Kirish iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish asosida jamiyat a’zolarining moddiy va ma’naviy farovonligini ta’minlashda milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmog‘i bo‘lgan sanoat alohida o‘rin tutadi



Yüklə 2,3 Mb.
səhifə38/49
tarix09.10.2023
ölçüsü2,3 Mb.
#153159
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   49
Sanoat iqtisodiyoti” fanidan O‘quv materiallari samarqand 2022 k-fayllar.org

Tayanch iboralar: investitsiya kapital qo‘yilma, moliyaviy investitsiya, real investitsiyar, investitsiya loyihasi, investitsiyalarning ichki manbalari, investitsiyalarning tashqi manbalari, lizing, yangi qurilish, korxonani kengaytirish, qayta tiklash, texnik qayta qurollantirish,
Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Investitsion siyosat nima va u davlat va korxonalar miqyosida qanday maqsadlarni ko‘zda tutadi?
2. “Investitsiyalar” va “kapital qo‘yilmalar” tushunchalari o‘rtasidagi farqlarni tavsiflab bering.
3. Investitsiyalar tarkibi va strukturasi nima va ularning korxona iqtisodiyotiga ta’siri qanday?
4. Korxonalar investitsion siyosatining mohiyati nimada?
9-mavzu. Sanoat ishlab chiqarishini joylashtirish
Reja:
9.1. Sanoatni joylashtirish tamoyillari
9.2. Sanoatni joylashtirish omillari
9.3. Ayrim sanoat tarmoqlarini joylashtirishdagi o‘ziga
xos xususiyatlar
9.4. Ayrim korxonalarni joylashtirishni iqtisodiy asoslash usuli
9.5. Sanoatni joylashtirishdagi siljishlarning iqtisodiy samaradorligi

9.6.O‘zbekiston iqtisodiyotida erkin iqtisodiy zonalarning o‘rni



9.1. Sanoatni joylashtirish tamoyillari
Sanoatni mamlakat hududida oqilona joylashtirish — ja­miyat qurilishining eng muhim vazifalaridan biri bo‘lib, res­publika va har bir iqtisodiy hudud iqtisodiyotini yuqori darajaga ko‘tarish va rivojlantirishning zaruriy shartidir.

Sanoatni joylashtirish deganda, uni yer shari hududida, shu­ningdek, ayrim mamlakat yoki iqtisodiy hududlarda taqsimlanishi tushuniladi.


Sanoat ishlab chiqarishini joylashtirish uning hududiy tashkil etish shakllarini ifodalaydi va korxonalarni ma’muriy va iqtisodiy hududlarda joylashtirishda namoyon bo‘ladi.
Milliy iqtisodiyotning bu real sektorini joylashtirish ham bevosita hududiy mehnat taqsimoti bilan bog‘liq. Ijtimoiy mehnat taqsimoti unsuri bo‘lgan hududiy mehnat taqsimoti (HMT) soddaroq qilib aytganda, turli joylarning: mamlakat yoki viloyatlar, tumanlar, shaharlarning har xil mahsulot ishlab chiqa­rishga ixtisoslashishidir. Natijada ana shu joylarning iqti­sodiy «bashorati» shakllanadi va ularning hududiy tizimdagi o‘rni o‘z ifodasini topadi.
HMT keng ma’noda — bu ishlab chiqarish soha (tarmoq)larini hududning tabiiy sharoiti va boyliklari, aholisi, mehnat va boshqa resurslari kabi hamda mintaqa bozorining hajmi, aholisining sotib olish qobiliyati, infratuzilma va komunikatsion tizimining rivojlanganlik darajasi kabi omillarga qarab joylashtirilishini nazarda tutadi.
Sanoat ishlab chiqarishini oqilona joylashtirish — kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini yuqori sur’atlarda amalga oshirish, mamlakat tabiiy boyliklaridan har tomonla­ma samarali foydalanish va buning natijasida ijtimoiy mehnat unumdorligini yuksaltirish, har bir korxonada mahsulot tannarxini pasaytirish, mamlakat barcha iqtisodiy hududlarini bir tekis rivojlantirish, shahar va qishloq hamda sanoat va qishloq xo‘jaligi o‘rtasidagi tafovutni yo‘qotish, mamlakat mudofaa qobiliyatini oshirish imkonini beradi.
Sanoatning oqilona joylashishi transport va qishloq xo‘jaligining joylashishiga hamda yangi shahar va qishloqlarning paydo bo‘lishiga, ayrim iqtisodiy hududlarning muayyan mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha ixtisoslashuviga olib keladi.
Sanoatni iqtisodiy hududlar bo‘ylab joylashtirish ijti­moiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ishlab chiqarish jarayoniga uzluksiz erishish, tejamkor ijtimoiy mehnat unumdorligi o‘sishi hamda aholining mod­diy va madaniy faravonligi ko‘tarilishi sanoat ishlab chiqarishini joylashtirishning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi mezonidir.
Ishlab chiqarishni joylashtirishning fundamental tamoy­illari mavjud bo‘lib, ular ishlab chiqarish kuchlarini, xususan, sanoatni mamlakat bo‘yicha oqilona joylashtirish, iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi:
  • sanoat ishlab chiqarishini avvalambor xom ashyo, yoqilg‘i-energetika manbalariga yaqin va nihoyat, sanoat mahsulotlarini iste’molchi hududularga tobora yaqinroq joylashtirish;


  • iqtisodiy hududlar o‘rtasida mehnatni oqilona taqsimlash va iqtisodiy hududlar xo‘jaligining majmuali rivojlanishini ta’minlash;


  • har qaysi viloyat va tumanning iqtisodiy rivojlanish darajasini baravarlashtirishga intilish;


  • sanoat tarmoqlarini joylashtirishda respublikaning mudofaa strategiyasiga asoslanish;


  • mamlakatlararo iqtisodiy aloqalarda o‘zaro teng manfaatli munosabatlarni o‘rnatish, xalqaro mehnat taqsimoti negizida samaradorlikka erishish, jahon xo‘jalishga integratsiyalashuvni jadallashtirish;


  • sanoat korxonalarini joylashtirishda hududning ekologik vaziyatini hisobga olish, atrof — muhitga chiqindilar chiqa­rishning me’yoriy normalariga asoslanish va hokazo.


Yuqorida keltirilganlardan ma’lum bo‘layaptiki, sanoat ishlab chiqarishini xom ashyo manbaiga va iste’molchi hududlarga yaqin joylashtirish sanoatni oqilona joylashtirishning eng mu­him tamoyillaridan biri hisoblanadi. Sanoatning xom ashyo bazasiga yaqin bo‘lishi qayta ishlashning barcha tadrijiy bosqichlarida ushbu resursni qayta ishlashdan tortib, yarimfabrikatdan tay­yor mahsulot olishga qadar, mehnatning eng kam sarflash imkoni­yatini nazarda tutadi. Masalan, elektroenergetika ko‘pincha suv yoki yoqilg‘i bazasida rivojlanadi, to‘qimachilik sanoati xom ashyo manbaiga yaqinlashtiriladi, oziq-ovqat sanoati esa ko‘proq is­te’molchi hududlarda joylashtiriladi. Sanoatni xom ashyo va yoqilg‘i-energetika manbaiga yaqinlashtirish hududlarda mavjud resurslarni qayta ishlash sohasiga jalb etish, korxonalarning oqilona o‘lchamini (razmerini) belgilash imkoniyatini beradi. Xomashyo, yoqilg‘i va tayyor mahsulotni uzoq masofaga tashishni kamaytiradi va shu asosda ijtimoiy mehnatni anchagina tejashga olib keladi.


Sanoatning xomashyo, yoqilg‘i-energetika manbalari va iste’molchilarga yaqin joylashtirilishi sanoat ishlab chiqarishi mam­lakat bo‘ylab bir tekis taqsimlanishini ta’minlamaydi. Chunki mamlakat bo‘ylab ishlab chiqarish resurslari notekis taqsimlangan.
Sanoatni bir tekisda joylashtirish sanoat taraqqiyotining bozor iqtisodiyoti sharoitiga mos sifat xususiyatidir. Lekin uning barcha sohalarini duch kelgan hududga majburan joylashti­rish tavsiya etilmaydi. Hududlarning sanoat rivojlanishi ora­sida bunday tenglikka erishish ko‘p xollarda bir qator sanoat korxonalarini ularga tegishli shart-sharoitlar yo‘q hududlarga sun’iy ravishda joylashtirishga, ijtimoiy mehnatning ortiqcha harajatlariga olib kelishi mumkin.
Sanoatni xom ashyo va yoqilg‘i-energetika manbaiga yaqinlashtirish va ishlab chiqarishni mamlakat hududi bo‘ylab bir tekis joylashtirish intensiv ravishda ruy beradigan fan-texnika taraqqiyotiga imkoniyat tug‘diradi. Elektronizatsiyalashtirishning har taraflama rivojlanishi, ishlab chiqarishni kompyuterlashtirish, yangi texnologiyalardan keng foydalanish, sanoat ishlab chiqarishining tabiiy-jug‘rofiy (geografik) muhitga tobeligini susaytiradi, sanoatni joylashtirish punktlarini ancha erkin puxta tanlab olishga moddiy-texnik shart-sharoitlar yaratib beradi. Elektronizatsiyalash va kimyolashtirish ishlab chiqarish sohasiga yangidan-yangi materiallarni, ishlab chiqarish chiqindilarini, ikkilamchi resurslarni jalb etadi. Xomashyodan majmua­li foydalanish turli xildagi ishlab chiqarishlarni birlashtiradi.
Fan-texnika taraqqiyoti va inovatsiyalar geologik - qidiruv ishlarini kengaytirishga, mamlakatning turli hududlarida mineral xom ashyoning yangi konlarini ochishga imkoniyat tug‘diradi. Sanoatni joy­lashtirish rejasi, yangi korxonalar va hududiy ishlab chiqarish majmualari joylashtiriladigan hududlar va punktlari tanlanishining har tomonlama iqtisodiy asoslanishini talab qiladi.
Uning iqtisodiy samaradorligi ij­timoiy mehnat unumdorligida namoyon bo‘ladi.
Iqtisodiy hududlar o‘rtasida mehnatni oqilona taqsimlash va iqtisodiy hududlar xo‘jaligining majmuali rivojlanishi sanoatni joylashtirishning muhim tamoyili bo‘lib xizmat qiladi.
Iqtisodiy hududlar xo‘jaligi majmuali rivojlanishi hududlarning o‘zaro mehnat taqsimoti natijasida o‘ziga xos ixtisoslashuviga olib keladi. Ayrim iqtisodiy hududlarning ixtisoslashuvi ularda mavjud bo‘lgan tabiiy boyliklarga va ushbu boyliklardan xalq xo‘jaligi miqyosida oqilona foydalanish dara­jasiga bog‘liq bo‘ladi.
Mamlakat ichki resurslaridan to‘liq va samarali foydala­nish har bir hududning respublika miqyosida ayrim bir turdagi mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashuvini talab qiladi va shu bilan birga har bir hududda shu hudud talablarini qondiradigan tarmoqlar rivojlanishiga olib keladi.
Ishlab chiqarishni joylashtirishning yana bir muhim ta­moyili - mamlakatlararo do‘stlik va o‘zaro iqtisodiy yordam aso­sida tashkil topgan xalqaro mehnat taqsimotidir. Bunday meh­nat taqsimoti har bir mamlakatda oqilona iqtisodiyot tarkibini barpo etish va uning rivojlanishi uchun tabiiy va iqtisodiy jihatdan qulay sharoitga ega bo‘lgan sanoat tarmoqlarining ixtisoslashuvini va diversifikatsiyasini ta’minlaydi.



Yüklə 2,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin