Kirish Issiqlik almashinish qurilmalari


Zmeevikli issiqlik almashinish qurilmalari



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə3/5
tarix15.03.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#87863
1   2   3   4   5
Kurs loyihasi

Zmeevikli issiqlik almashinish qurilmalari

Bu turdagi qurilmalar tsilindrsimon qobiq ichida joylashgan spiralsimon zmeevikdan iborat. Bunda zmeevik asosan 25-75 mm li trubalardan tayyorlanadi. Zmeevik trubalaridan gaz yoki bug’ harakatlanadi (6- rasm).
Suyuqlik bilan to`ldirilgan idishning hajmi katta bo`lgani va idish ichidagi suyuqlikning tezligi juda kichik bo`lgani uchun zmeevikning tashqi devori tomonidagi bug’ bilan suyuqlik orasida issiqlik berish koeffitsienti ham kichik bo`ladi.
Qurilmaning hajmini kamaytirish va suyuqlikning tezligini oshirish uchun uning ichiga stakanga o`xshash idish joylashtiriladi.
Agar issiqlik tashuvchinig miqdori katta bo`lsa, bir necha parallel sektsiyalardan iborat bo`lgan zmeeviklar o`rnatiladi.
Sektsiyalar bunday parallel ulanganda, muhitning tezligi va harakat yo`li kamayishi natijasida qurilmaning gidravlik qarshiligi ham kam bo`ladi. Bu qurilmalarda isitilayotgan suyuqlik asosan kichik tezlikda harakatlanganligi sababli zmeevik devoridan issiqlik erkin konvektsiya usulida o`tkaziladi.
Ularning kamchiligi shundaki, issiqlik almashinish yuzasi va issiqlik berish koeffitsienti nisbatan kichik, lekin ularni ta`mirlash oson.

6- rasm. Zmeevikli isitkich






1.3."Truba ichida truba" tipidagi issiqlik almashinish qurilmasi.
Bu turdagi qurilmalar bir-biri bilan kontsentrik joylashgan ichki va tashqi trubadan tashkil topgan. Bularda isitilayotgan yoki sovitilayotgan mahsulot asosan ichki truba orqali uzatiladi. Trubalar orasidagi bo`shliqdan esa yuzani ifloslantirmaydigan issiqlik tashuvchi yuboriladi.
Bu tipdagi isitkichlar yuqori bosimda va issiqlik tashuvchilarnig sarfi kam bo`lganda ham ishlaydi.
Bunday qurilmalarning afzalligi shundaki, ularni tayyorlash oson.
Kamchiligi: issiqlik almashinish yuzasi nisbatan kichik. Ishlab chiqarish yuzasini iqtisod qilish maqsadida bular bir-biri bilan kalach va patrubkalar yordamida tutashtirilgan bir necha elementli va bir necha sektsiyali qilib tayyorlanadi. «Truba ichida truba» tipidagi issiqlik almashinish qurilmaining sxemasi 8 - rasmda keltirilgan bo`lib, qurilma ichki truba 1, tashqi truba 2, kalach 3 va birlashtiruvchi patrubka 4 dan iborat (I, II issiqlik tashuvchi agentlar).

8- rasm. «Truba ichida truba» tipidagi isitkich:


I - II - issiqlik tashuvchi agentlar; 1 - ichki truba; 2 - tashqi truba; 3 - kalach; 4 - birlashtiruvchi patrubka.

8a-rasm. . «Truba ichida truba» tipida ajraluvchan, bir oqimli

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin