Kirish iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish asosida jamiyat a’zolarining moddiy va ma’naviy farovonligini ta’minlashda milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmog‘i bo‘lgan sanoat alohida o‘rin tutadi


Sanoat ishlab chiqarishning mineral xom ashyo manbai



Yüklə 2,3 Mb.
səhifə30/49
tarix09.10.2023
ölçüsü2,3 Mb.
#153159
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   49
Sanoat iqtisodiyoti” fanidan O‘quv materiallari samarqand 2022 k-fayllar.org

7.3. Sanoat ishlab chiqarishning mineral xom ashyo manbai
Mineral xom ashyo — konlardan qazib chiqariluvchi turli foydali qazilmalardir.

O‘zbekistonning yer qa’ri foydali qazilma turlariga juda boy. Hozirgacha saqlangan ko‘xna konlar va ularning qoldiqlari O‘zbekison hududida konchilik qadimdan rivojlanganidan dalolat beradi1.


Hozirgi kungacha mamlakatda 3000 dan ortiq foydali qazilma koni aniqlangan bo‘lib, ularning 1100 tasi qazib olishga tayyor, xususan olganda, ularning 50tasi asl, 41tasi rangli, nodir radioaktiv va qora metallar, 187tasi yoqilg‘i-energetika, 19tasi kon-kimyo, 45tasi konchilik xom ashyosi, shuningdek, qurilish materiallari, yer osti suvlari va boshqa foydali qazilma konlaridan iborat1.
O‘zbekiston yer osti boyliklari istiqboli juda ulkan. Respublika hududining faqat 20-25 foiz maydonida geologik qidiruv ishlari olib borilgan.
O‘zbekiston xududida sanoat ahamiyatiga ega 90 ga yaqin neft konlari ochilgan bo‘lib, ulardan 36 tasi neft, 24 tasi neft-gaz va gaz-neft, 26 tasi neft-gaz kondensat konlari toifasiga kiradi. Mamalakatda neft va gaz Farg‘ona, Surxondaryo, Hisor, Buxoro, Xiva va Orol-Ustyurt regionlarida topilgan.
Asl metallarga oltin, kumush, ruteniy, radiypalladiy, osmiy, iridiy va platinalar kiradi. O‘zbekistonda shulardan faqat oltin va kumush toza holda qazib olinadi, boshqalari esa turli rudalardan ajratib olinadi.
Aniqlangan oltin zahiralari bo‘yicha O‘zbekiston jahonda to‘rtinchi, qazib olish darajasi bo‘yicha to‘qqizinchi o‘rinda turadi. Bu yerda oltinning 50 dan ortiq konlari qidirib topilgan. Uning asosiy zahiralari Markaziy Qizilqumdagi Muruntov oltin koni butun Yevroosiyo qit’asida ma’lum va mashhur. Uning rudasi tarkibida oltin miqdori yuqori hisoblanadi.
Keyingi yillarda Toshkent, Samarqand viloyatlarida yangi oltin ruda konlari qidirib topildi. O‘zbekistondagi hozirgacha qidirib topilgan oltin zahiralari 4 ming tonnadan oshadi.
Respublikada umuman olganda 26 ta kumush koni aniqlangan. Ular asosan Qizilqum va chotqol-Quramaregionlarida to‘plangan.
Rangli metallarning eng muhim turlari hisoblangan uran va mis zahiralari bo‘yicha O‘zbekiston jahonda yettinchi o‘rinni egallaydi. Uranning razvedka qilingan zahiralari aniqlangan, vulkonogen jinslarda topilgan bo‘lib, mezozoyning qumtoshli tipiga mansub.
Respublikada 30 ta uran koni mavjud. Uning qidirib topilgan zahirasi 50-60 yil davomida foydalanishga yetarli. Uran bilan yo‘ldosh reniy, skandiy va boshqa metallar uchraydi. Shuningdek, mis, qo‘rg‘oshin, qalay, volfram va litiy kabi muhim strategik ahamiyatga ega nodir va rangli metallarning yirik konlari bor.
Respublikamizda har yili 10 ming tonnaga yaqin mis ishlab chiqariladi. Amaldagi ishlab turgan konlar misni yana 40-50 yil, qo‘rg‘oshin va qalayni 100 mobaynida ishlab chiqarishni ta’minlashga qodir.
Rangli metallar zahiralari asosna Olmaliq kon hududida joylashgan. Qalmoqqir mis koni noyob hisoblanadi. Bu konning rudasini qayta ishlash mamalakatdagi eng yirik korxonalardan biri Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida amalga oshiriladi. Shuningdek, bu sanoat hududida mis, molibden, oltin, kumush, reniy, tellur, selen va boshqa katta zahiralarga ega bo‘lgan Dalniy koni bor.
Mamalakat xududida 100 dan ortiq qo‘rg‘oshin va rux koni mavjud bo‘lib, ular asosan olmaliqdagi Qo‘rg‘oshinkon, Jizzax viloyatidagi Uchquloch va Surxondaryo viloyatidagi Xondiza konlaridan olinadi. Bu konlarda yana yo‘ldosh metallar – mis, kumush, kamdiy, selen, oltin va indiy ham uchraydi. O‘zbekistonda molibdenli formatsiyalar ham bor. Chotqol-Qurama tog‘lari vismutga boy. Janubiy Farg‘ona belbog‘ining o‘zidan 100 dan ortiq simob va 10 dan ortiq surma rudalanishlar aniqlangan.
Respublika nodir metallarning eng muhim turi hisoblanadigan volframning 7 ta koni va 200 dan ziyod ruda belgilari mavjud yerlari aniqlangan. Volfram ob’ektlari Toshkent oldi, Samarqand va Qizilqum registonlarida to‘plangan.
Qora metallardan eng ko‘p tarqalganlari temir, titan, marganes, magniy, xrom va boshqalardir. Temirning bir necha konlari va ruda ko‘rinishlari aniqlangan. Ular orasida muhi­mi Qoraqalpog‘iston Respublikasida Tebinbuloq titan-magniy koni hisoblanadi. Marganes konlari Zarafshon, Qoratepa, Lolabuloq va boshqa joylarda mavjud. Magmatik xrom Qizilqumda, Farg‘onada, ayniqsa, Tomditov va Sulton Uvaysda ko‘plab uchraydi.
O‘zbekistonda nometall xom ashyo — glaukonit, dala shpati, vallastonit, grafit, asbest, talk, talk toshi, abrazivlar, qimmatbaho va ishlov beriladigan toshlar konlari ko‘p. Vollastonitning 5 ga yaqin ko‘rinishi va konlari aniqlangan. Grafitning 30 dan ortiq ruda — rudalanishi va konlari ma’lum. Qimmatbaho va ishlov beriladigan toshlardan topaz, feruza, ametist, tog‘ xrustali, xalsedon, yashma, nefrit, lazurit, amazonit, rodonit, agalmatalit, marmar oniksi va boshqalarning ancha yirik zahiralari qayd etilgan.
Geologik tadqiqotlar natijasida Buxoro-Qarshi, Surxondaryo, Ustyurt va Farg‘ona artezian xavsazining yer osti suvlarida yod, brom, litiy, seziy, stransiy va boshqa sanoat konsentratsiyalari aniqlangan. 2005 yildan boshlab Kruk konida yod olinmoqda.
Kumush konlari Toshkent, Navoiy va Namangan viloyatla­rida joylashgan. Respublikamizda 30 ta uran koni mavjud. Uning qidirib topilgan zahirasi 50-60 yil davomida foydalanishga yetarli. Uran bilan yo‘ldosh reniy, skandiy va boshqa metallar uchraydi. Shuningdek, mis, qo‘rg‘oshin, qalay, volfram va litiy kabi muhim strategik ahamiyatga ega nodir va rangli metallarning yirik konlari bor.
Respublikamizda har yili 8 ming tonna mis ishlab chiqariladi. Amaldagi ishlab turgan konlar misni yana 40-50 yil, qo‘rg‘oshin va qalayni 100 yil mobaynida ishlab chiqarishni ta’minlashga qodir.
O‘zbekiston xududida 500 dan ziyod g‘isht, sement, gips, ahoktosh, beton to‘ldiruvchiliklari va boshqa qurilish materiallari konlari razvedka qilingan.
Potensial resurslardan oqilona foydalanish va foyda­li qazilmalarni qazib olishning iqtisodiy samarali usullarini qo‘llash uchun konlar zahirasining miqdorini iqtisodiy jihatdan to‘g‘ri aniqlash va sanoat ko‘lamida ekspluatatsiya qilish navbatini belgilash alohida ahamiyatga ega.
Zahiralarni o‘rganish va aniqlash geologiya-qidiruv ishlari davlat rejasi asosida olib boriladi. Sanoatning mineral xom ashyoga bo‘lgan talabini aniqlashda konlarning o‘rganilganlik darajasi muhim o‘rin tutadi.
Mineral xom ashyo zahiralarni qidirish va sanoat ekspluatatsiyasiga tayyorlik darajalari bo‘yicha bir necha kategoriyalarga bo‘linadi.
Ular ma’lum bir davr uchun texnik-iqtisodiy jihatidan foydalanish mumkinligi darajasiga qarab balansdagi va balansdan tashqaridagi zahiralarga bo‘linadi.
Balansdagi zahiralarga sanoat talablariga va foydalanishning texnik shartlariga javob beruvchi va hozirgi kunda ularni qazib chiqarish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lgan zahiralar kiradi. Balansdan tashqari, zahiralarga esa tarkibida foydali komponentlari, qazilmalar miqdori kam bo‘lgan yoki ekspluatatsiya sharoitlari og‘ir bo‘lgan, xom ashyosini sanoat usullari bilan qayta ishlash hozircha mumkin bo‘lmagan zahiralar kiradi.
Korxona faoliyatini maqsadga muvofiq tashkil etish va rejalashtirish ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish va uni tashkil etishning turli norma va normativlarini tuzishga asoslanadi. Norma va normativlar asosida ishlab chiqarish­ga kerakli xom ashyo va materiallar, jihoz va asbob-uskunalar miqdori aniqlanadi, ishlab chiqarish jarayonida xodimlar joylashtiriladi va ishlab chiqarish resurslarining ratsional zahiralari rejalashtiriladi. Mahsulot sifati bo‘yicha qo‘yiladigan shartlar ham normalarning bir turi hisoblanadi.



Yüklə 2,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin