Kirish. I o`qish darslarining maqsad va vazifalari, ta`limiy-tarbiyaviy ahamiyati



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə10/19
tarix16.06.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#131203
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
hikoya o`qishni tahlil qilish

1. Tanlab o`qish. Bunda o`quvchi matnning berilgan vazifaga mos qismini o`qiydi. Vazifa asaming mazmunini oydinlashtirish, sababnatija bog`lanishini belgilash, badiiy xususiyatini ochish, o`qilgan matnga o `z shaxsiy munosabatini ifodalashdan iborat bo`lishi mumkin. Masalan, 4-sinfda “Oltin kuz” matnidan “Tabiatdagi o`zgarishlar berilgan qismlarni topib o`qing”, “Baqa va taqa” ertagidagi “Taqachining nasihati berilgan joyni topib o`qing” kabi topshiriqlar berilishi mumkin. Tanlab o`qish matn ustida ishlashning eng samarali usulidir. Tanlab o`qishdan matn ustida ishlashning barcha bosqichlarida turli xil qiyinchilikda, murakkablikda foydalaniladi. U o`quvchilarda yaxshi o`qish sifatlarini o`stirish bilan birga ulaming ijodiy tasawuri, nutqi va zehnini o`stirishga yordam beradi. Eng oddiy tanlab o`qish asar mazmuni yuzasidan bo`ladi. Masalan, 4-sinfda “Toshkentnoma”(M.Shayxzoda) asari yuzasidan tanlab o`qish uchun quyidagi topshiriqlar beriladi:
— She`rdan o`zbek xalqining mehmondo`stligi tasvirlangan o`rinni topib o`qing.
— Yoz faslining zo`rligi tasvirlangan o`rinni topib o`qing.
“Dehqonbobo va o`n uch bolakay qissasi” (A.Oripov) asari matni yuzasidan “Matndan Dehqonboboning Vatan haqidagi gaplarini topib o`qing” kabi topshiriq berilishi mumkin.Tanlab o`qishning yana ham murakkabroq turlari matndan sabab-natija munosabati bilan bog`langan dalillarni taqqoslashni,umumlashtirishni talab qiladigan o`rinlarini topib o`qish hisoblanadi.Masalan, “Xarita” (N. Norqobilov) hikoyasi yuzasidan topshiriqlar quyidagicha bo`lishi mumkin:
— Sinf rahbari Rasulni nima uchun Samadga biriktirib qo`ydi? Shu o`rinni topib o`qing.
— Samadning Rasuldan arazlash sababi ifodalangan o`rinni topib o`qing.
Bunda o`quvchi biror qatnashuvchi shaxs o`zini qanday tutishini, nima uchun u shundayligini tasdiqlash uchun matndan material tanlab o`qiydi.Tanlab o `qish ongli va ifodali 0`qish malakasini shakllantirishni matn ustida ishlash ko`nikmasini shakllantirish bilan birga q o `shib olib borishga, bolalaming ijodiy tasavvurini, nutqi va zehnini o`stirishga imkon beradi. Shuning uchun undan o `qish darslarida keng foydalaniladi. Tanlab o`qish matn rejasini tuzishda (matn qismiga lining mazmunini ifodalaydigan gapni, ya`ni reja qismini topishda) qahramonga tavsif berish (matndan qahramonning muayyan bir xususiyatini, harakatini tavsiflovchi materiallar tanlash)da, asar g`oyasini aniqlash (g`oyani anglatgan o`rinni topib o`qish)da tatbiq etiladi.

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin