9-bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotida ovqatlanishni tashkil etish 45. Maktabgacha ta’lim tashkilotida ovqatlanish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang. 46. Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar ovqatlanishini tashkil etish uchun javobgarlik maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari zimmasiga yuklanadi.
10-bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar sog‘lig‘ini asrash 47. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilariga moddiy yordam maktabgacha ta’lim tashkiloti shtatiga kiradigan tibbiyot xodimlari yoki sog‘liqni saqlash muassasalarining maktabgacha ta’lim tashkilotiga biriktirilgan tibbiyot xodimlari tomonidan ta’minlanadi, ular bolalarning hayoti, sog‘lig‘i va jismoniy kamoloti, davolash-profilaktika tadbirlari o‘tkazilishi, sanitariya-gigiyena normalariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya etilishi uchun javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang. 48. Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tibbiyot xodimlari faoliyatini nazorat qilish tuman (shahar) tibbiyot birlashmalariga yuklanadi.
49. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tibbiyot xodimlari faoliyatini nazorat qilish uning rahbariga yuklanadi.
50. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining shtatdagi xodimlari sog‘liqni saqlash muassasalarida belgilangan tartibda bepul tibbiy tekshiruvdan o‘tadi.
51. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga tibbiy yordam qonun hujjatlariga muvofiq beriladi.
Keyingi tahrirga qarang. 52. Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish bepul asosda sog‘liqni saqlash tizimining malaka oshirish muassasalarida 3 yilda kamida bir marta o‘tkaziladi.
11-bob. Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini moliyalashtirish 53. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlarida saqlash uchun olinadigan ota-onalar to‘lovi, jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya ehsonlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang. 54. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati ularning muassislari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang. 55. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga qo‘shimcha budjet mablag‘larini jalb qilish budjetdan moliyalashtirishni kamaytirishga olib kelmaydi.