Umumiy tipdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari to‘g‘risida NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar 1. Ushbu Nizom umumiy tipdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari (keyingi o‘rinda maktabgacha ta’lim tashkilotlari deb ataladi) maqsadlari va vazifalari, huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini, shuningdek, ularning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang. 2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
maktabgacha ta’lim tashkiloti — umumiy tipdagi davlat yoki nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti;
Keyingi tahrirga qarang. davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti — davlat tomonidan moliyalashtiriladigan va boshqariladigan hamda Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq maktabgacha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatadigan tashkilot;
nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berilgan litsenziya asosida, shuningdek, Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq maktabgacha ta’lim sohasida ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxs;
Keyingi tahrirga qarang. bolaning qonuniy vakillari — bolaning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar.
3. Ushbu Nizom ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga va qo‘shma tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tatbiq etilmaydi.
4. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlariga, Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga, ushbu Nizomga va o‘z ustaviga muvofiq amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang. 5. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari davlat tashkilotlari va nodavlat tashkilotlar bo‘lishi mumkin.
6. Maktabgacha ta’lim tashkiloti vakolatli davlat organi tomonidan attestatsiya asosida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang. 7. Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va shtampga, mustaqil balansga, budjet va budjetdan tashqari shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga ega.
8. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga ega, o‘z majburiyatlari bo‘yicha ixtiyoridagi mol-mulk bilan javob beradi, o‘z nomi yozilgan muhr va shtampga ega bo‘lishi mumkin.