Yüklə 138,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin