Kirish I. Bob. Yuridik shaxslarni mol mulk solig‘I


Yuridik Shaxslardan Olinadigan mol mulk solig'i stafkasi



Yüklə 472,67 Kb.
səhifə8/12
tarix08.05.2023
ölçüsü472,67 Kb.
#109809
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Yuridik shaxslarni mol mulk solig\'i

2.3. Yuridik Shaxslardan Olinadigan mol mulk solig'i stafkasi.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig`i rivojlanayotgan iqtisodiyotda korxona va tashkilotlar foydasini oshirishga, iqtisodiy o`sishni ta‘minlashga hamda investitsion muhitni hosil qilishni rag`batlantirishga xizmat qilishi zarur, ammo fiskal funksiyasini bajargan holda. Birinchidan, daromad solig`iga nisbatan, foyda solig`iga tortilganda korxona taxminan 30-40 foiz soliqni budjetga kam to`laydi. Shuning hisobiga xom-ashyo, yoqilg`i sotib olish, kredit muassasalari bilan hisoblashishlarni o`z vaqtida olib borishi mumkin. Bu esa butun xalq xo`jaligida korxonalar o`rtasidagi o`zaro hisob-kitoblarni tezlashtiradi.
Ikkinchidan, foydadan soliqni kam to`lash korxonaning o`ziga bog`liq qilib qo`yilganligi korxonalarni mahsulot ishlab chiqarish hajmini o`tgan yildagiga nisbatan oshirishga, bolalar va iste‘mol tovarlari ishlab chiqarishga undaydi. Balansdagi daromadlarni noo`rin sarflashni qisqartiradi va to`g`ridan-to`g`ri qaytim beradigan xo`jalik tarmoqlariga investitsiyani kengaytiradi, uni tez ishga solishga undaydi.
Uchinchidan, foydaga soliq korxonalarni mablag`larni eksport tovarlar hajmini oshirishga, erkin almashtiriladigan valyuta fondini oshirishga yo`naltiriladi. Chunki bunday faoliyatdan olingan foydalar soliqqa kamroq tortiladi. Bu esa, korxonaning moliyaviy ahvolini mustahkamlaydi.
To`rtinchidan, foyda solig`idan imtiyozlar bor. Ular ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga, ko`plab mahsulot ishlab chiqarishga va budjet daromadlarini oshirishga imkon beradi.
Shunday qilib, foyda solig`ining mohiyatini tushunish maqsadida foydani aniqlashda quyidagi uch xususiyatga ega bo`lmish pul mablag`larining harakat doirasiga diqqatni qaratish zarurdir, ya‘ni:
-soliq to`lovchi o`z foydasining bir qismini foyda solig`i sifatida davlat budjetiga to`lar ekan, buning evaziga u davlatdan shunga teng biron bir tovar yoki xizmat olmaydi;
-foyda solig`i majburiy to`lov sifatida to`la va o`z vaqtida davlat budjetiga to`lanishi uchun javobgarlik soliq to`lovchilar zimmasiga yuklangan. Shuning uchun ham javobgarlik foyda solig`ining to`lanishida, uning to`lovchisiga majburiy ma‘suliyatni yuklaydi;
-Davlat tamonidan foyda solig`ining markazlashtirilishi orqali davlat budjetining eng asosiy daromad qismi belgilangan miqdorlarda ta‘minlanadi. Shu sababli o`ziga xos pul mablag`larining harakati doirasida foyda solig`ini to`lashga monand bo`lish soliq munosabatining yuksak darajasida yuzaga keladi.
O`zbekiston Respublikasi davlat budjeti daromadlari 1991 yilga qadar asosan davlat korxonalari foydasidan ajratiladigan ajratmalar hisobidan shakllanar edi. Ushbu foydadan ajratma davlat tomonidan belgilangan majburiy to`lov bo`lib, u korxonalar balans foydasining 90 foizgacha bo`lgan qismini budjetga olib ketar edi. Qolgan mablag`lar esa korxona tomonidan emas, balki yuqori tashkilot topshirig`iga ko`ra tegishli fondlarga taqsimlanar edi.
Respublikamiz ma‘muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor munosabatlariga o`tishi tufayli mamlakatimiz xo`jalik turmushida chuqur ijobiy o`zgarishlar ro`y bera boshladi. Natijada mulkchilikning turli shakllari rivojlanishi, korxonalarning imkoniyatini oshishi, bozor infrastrukturasi rivojlanishi bilan majburiy ajratmalarning avvalgi tizimi korxonalarning xo`jalik yuritish samaradorligini ta‘minlay olmay qoldi hamda ular bevosita va bilvosita investitsiya dasturlariga to`sqinlik qila boshladi. Chunki, foydadan ajratma o`zining iqtisodiy mohiyatiga ko`ra faqat davlat korxonalari foydasidan ajratilishi lozim edi.
Bozor munosabatlari rivojlanishi bilan iqtisodiyotni soliqlar yordamida tartibga solish xususan, foydadan ajratmalar o`rniga daromad solig`ini joriy etish zarurati paydo bo`ldi va 1992 yildan boshlab barcha turdagi xo`jalik yurituvchi subyektlar “Daromad” solig`ini to`lashga o`tdilar.
O`zbekiston Respublikasi rubl mintaqasida qolib turgan vaqtda daromad solig`ini olishga o`tish pul qadrsizlanishi tufayli ish haqi o`sishini cheklash uchun davlat tomonidan majburiy chora bo`ldi. Bunday sharoitda ishlab chiqaruvchilarning moliyaviy ahvoli yomonlasha boshladi. Natijada mahsulotga talab pasayib, sotishdan olingan tushum hajmi kamaygani holda, ular o`z ishlab chiqarishlari yo`nalishini o`zgartirishga, foyda olmasalar ham juda katta miqdorda ishchilarga ish haqi to`lashga majbur bo`ldilar. Bunday holatda amaliyotda korxonalar hisobot davrida foyda bilan faoliyatlarini yakunlamasada daromad solig`ini ish haqi fondidan belgilangan stavkada to`lashga majbur edilar.
1995 yil yanvar oyidan boshlab soliqlarning rag`batlantiruvchi rolini kuchaytirish maqsadida mamlakatimizda korxonalarning foydasidan olinadigan soliq joriy etildi. 2008 yil 1 yanvardan kuchga kirgan Soliq kodeksining 23- moddasiga ko`ra yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig`i umumdavlat soliqlari tarkibiga kirib, u davlat budjeti daromadlarini shakllantirishda asosiy manbalardan biri hisoblanadi.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig`ini o`rganish uchun avvalo bizning mamlakatimizda yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig`ini undirish uchun huquqiy asos bo`lib xizmat qiladigan hujjatlarni yaxshi bilmog`imiz lozim. Biz yuqorida foyda tushunchasiga to`xtalib o`tdik. Endi Respublikamizda yuridik shaxslarning foydasini soliqqa tortish uchun asos bo`ladigan huquqiy hujjatlarga to`xtalib o`tamiz.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig`ining huquqiy asoslari to`g`risida so`z yuritar ekanmiz, quyidagi fikrlarni keltirib o`tishni maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.
O`zbekiston Respublikasining mustaqil soliq siyosati 1991 yildan boshlandi desak, mubolag`a bo`lmaydi. 1991 yil 15 fevraldagi «Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliq to`g`risida»gi, «O`zbekiston Respublikasi fuqarolaridan, ajnabiy fuqarolardan va fuqaroligi bo`lmagan shaxslardan olinadigan daromad solig`i to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi qonunlari mamlakatimizning mustaqil soliq siyosatini boshlaganidan dalolat beradi. Dastlab qabul qilingan ushbu qonunlar, ya‘ni “Korxonalardan olinadigan soliqlar to`g`risida” gi qonun 47 modda va “Fuqarolar daromadidan olinadigan soliq to`g`risida”gi qonun 27 moddadan iborat edi.
Korxonalar daromadiga soliq ushbu qonunning 1-15-moddalariga muvofiq hisoblanar va budjetga to`lanar edi. 1991-1994 yillar davomida «daromad (foyda)» solig`i emas, balki «daromad» solig`i mavjud bo`lib, mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar daromad solig`ini budjetga to`laganlar. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq 1995 yildan boshlab, korxonalardan olinadigan daromad (foyda) solig`i joriy etildi va xususiy korxonalar hamda hozirgi kunda ham soliqqa tortiladigan daromaddan soliq to`lovchi korxonalardan tashqari yuridik shaxslar daromad (foyda)dan soliq to`lay boshladi. 1996 yildan xususiy korxonalar ham daromad (foyda)dan soliq to`lash usuliga o`tdilar.
1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O`zbekiston Respublikasi Konstitustiyasining 51-moddasida «Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig`imlarni to`lashga majburdirlar» deyiladi va bundan kelib chiqib, soliq munosabatlarini jamiyatdagi yetakchi munosabatlar sifatida e‘tirof etish mumkin. Yuridik va jismoniy shaxslar qonunda belgilangan soliqlarni belgilangan tartibda so`zsiz budjetga to`lab boradilar.
2007 yil 25 dekabrda Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan hamda 2008 yil 1 yanvardan amalga kiritilgan yangi tahrirdagi Soliq kodeksining 126-moddasidan boshlab, 176- moddasigacha yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig`i haqida ma‘lumotlar berilgan va bu huquqiy asoslardan biri bo`lib hisoblanadi.
Hozirgi kunda yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig`i O`zbekiston Respublikasi yangi tahrirdagi Soliq kodeksining 163-164-moddalariga muvofiq hisoblanadi va budjetga o`tkaziladi.
Hozirgi kungacha chiqarilgan yuqorida ko`rsatib o`tilgan qonun va qarorlar natijasida soliqqa tortishning huquqiy asosi yaratildi va shu o`tgan yillar davomida O`zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligi bosqichma-bosqich takomillashib bormoqda va mamlakatimiz iqtisodiyotiga muhim xizmat qilmoqda.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig`ining respublika budjetida tutgan o`rnini bilishda avvalo davlat budjeti, uning daromadlari haqida to`xtalib o`tish joiz. O`zbekiston Respublikasi davlat budjeti va uning daromadlariga Budjet kodeksida ta‘rif berilgan. O`zbekiston Respublikasining Davlat budjeti (Davlat budjeti) — davlatning davlat vazifalari va funksiyalarini moliyaviy jihatdan ta‘minlash uchun mo`ljallangan markazlashtirilgan pul jamg`armasidir.
Respublikamizda davlat budjeti daromadlarining asosiy manbai sifatida bilvosita soliqlardan keng foydalanilayotgan bo`lsa-da, xo`jalik yurituvchi subyektlar iqtisodiy faoliyatini rag`batlantirishda bevosita soliqlar shu jumladan foyda solig`i keng qo`llanilib kelinmoqda. Bunda foyda solig`i stavkasini pasaytirish orqali xo`jalik yurituvchi subyektlarning investitsion faoliyatini rag`batlantirishga imkoniyatlar yaratish va foyda solig`i bazasiga qayta qo`shiluvchi xarajatlar tarkibini ixchamlashtirishga asosiy e‘tibor qaratilmoqda.


Yüklə 472,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin