Kirish I. Bob. Yuridik shaxslarni mol mulk solig‘I


Sotishning umumiy hajmida 15% dan 30% gacha



Yüklə 472,67 Kb.
səhifə4/12
tarix08.05.2023
ölçüsü472,67 Kb.
#109809
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Yuridik shaxslarni mol mulk solig\'i

Sotishning umumiy hajmida 15% dan 30% gacha

belgilangan stavka 30% ga pasaytiriladi




Sotishning umumiy hajmida 30% va undan yuqori

belgilangan stavka 50% ga pasaytiriladi

Izoh: Me‘yoriy muddatlarda o‘rnatilmagan uskunalar uchun mol-mulk solig‘i ikki baravar miqdorda to‘lanadi.
Izohlar:
Me’yoriy muddatlarda o’rnatilmagan uskunalar uchun mol-mulk solig’i ikki baravar stavkada to’lanadi.
«CAP» aviakompaniyasi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro’yxat bo’yicha modernizatsiyalashdan o’tgan aeroportlar yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni 5 yil mobaynida yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasiga 0,4 pasaytiruvchi koeffitsientni qo’llagan holda to’laydilar.
IMTIYOZLAR
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq hisoblab chiqarilayotganda soliq solinadigan baza quyidagilarning qiymatiga kamaytiriladi:
1) kommunal xo‘jaligi ob’ektlarining. Kommunal xo‘jaligi ob’ektlariga quyidagilar kiradi: vodoprovod tarmoqlari (suv chiqarish inshootlari bilan), kanalizatsiya tarmoqlari (tozalash inshootlari bilan), gaz va issiqlikni taqsimlash tarmoqlari (ulardagi inshootlar bilan), kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun qozonxonalar (shu jumladan asbob-uskunalar);
2) madaniyat va san’at, ta’lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport, ijtimoiy ta’minot sohasiga kiradigan ijtimoiy-madaniy soha ob’ektlarining;
3) sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari ob’ektlarining;
4) tabiatni muhofaza qilish va sanitariya-tozalash maqsadlari, yong‘in xavfsizligi uchun foydalaniladigan ob’ektlarning. Ob’ektlarni tabiatni muhofaza qilish, sanitariya-tozalash maqsadlari va yong‘in xavfsizligi uchun foydalaniladigan ob’ektlarga kiritish tegishli tabiatni muhofaza qilish yoki davlat yong‘in nazorati organining ma’lumotnomasi asosida amalga oshiriladi;
5) umumiy foydalanishdagi temir yo‘llar va avtomobil yo‘llari, magistral truboprovodlar, aloqa va elektr uzatish liniyalarining, shuningdek ushbu ob’ektlarning ajralmas texnologik qismi bo‘lgan inshootlarning;
6) konservatsiya qilinishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilingan asosiy ishlab chiqarish fondlarining;
7) soliq to‘lovchining balansida bo‘lgan hamda tadbirkorlik faoliyatida foydalanilmayotgan, fuqaro muhofazasi va safarbarlik ahamiyatiga molik ob’ektlarning;
8) shahar va shahar atrofidagi yo‘nalishlarda yo‘lovchilar tashiydigan shahar yo‘lovchilar transporti tashkilotlari transport vositalarining (avtobuslar, tramvaylar, trolleybuslar, metropoliten poezdlari);
9) tuzilgan shartnomalarga muvofiq yuridik shaxsning buyurtmasi bo‘yicha ishlar bajarish uchun kasanachilarga bepul foydalanishga berilgan asbob-uskunalarning (foydalanish davriga);
10) telekommunikatsiyalar tarmoqlarida tezkor-qidiruv tadbirlari tizimi texnik vositalarining;
11) ko‘pi bilan o‘n yil davomida ishlatib kelinayotgan mashina va asbob-uskunalarning.

Yüklə 472,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin