I Bob Satira va yumor haqida umumiy ma’lumot Satira (lotin tilidan satira — qurama, har xil narsa) — komiklik turi, tasvir obyektini ayovsiz kulgi vositasi orqali anglash. Voqelikni badiiy aks ettirishning oʻziga xos usuli boʻlib, unda jamiyatdagi bemaʼni, asossiz, notoʻgʻri hodisalar, illatlar fosh qilinadi. Voqealarning real koʻrinishini oʻzgartirib, oshirib, boʻrttirib, mubolagʻa qilish, keskinlashtirish va shartlilikning boshqa koʻpgina turlari yordamida yaratilgan obraz orqali satira obyektiga «ishlov» beriladi. Satira muallifi komiklikning boshqa turlaridan (yumor, hikoya va b.) ham foydalanishi mumkin, biroq satira uchun salbiy turi berib, keskin ifodalangan estetik obyekt xarakterli hisoblanadi.
Satira qadimgi Rimda lirikaning fosh qiluvchi janri sifatida tan olingan. Keyinchalik oʻzining janriy xususiyatlarini yoʻqota borib, koʻpgina janrlar (masal, epigramma, burleska, pamflet, felyeton, komediya va satirik roman)ning oʻziga xos xususiyatini belgilovchi adabiy jinsga oʻxshab qoladi. Satira ijtimoiy kurashning eng muhim vositasi boʻlib, unga tarixiy sharoit, milliy va ijtimoiy taraqqiyot faol taʼsir koʻrsatadi. Satiraning maʼnaviy taʼsir kuchining oʻtkirligi unda inkor qiluvchi kulgi orqali yaratilgan idealning umumxalq va universal boʻlishi bilan belgilanadi. Satiraning estetik vazifasi tubanlik, nodonlik va boshqalar ijtimoiy illatlarga qarama qarshi tarzda kishilarda yuksak insoniy tuygʻularni uygʻotish va qayta tiklashdan iborat. Satirada muallifning individualligi kulgi ostiga olingan obyekt haqida murosasiz fikr aytish, unga aniq gʻoyaviy munosabat bildirish orqali namoyon boʻladi.
Satirik anʼanalar Sharq xalqlari ijodida qadimdan mavjud. Jahon madaniyatiga hissa boʻlib qoʻshilgan va Sharq adabiyoti shuhratini keng yoygan asarlar dastlab folklorda «Ming bir kecha» zaminida, sanskritcha «Panchatantra», forscha xalq qissalari, turkumi, Nasriddin haqidagi turk va oʻzbek latifalari asosida yaratilgan. Kitobiy (yozma adabiyotdagi) satiralar ham Sharqda koʻpdan mashhur. Uning gʻoyalari xitoy novellalari, fors adabiyoti ruboiylari va hind qissalari motivlari bilan sugʻorilgan. Rus adabiyotida M.Saltikov, Shchedrin va boshqalar satirani yuksak bosqichga koʻtardilar. Oʻzbek adabiyotida Satiraning ilk namunalari dastlab xalq ijodida (terma va aytishuvlar, Nasriddin Afandi, Aldar koʻsa obrazlarida) yaratilgan, keyinchalik yozma adabiyotda taraqqiy etgan. Navoiy, Turdi, Maxmur, Gulxaniy, Hoziq, Muqimiy, Zavqiylar Satira janrida ijod qildilar. Satiraning keyingi taraqqiyoti Hamza, Qodiriy, Gʻozi Yunus, Soʻfizoda, Gʻafur Gʻulom, Abdulla Qahhor, Said Ahmad, N. Aminov, S. Siyoyev va boshqalar nomi bilan bogʻliq. Satira tasviriy sanʼatda ham qadimdan maʼlum. Rim, Xitoyda satirik terrakota haykallar, vazalarga satirik tasvirlar va boshqalar ishlangan. Rassomlik sanʼati (jumladan, grafika)da rivojlangan. F. Goyya, O. Domye, X. Bidstrup va boshqalar rassomlar ijodi satira rivojida muhim rol oʻynagan. Oʻzbekistonda satira taraqqiyotiga «Mushtum» jurnali, «Jangovar kalam», «OʻzTAG oynasi» katta hissa qoʻshgan. Yana qadimgi Karikatura, Hajv.
1.1Epik tur va uning janrlari
Epik turning o‘ziga xos spetsifik xususiyatlari. Rivoya eposning o‘zagi sifatida. Epik tur janrlari, janrlarga ajratish prinsiplari. Eposning asosiy janrlari.Epik turning spetsifik xususiyatlari haqida gap ketganda eng avval voqeabandlik tilga olinadi. Darhaqiqat, epik asarda makon va zamonda kechuvchi voqea-hodisalar tasvirlanadi, so‘z vositasida o‘quvchi tasavvurida reallik kartinalariga monand jonlana oladigan tolaqonli badiiy voqelik yaratiladi. Tasavvurda reallikdagiga monand, o‘zining tashqi shakli bilan jonlangani uchun ham epik asardagi badiiy voqelik «plastik tasvirlangan» deya tavsiflanadi. Epik asarda plastik elementlar bilan bir qatorda noplastik elementlar ham mavjud bo‘lib, ular muallif obrazini tasavvur qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Epik asarning noplastik elementlari deyilganda muallif mushohadalari, o‘y-fikrlari, tasvir predmetiga hissiy munosabati kabilar tushuniladi. Tabiiyki, noplastik unsurlar, plastik unsurlardan farqli o‘laroq, asarni o‘qish davomida o‘quvchi tasavvurida gavdalanmaydi. Epik asarda obyektiv va subyektiv ibtidolarning uyg‘un birikishi kuzatiladi: asar badiiy voqeligini shartli ravishda obyektiv ibtido desak, asar to‘qimasining har bir nuqtasiga singdirib yuborilgan muallif shaxsini subyektiv ibtido deb yuritamiz. Badiiy voqelikni shartli ravishdagina «obyektiv» ibtido deyishimizga sabab u reallikdan olingan oddiygina nusxa emas, balki voqelikning ijodkor ko‘zi bilan ko‘rilgan, ideal asosida idrok etilgan, baholangan va ijodiy qayta ishlangan aksi ekanligidir. Shunday ekan, muallif obrazi hatto «obyektiv tasvir» yo‘lidan og‘ishmay borilib, yozuvchi imkon qadar o‘zini chetga olgan asarlarda ham muqarrar mavjuddir. Zero, bu - epik turning belgilovchi xususiyati, epik asarda obyekt (badiiy voqelik) bilan subyekt (muallif obrazi)ning qorishiq obrazi yaratiladi.Epik asarlarda rivoya, tavsif, dialogning qorishiq holda kelishi taqozo qilinadi, zero, ularning bari birlikda o‘quvchi tasavvurida badiiy voqelikni plastik jonlantirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, eposda rivoya an’anaviy ravishda yetakchi o‘rinni egallaydi, uning vositasida asarga dialog hamda tafsilotlar (peyzaj, portret, narsa-buyumlar va b.) olib kiriladi. Rivoya bu unsurlarning barini yaxlit butunlikka birlashtiradi. Shu jihatdan qaralsa, hatto, Uorren va Uellek ta’rificha, «obyektiv bo‘lishga va pyesa-hikoya sifatida deyarli to‘lig‘icha dialoglashishga harakat qilayotgan (masalan, Xemingueyning «Qotillar»i) Amerika novellasi»1 ham, shubhasiz, epik turga mansubdir. Negaki, unda - mayli, juda oz, minimumga keltirilgan bo‘lsin - voqea kechayot- gan makon, zamon va dialog jarayoniga oid tafsilotlar roviy tilidan beriladi. Ya’ni, dramadagidan farqli olaroq, bundagi roviy tilidan berilgan tafsilotlar yondosh matn (ramka komponentlari)ga emas, balki asosiy matnga daxldordir. Shu bois ham roviy ishtiroki haminqadar ko‘rinsa-da, baribir, rivoya o‘zining uyushtiruvchilik maqomida qolaveradi.Epik turning takomili jarayonida undagi rivoyaning salmog‘i kamayib borishi kuzatiladi. Masalan, xalq og‘zaki ijodidagi ertakiar, hikoyat va rivoyatlarda rivoyaning salmog‘I katta bo‘lgani holda, dialog nihoyatda kam, tafsilotlar esa badiiy voqelikni to‘laqonli gavdalantirish uchun ko‘pincha yetarli bo‘lmaydi. Rivojlanish jarayonida eposda keyingi ikki unsurning salmog‘i va ahamiyati ortib boradi. Bu hoi badiiy adabiyotning boshqa san’at turlari bilan aloqasi, ularga xos usul va vositalarni o‘ziga singdirishi natijasidagi tasvir va ifoda imkoniyatlarining kengayishi sifatida tushunilishi mumkin. Masalan, dramaturgiya va teatrning rivojlanishi natijasida inson xarakterini yaratishning dramaturgik usullari ishlab chiqildi, sayqallandi; teatr san’atining rivoji esa o‘quvchi ommani dramaturgik usulda yaratilgan inson xarakterini anglashga, dialoglar vositasida yaratilayotgan badiiy voqelikning mohiyatini tushunishga tayyorladi, ya’ni badiiy didni rivojlantirdi. Shu asosda eposga dramatik unsurlar kirib keldi. Epik asardagi dialog dramatik asardagi dialogdan o‘zining hayotiyligi, ma’no kolamining kengligi bilan ajralib turadi. Buning asosi shundaki, epik asarda dialog amalga oshayotgan konkret hayotiy situatsiya, unda qatnashayotgan personajlarning ruhiy holati, xarakter xususiyatlari haqida kengroq tasavvur berish imkoniyatlari mavjud. Ya’ni personajning dialogda aytilayotgan har bir gapi butun asar kontekstida tushunilishi mumkin.Yuqoridagilar eposning o‘zida lirika va dramaga xos xususiyatlarni uyg‘un holda namoyon etishi, uning sintetik tabiati haqida bungacha aytilgan fikrlarni yana bir karra dalillaydi. Shu bilan birga, ayni shu jihat epik asarlarni janrlarga ajratishda muayyan qiyinchiliklar tug‘dirishini ham ta’kidlash joiz. Zero, qorishiqlik hamisha qaysi jihat salmoqliroq degan savolni yuzaga keltiradiki, unga ko‘p hollardaturlichajavob berish imkoni saqlanib qoladi. Masalan, avvalroq eslatganimiz «pyesa-hikoya»da kimdir dramatik unsurlar salmoqli ekanini asos qilsa, boshqa birov qaysi jihat belgilovchi, ya’ni qaysi jihat asar strukturasini belgilayotganidan kelib chiqadi. Yuqorida ko‘rganingizdek, biz keyingi yo‘lni tutdik. Epik asarlarni janrlarga ajratish prinsiplari masalasida adabiyotshunoslikda hanuz yakdil to‘xtamga kelingan emas. Shu bois ham bunda bir qator xususiyatlarni e’tiborga oiish zarur boladi. Eposni janriarga ajratishda, odatda, eng avval epik asarlarda hayot (voqelik)ning badiiy qamrov ko‘lami turlicha bo‘lishidan kelib chiqiladi. Masalan, muayyan epik asar hayotdan (yoki qahramon hayotidan) birgina epizodni (hikoya), qahramon hayotidan butun bir etapni (qissa) yoxud qahramon hayotining katta bir davrini (roman) qalamga oladi. Shunga ko‘ra, adabiyotshunoslikda katta, o‘rta va kichik epik shakl (janr)lar ajratiladi. Bir qarashda mazkur belgi masalasida hech bir munozaraga o‘rin yo‘qday ko‘rinishi mumkin. Biroq badiiy adabiyot taraqqiyotining keyingi davrlarida eposga dramaning kirib kelishi va syujet vaqtining qisqara borishi barobarida bu xil tamoyilning ojiz tomonlari tobora ko‘proq ayon bo‘lib qolayotir. Negaki, zamonaviy nasrda, masalan, qahramon hayotidan katta bir davr emas, uning atigi bir bosqichigina qalamga olingan romanlar ham talaygina (mas., «Kecha va kunduz», «Ulug‘bek xazinasi»). O‘z-o‘zidan ayonki, bu hol epik asarlarning hajmi haqidagi tasavvurlarimizga (axir, hikoya deganda ko‘proq ixcham, roman deganda esa katta hajmli asarni ko‘z oldimizga keltiramiz) ham o‘zgarishlar kiritadi. Masalan, Ulug‘bek Hamdamning «Na’matak» mini-romani bilan Muhammad Alining «Ulug‘ saltanat» tetralogiyasi o‘zbek nasrida hajm jihatidan ikkita qara- ma-qarshi qutbni egallaydi - birinchisi ijodiy eksperiment mahsuli bo‘lsa, ikkinchisida adabiy an’analar ta’siri kuchliroq namoyon bo‘ladi. Demak, epik asarlarni janrlarga ajratishda, tabiiyki, hajm mezon bo‘lolmaydi. Zero, ayrim hikoya yoki romanlar hajman qissalarga yaqin bo‘lishi va buning aksicha holatlar kuzatilaverishi mumkin ekan. Biroq odatan hikoya, qissa va romanlar hajmi sanoqdagi tartibga mos tarzda kattarib borishi ham aslo inkor qilib bo‘lmay-digan haqiqatdir. Tabiiyki, bunday holatda epik asarlarni janrlarga ajratishda ularning boshqa jihatlariga ham e’tibor qilish zarur bo‘ladi. Jumladan, asarda qo‘yilgan muammolar ko‘lami janr xususiyatlarini belgilovchi unsur sifatida olinishi mumkin. Bu jihatdan katta epik shakl bo‘lmish roman dunyo-yu davrni bilish maqsadiga qaratilgan bo‘lsa, qissa markazida qahramon xarakteri, hikoyada esa konkret hayotiy voqea turadi. Ko‘ramizki, roman, qissa, hikoya janrlariga mansub asar qahramonlari asarda tutgan mavqeyi, ahamiyati, vazifasi jihatidan farqlanadi. Roman muallifi uchun qahramon vosita - dunyoni anglash (bunisi maqsad) vositasi, qissanavis uchun qahramonnlng o‘zi - maqsad (voqea- hodisalar vosita), hikoyanavis uchun esa vogeaning o‘zi maqsad bo‘lib qoladi. Shunga mos ravishda mazkur janrlar bir-biridan badiiy shakl xususiyatlari bilan ham farqlanadi. Tabiiyki, dunyo-yu davr mohiyatini idrok etish va o‘zi anglagan haqiqatlarni yaxlit bir badiiy konsepsiyada tizimli ifodalash uchun voqelik butun murakkabligi bilan ko‘lamli tasvirlanmog‘i kerak, shu bois ham roman, odatda, ko‘p planli murakkab syujetga ega bo‘ladi. Qissa syujeti bunga qaraganda soddaroq, asosan bosh qahramon tevaragida uyushadi, asosiy funksiyasi ham uni har jihatdan tavsiflash, to‘laqonli badiiy qiyofasini yaratishdan iborat boladi. Hikoya syujeti bo‘lsa aksar hollarda bitta hayotiy epizodning ichki rivoji sifatida voqelanadi.Zamonaviy adabiyot nuqtayi nazaridan (ya’ni sinxroniya aspektida) qaralsa, epik turning asosiy janrlari sifatida hikoya, qissa va roman ko‘rsatilishi kerak. Biroq diaxroniya aspektida qaralsa, milliy adabiy bisotda xalq og‘zaki ijodi yoki o‘tmish adabiyotida faol bolgan qator epik janrlarni ko‘rish mumkin. Shu bilan birga, ayrim janrlar borki, garchi eposning asosiy janrlari sirasida sanamasak-da, ular bugungi adabiyotda ham ancha faol qo‘llanadi. Bundan tashqari, ijod amaliyotida epik janrlarning modifikatsiyalangan ko‘rinishlari ham uchraydi. Xullas, adabiyot nazariyasiga oid manbalarning aksariyatida epik janrlar sirasida qayd etiluvchi janrlar hayotni badiiy qamrash ko‘lami jihatidan quyidagi tartibda tasniflanishi mumkin:
1) kichik epik shakllar: latifa, masal, hikoyat, rivoyat, ertak, adabiy ertak, afsona, badia, etyud, ocherk, esse;
2) o‘rta epik shakllar: qissa (povest);
3) katta epik shakllar: epos, epik doston, roman, epopeya.
Avvalo, mazkur ro‘yxatdan mavjud (tarixan va hozirda) janrlarning ayrimlarigina o‘rin oldi, xolos. Zero, masalan, qadimgi turkiy bitiklar, mumtoz adabiyotimizdagi jangnoma, qissa, manoqib, holot kabilar ham epik turning o‘tmishdagi vakillaridir. Shuningdek, ajdodlarimiz adabiyot deb o‘qigan «Badoye ul-vaqoye», «Makorim ul-axloq» kabi asarlarda turfa epik janrlarga mansub asarlar jamlangan. Mustaqil janr sifatida qaralayotgan debocha ham ayrim belgilari bilan epik turga tortib ketadi. Hozirda hazrat Navoiy «Xamsa»si bir butun asar - universal janr namunasi sifatida talqin qilina boshlandi.1 Xullas, aytilganlar mumtoz adabiyotimizdagi epik janrlar tizimi, uning rivojlanish va takomil yo‘lini tarixiy nuqtayi nazardan izchil tarzda yaxlit tadqiq etish o‘tkir zaruratga aylanganidan dalolatdirki, bu ishning amalga oshirilishi milliy adabiyotimiz janrlari haqidagi tasavvurlarni beqiyos darajada kengaytiradi. Ikkinchi tomondan, keltirilgan tasnifdagi ayrim izohtalab o‘rinlarga to‘xtalib o‘tish zarur. Masalan, badia, etyud, ocherk kabilar sof badiiy proza namunasi bo‘lmay, badiiy-publitsistik janrlardir. Hozirgi adabiyotda ommalashib borayotgan esse janri, bir tomondan, badiiy-publitsistik xarakterda ekanligi, ikkinchi tomondan, hajm e’tibori bilan turlicha ko‘rinishlarga egaligi (kichik hikoya shaklidan to katta romangacha) bilan xarakterlanadi. Masalan, B.Ahmedovning «Mirzo Ulug‘bek» asari ham, X.Davronning «Bibixonim qissasi yoxud tugamagan doston»i ham mohiyatan esse, biroq ular hajm e’tibori bilan keskin farqlanadi. Shuningdek, epik janrlarning kino ta’sirida shakllangan modifikatsiyalari kinoetyud, kinohikoya, kinoqissa, kinoroman kabilar ham adabiyot mulkida fuqarolik olishga haqii. Zéro, tasvir yo‘sini kinodagiga monand bo‘lgani holda, ularda ham voqeabandlik xususiyati yetakchilik qiladi. Shu bilan birga, ularda ham xuddi dramadagi kabi voqeaning «hozir sodir bo‘layotganlik» illyuziyasi saqlanib qolaveradi. Yoki ayrim manbalarda masal liro-epik janr deb ko‘rsatiladi-da, undagi «qissadan chiqarilgan hissa» buning asosi o‘laroq qayd etiladi. Ya’ni bunday talqinga ko‘ra, masaldagi voqea epik ibtido boisa, «qissadan chiqarilgan hissa» lirik ibtido - ikkisining qorishiqligi liro-epiklik haqida gapirishga asosdir. Biroq, har qanday masal asosida voqea (juda qisqa bo‘lsa ham) yotishi e’tiborga olinsa, uni epik asar sanash to‘g‘riroq bo‘lur edi. Zéro, bu yo‘ldan borilmasa, voqeaband she’rlarni ham, muallif chiqargan xulosa ochiqroq ifodalangan epik asarlarni ham liro-epik turga mansub etishga to‘g‘ri kelur edi. Yana bir izohtalab nuqta shuki, «doston» nomi bilan yuritiluvchi janr lirikada ham, eposda ham, kerak bo‘lsa, dramada ham bolishi tabiiy. Shu bois adabiyotshunoslikda «lirik doston», «epik doston», «dramatik doston» singari janr atamalari qo‘llanadi. Shunday ekan, konkret dostonni u yoki bu turga mansub etishda o‘sha dostonning o‘zidan kelib chiqishimiz, undagi epik va lirik unsurlar salmog‘ini asosga olishimiz zarur bo‘ladi. Masalan, xalq og‘zaki ijodidagi dostonlarning ko‘pi epik doston sanalsa, Mirtemirning «Surat» (muallifi «lirik qissa» desa ham), S.Zunnunovaning «Ruh bilan suhbat» dostonlari lirik, Oybekning «Mahmud Torobiy», A.Oripovning «Jannatga yo‘l» asarlari dramatik dostonlardir. Nihoyat, uchinchidan, ayrim mutaxassislar hikoya bilan qissani eposning o‘rta shakllari sirasida koYsatadilar. Albatta, bunday qarashda ham muayyan asos, ratsional mag‘iz borki, bunga quyiroqda yana to‘xtalamiz.Avval aytilganidek, zamonaviy adabiyotning asosiy epik janrlari hikoya, qissa va romandir. Hikoyaning bir tipi latifa yo masal kabi hayotdan bittagina epizodni aks ettirsa, boshqa bir tipi qahramon hayotidan (ya’ni uning uchun ahamiyatli) bir yoki bir-biriga uzviy bog‘liq (qisqa vaqt davomida kechgan) ikki-uch voqeani qalamga oladi. Ya’ni agar birinchi tip hikoya mohiyatan latifa va masalga (unda voqea hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi) yaqinlashsa, ikkin- chisida qissaga tomon siljish (unda qahramonning ahamiyati ortadi) kuzatiladi. Tasvirlanayotgan voqealarning yuz berish vaqti qisqaligi bois hikoyaning hajmi kichik, syujeti sodda, personajlari kam bo‘lishini taqozo etadi. Hikoyanavisning mahorati eng avval hikoyabop voqeani tanlay olishi bilan belgilanadi. Zero, har qanday voqea ham hikoyabop emas, ijtimoiy-estetik qimmatga molik voqeani tanlay bilish lozim. Chunki hikoyada xarakterning ayrim chizgilarigina namoyon bo‘ladi, shu bois voqeaning o‘zi (mas., «Anor», «Bemor», «Dahshat») ahamiyatli mazmun-mohiyatni namoyon etish uchun yaroqli bolishi lozim. Mutaxassislar hikoyaning ikki tipini farqlashadi: ularning birida ocherklilik (tavsifiy-rivoyaviy), ikkinchisida novellistiklik (konfliktli-rivoyaviy) xususiyati ustuvorlik qiladi. Adabiyotshunoslikda bularning birinchisini hikoya, ikkinchisini novella deb farqlash amaliyoti ham mavjud. E’tibor berilsa, «hayotdan bittagina epizodni aks ettiruvchi» deb ta’riflaganimiz hikoya tipi aynan novellaga mos kelishini sezish qiyin emas. Hikoyaning bu ikki tipi o‘zaro syujet-kompozitsion xususiyatlari bilan farqlanadi. Xususan, novella (novellistik hikoya) ning kompozitsion qurilishiga xos xususiyatlar quyidagilardir: 1) roviyning xolis «kuzatuvchi» mavqeyida turishi; 2) hikoya qilinayotgan voqeaning yuz berish vaqti bilan hikoya qilinish vaqtining bir-biriga mosligi; 3) «sahnaviylik» - o‘quvchi nazdida, hayot sahnasida kechayotgan voqeani tomosha qilayotganlik illyuziyasining yuzaga keltiriîishi; 4) syujetning shiddaili rivojlanishi-yu kutilmagan burilishlarga egaligi. Adabiyoiimizda novellaning ilk namunasi sifatida, bizningcha, Cho‘lponning «Oydin kechalarda» asarini ko‘rsatish to‘g‘ri bo‘ladi. Keyinroq esa A.Qahhor, S.Ahmad, Sh.Xolmirzayev kabi adiblar ijodida ushbu janrning go‘zal va betakror namunalari yaratildi.Qissa janri dastlab xalq og‘zaki ijodida shakllangan. Qahramon hayoti va sarguzashtiarini qiziqarli hikoya qiluvchi asarlar {mas,: «Ibrohim Adham qissasi», «Qissayi Mashrab», «Zufunun qissasi») elda juda mashhur bo‘lgan. Avvaliga qissalar ham ijro qilingan, keyinchalik ularning bir qismi sqtidorli kishilar (ko‘plarining ismi noma’lum) tomonidan adabiy qayta ishlanib, kitobat qilingan: qissalar endi xalq kitoblari sifatida yashay boshlagan. Shuningdek, janrning shakllanishi va takomilida payg‘ambarlar haqidagi qissalar ham g‘oyat muhim ahamiyat kasb etganini alohida ta’kidlash kerak. XX asrga kelib o‘zbek adabiyotida yangi tipdagi qissa shakilandi: Hamzaning «milliy ro‘mon» unvoni bilan chop qilingan «Yangi saodat»i, Cho‘lpon janrini «xayoliy hikoya» deb belgilagan «Do‘xtur Muhammadiyor» - ikkisi ham zamonaviy qissaning adabiyotimizdagi ilk namunalari sanalishi mumkin. Xullas, bu asarlarning barini umumlashtiradigan asosiy jihat - diqqat markazida qahramon turishi. Shu xususiyati bois «qissa» so‘zi ilgari hamma vaqt qahramon ismi bilan birga qo‘llangan, «qissa» so‘zi qahramon ismi bilan assotsiatsiyalangan. Natijada bu so‘z «kimdir birovning hayotidan hikoya» ma’nosini anglatadi, ya’ni mohiyatan janrning asosiy belgisini ataydi. Albatta, janr muttasil rivojlanish-o‘zgarishda yashaydi, biroq uni belgilovchi javhar-xususiyat haqida bunday deb bo‘lmaydi.Mazkur qonuniyatni nazarda tutmagan holda, balki yangi tipdagi qissani farqlash maqsadi ham bo‘lgandir, sho‘ro davriga kelib qissa o‘rnida «povest» istilohini qo‘llash keng ommalashdi. Natija shu bo‘ldiki, bu ikki termin hanuz sinonim sifatida, goh esa boshqa-boshqa janr nomlari sifatida ham ishlatiladi. Holbuki, qissa bilan povestni boshqa-boshqa janrlar deya talqin qilishga asos yetarli emas, sinonim sifatida qo‘llashga esa zarurat yo‘q: «qissa» istilohining o‘zi kifoya qiladi. Qissaning poetik qurilishi ham maqsadga - qahramonga qaratilgani bilan belgilanadi. Jumladan, qissa syujetidagi barcha voqealar qahramon atrofida uyushtiriladi, ya’ni syujet romanniki kabi ko‘p tarmoqli emas. Darvoqe, o‘z vaqtida Belinskiy «povest ham romanning o‘zginasi, faqat hajmi kichikroq»1 degan. Yoki G‘arbda qissa (povest) o‘midagi alohida janr ajratilmasligi ham ma’lum. Shunaqa ekan, qissani alohida janr sifatida tasniflashga zarurat bormi? Albatta, bor. Zero, bizda qissaga alohida janr deb qaralishi shunchaki, masalan, rus adabiyotshunosligining ta’siri emas. Yuqorida ko‘rdik, adabiyotimizda qissa epos taraqqiyotining tabiiy hosilasi o‘laroq vujudga kelgan, hodisa mavjud ekan, u haqdagi tushuncha ham, uni anglatuvchi istiloh ham zarur. Ikkinchi yoqdan, «hikoya - qissa - roman» uchligi epik janrlar tizimining umurtqasi - yadrosi deyish mumkin. Uchlik markazida joylashgan qissa g‘oyaviy-badiiy jihatlari bilan hikoya tomon ham, roman tomon ham siljiy oladi. Masalan, «Muqaddas» (O.Yoqubov), «Chollardan biri» (M.Muhammad Do‘st), «Hali hayot bor» (A.A’zam) kabi qissalarda hikoya bilan qondoshlik belgilari saqlansa, «Galatepaga qaytish» (M.Muhammad Do‘st), «Guli-guli» (E.A’zam), «Yozning yolg‘iz yodgori» (X.Sultonov) kabi qissaiarning romanga bo‘ylashayotgani sezilib turadi.
Román haqida so‘z borganda, odatda, uning hajman kattaligi, hayotni keng kolamda tasvirlashi, qahramon hayotidan katta davrni olib, turli ijtimoiy munosabatlar bilan bog‘lab talqin qilishi, ko‘plab va turfa kishilar taqdirlari orqali jamiyatning joriy holatini aks ettira olishi, murakkab va ko‘p chiziqli syujetga ega bo‘üshi kabi janr xususiyatlari qayd etiladi. To‘g‘ri, bular aksariyat romanlarga xos, lekin janrni shularning o‘zi bilangina belgilash kamlik qiiadi. Sababi, hajmi qissadan uncha farq qilmaydigan yoki qisqa vaqt davomida kechuvchi voqealar qalamga olingan romanlar ham, bitta shaxs taqdiridan bahs etuvchi yoki bitta syujet chizig‘iga ega romanlar ham bor. Shu sababli romanning belgilovchi xususiyatlari deb yana romaniy problema, romaniy qahramon va romaniy tafakkur ham ko‘rsatiladi. Bu tushunchalar bir-biriga uzviy bog‘liq, bir-birini taqozo etadi. Román inson taqdiri, uning jamiyat bilan munosabatining badiiy tadqiqi orqali olam-u odam mohiyatini anglashga intiladiki, shu romaniy problema deyiladi. Dunyoning yaxlitligi va mavjudlikning tub mohiyatini anglash román problemasi bo‘lsa, qahramonning dunyo bilan ziddiyati o‘sha muammoni hal qilish vositasidir (G.Lukach). Shu bois ham qahramon taqdiri va egallagan mavqeyi uning o‘ziga nomuvofiqligi, M.Baxtin aytganidek, romanning markaziy mavzu-muammosi bolib keladi. Sababi, romaniy problemaning badiiy idroki uchun qahramon ham shunga mos, ya’ni jamiyatda yashagani holda o‘zining individ ekanini teran idrok etadigan, muhit bilan ziddiyatga kirishgan shaxs bolishi lozim. Romanning klassik tushunchadagi, ya’ni «burjua eposi» (Gegel), «yangi davr eposi» (Belinskiy) sifatidagi ko‘rinishi shaxsning jamiyatdagi maqomi o‘zgargan, u o‘zini o‘z holicha butun bir olam olaroq idrok eta boshlagachgina shakllangani shu bilan izohlanadi.Román asosida yotgan shaxsning turfa ziddiyatlari uning voqelik bilan bir butunlik hissini - epik butunlikni yo‘qotishi natijasida yuzaga kelgan. F.Sheiling román voqeani eposdan, taqdirni dramadan oladi deganida shuni nazarda tutadi. Aslida, epik butunlikni tiklash payidagi shaxs - ijodkorning o‘zi, qahramonning tashqi olam bilan to‘qnashuvlari (keng ma’noda shaxs dramasi) esa shuning vositasi. Bundan ikkita xulosa kelib chiqadi: birmchidan, roman - hayot yo‘lida chigal muammolarga duch kelgan ijodkorning «ziddiyatli holatni adabiy yo‘l bilan yechishga urinishi» (A.Priyeto); ikkinchidan, har qancha epik deganimiz bilan, unda subyektiv ibtido ham g‘oyat salmoqli (ya’ni romanni sintetik tur deguvchilarda ma’lum asos yo‘q emas). Nihoyat, romaniy problema ni shunga mos qahramon vositasida idrok etish jarayonida jamiyatning joriy holati, olam-u odam haqidagi yaxlit bir konsepsiya - badiiy falsafa shakllanadiki, bu romaniy tafakkur mahsulidir.Mazkur xususiyatlarni barcha romanlardan izlash, ularni qat’iy qoida deb tushunish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Negaki, janrning asrlar davomidagi takomil yo‘lida turli xil va ko‘rinishlari vujudga kelgan, roman «shakllanayotgan va hali tayyor bo‘lmagan yagona janr»1 sifatida mudom o‘zgarishda yashaydi. Har bir davrning badiiy-estetik talab-ehtiyojlari romanga ma’lum o‘zgarishlar kiritadi. O‘tgan davr mobaynida romanning turli (ritsarlik romani, tarbiya romani, gotik roman, sarguzasht-detektiv, ijtimoiy-psixologik, tarixiybiografik, satirik va b.) janr ko‘rinishlari yaratildi. Xullas, roman har bir davrning estetik didi va ma’naviy-ruhiy ehtiyojlariga moslashib, adabiyotdagi yangiliklarni zudlik bilan o‘ziga singdirgan holda mudom shakllanishda yashovchi janrdir. Shuning uchun roman masalasiga yondashishda eng avval «roman» istilohi qaysi ma’noda qo‘llanayotganini aniqlab olmoq zarur. Hozirda roman istilohi «epik tur janri» ma’nosida ham, «katta hajmli voqeaband asar» ma’nosida ham ishlatilmoqda. Holbuki, roman deb yuritilayotgan asarlar bir-biridan farqlanadi. Shunga ko‘ra, istiloh «janr» ma’nosida qollanganida, yuqorida ta’riflangan eposning vorisi bo‘lmish klassik tushunchadagi romanning nazarda tutilgani maqsadga muvofiqdir.
1.2
Muhtaram Prezidentimizimiz taʼkidlaganlaridek, “Adabiyot, soʻz sanʼati azaldan xalq qalbining ifodachisi, haqiqat va adolat jarchisi boʻlib keladi”. Shuning uchun ham mustaqillik yillarida mamlakatimizda adabiyotga, maʼnaviyatga eʼtibor kuchaytirildi. Buni yurtimizda maʼnaviyatimizning gʻoyat muhim va uzviy qismi boʻlgan adabiyotni rivojlantirish, shoir va yozuvchilarimizning ezgu mehnatini qadrlash va munosib ragʻbatlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar misolida ham yaqqol koʻrishimiz mumkin. Eng muhimi, badiiy adabiyotimiz mavzular koʻlami jihatidan ham, janrlar nuqtai nazaridan ham rang-barang boʻlib bormoqda. Jahon adabiyoti durdonalari bilan boʻylasha oladigan asarlar yaratilmoqda.
Shoir va yozuvchilarimiz hamda dramaturglarimiz bugungi avlodlarning fidokorona mehnati, bunyodkorlik salohiyati, zamondoshlarimiz maʼnaviy-ruhiy dunyosi, hayotga kirib kelayotgan va hal qiluvchi kuchga aylanayotgan yoshlarimizning pok orzu-intilishlari oʻzining teran badiiy ifodasini topgan yangi asarlari bilan xalqimizni quvontirmoqda.
Boshqacha qilib aytganda, oʻzbek adabiyoti namoyondalarining asarlarida zamon nafasi ufurib turibdi. Oʻzbek adabiyoti eng jonli va taʼsirchan, ilgʻor, oʻtkir, badiiy yuksak adabiyotga aylanmoqda. Bunda shubhasiz, satirik asarlarning ham oʻrni beqiyosdir.
Maʼlumki, barcha yomon illatlarni, kamchilik va nuqsonlarni fosh etishda va ularga qarshi kurashishda, shu bilan birga, yaxshi narsalarni ulugʻlashda satira jamiyatda gʻoyat katta rol oʻynaydi.
Oʻz navbatida oʻzbek satirasi ildizlari ham uzoq oʻtmishga qarab ketadi. Oʻzbek xalqida satira va yumorning ilk namunalari dastlab xalq ogʻzaki ijodida paydo boʻlgan, keyinchalik taraqqiy etib va rivojlanib yozma adabiyotga kirib kelgan. Shunday qilib, satira folklordan, birinchi adabiy yodgorliklardan oʻtib, Navoiy, Turdi, Maxmur, Gulxaniy, Hoziq, Muqimiy va Zavqiylarning ijodlarida yaratildi va rivojlantirildi.
Oʻzbek satirasida Hamza, S. Ayniy, A. Qodiriy, Gʻ. Gʻulom, A. Qahhor, Soʻfizoda, A. Majidiy, Said Ahmad, X. Toʻxtaboyev kabi ijodkorlar yangi bosqichni boshlab berdilar.
Satirani inkor etib boʻlmaydi. Satirani inkor etuvchilar haqida Abdulla Qahhor shunday deb yozgan edi: “Satira oʻtiga uchragan kishi, – vijdoni boʻlsa, odamlarning yuziga qarolmaydi, vijdoni boʻlmasa, ogʻzidan koʻpik sochib, yozuvchining ketidan bolta koʻtarib yuguradi”. Holbuki, xalq satirani sevadi, haqiqiy satirik asarlarni oʻqib, maza qilib, hordiq chiqaradi, yayrab kuladi. Satirik hikoyalar, felʼetonlarni, masal va parodiyalarni, satirik qissa va romanlarni oʻqishni istamaydigan insonlar topilmasa kerak. Hamzaning “Maysaraning ishi”, Gʻ. Gʻulomning “Tirilgan murda”, “Shum bola”, E. Vohidovning “Oltin devor”, X. Toʻxtaboyevning “Sariq devning oʻlimi” kabi asarlari ana shunday asarlar sirasiga kiradi.
Oʻzbekiston Qahramoni, taniqli shoir Erkin Vohidov satira sohasida ham ajoyib namunalar yaratib, xalqni kuldirib kelayotgan ijodkorlardan. Misolga shoirning birgina xalqona syujet va xalq ogʻzaki ijodi namunalaridan ilhom olib yozgan “Donishqishloq latifalari” va “Kulgi mushoiralari” sheʼriy turkumlarini olib koʻraylik. Bu sheʼrlar oʻzining teran mazmuni, keng mushohadasi, hayotiy hikmatlarga va kulgiga boyligi bilan alohida ajralib turadi.
Erkin Vohidov oʻz ijodida satiraga alohida eʼtibor qaratgan. Boisi shoir hayotda uchrab turadigan kamchilik va nuqsonlarga hech qachon befarq qarab tura olmagan. Buni uning “Kulgi mushoiralari” turkumida yaratilgan “Koʻchaman” sheʼrida ham koʻrishimiz mumkin. Ushbu sheʼr qarovsiz qolib ketgan, odamlar va transport qatnovida qiyinchilik tugʻdirayotgan koʻcha tilidan bayon qilingan. Sheʼrda shoʻrolarga xos boqibegʻamlik kabi illatlar qattiq tanqid ostiga olingan. Koʻcha tilidan shoir quyidagilarni bayon qiladi: