Kirish I. Bob. Yuridik shaxslarni mol mulk solig‘I


Soliq solinadigan obyektlarning nomi



Yüklə 472,67 Kb.
səhifə7/12
tarix08.05.2023
ölçüsü472,67 Kb.
#109809
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Yuridik shaxslarni mol mulk solig\'i

Soliq solinadigan obyektlarning nomi

Mol-mulkning inventarizasiya kiyma-tiga nisbatan Soliq stavkasi, foizda

1. Turar joylar, kvartiralar, dala hovli, qurilmalari, garajlar va boshqa imoratlar, xonalar va inshootlar
2. Shaharlarda joylashgan umumiy maydoni quyidagicha bo’lgan turar joy va kvartiralar:
a) 200 kv.m. dan oshiq va 500 kv.m gacha bo’lgan.
b) 500 kv.m. dan oshiq bo’lgan.

0,75
0,9
1,13

Izox:
1.Jismoniy shaxslar mol-mulkini baholash bo’yicha organlar belgilagan inventarizasiya qiymati bulmasa,Soliq undirish uchun Toshkent shaxri va viloyat markazlarida 18480,0 ming so’m,boshqa shaharlar va Qishloq joylarda -8030,0 ming so’m miqdorida mol-mulkning shartli qiymati qabul qilinadi.
2. Soliq solinadigan mol-mulkka egalik qiladigan pensionerlar uchun mol-mulk solig’i bo’yicha Soliq solinmaydigan umumiy maydon 60 kv. m hajmi da belgilanadi.
3. Jismoniy shaxslar tomonidan turar joy fondi obyektlari noturar joy fondi toifasiga o’tkazilganda yoki ular tomonidan noturar joy fond obyektlari (binolar,binodagi xonalar)mulk sifatida harid qilinganda jismoniy shaxslar mol-mulkiga solinadigan Soliq yuridik shaxslar uchun belgilangan stavka bo’yicha to’lanadi.
Soliq stavkasini qo’llanishning o’ziga xos xususiyatlari. Soliq solish obyektlari jismoniy shaxslar tomonidan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanilgan yoxud ular yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilgan taqdirda, jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan Soliq yuridik shaxslar uchun belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda to’lanadi.
Soliqni hisoblab chiqarish va to’lash tartibi. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan Soliqni hisoblab chiqarish va to’lash tartibi kodeksning 277- moddasida batafsil bayon qilingan.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan Soliqni hisoblab chiqarish Soliq to’lovchining yashash joyidan kat’iyy nazar, Soliq solish obyekti joylashgan yerdagi davlat Soliq xizmati organlari tomonidan ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organning ma’lumotlari asosida amalga oshiriladi.
Ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organning ma’lumotlari asosida amalga oshiriladi.
Ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organ Soliq solish obekti joylashgan yerdagi davlat Soliq xizmati organlariga har yili 1 fevralgacha obyektning 1 yanvarga bo’lgan holatiga ko’ra inventarizasiya qiymatini va uning mulkdorini kursatgan holda ma’lumot taqdim etadi.
Imtiyozlarni olish huquqiga ega bo’lgan shaxslar imtiyozlarni olish huquqini tasdiqlovchi xujjatlarni mustaqil ravishda taqdim etadilar.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan Soliq so’mmasi mol-mulkning 1 yanvarga bo’lgan holatiga ko’ra inventarizasiya qiymatidan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Bir nechta mulkdorning umumiy ulushli mulkida bo’lgan imoratlar, binolar va inshootlar uchun jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan Soliq mulkdorlarning har biri tomonidan ularning ushbu imoratlar, binolar va inshootlardagi ulushiga mutanosib ravishda to’lanadi.
Mol-mulkka bo’lgan mulk huquqi kalendar yil mobaynida bir mulkdordan boshqa siga o’tgan taqdirda, jismoniy shaxslarning mulkiga solinadigan Soliq avvalgi mulkdor tomonidan shu yilning 1 yanvaridan e’tiboran u mol-mulkka bo’lgan mulk huquqini yo’qotgan oyning boshlanishiga kadar, yangi mulkdor tomonidan esa unda mulk huquqi vujudga kelgan oydan e’tiboran to’lanadi.
Yangi imoratlar, binolar va inshootlar bo’yicha jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan Soliq ular barpo etilgan yildan keyingi yil boshidan e’tiboran to’lanadi.
Meros bo’yicha o’tgan mol-mulk uchun jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan Soliq merosxo’rlarda mulk huquqi vujudga kelgan oydan e’tiboran to’lanadi.
Soliq solish obyekti yo’q qilingan, vayron bo’lgan, buzib tashlangan taqdirda, jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan Soliqni undirish mol-mulk yo’q qilingan, vayron bo’lgan yoki buzib tashlangan oydan e’tiboran to’xtatiladi. Soliq so’mmasini qayta hisob-kitob qilish Mahalliy davlat xokimiyati organi yoki larning o’zini-o’zi boshqarish organi tomonidan berilgan yo’q qilinganlik, vayron bo’lganlik, buzib tashlanganlik faktini tasdiqlovchi xujjatlar mavjud bo’lgan taqdirda, amalga oshiriladi.
Kalendar yo’l mobaynida imtiyoz huquqi vujudga kelgan taqdirda, jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan Soliqni qayta hisob-kitob ushbu huquq vujudga kelgan oydan e’tiboran amalga oshiriladi.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan Soliqni to’lash to’g’risidagi to’lov xabarnomasi Soliq to’lovchilarga davlat Soliq xizmati organi tomonidan har yili 1 maydan kechiktirmay topshiriladi.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan Soliqni Soliq davri uchun to’lash teng ulushlarda bir yilda ikki marta amalga oshiriladi:

Yüklə 472,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin