Kirish iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish asosida jamiyat a’zolarining moddiy va ma’naviy farovonligini ta’minlashda milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmog‘i bo‘lgan sanoat alohida o‘rin tutadi


Beshinchidan, rivojlanayotgan mamlakatlar uchun malakali kadrlar tayyorlash va o‘qitishni nazarda tutadi



Yüklə 2,3 Mb.
səhifə45/49
tarix09.10.2023
ölçüsü2,3 Mb.
#153159
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
Sanoat iqtisodiyoti” fanidan O‘quv materiallari samarqand 2022 k-fayllar.org

Beshinchidan, rivojlanayotgan mamlakatlar uchun malakali kadrlar tayyorlash va o‘qitishni nazarda tutadi.

Oltinchidan, maxsus iqtisodiy hududlarni tashkil etish biror hudud yoki sohaning iqtisodiy rivojlanishini rag‘bat-lantirishni ko‘zda tutadi. Misol uchun AQSH va Buyuk Britaniyada maxsus iqtisodiy hududlar XX asrning 80-yillarida iqtisodiy turg‘unlik holatidagi hududlarda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish uchun tashkil etilgan. Ushbu hududlarda ishbilarmonlarga mamlakatning boshqa hududlariga nisbatan moliya-viy imtiyozlar va xo‘jalik faoliyati erkinligi beriladi. Ushbu dasturlar xorijiy kapitalni jalb etishni rag‘batlantirish uchun maxsus yo‘naltirilgan. Shu maqsadda qoloq hududlarni rivoj-langan hududlarga aylantirishda asosiy e’tibor xorijiy kapitalni jalb etishga qaratiladi.

Yettinchidan, ayrim mamlakatlarda erkin iqtisodiy hudud iqtisodiyotni modernizatsiya qilishning mintaqaviy usuli sifatida qaraladi.

Maxsus iqtisodiy zonalar o‘zining umumiy maqsadlariga ko‘ra o‘xshash, biroq, ularning funksiyalari xilma-xil hisoblanadi. Maxsus iqtisodiy zonalarning turli-tumanligi, ularning vujudga kelishi va rivojlanishi qator omillarga bog‘liq.

Jahon amaliyotida erkin iqtisodiy zonalar xo‘jalik faoli-yatining ixtisoslashuviga ko‘ra quyidagi turlarga ajratiladi: erkin savdo zonalari, sanoat-ishlab chiqarish zonalari, ilmiy-texnologik (texnoparyutar, texnopolislar), offshor markazlar, iqtisodiy-ekologik va tor sohaga ixtisoslashgan zonalar (turistik) va kompleks zonalar.

Erkin iqtisodiy zonalarning birinchi shakli erkin saido zonasi (ESZ) hisoblanadi. Bu dengiz porti ski aeroportda joylashgan, yoki unga yaqin chegaralangan hudud bo‘lib, milliy bojxona hududidan tashqarida bo‘ladi. Bu yerda saqlash, saralash va qadoqlash operatsiyalari amalga oshiriladi. Erkin saido zonalarida mahsulotlar namoyishi va keyinchalik sotilishi ham ko‘zda tutiladi. Bunda mahsulot faqat ulgurji savdo shaklida sotiladi. Chakana savdo faqat dengiz va havo kemalari ekipaji va yo‘lovchilariga sotiladi, boshka hollarda esa taqiqlanadi. Bunday zonalar katta investitsiyalar talab qilmaydi va tezda harajatni qoplaydi.


Yüklə 2,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin