Kirish I. Bob. Yuridik shaxslarni mol mulk solig‘I


O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimiga mol-mulk solig‘ining joriy etilishi va uning iqtisodiy mohiyati



Yüklə 472,67 Kb.
səhifə2/12
tarix08.05.2023
ölçüsü472,67 Kb.
#109809
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Yuridik shaxslarni mol mulk solig\'i

2.1. O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimiga mol-mulk solig‘ining joriy etilishi va uning iqtisodiy mohiyati.
Mol-mulk solig‘i dastlab, O‘zbekiston Respublikasining 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan “Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan joriy etildi
O‘zbekiston soliq tizimida yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i to‘g‘ri soliqlar tarkibiga kiradi va soliq bo‘yicha tushumlar summasi to‘liq mahalliy byudjetlarga tushadi.
Mamlakat soliq tizimida mol-mulk solig‘ini joriy qilishdan ko‘zlangan maqsad birinchidan, korxonalar o‘zlarining xo‘jalik faoliyatini yuritishda ortiqcha va foydalanilmayotgan mol-mulkini sotishga qiziqishini uyg‘otish bo‘lsa, ikkinchidan, korxonalar balansidagi mol-mulkdan samarali foydalanishni rag‘batlan-tirishdan iborat. Xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlarning balansidagi barcha mulklardan soliq to‘lashga majbur qilish uni ortiqcha bino, inshootlar, mashina va uskunalardan qutilishiga undaydi. Bu esa, o‘z navbatida, ishlab chiqarish vositalari bozorini shakllantirishga, mahsulot tannarxini pasaytirishga hamda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatini yaratadi.
Umuman mol-mulk solig‘ining davlat byudjeti daromadlari tarkibidagi ulushi yuqori salmoqqa ega emas. 2014 yilda 3,8 %, 2015 yilda 4.7%, 2016 yilda 4.6% tashkil etishi prognozlashtirilmoqda.
Soliq qonunchiligiga asosan mol-mulk solig‘ining to‘lovchilari bo‘lib, soliq solinadigan mol-mulkka ega bo‘lgan yuridik shaxslar hisoblanadi.
Soliqqa tortishning alohida rejimi o‘rnatilgan ayrim toifadagi korxonalarga hamda notijorat tashkilotlar uchun ularning asosiy faoliyati bo‘yicha mol-mulk solig‘ini to‘lash tatbiq etilmaydi.
Agar soliqqa tortishning alohida rejimi o‘rnatilgan yuridik shaxslar faoliyatning asosiy turi bilan bir qatorda boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullansalar, ular alohida hisob yuritishlari va qonun hujjatlariga muvofiq mol-mulk solig‘ini to‘lashlari zarur bo‘ladi.
Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ining ob‘ekti bo‘lib, asosiy vositalar (shu jumladan moliyaviy ijara (lizing) shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar), tugallanmagan qurilish ob‘ektlari va belgilangan muddatda ishga tushirilmagan asbob-uskunalar qiymati hisoblanadi.



Yüklə 472,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin