1-rasm.O`zbekistonRespublikasiningDavlatbudjetidayuridik shaxslardanolinadiganfoydasolig`ini2015-2018yillardagiulushi3 Yuqoridagi rasmdagi ma‘lumotlardan ko`rinib turibdiki, davlat budjetida yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig`ining ulushi 2015 yilda 3,6%, 2016 yilda 3,1%, 2017 yilda 2,9% hamda 2018 yilda esa 4% ni tashkil etishi rejalashtirilgan.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig`ining davlat budjetidagi ulushining tahlil etilayotgan davrlarda o`zgarishlarini kengroq tushunish uchun unga bevosita ta‘sir etuvchi omillarga batafsil to`xtalish lozim bo`ladi. Bunday omillar jumlasiga tahlil etilayotgan davrlarda foyda solig`i to`lovchilari sonining kamayishi hamda foyda solig`i stavkalaridagi o`zgarishlarni kiritish mumkin. Chunki bu omillar to`g`ridan to`g`ri foyda solig`i bazasiga va mazkur soliq turi bo`yicha tushadigan tushumlarga ta‘sir etadi.
Quyidagi jadvalda yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining davlat budjeti daromadlaridagi to‘g‘ri soliqlardagi ulushi o‘z aksini topgan (1-jadval).
jadval
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig`ining to`g`ri soliqlar tarkibida salmog`i4