Kirish iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish asosida jamiyat a’zolarining moddiy va ma’naviy farovonligini ta’minlashda milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmog‘i bo‘lgan sanoat alohida o‘rin tutadi



Yüklə 2,3 Mb.
səhifə28/49
tarix09.10.2023
ölçüsü2,3 Mb.
#153159
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   49
Sanoat iqtisodiyoti” fanidan O‘quv materiallari samarqand 2022 k-fayllar.org

Tayanch iboralar: milliy, iqtisodiyot, sanoat, konsentratsiya, mahalliylashtirish, kombinatsiya, ixtisoslashuv, modernizatsiya, diversifikatsiya, boshqaruv, tuzilma, norma, normativ, samaradorlik.


Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Sanoat ishlab chiqarishini ijtimoiy tashkil etish shaklining tarkibiy qismlari nimalardan iborat.
2. Ishlab chiqrish konsentratsiyasining mohiyatini yoriting.
3. Mahalliylashtirishning ahamiyati nimada?.
4. Sanoatda ixtisoslashuv va kooperatsiyaning mazmunini yoriting..
5.Ishlab chiqarishni kombinatlashtirish va uning ahamiyati nimalardan iborat. O‘zbekistondagi qanday yirik kombinatlarni bilasiz?


7-mavzu. O‘zbekiston sanoatining xomashyo manbai va uni joylashtirish.


Reja:
7.1.Resurslar − milliy itisodiyotni yuksaltirish poydevori
7.2.Sanoatda xom ashyo, uning xususiyatlari va turkumlanishi
7.3.Sanoat ishlab chiqarishning mineral xom ashyo manbai
7.4. Sanoatning xom ashyo, yoqilg‘i va boshqa resurslaridan oqilona
foydalanishning strategiyasi va taktikasi
7.5. Sanoat korxonalarida resurslardan oqilona foydalanish − ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning muhim manbai
7.1.Resurslar − milliy itisodiyotni yuksaltirish poydevori
Kishilik jamiyati rivojlanib borar ekan, odamlarning iste’mol buyumlariga, ma’naviy ne’matlarga, xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlari to‘xtovsiz ortib boradi. Ehtiyojlarning o‘sib borishi ob’ektiv iqtisodiy qonundir, uning talablarini hisobga olgan holda xo‘jalik faoliyati yurgizish har qanday taraqqiyotniig zaruriy talabidir.

Odamlarning miqdor jihatdan kupayib, assortimenti jihatdan ortib borayotgan turli-tuman ehtiyojlarini qondirishning asosiy va bosh manbai tabiatdir, uning resurslari, boyliklaridir.


Ma’lumki, resurslarning bir kismi iqtisodiy resurslardir, ya’ni dastlabki mehnat ta’siridan o‘tgan, birok hali pirovard mahsulot (tayyor mahsulot)ga aylanmagan, xom ashyolar shaklidadir. Bular paxta, pilla, qorako‘l teri, jun, sabzavot, meva, yem-xashak, metall, yokilgi kabilardir. Ulardan kanday mikdorda piro­vard mahsulot olinishi, ularning sifati ko‘p jihatdan mavjud texnologiya, fan-texnika yutuklaridan foydalanish darajasiga, xodimlarning malakasi, tajribasi, ishga munosabatiga va boshka ko‘pgina omillarga bog‘lik. Masalan, bir xil mikdordagi xom ashyodan ikki xil korxona yoki ishchi (mutaxassis)ning oz yoki ko‘p, sifatli yoxud sifatsiz mahsulot olishini hammamiz bilamiz. Shuning uchun mavjud xom ashyolardan ko‘zda tutilgan sifatli mahsulotni olish, kam chiqimli texnologiya qo‘llash, zamonaviy kasb va malakaga ega bulish bugungi kunning dalzarb masalasidir.
Jamiyatning ma’lum resurslari sanoat, transport va boshqa korxonalarnnng chiqindilari, «ikkilamchi xom ashyolar» deb atalgan shakllarda mavjud. Tabiiy va iqtisodiy resurslarning ko‘plab ishlatilishi, hozircha tejamsiz texnologiyaning qo‘llanilayotganligi ko‘plab sanoat chiqindilarining − ikkilamchi xom ashyolarning to‘planib qolishiga olib kelmoqda. Shu sabadan ham hozirgi vaqtda ikki­lamchi resurslarni to‘plovchi, saqlovchi tashkilotlar, ulardan mahsulotlar oluvchi maxsus korxonalar shakllanmoqda.
O‘zbekiston tabiiy resurslarga boy mamlakat. Ular ichida yokilg‘i-energetika, metall-mi­neral xom ashyo resurslari alohida o‘rin egallaydi. Olimlarning ma’lumotlariga qaraganda, mamlakatimiz hududida 140 dan ziyod uglevodlar — gaz va gaz kondensati, neft, neft-gaz kondensat konlari mavjud. O‘zbekiston boshqa rangli, nodir metallarga ham boy mamlakat. Unda mis, qalay, qo‘rg‘oshin, volfram, litiy, alyuminiy, alunlar, kaolinlar, stronqiy, uran kabi mineral xom ashyolarning yirik zaxiralari mavjud. Keyingi vaktda Chotqol-Kurama tog‘larida, boshqa hududlarimizda temir, titan, marganes, xrom, surma kabi nodir xom ashyo konlarini o‘zlashtirish yo‘lga qo‘yilmoqda.
Mamlakatimizda nometall qazilma boyliklar ham juda ko‘p. Bunga erituvchan shpayning 30 dan ortiq konlari mavjudligini, qimmat baho va bezak toshlar, tabiiy tuz, soda, sul­fat, kaliy, osh tuzi, mineral suvlar, qurilish materiallari tayyorlash uchun xom ashyo konlari mavjudligini misol qilishimnz mumkin.
Boshqa resurslar singari mehnat resurslari ham cheklangan. Ayniqsa, malakali, tajribali, zamonaviy kasblarni biladigan odamlar unchalik ko‘p emas. Mehnat resurslarining umumiy ortiqchaligi sharoitida viloyatimiz, shahrimizdagi,tumanlarimizdagi ko‘pgina korxonalar ishchi kasblarini egallagan kishilarning, yoshlarning yetishmasligidan to‘la quvvat bilan ishlamayapti.
Iqtisodiy rivojlanish yo‘lidan borayotgan har qanday mamlakat yoki korxona mavjud iqtisodiy qiyinchiliklardan chiqish, iqtisodiy tanglikni yengish, mu’tadil taraqqiyot yo‘liga chiqib olishda moliyaviy, ya’ni pul resurslariga zarurat sezadi. Zamonaviy ilmiy-texnika taraqqiyoti ham moliyaviy resurslarning yetarli bulishini talab etadi. Zero, texnikaviy taraqqiyot fondlarniig — mashina, asbob-uskuna, inshootlar, imorat-binolarning tez yangilanishini taqozo etadi. Demak, moliyaviy resurslarga ehtiyoj har qanday taraqqqiyotning zaruratidir. Moliyaviy resurslar mavjud ishlab chiqarishning moddiy vositalarini kapital ta’mirlash, ularni yangilash, ya’ni texnika va texnologiyalar bilan jihozlash, ishlab chiqarish miqyoslarini kengaytirish va takomillashtirish, xodimlar malakasini oshirish yoki malakali ish kuchlari tayyorlash, taraqqiyot dasturlari ishlab chiqish, ilmiy-tadqiqotlar olib borish kabi maqsadlar uchun sarf qilinadi.
Iqtisodiyoti rivoj topgan mamlakatlarda moliyaviy resurslar milliy iqtisodiyot asosida shaklla­nadi, endigina rivojlanish yo‘liga kirgan mamlakatlar uchun milliy investitsiyalar yetarli bo‘lmaydi, ular xorijiy investitsiyalarga muhtojlik sezadilar. Ular bu ehtiyojlarini rivojlangan mamlakatlar bilan xalqaro aloqalar o‘rnatish, xalqaro iqtisodiy tashkilotlarga a’zo bo‘lish, xorijiy investorlar va tadbirkorlar bilan hamkorlik qilish kabi vositalar orqali qondiradilar. Bunday holat O‘zbekistonga ham xosdir.



Yüklə 2,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin