7.5. Sanoat korxonalarida resurslardan oqilona foydalanish − ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning muhim manbai
Barcha jamiyatlarda resurslar tekin bo‘lmagan. Mamlakat va uning xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari o‘z maqsadlariga erishishda strategiya va taktikadan foydalanadilar. Bundan ko‘zlangan maqsad − ishlab chiqarish uchun sarflanadigan resurslar bilan bog‘liq harajatlarni kamaytirish va shu orqali foydani ko‘paytirishdir.
Resurslarni tejashda resurslar pulliligi muhim omil hisoblanadi. Xorijiy mamlakatlarda o‘tgan asrning 70-yillarida yer, suv va boshqa tabiiy resurslardan to‘g‘ri foydalanishni tashkil etish uchun to‘lov tizimi joriy qilindi. Ammo hozirgi kungacha to‘lov tizimida bir qator muammolar mavjud. Korxona moddiy mineral xomashyo komponentlaridan to‘g‘ri foydalanish uchun to‘lov joriy qilinishi natijasida uning rentabelligidan sezilarli darajada kam miqdorda haq to‘lanmoqda.
Ishlab chiqarish samaradorligani oshirishda ishlab chiqarishning barcha va ayniqsa, ko‘p material iste’mol qiluvchi tarmoqlarida moddiy harajatlarni tejash katta ahamiyatga ega. Mahsulot birligiga ketadigan xomashyo va materiallar miqdorini ular sifati, chidamliligi zarar yetkazmasdan kamaytirish bir xil miqdordagi materiallar va xomashyodan ko‘proq mahsulot olish va tarmoqlararo ishlab chiqarish aloqalarini takomillashtirish imkonini beradi.
Moddiy resurslarni tejash uchun kurash yangi texnikani joriy qilish va texnologiyani takomillashtirishga sharoit yaratadi, ishlab chiqarishning texnik darajasini oshirish esa, o‘z navbatida, boshqa iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yaxshilashga sharoit yaratadi. Mahsulot birligiga sarflanadigan xomashyo va materiallar miqdorining kamayishi ijtimoiy mehnat unumdorligini oshirish, demakdir, chunki xomashyo va materiallar tarkibidagi moddiylashtirilgan mehnat hamda materiallarni tashish, ortish, tushirish va saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan “jonli" mehnat miqdorini kamaytirish imkonini bsradi. Shu bilan birga asosiy ishchilar sarflaydigan mehnat miqdori kamayadi, chunki kam materialni qayta ishlashga to‘g‘ri keladi.
Moddiy resurslarni tejash mahsulot tannarxini kamaytirishning eng asosiy omillaridan biridir.
Xomashyo va materiallarni tejashning asosiy maibalari quyidagilardan iborat:
mashina va boshqa mahsulotlar sifati oshgani holda og‘irligining kamayishi;
ishlab chiqarish yo‘qotishlari va chiqindilarini har taraflama kamaytirish;
xomashyo va materiallardan kompleks foydalanish;
xomashyoning qimmatbaho kamyob turlari o‘rniga tejamli, yangi materiallar qo‘llash;
xomashyodan qayta foydalanish.
Ma’lumki, moddiy resurslarni tejash tadbirlarini amalga oshirish qo‘shimcha pul harajatlari bilan bog‘liq. Bunday harajatlar ikki xil xususiyatga ega:
kapital harajatlari sifatida — materiallar harajatini kamaytirishni qoplash uchun zarur bo‘lgan yangi uskunalarni o‘rnatish uchun;
xomashyo va materiallar sifatini oshirish uchun sarflanadigan harajatlar sifatida.
Qo‘shimcha pul harajatlari mahsulot tannarxini kamaytiradi va shuning hisobiga uni tejash mumkin. Materiallarni tejash, shuningdek, uskunalardan foydalanishni yaxshilash va mehnat unumdorligini oshirish imkonini beradi. Shuning uchun harajatlar samaradorligini aniqlashda faqatgina xomashyo tejaminigina emas, balki uskuna va ish haqidan olingan tejamni ham aniqlash kerak .
Xomashyo rssurslaridan foydalanishda tejamkorlik tamoyilidan to‘la-to‘kis foydalanish eng muhim muammo hisoblanadi. Bu muammoni schish uchun tejamkorlikning strategiya va taktikasini ishlab chiqish kerak. Xomashyodan oqilona foydalanish maqsadida uni qayta ishlash jarayonida tegishli sanoat tarmog‘i uchun maqsadga muvofiqligini aniqlash, xom matsriallarni dastlabki qayta ishlash va boyitish, xomashyodan kompleks foydalanish, materiallardan ikkinchi marta foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Bunga erishishda fan-texnika taraqqiyoti, ayniqsa, kimyolashtirish va yangi texnologiyalarni joriy etish asosiy rol o‘ynaydi.
Hukumatimiz tomonidan resurslardan samarali foydalanishga katta e’tibor qaratilmoqda. Ammo mamlakatimiz aholisi va korxonalari tomonidan bu ishning amalga oshirilishi talabga javob beradigan darajada emas. Shu sababli respublikada resurslardan tejamkorlik bilan foydalanishga katta e’tibor berilishi va o‘tgan yillardagidek isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik zarur.
Resurslardan foydalanishni yaxshilash uchun dastavval fan va texnika taraqqiyotini jadalashntirish ksrak. Eski texnikani yangi texnika bilan almashtirish, ayniqsa, hozirgi zamonda rivojlangan xorijiy mamlakatlar texnologiyasini joriy etish zarur. Bu borada hozirgi paytda respublikada anchagina ishlar amalga oshirilmokda. AQSH, Germaniya, Yaponiya, Fransiya, Janubiy Koreya, Turkiya, Italiya va boshqa bir qator davlatlar bilan hamkorliqda sanoat korxonalari texnik va texnologik jihatdan yaxshilanmokda, ishlab chiqarish jarayonini kompyuterlashtirish kuchaymoqda, mashina-mexanizmlar modernizatsiya qilinmoqda, ishlab chiqarish jarayonlari takomillashmoqda. Bu esa, korxonalarda ishlovchilarning malakasi oshishiga ta’sir ko‘rsatmoqda, oqibatda har bir mahsulot birligiga sarflanayoggan mehnat buyumi kamaymoqda.
Resurslarni tejash xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning sezilarli darayasada rivojlanishiga ta’sir etadi. Shuning uchun ham har bir xo‘jalik yurituvchi sub’ekt resurslardan foydalanishga alohida e’tibor qaratmog‘i lozim.
Sanoat ishlab chiqarishida xom ashyo va materiallarni tejashning asosiy yo‘llari quyidagilardan iborat:
mashina va mahsulotlar konstruksiyasini yaxshilash;
yangi texnika va progressiv texnologiyani joriy etish;
texnologik jarayonlarni yaxshilash;
xom ashyoni kompleks qayta ishlash usullarini rivojlantirish;
ishlab chiqarishni tashkil etishni yaxshilash.
Iqtisodiyotning erkinlashtirilishi mamlakatning xom ashyo resurslarini ko‘paytirishga va uning boyliklaridan oqilona foydalanishga keng yo‘l ochdi. Davlatning respublika sanoati xom ashyo bazasi borasidagi xo‘jalik siyosati qayta ishlovchi sanoat tarmoqlarining yuqori sur’atlar bilan taraqqiy etishini ta’minlovchi xom ashyo resurslarining jadallashtirilgan rivojlanishini ta’minlashdir.
Sanoat xom ashyo bazasi rivojining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
yangi xom ashyo manbalarini aniqlash bo‘yicha geologik-qidiruv ishlarini kengaytirish;
undiruvchi sanoat tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash;
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining sanoat uchun yetarli darajada mahsulot yetishtirishini va uning tovardorlik qobiliyatini kuchaytirish;
sun’iy materiallar va ular o‘rnini bosuvchi turli xil buyumlari yaratish va hokazolar.
Dostları ilə paylaş: |