Kirish I. Bob. Sifat- so’z turkumi va uning tavsifi


I.bob Sifat -so'z turkumi va uning tavsifi



Yüklə 115,65 Kb.
səhifə3/13
tarix19.12.2023
ölçüsü115,65 Kb.
#185104
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Abdisharipova Sevara 1

I.bob Sifat -so'z turkumi va uning tavsifi
1.1Sifatni o'rganish metodikasi
Sifatni o'rganish metodikasi uning lingvistik xususiyatlariga asos-lanadi. Sifat predmetning belgisi (rangi, hajmi, shakli va ko'rinishi, maza-ta'mi, xarakter- xususiyati, hidi, vazni, o'rin va paytga mu-nosabati)ni bildiradi. Sifatning leksik ma'nosi uni ot bilan bog'liq holda o'rganishni talab qiladi. Sifatni tushunish uchun 1-sinfdanoq o'quvchilar e'tibori sifatning otga bog'lanishini aniqlashga qaratiladi.
O'quvchilar predmetning belgisini aytadilar, ularda so'roq yordamida gapda so'zlarning bog'lanishini aniqlash ko'nikmasi o'stiriladi, ya'ni ular gapdagi sifat va otdan tuzilgan so'z birikmasini ajratadilar (atama aytilmaydi). Keyingi sinflarda bu bog'liqlik aniqlashtiriladi. Shunday qilib, sifatning semantik-grammatik xususiyatlari sifat ustida ishlashni leksik va grammatik (morfologik va sintaktik) yo'nalishda olib borishni talab etadi.Boshlang'ich sinflarda ,,Sifat" mavzusi quyidagi izchillikda o'rganiladi:
1) sifat bilan dastlabki tanishtirish (1-, 2-sinf);
2) sifat haqida tushuncha berish (3- sinf);
3) shu grammatik mavzu bilan bog'liq holda ayrim sifatlarning yozilishini o'zlashtirish (4-sinf).
Sifat bilan (atamasiz) dastlabki tanishtirish (birinchi bosqich) sifatning leksik ma'nosi va so'roqlari ustida kuzatish o'tkazishdan boshla-nadi. Predmetning belgilari xilma-xil bo'lib, uni rangi, mazasi, shakli; xilxususiyatlari tomonidantavsiflaydi. Shunday ekan, sifat tushun-chasini shakllantirish uchun uning ma'nolarini aniqlash talab etiladi.O'qituvchi predmetni yoki uning rasmini ko'rsatadi, o'quvchilar uning belgilarini aytadilar va yozadilar. Masalan, (qanday?) olma — qizil, shirin, yumaloq olma; (qanday?) ip — uzun, ko'k ip. Albatta, suhbat asosida o'quvchilar olma, ip so'zlari nima? so'rog'iga javob bo'lib, predmet nomini bildirishi, qizil, shirin, yumaloq kabi so'zlar qanday? so'rog'iga javob bo'lib, predmetning belgisi (rangi, mazasi, shakli) ni bildirishini aniqlaydilar.
O'qituvchi atrofimizni o'rab olgan pred-metlarning o'z belgilari borligini, ular bir-biridan shu belgilar bilan farqlanishini yana birikki misol bilan tushuntiradi (Qanday? daraxt - Katta, chiroyli, sershox, ko 'm-ko 'k daraxt. Qanaqa ? shkaf — Oynali, baland shkaf). Xulosa chiqariladi: qanday? so'roqlariga javob bo'lgan so'zlar predmet belgisini bildiradi.O'quvchilar belgi bildirgan bunday so'zlarning nutqimizdagi ahamiyatini anglashlari uchun sifat ko'p uchraydigan matn tanlanib, awal sifatlarini tushirib qoldirib, so'ngra sifatlari bilan o'qib beriladi va mazmuni taqqoslab ko'rsatiladi. Predmetni aniq tasvirlash uchun uning belgisini bildiradigan so'zlardan foydalanilgani tushuntiriladi. Bu darslarda ko'rgazma vositalar (predmetlar, predmet rasmlari, sujetli rasmlar)dan keng foydalaniladi.O'quvchilar qanday?, qanaqa?so'roqlariga javob bo'lgan (predmet belgisini bildirgan) so'zlarni o'zlashtirisnlari uchun mashqning quyidagi turlari samarali hisoblanadi:
1) so'roq yordamida predmetning belgisini bildirgan so'zlarni tanlash;
2) aralash berilgan so'zlardan gap tuzish;
3) matndan kim?yoki nima?so'rog'iga javob bo'lgan so'zni va unga bog'langan qanday? va qanaqa? so'rog'iga javob bo'lgan so'zni tanlab (so'z birikmasini topib) aytish va yozish;
4) tayanch so'zlar va rasm asosida gap yoki kichik hikoya tuzish.
Ikkinchi bosqichda asosan ikki vazifa: „Sifat" tushunchasini shakllantirish hamda o'quvchilar nutqini yangi sifatlar bilan boyitib borish, fikrni aniq ifodalash uchun mazmunga mos sifatlardan nutqda o'rinli foydalanish ko'nikmasini o'stirish hal qilinadi.,,Sifat" tushunchasini shakllantirish o'quvchilarning ,,predmet belgisi" degan umumlashtirilgan kategoriyani o'zlashtirish darajasiga bevosita bog'liq. Shu maqsadda rang, maza. shakl, hajm, xil-xususiyat bildiradigan so'zlar guruhlanadi va shu so'zlarning xususiyatlari llmurnlashtiriladi. Sifatning leksik ma'nosi bilan birga uning xarakterli grammatik xususiyatlari ham qayd etiladi. Sifatlarning xususiyatlarini umuinlashtirish asosida o'quvchilar uning so'z turkumi sifatidagi
O’iga xos ko'rsatkichlarini ajratadilar:
a) predmet belgisini bildiradi,
b) qanday? yoki qanaqa? so'rog'iga javob bo'ladi,
d) gapda otga bog'lanib, shu ot bilan so'z birikmasi hosil qiladi, ikkinchi darajaii bo'lak vazifasida keladi.
Bu sinfda og'zaki va yozma ijodiy ishlar (maktab bog'i yoki parkka ekskursiya vaqtida kuzatilgan daraxt, qushlar, hayvonlarni tasvirlab kichik hikoya tuzish kabilar)ga katta o'rin beriladi.



Yüklə 115,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin