14-bob. Yakunlovchi qoidalar 70. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida siyosiy partiyalar va diniy muassasalarning tashkiliy tuzilmalari tashkil etilishiga va faoliyatiga yo‘l qo‘yilmaydi.
71. Xalqaro hamkorlik, pedagogik axborot va tajriba almashish, pedagog xodimlar amaliyotini o‘tkazish va malakasini oshirish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 391-son qaroriga
2-ILOVA
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
3. O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarga qo‘yiladigan “Davlat talablari”. 2018-yil 3-iyul, ro‘yxat raqami 3032.
4. “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018-yil 7-iyuldagi 4-sonli hay’at yig‘ilishi qarori bilan tasdiqlangan va nashr etilgan dasturi.
5. Maktabgacha ta’lim muassasalarida qisqa muddatli guruhlar faoliyatini tashkil etishda tarbiyachilarni tayyorlash bo‘yicha trening moduli. T.: 2017-y.
6. “Bolangiz maktabga tayyormi?” O’zb Res. Xalq ta’limi vazirligi Respublika ta’lim markazi, Ma’rifat-Madadkor nashriyoti.