Kirish iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish asosida jamiyat a’zolarining moddiy va ma’naviy farovonligini ta’minlashda milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmog‘i bo‘lgan sanoat alohida o‘rin tutadi



Yüklə 2,3 Mb.
səhifə46/49
tarix09.10.2023
ölçüsü2,3 Mb.
#153159
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
Sanoat iqtisodiyoti” fanidan O‘quv materiallari samarqand 2022 k-fayllar.org

Eksport-ishlab chiqarish zonalari. Eksport-ishlab chiqarish zonalari milliy bojxona hududi doirasidaga anklavlar sifa-tida tavsiflanadi. Mazkur hududlar, odatda, xalqaro portlarga yaqin joylashtiriladi va asbob-uskunalar, yig‘ish uchun zarur ehtiyot qismlar va materiallar hududga iqtisodiy siyosat choralari qo‘llanilmagan holda olib kiriladi. Import qi-linayotgan mahsulot eksport-ishlab chiqarish zonasida qayta ishlanadi va qabul qiluvchi tomonning bojxona aralashuvisiz eksport qilinadi. Bojxona bojini to‘lash faqat mahsulot qabul qiluvchi mamlakatning milliy bojxona hududiga kirib bor-sagina amalga oshiriladi.

Eksport-ishlab chiqarish zonasi hukumatning alohida qaror-lari asosida tashkil etiladi. Ushbu qarorda hududni boshqa-rishni shakllantirish masalalari, qo‘shimcha imtiyozlarni joriy etish hamda boshqa tashkiliy masalalar aks ettiriladi.

Eksport-ishlab chiqarish zonasini tashkil etish logistika, kommunal va ijtimoiy infratuzilmani yaratish, hudud chega-ralarini o‘rab olish va bojxona nazoratini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan katta miqsordaga moliyaviy harajatlarni talab etadi. Jahon amaliyotining ko‘rsatishicha, o‘rtacha kattalikdagi eksport-ishlab chiqarish zonasini tashkil va rivojlantirish uchun 50 mln. AQSH dollari miqdorida harajat talab etiladi. Bunda mamlakatning boshqa hududlariga tovarlarni kontrabanda yo‘li bilan olib kirish xavfi sanoat tipidagi erkin bojxona zonasiga nisbatan sezilarli darajada kamayadi.

Ilmiy-texnologik zonalar. Ilmiy-texnologik zonalarni (ITZ) erkin iqtisodiy zonalarning alohida guruhiga kiritish mumkin. Iqtisodiy adabiyotda ular texnologik parklar, texno-polislar, ilmiy parklar, texnologik markazlar, ishbilar-monlik markazlari deb ataladi. Bu hududlarning ajralib turadigan tomoni shundaki, mazkur hududda ilmiy va texnologik ishlab chiqarish faoliyati yirik ilmiy-tadqiqot markazlari va universitetlar atrofida joylashgan fan sig‘imkorligi yuqori bo‘lgan, ilm ko‘p talab qiladigan firmalar shaklada birlashadi. Bunday hududlarni tashkil etishdan maqsad sanoatga mate-riallar, yuqori malakali mehnat resurslari, yangi zamonaviy texnologiyalarni yetkazib berishni muvofiqlashtirish hisob-Lanadi. Ilmiy texnologik zonalar uch toifaga bo‘linadi:


Yüklə 2,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin