Kirish iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish asosida jamiyat a’zolarining moddiy va ma’naviy farovonligini ta’minlashda milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmog‘i bo‘lgan sanoat alohida o‘rin tutadi


Ayrim korxonalarni joylashtirishni iqtisodiy asoslash usuli



Yüklə 2,3 Mb.
səhifə41/49
tarix09.10.2023
ölçüsü2,3 Mb.
#153159
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   49
Sanoat iqtisodiyoti” fanidan O‘quv materiallari samarqand 2022 k-fayllar.org

9.4. Ayrim korxonalarni joylashtirishni iqtisodiy asoslash usuli
Sanoat korxonasini joylashtirish hududi va joyini tan­lash yangi quriladigan korxona xajmi va ixtisoslashishini, ular­ning ishlab turgan, loyihalanayotgan korxonalar bilan aloqalarini aniqlash sanoat korxonalarini faqat jug‘rofiy jihatdan to‘g‘ri joylashtirish uchungina emas, balki yangi va ishlab turgan korxonalarni rekonstruksiya qilishni loyihalash uchun ham muhimdir. Loyihaning yuqoridagi masalalariga bag‘ishlangan qismi qolgan barcha qismlarining ishlashi uchun manba bo‘lib xizmat qiladi. Bu qismda korxonani mazkur joyda qurishning maqsadga muvofiqligi, xom ashyo, yoqilg‘i, energiya va suv manbalari, loyihalanayotgan korxonaning qiymati va texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari aniqlanadi:

a) korxonalarni joylashtirish hududini tanlash;


Sanoat korxonasini qurish uchun tanlangan hudud (iqtiso­diy hudud) quyidagi talablarga javob bermog‘i lozim: hududda xom ashyo, yoqilg‘i, asosiy va yordamchi mahsulotlar mavjud bo‘lmog‘i hamda loyihalashtirilayottan korxona mahsulotiga yetarli talab bo‘lishi zarur. Bundan tashqari, qurilayotgan korxona uchun tan­langan hudud ishlab chiqarish kuchlari majmuasi rivojlanishini va mahalliy xom ashyo, energetika resurslaridan to‘la foydalanish­ni, tanlangan hududda quriladigan korxonalar ular mansub bo‘lgan tarmoqlarning mamlakat hududi bo‘ylab bir tekis joylashishini ta’minlamog‘i kerak.
b) korxonani joylashtirish punktini asoslash;
Yangi korxonani joylashtirish hududi har tomonlama iqtisodiy asoslanib bo‘lgach, shu hudud ichida korxona qurilish o‘rni (punkti) belgilanadi. Korxonani joylashtirish punkta to‘g‘ri tanlanganligi qurilishning qancha davom etishiga, uning qiymatiga va korxonaning istiqbolda iqtisodiy samaradorligiga ta’­sir ko‘rsatadi.
Korxonani joylashtirish punktini asoslashda yirik shaharlarda sanoatning haddan tashqari, mujassamlashib ketishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligiga, korxonalarni yagona energetika va umu­miy kommunikatsiyalarga ega bo‘lgan ishlab chiqarish shaklida qurish maqsadga muvofiqligiga, aholi joylarining rivojlanishini hamda qabul qilingan sanitariya-gigiyena talablari va normalariga rioya qilinishi zarur.
Tanlangan qurilish punkti transport harajatlari kam bo‘lishi uchun xom ashyo manbaiga va iste’mol joylariga maksimal yaqin bo‘lmog‘i lozim. Punktni tanlashda korxonani qurish uchun maydonni tanlash va uni iqtisodiy baholash alohida ahamiyat kasb etadi. Maydon gorizontal yuzaga ega bo‘lmog‘i lozim. Barcha binolar, inshootlar, korxona, transport xo‘jaligini maydonda ratsional joylashtirish, kelajakda kengaytirish, temir yo‘l magistraliga oson qo‘shilish, suv bilan oson ta’minlanish va ortiqcha suvlarni oqizib yuborish, yaqin oraliqda joylashgan aholi punktiga ega bo‘lgan sanitariya-gigiyena talablariga javob berishi zarur.



Yüklə 2,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin