63
Xulosa
―MUSIQIY TANAFUS‖ METODI.
Koreys millatining ―Jumong‖serialiga sauntrek qilib ishlangan qo‗shig‗ini
kompyuterda qo‗yib beramiz.Qo‗shiq tugaguncha o‗quvchilar koreya haqida va
asar haqida bilgan ma‘lumotlarini yozishi kerak.Bu
topshiriq yakka tartibda
bajariladi.Ajratilgan 5 minut davomida yozilgan ma‘lumotlar o‗qituvchi tomonidan
yig‗ishtirib olinadi.
Yangi mavzu bayoni:
Doskaga quyidagi hikmatli so„zlar yopishtirib qo„yiladi.
1. Azob-uqubatsiz iqtidor qalbning haqiqiy asoslar sari yo‗liga to‗siq bo‗ladi.
2.Bu hikmatning ma'nosi shunday: moviy dengizga otilib, ajdahoni yulib oladigan
va ko‗kka o‗qday otiladigan Oltin kanotli qush kabi shijoatli bo‗l; xushbo‗y hidini
anqitib, daryodan shoshmay kechib o‗tayotgan fildek qat'iy bo‗l.
3.Olxo‗ri butun umri bo‗yi sovuqqotsa ham, xidini sotmaydi.
4.Orxideyalarining yalang‗och ildizlari — halok bo‗lgan mamlakatga motam
ramzidir.
5.Yozuv shaklida birinchi qoida quyidagidan iborat bo‗lishi kerak:
avvaliga
qalbingni hamma bexalovatliklardan xalos qil, keyingina qo‗lingga mo‗yqalam
ushla. Sening xarakatlaring falakning aylanishi kabi bo‗lishi kerak: samoning
o‗rtasida osmonning o‗qi joylashgan. Uning atrofida aylanish ro‗y
beradigan
janubiy qutbi va shimoliy qutbi bo‗lgani kabi muyqalamning xarakati qo‗l
64
panjalari bilan, qo‗l panjalari harakati barmoqlar bilan, barmoqlarning harakati
bilak bilan, bilakning harakati qo‗ll bilan, qo‗lning
harakati yelka bilan amalga
oshiriladi — tananing butun o‗ng yarmi xarakati shu tarzda sodir buladi.
6.Buni yuz marta yozib chiqsang — husnixating boshqalarga namuna bo‗ladi; buni
ming marta yozib chiqsang — maqtov eshitasan; buni o‗n ming marta yozib
chiqsang — seni mashhur xattot deb atashadi.
7.Budda holatida o‗tirish Budda bo‗lishni
anglatmaydi, biror vositasiz ajdahoni
tuta olmaysan. Faqat ko‗p marta urinishlardan keyingina biror narsani eplay
olasan.
Koreya davlati urf-odatlaridan kelib chiqib hikmatlar mazmuni o‗quvchilarga
tushuntirib beriladi.
Dostları ilə paylaş: