Koʻchamen der boʻlsam, evoh,
Koʻplar aylab ishtiboh.
Bilmadim, rost koʻchadurmen,
Yoki yolgʻon koʻchamen.
Achinarlisi, “qanchalarning koʻzlariga chang-gʻubor” toʻldirayotgan, “qanchalarning etigini tortib olgʻon” ushbu koʻchaga qaraydigan masʼul kishi yoʻq. Boisi ikki tuman oʻrtasida joylashgan bu koʻcha beparvolik, obodonlikka eʼtiborsizlik tufayli qarovsiz qolib ketgan. Shoir bundan afsuslanib koʻcha tilidan shunday deb yozadi:
Bir tomonim u rayonu
Bir tomonim bu rayon,
Boshligʻim koʻp, koʻp arosat –
qolgan koʻchamen.
Ayladi jarrohi gorgaz
Vohki, koʻksim chok-chok,
Kim qachon tikkay bu zahmim,
Mangu hayron koʻchamen.
Shoir yoshlar tarbiyasiga alohida eʼtibor beradi. Yevropa madaniyatiga taqlid qilib, milliylikni unutganlarni qattiq tanqid ostiga oladi. E. Vohidovning satiraga moyil “Boshindadur” sheʼri fikrimizning dalilidir. Sheʼr quyidagi satrlar bilan boshlanadi:
Oʻn sakkiz ming olam oshubi
Padar boshindadir,
Ne ajab, chun oʻgʻli oning
Oʻn sakkiz yoshindadir.
Shundan soʻng shoir “nay misol shim kiygan,” sandiqdayin tuflisi bilan, “Hurpayib turgan savatdek” sochi boʻlgan bebosh moda qurboni ustidan kuladi. Bir zamon oʻzgalarning farzandi ustidan kulgan otaning boshi bugun egik, oʻgʻlining qilmishlaridan yerga kirib ketgudek uyaladi. Rahmat oʻrniga taʼna toshlari eshitgan ota dardini kimga aytishini bilmaydi. Shoir esa bu holatdan:
Yoʻq ajab, yoshlikda oʻgʻlin
Ota ardoqlab, suyib.
Erkalab boshiga qoʻydi,
Ul hamon boshindadir,
deya xulosa chiqaradi. Haqiqatan ham, Yevropa madaniyati deb hammaning kulgisiga qolgan, oʻzligini unutgan, millatimizga xos ish tutmagan bunday bebosh va odobsiz yoshlar yoʻq deysizmi? Bularning bari oiladagi tarbiyaga bogʻliq. Zero, xalqimiz “Qush uyasida koʻrganini qiladi”, “Erkalatsa onasi, taltayadi bolasi” deb bejiz aytmagan. Shuning uchun ham E. Vohidov satira tigʻini ana shunday illatlarga qaratib, ota-onalarni ogohlikka daʼvat etadi.
E. Vohidovning “Nasihat”, “Manfaat falsafasi”, “Eski hammom, eski tos”, “Keksalik gashti” kabi sheʼrlari ham mavzuning dolzarbligi bilan oʻzbek hajviy sheʼriyati durdonalari hisoblanadi.
Erkin Vohidovning “Donishqishloq latifalari” turkumi ham oʻzining dolzarbligi, yumorga boyligi bilan eʼtiborga molikdir. Donishqishloqlik Matmusa hozirjavob va shu bilan birga oʻta ayyor ham. Bu turkum haqida E. Vohidov shunday deb yozadi: “Donishqishloq latifalari”ni oʻqib hamma kuladi. Vaholanki, men ularni alam bilan yozganman. Aql-idrokka zid, teskari ishlarimiz el boshiga gʻurbat keltirib yotgani sir emas-ku! Kosasi teskari qurilgan charxpalaklar kammi? Oʻzimiz yaratgan qoliplarni tandirday kiyib olib, yoʻlni koʻrolmay, osmonga qaragancha ketayotgan hollarimiz yoʻqmi?”
“Donishqishloq latifalari”ni oʻqisak, kengroq fikr qilsak, hammamiz katta Donishqishloqning minglab Matmusalariga oʻxshaymiz.
Matmusaning qishlogʻi, Matmusaning qalpogʻi, Matmusaning rassomlikka qiziqib qolishi, xullas, “Donishqishloq latifalari” turkumidagi qaysi sheʼrni olib koʻrmang, ularning har birida juda dolzarb mavzu qalamga olinganiga guvoh boʻlasiz.
Matmusaning qishlogʻiga shoir shunday taʼrif beradi:
Donishqishloq qayerda?
Oʻzimizning tomonda,
Oʻsha qishloq xalqidek
Dono xalq yoʻq jahonda,
Aql koʻplik qilsa, bosh
Yoriladi deb halak –
Boshlariga donishlar
Kiyib yurar chambarak.
Sodda demang ularni,
Ular sodda boʻlmaydi.
Kuldirsa ham sizlarni
Oʻzlari hech kulmaydi.
“Matmusaning uylanishi” sheʼrida oilaga bepisandlik bilan qarash, qizlar tarbiyasiga beparvo boʻlish shoʻro davridagi shaharliklar uchun qanchalar koʻngilsizliklar olib kelganligi qalamga olinadi. Sheʼrda hikoya qilinishicha, olis shaharga borgan Matmusa bir pari paykarni koʻrib sevib qoladi, u sanamga uylanib qishlogʻiga qaytadi. Biroq jononning oy-kuni yaqinligi maʼlum boʻladi. Hamma “Biz bir yilcha kutardik, Matmusaning xotini chiqib qoldi udarnik” deb barmoq tishlab qoladi. “Zarbdorlik”ning bu siri “Donishgazet” muxbirining xabari bilan hamma yoqqa yoyiladi. Oqibatda “Yangilikka – katta yoʻl!”, “Toʻqqiz oyni – uch oyda!” degan bemaʼni shiorlar paydo boʻladi. Matmusa esa hayʼatlarda “Biz undoq, biz bundoq” deb kekkayib oʻtiradigan boʻladi. Shoir bu bilan birov mehnatni qilib, boshqasi obroʻ olishi, qolaversa, bu uyatli holat jamiyatga zid ekanligini koʻra-bila turib uni tanqid qilish oʻrniga, bu koʻngilsiz holatga koʻnikib qolgan insonlar ustidan boplab kuladi.
Xullas, xalqona syujet va yumor asosiga qurilgan “Donishqishloq latifalari” turkumiga kirgan har bir sheʼrda ogʻriq nuqtalarimiz boʻlgan jiddiy muammolar tilga olinadi va keskin tanqid qilinadi. Bular shuni koʻrsatib turibdiki, shoir oʻzining bebaho lirikasi, “Oltin devor” kabi ichakuzdi dramalari bilangina emas, balki oʻzining satirik sheʼrlari bilan ham kitobxon qalbini zabt etdi va oʻzining yumorga boy asarlari bilan jamiyatimizdagi illatlarga qarshi faol kurashib kelmoqda.
Bob
O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmadning hikoyalari, komediya va miniatyuralari xalqimiz qalbidan mustakam o‘rin egallagan.. Nafaqat xalqimiz qalbidan joy olgan, balki bu noyob asarlar adabiyotimiz xazinasini ham yetarlicha boyitadi. Said Ahmadning tanqidchi N.V.Vladimirova bilan bo‘lgan suhbati davomida u o‘ziga ustoz deb bilgan ijodkorlar haqida so‘z yuritganini ko‘rishimiz mumkin. “Abdulla Qodiriy, G‘afur G‘ulom,Abdulla Qahhor hikoyalari o‘zbek hikoyasining taraqqiy etishida haqiqatan juda katta xizmat qildi. Abdulla Qodiriyning,ayniqsa,G‘afur G‘ulomning 30-yillarda yozgan hikoyalari menda katta taassurot qoldirgan. Shu hikoyalarning ko‘plarini hozirgacha yoddan bilaman. Keyinchalik o‘zbek hikoyachiligiga hozirgi zamon rus hikoyachiligi bilan tenglashib keladigan darajada ixchamlik va fikrning tiniqligini olib kirgan. Abdulla Qahhor asarlari meni o‘ziga maftun qilib qo‘ydi. Umuman men hikoyachilikdagi ustozlarim deb Abdulla Qodiriyni, G‘afur G‘ulomni, Abdulla Qahhorni bilaman” Ana shunday ulug‘ ijodkorlarning an’analarini davom ettirgan yozuvchi o‘zining asarlarida inson obrazini mukammallashtiradi. Uning qahramonlari qandaydir shoirtabiat, murakkab emas, balki juda tabiiy va oddiy insonlardir. Ularning o‘zlarini tutishlari, gap-so‘zlari, qiliqlari, xattoki orzu-istaklari ham tabiiy. Bu odamlar hayotlarida jinday yutuqqa erishishsa ham chin dildan quvonadilar, agarda ma’lum to‘siqlarga duch kelishsa, qayg‘urib, iztirob chekadilar.Shuning uchun bu qahramonlarning har bir harakatlari , u xoh hissiy bo‘lsin, xoh jismoniy, tabiiy va ishonarli tuyiladi. Samimiy tasvirlangan obrazlar Said Ahmad hikoyalarining o‘ziga xos, betakror tarovatini ta’minlaydi. Ularni bugungi kun kitobxoni uchun qadrli qiladi. Adib dastavval hikoyanavis sifatida taniladi. Uning birinchi to‘plami – 1940-tilda “Tortiq” nomi bilan yuzaga keladi. Ijodini shunday boshlagan yozuvchining hikoyalarida hajviy ruh asosiy o‘ringa chiqdi. “Cho‘l shamollari”, “Cho‘l burguti” kabi turkum hikoyalari, “Kukuchka”, “Kolbasa qori”, “Hindcha o‘yin”, “O‘rik domla” kabi asarlari shular jumlasidandir. Ushbu hikoyalardagi obrazlar orqali yozuvchi xalqimizga xos bo‘lgan betakror so‘z o‘yinlari, askiya va mubolag‘alari asar tilini nihoyatda jozibador qiladi. Uning “Begona”, “Mening do‘stim Boboyev”, “Xanka va Tanka” singari komediyalarida insonlar xarakterida uchrab turuvchi manmanlik, kibr-u havoga berilish, ig‘vogarlik singari yomon illatlar mahorat bilan fosh etiladi. Said Ahmad kichik hajviy asarlari bilan o‘zbek radio va televideniyasida quvnoq miniatyuralar teatriga asos soldi. Adib bundan tashqari “Farmonbibi arazladi”, “Kelinlar qo‘zg‘oloni”, “Kuyov” kabi komediyalari bilan ham katta shuhrat qozondi. Uning hajviyot bobidagi xizmatlari alohida e’tirofga sazovor. Chunki u ijodi davomida o‘nlab hajviyot to‘plamlarini e’lon qilib, o‘zbek milliy hajviyotining chinakam ustasiga aylandi. Hozirgi kunda o‘zini shu yo‘nalish bo‘yicha sinab ko‘rmoqchi bo‘lgan shoir yoki yozuvchi borki, ularning bari Said Ahmadni o‘zlariga ustoz deb biladilar. Adibning “Xandon pista” to‘plami uning hajvnavis sifatida mohir ekanligini yana bir bor isbotlaydi. U o‘zining hajviy hikoyalarida rivojlanishimizga to‘siq bo‘layotgan yaramas urf-odatlar ustidan oshkora kuladi, ma’naviy masalalarni o‘rtaga qo‘yadi. “Lampa shisha”, “Xanka va Tanka” singari o‘nlab hikoyalari yuqoridagi fikr-mulohazalarimizning dalilidir. Said Ahmad tabiatidagi lirik va yumoristik hislat yozuvchining tasvir uslubiga, asarlariga ko‘chgan desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.Filologiya fanlari doktori, professor Umarali Normatov yozuvchi haqida shunday fikrlar bildiradi: “Said Ahmad ijodiga nazar tashlaganda bir-biri bilan bog‘liq ikki yo‘nalishni ko‘rish mumkin. Said Ahmad – ham lirik, ham yumorist yozuvchi”. Hajviy asarlar asosan ikki xil yo‘nalishda bo‘ladi: Satira va Yumor. Satira so‘zi yunonchadan olingan bo‘lib, komiklik turi, tasvir obyektini ayovsizkulgivositasi orqali anglash degani. U voqelikni badiiy aks ettirishning o‘ziga xos usuli bo‘lib, unda jamiyatdagi bema’ni, asossiz, noto‘g‘ri hodisalar, illatlar fosh qilinadi. Voqealarning real ko‘rinishini o‘zgartirib, mubolag‘a qilish, keskinlashtirish va shartlilikning boshqa ko‘pgina turlari yordamida yaratilgan obraz orqali satiric obrazga “ishlov” beriladi. Yumorda esa yengil tanqid, hazil ruhi yetakchilik qiladi. Shu xususiyati bilan u satiradan farq qiladi. Badiiy adabiyotga mansub bunday asarlarda yozuvchi ijtimoiy hayotdagi, shaxsiy turmushdagi, xususan ayrim odamlardagi ba’zi nuqsonlar ustidan kulib, uni tanqid qiladi. Satirada yumor unsuri bo‘lganidek, yumorda ham satiraning unsurlari bor. Said Ahmad har ikki yo‘nalishda ham birdek qalam tabratgan. Uning “Qoplon” hikoyasi satiraning yetuk namunasi hisoblansa, “Sobiq”hikoyasi esa yumorga boy asardir. “Qoplon”hikoyasida kishilardagi hushomadgo‘ylik, laganbardorlik, o‘z manfaati yo‘lida andishaga ham bormay surbetlarcha ish tutishi, kishilarni mansabiga qarab munosabat ko‘rsatishi kabi illatlar tanqidi aks etgan. Bu hikoyadagi Qurbonboy obrazi misolida yozuvchi o‘zini hali tanimagan rahbarlar pinjiga kirishning nozik yo‘llarini topib olgan va o‘zining laganbardorligidan orlanmaydigan, oriyatsiz bir shaxning qiyofasini ko‘rsatib beradi. Sobiq hikoyasida yozuvchi jamiyatimizda halol kishilarning xattiharakatlarida paydo bo‘layotgan dabdababozlik, nozarur yumushlarga chalg‘ib, kulgili vaziyatlarga tushib qolish kabi nuqsonlar ustidan yengil kuladi.2
2.1
Said Ahmad 1920 yilda Toshkent shahrida tug‘ildi. Uning familiyasi Xusanxo‘jayev. Maktabdan so‘ng Toshkent Davlat Pedagogika institutida ta’lim oldi (1938 - 1941). U adabiyotga jurnalist - ocherkchi sifatida kirib keldi. Adibning shakllanishida matbuot ijodiy maktab vazifasini o‘tadi. «Yosh leninchi», «Qizil O‘zbekiston» ro‘znomalarida, «Mushtum», «Sharq Yulduzi» jurnallarida, O‘zbekiston radio kometetida turli vazifalarda ishladi.
Ma’lumki, lirik hikoyalarda hissiyot tahlili birinchi o‘rinda turadi. Lekin, aytish lozimki, hissiyot tahlili bilan ish qurishning muayyan xatarli jihatlari ham bor. Bilamizki, kayfiyat va hissiyot o‘y - aqlga qaraganda tezkor, o‘zgaruvchan. Binobarin, hissiyotdagi o‘zgarish hamma vaqt ham xarakterdag tub o‘zgarishlarga to‘la teng kelavermaydi. Said Ahmad ba’zi asarlarida ko‘proq hissiyot tahlilga berilib ketgan holatlar ham uchrab turadi. Bunda qahramonlar hayotidagi keskin burilishlar etarli dalillanmay, personajlar to‘laqonli xarakter darajasiga etmay qoladi. Yozuvchining «To‘lqinlar», «To‘y kechasida» kabi asarlarini bu erda misol tariqasida keltirish mumkin. Mehnatni, mehnat kishisini ulug‘lashga intilish Said Ahmad ijodidagi etakchi yo‘nalishlardan biridir. Bu yo‘nalishning boshlanishi uning urushdan oldin va 40-yillarda yozgan ko‘plab ocherklari bilan bog‘lanadi.
Said Ahmad ham inson, ham ijodkor sifatida murakkab yo‘lni bosib o‘tdi. Pirovardida, mana shu yo‘l uni xalqimiz uchun ardoqli insonga, adabiyotimiz uchun atoqli yozuvchilarimizdan biriga aylantirdi. Hozirgi kunda u mustaqil O‘zbekistonimizning qator yuqori ordenlarining sohibi bo‘lgan, O‘zbekiston qahramoni unvoniga berishga munosib ko‘rilgan ijodkordir.
Said Ahmadning birinchi kitobi 1940 yilda «Tortiq» nomi bilan nashr etilgan. Uning «Er yurak» (19942), «Fargona hikoyalari» (1948), «Muhabbat» (1949), «Kadrdon dalalar» (1949), «Chul shamollari» (1961), «Onajonlar» (1962), «Xazina» (1963), «Tazim»(1966), «Qissa va hikoyalar» (1968) kabi va boshqa qator kitoblari nashr etilgan.
Said Ahmadning hikoyanavis sifatida shakllanishida uning urush davrida yozilgan asarlarining o‘ziga xos ahamiyati bor. Bu davrda u «Mastonbibi», «Tepki», «Kutish taraddudi», «Iroda», «Kushik » kabi hikoyalar elon kilgan. Bu hikoyalarning badiiylik darajasi u qadar yuqori emas. Lekin ularda favkulodda bir mahorat bilan chizilgan lavxalar tez-tez uchrab turadi. Boshqacharok aytganda, rassomchasiga aniqlik bilan yaratilgan tasviriy parchalar mavjud. Ana shu nurli uchkunlar keyinchalik Said Ahmad prozasining etakchi uslubiy xususiyatiga aylana bordi.
Yozuvchi uslubiga xos lirizm adibning urush va uning oqibatlariga bag‘ishlangan asarlarida, ayniqsa, alaxida ko‘zga tashlanadi. Adib urush tufayli odamlar boshiga tushgan fojialar haqida baxs etuvchi undan ortik hikoyalar yaratgan. «Xazina», «Turnalar», «Onajonlar», «Kuklam chechaqlari» «Laylak keldi» va boshqa hikoyalar bunga misol bula oladi. Said Ahmad oldin, yani urush yillarida shu mavzuda yozilgan hikoyalarida front haqida ham tasvirlar berishga harakat kilgan, lekin o‘zi bilmagan va tasavvur kila olmaydigan narsalar haqida yozganligi uchun bu harakat muvaffakiyatsiz yakunlangan edi («Iroda »hikoyasi). Shuning uchun adib yuqoridagi hikoyalarida o‘sha davrning byevosita o‘zi shohid bo‘lgan, yaqindan bilgan lavxalarini – kishilarimizning front orkasidagi hayotini, urushning mamlakat ichkarisidagilar takdiridagi izlarini, urushdan kaytganlar kismatini gavdalantirdi. Yozuvchi urush tufayli alohida shaxslar, kolaversa, butun xalq boshiga tushgan kiyinchilik, judolik, dard – alamlarni ruy –rost ko‘rsatdi. Said Ahmad asarlaridagi personajlardan biri tomonidan aytilgan «Dod, deb yiglasa buladigan ishlar o‘tdi boshimizdan» degan so‘zlar shu yo‘nalishdagi hikoyalarning personajlari takdirga tulik taallukli desa buladi.
Said Ahmad syevgi, sadoqat, yoshlik haqida ham qator hikoyalar yaratdi. Bu mavzudagi hikoyalarining qahramonlari turli yoshdagi, turlicha hayotiy tajribaga ega bo‘lgan kishilardir: bu asarlarning birida mustakil hayot ostonasiga endigan qadam kuygan, ilk mehnat, muhabbat, ilk busa lazzatidan endigina baxramand bulayotgan yoshlarni uchratsak, ikkinchisida hayotda adashib, shaxsiy baxtini boy berib kuygan noshud – notavon kimsalarga duch kelamiz; boshqasida o‘z shaxsiy xo‘zur-xalovatidan voz kechib, o‘zgalarga baxt,shodlik xadya etgan olijanob kishilarni ko‘rsak, yana birida fakat o‘zini deb boshqalarni kon kakshatuvchi xudbinlarga duch kelamiz. Uning «Muhabbatning tug‘ilishi», «Oydin kechalar», «Ikbol chiroklari», «Muhabbat», «Bahor suvlari», «Tog‘ afsonasi», «Syevgingga sadikman» kabi hikoyalari shu jumlaga kiradi. Bu hikoyalar, muhimi, bizni insonga bir bor beriladigan hayotni, insoniy baxtni, ilk syevgini kadrlashga, hayotda chin inson bulib, xalol yashashga davat etadi, odamning odam odidagi, el - yurt oldidagi masuliyatini eslatib turadi, insondagi noyob tuyg‘u, olijanob fazilatlarni kadralashga, asrashga undaydi.
Ma’lumki, lirik hikoyalarda hissiyot tahlili birinchi o‘rinda turadi. Lekin, aytish lozimki , hissiyot tahlili bilan ish qurishning muayyan xatarli jihatlari ham bor. Bilamizki, kayfiyat va hissiyot o‘y – aqlga qaraganda tezkor, o‘zgaruvchan. Binobarin, hissiyotdagi o‘zgarish hamma vakt ham xarakterdagi tub o‘zgarishlarga tula teng kelavermaydi. Said Ahmad bazi asarlarida ko‘prok hissiyot tahlilga berilib ketgan holatlar ham uchrab turadi. Bunda qahramonlar hayotidagi keskin burilishlar etarli dalillanmay, personajlar tulakonli xarakter darajasiga etmay koladi. Yozuvchining «Tulkinlar», «Tuy kechasida» kabi asarlarini bu erda misol tarikasida keltirish mumkin.
Mehnatni, mehnat kishisini ulug‘lashga intilish Said Ahmad ijodidagi etakchi yo‘nalishlardan biridir. Bu yo‘nalishning boshlanishi uning urushdan oldin va 40- yillarda yozgan ko‘plab ocherklari bilan boglanadi. Yozuvchi o‘zining «Chul hikoyalari» («Chul burguti», «Urik domla», «Lochin»), «Chul shamollari»(«Odam va buron», «Buston», «Er uygondi», «Tuy boshi », «Seni izlab»), «Chul okshamlari» («Otalar va bolalar», «O‘n sakqiz yoshing», «Ko‘zlaringda o‘t bor edi», «Chyevara», «Tog‘ afsonasi», «Rahmat, azizlarim», «Tuy kechasida», «O‘ylar», «Sumbul», «Yalpiz xidi») kabi turkum hikoyalarida badiiy jihatlar yuqori darajada bo‘lgan qator asarlar yaratib, o‘zbek hikoyachiligi rivojiga munosib hissa kushdi. Bu yo‘nalishga mansub hikoyalarning o‘ziga xosligi shundaki, ularda yozuvchining lirik sozi yoniga quvnoq, hayotbaxsh yumor kelib kushilgan. Bu yumor kishilardagi insoniy jozibani ochishga, jamiyat ishiga fidoyilikni ko‘rsatishga, odamlar o‘rtasidagi o‘rtoklik, birodarlik munosabatlarini ardoklashga xizmat qiladi.
Said Ahmad asarlari ustida gap borganda uning ijodiga xos yana bir hislat etiborni tortadi. Adib qahramonlari byevosita tabiat kuynida tog‘larda, yaylovlarda, chullarda, bog‘larda, dalalarda, kir – adirlarda harakat qiladilar, ular nuqul tabiat quchog‘iga, kenglikka, ufqka talpinadilar. Adib ona tabiatning maftuni, yonik kuychisi sifatida ish kuradi, xususan oltin vodiy – Farg‘ona vodiysi manzaralarini uta kadrdon bir mehr, samimiyat bilan qalamga oladi. Bunday tasvirlar , tabiiyki, kitobxondagi ona tabiatga mehr hissini jumbushga keltiradi, unga ona tabiat farzandi, uning ajralmas qismi ekanini eslatib turadi.
Said Ahmad ijodida hajviy asarlarning ham salmog‘i katta. Umuman, hajviy – yumoristik talqinga moyillik yozuvchi ijodining ajralmas bir bo‘lagini tashkil etadi. Xatto, tamomila boshqa yo‘nalishdagi asar – «Ufq» da ham yumor singdirilgan saxifalar kam emas. Yozuvchining hikoyachilik faoliyatida esa bunday asarlar alohida bir yo‘nalish hisoblanadi. Uning asarlarida kulgining hamma turi – quvnoq xanda, engil tabassum, beozor hazil – mutoyibadan tortib kinoya- kesatik, masxara va gazabli qah – qahagacha uchraydi. Lekin uning kulgisi ichida yumoristik kulgi alohida ajralib turadi. Yozuvchi tabiatan lirik bo‘lganidan hajviyotda ham lirikligicha koladi, hajviyalarida ham lirik jushqinlikni saqlaydi. Quvnoq, hayotbaxsh kulgi zaminida ham hayotdagi kam – kustlarni qoralash mavjud. Buni etibordan sokit qilib bulmaydi. Shunday bulsa – da , u asosan, hayotni, insonni ulug‘lashga karatilgan. Said Ahmadning ko‘pdan- ko‘p hajviyalari, turkum hikoyalaridagi qator personajlar talqini shunday yumor bilan sugorilgandir. Xattoki, «Xanka bilan Tanka », «Mening dustim Babayev», «Lali badaxshon», «Oshkovok, 2», «Muzikali voqea» kabi hajviyalarida tankid tigi xiyla o‘tkir bulsa –da, ularda quvnoq kulgi, hazil-mutoyiba xal kiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Said Ahmadning nasrdagi ijodida «Ufq» trilogiyasining alohida urni bor. Yozuvchi mazkur asar ustida un yildan ortik mehnat kildi. U «Qirq besh kun» (1974), «Hijron kunlarida »(1964), «Ufq bo‘sag‘asida»(1969) kabi kitoblardan tashkil tog‘an. Agar o‘zbek xalqi hayotining taxminan un yillik davrini – urush arafasi, urush va urushdan keyingi yillarni qamrab olgan. Shu davr ichida kechgan tarixiy, hodisalar fonida muallif xalqning manaviy bisotini ochadi, uning xarakteriga xos bokiy fazilatlar – mardlik, tantilik, oliy janoblik, birdamlik, o‘zora mehr-oqibat kabi tuyg‘ularni uta samimiy talqin etadi. Trilogiyada xalq hayoti, xarakteri, ommaviy mehnat jarayoni tasviri bilan alohida shaxslar takdiri, o‘ziga xos olami talqini o‘zviy tarzda birlashib ketgan. Asardagi xar bir persanajning o‘z hayot yo‘li, takomilli, xarakteri, betakror xususiyatlari jonli, aniq chizilgan.
Romandagi Ikromjon obrazi- yozuvchining jiddiy yutug‘i. Undagi bor xususiyatlar kuchli va ojiz tomonlari bilan ruy – rost ko‘rsatilgan. U – pok odam. Mana shu pok, begubor, fidoyi odam oilasida nopok kimsa paydo buladi- uning yakkayu yagona ugli qochoq, xoin bulib chiqadi. Yozuvchi mana shunday murakkab, dramatik, xatto tragik voqea misolida ushbu qahramonning manaviy qiyofasini ochishga jazm qiladi. Agar Ikromjon obrazi shu yusinda chuqur psixologik yo‘nalishda yaratilgan bulsa, boshqa etakchi personajlar, chunonchi, Dildor - lirik, Azizxon – lirik-romantik, Asrora – yumoristik, Inoyat oksokol satirik buyoklar orqali chiziladi.
Said Ahmad «Ufq»ka qadar ham nasrning yirik shakllarida «Kadrdon dalalar» (1949), «Xukm»(1958) kabi qissalar yozgan edi. «Kadrdon dalalar»da urushdan keyingi davr adabiy jarayoni va mafkurasiga alokador bo‘lgan biryoqlamalik va «kolip»lar ko‘zga shunday tashlanib turadi. «Hukm»da ham yozuvchi shura adabiyotining konunlaridan tashqariga chikolgan emas. Uning «Sud», «G‘ildirak» kabi qissalari ham bor.
Said Ahmad «Jimjitlik» (1988) nomli roman ham yozgan. Yozuvchining oldin shu nomda hikoya yozgani malum. Umuman uning ijodiga xos xususiyatardan biri romanlari bilan hikoyachilikdagi izlanishlari o‘rtasida muayyan alokani mavzudligidir. Mazkur roman haqida ham qizgin baxslar bo‘ldi. Unda mahorat bilan yozilgan lavhalar anchagina. Lekin asarga umumiy tarzda baho beriladigan bulsa, u bir oz shoshilib yozilganligini aytish kerak. Romanda mantikan asoslanmagan tasvirlar mavjud. Shuningdek, unda yozuvchi ijodiga xos bulmagan uslubga-voqealarni detektivnoma tasvirlash uslubiga duch kelamizki, bu asarning badiiyligi uchun xizmat kilmagan.
Yozuvchi dramaturgiya sohasida ham xalqimizga mashhur asarlar yaratdi. Xatto aytish mumkinki , bu janrga juda erta kul urgan – 1945 yildayok bolalarga bag‘ishlab ertak yo‘lida «Sherzod va Gulshod» nomli drama yozgan. U keyinchalik bu sohaning juda kichik shaklida - dramatik miniatyura janirida samarali ijod kilgan va ular o‘quvchilarga yaxshi tanish. Lekin yozuvchining «Kelinlar ko‘zgolani» (1976), «Kuyov»(1986) kabi komediyalarining so‘nggi davr o‘zbek dramaturgiyasida alohida urni bor. Xususan, «Kelinlar ko‘zgoloni» komediyasi yozuvchiga katta shuxrat keltirdi. Tugri, asar haqida tankidchilikda turli –tuman, xatto uni inkor etish darajasida bo‘lgan fikrlar bildirilgan. Bazi tugri tankidiy muloxazalarni yozuvchi qabul qilib, asarga o‘zgartirishlar ham kiritib borgan. Lekin mazkur komediya yillar utishi jarayonida bildirilgan qator tankidiy fikrlar noto‘g‘ri ekanligini, u juda katta yozuvchilik mahorati natijasida yuzaga kelganligini isbot etdi. Asardagi voqealar bir serfarzand o‘zbek oilasi doirasida buladi. Farmonbibi oilada mustaxkam intizom, samimiy munosabat, inoklik, o‘zaro ishinch bulishi, xar bir oila azosining xalol yashashi va ishlashi uchun qayg‘uradi. Farmonbibi oilasi – bamisoli xalolik va tartib – intizom istehkomi, uning o‘zi esa shu istexkom posboni. Bu istehkomga goho g‘irromlik, nopoklik, tartibbo‘zarlik, ichkilikbozlik illatlari xuruj qiladi. Farmonbibi esa bunday xurujlarni katiy turib daf etishga erishadi. Shu tarika komediya muallifi bir qarashda engil – elpi hazil – mutoyibadan iboratdek tuyulgan hodisalar zamirada muhim ijtimoiy mano topa olgan, tomoshabinlar ko‘nglida esa muhim hayotiy muammolarga faol munosabat uyg‘otishga erishgan.
Said Ahmad ham inson, ham ijodkor sifatida murakkab yo‘lni bosib utdi. Pirovardida, mana shu yo‘l uni xalqimiz uchun ardokli insonga, adabiyotimiz uchun atokli yozuvchilarimizdan biriga aylantirdi. Hozirgi kunda u mustakil O‘zbekistonimizning qator yuqori ordenlarining sohibi bo‘lgan, O‘zbekiston Qahramoni unvoniga berishga munosib kurilgan ijodkordir.
2.2
Voqea-hodisalarning, jamiyatdagi insonlarning hech biri nuqsonsiz boʻlishini istab, ularni inkor etmagan holda zukkolik, topqirlik, hozirjavoblik hazil-askiya bilan munosabat bildiradi. „Qoplon“ hikoyasi satirik asarning yaxshi namunasi boʻlib, kishilardagi xushomadgoʻylik, laganbordorlik, oʻz manfaati yoʻlida andisha mulohazaga bormay surbetlarcha ish tutish, odamlarning amal kursisiga qarab munosabat koʻrsatish kabi yaramas illatlar tanqidiga bagʻishlanadi. Hikoyadagi Qurbonboy obrazi misolida yozuvchi oʻzini hali tonilmagan rahbarlar pinjiga kirishning nozik yoʻllarini toʻplab olgan, hech bir isilohasiz laganbardorligini oshkora koʻrsatib, xoʻjayinning polini yuvib, gilamini ham qoqib berishdan orlanmaydigan, vaqti kelganda shartta yangi boshliqqa xizmat qilib ketaveradigan oriyatsiz, ablah bir shaxs qiyofasini koʻrsatib beradi. Tillaev ham uning xotini ham Quronboyning kimligini anglamay, ularga qilib yurgan xizmatini oʻzlaricha yaxshilikka yoʻyib yuradilar. Bu amal vaqtinchalik vazifa uchun qilinayotgan makkorlik ekaninini tushunmaydilar. Shu bois Qurbonboyga ixlosi oshib Tillaev uni mashina yuvuvchidan garaj mudiri muovini vazifasiga koʻtaradi, uyi tomini yopib olishi uchun anchagina shifer tunuka tushurib beradi. Qurbonboy esa ishi bitguncha girdikapalak boʻlib, har qanday mayda — chuyda oilaviy ymushlarini orlanmay bajarib, yangi boshliq tayinlanishi bilan Tillaev xanodonidan batamom yuz buradi. Xushomadining asosiy vositasi boʻlgan it „Qoplon“ni olib ketib, yangi rahbarga ham xuddi avvalgiday alfozda taqdim qiladi. Uning surbetligi shuqadar kuchliki, Qurbonboy Tillayevni yangi boshliqnikida koʻrib qolganida, hatto uyalmaydi ham. Direktorning charm toʻnini artib turaveradi. Hatto it Qoplan eski xoʻjayinini tanib, dumini likillatib erkanadi. Hikoya soʻngida Tillayev Qoplonni koʻrib „Bu itni taniyman“ desa-da, achchiq istehzo bilan aytilgan bu soʻzlarni asli Qurbonboyga qarab qoʻyib aytadi. Demak, „it“ deb Qurbonboyni nazarda tutadi. Yozuvchi bu bilan Qurbonboylar kabi buqalamun kimsalar, ablah odamlarni jamiyatda, insonlar orasida oʻrni boʻlishi kerak emas, degan gʻoyani ilgari suradi.
Dostları ilə paylaş: |