1.1.Qobiq-trubali issiqlik almashinish qurilmalari. Bu turdagi issiqlik almashinish qurilmalari qobiq ichida joylashgan trubalar to`plamidan tashkil topgan. Bunda trubalar ikki tomondan truba turiga qotirilgan bo`ladi, natijada trubalar tashqi sirti, qobiq va truba turi bilan chegaralangan trubalar orasidagi bo`shliq hamda issiqlik almashinish trubalarining ichki sirti va ikkita qopqoq bilan chegaralangan trubalar ichki bo`shlig`i yuzaga keladi.
Ushbu qurilmalarda issiqlik trubalarning devori orqali uzatiladi. Truba orasidagi boshliqdan asosan yuzani ifloslantirmaydigan, cho`kma hosil qilmaydigan issiqlik tashuvchilar yuboriladi. Trubalar ichki bo`shlig’idan esa asosan isitilayotgan yoki sovitilayotgan suyuqlik yuboriladi. Issiqlik tashuvchilarning harakat tezligini oshirish yoki jarayonni samarali olib boorish maqsadida bu qurilmalarning ikkala bo`shligi ham ko`p hollarda bir necha yo`lli qilib tayyorlanadi.
2-rasm. Qobiq trubali issiqlik almashinish qurilmalari.
a)- truba to`rlari qattiq mahkamlanadigan qurilma;
b)- ko`ndalang to`siqli qurilma;
v)-linza kompensatorli qurilma;
g)- U simon issiqlik almashinish qurilmasi;
d)-W simon trubali issiqlik almashinish qurilmasi;
e) - suzuvchi kamerali qurilma; yo`naltiruvchi trubaga sil’fon konpensatorli qurilma;
z)- shtutseriga sal’nik o`rnatilgan qurilma;
i)- qobig’iga sal’nik o`rnatilgan qurilma;
k)- ko`ndalang trubali issiqlik almashinish qurilmasi
Bir yo`lli qobiq -trubali issiqlik almashinish qurilmasi, qobiq 1, truba turlari 2, trubalar 3, qopqoq 4, issiqlik tashuvchilar kiradigan va chiqadigan patrubkalar 5, 6, bolt 7 va zichlagich 8 dan iborat (3 - rasm).
Issiqlik tashuvchilarning tezligini oshirish maqsadida ko`p yo`lli isitkichlar ishlatiladi.
Bu isitkichlarda suyuqlikning sarfi kam bo`lganda ularning trubalardagi tezligi kichik bo`lib, natijada issiqlik almashinish koeffitsienti ham kam bo`ladi.
Ko`p yo`lli isitkichlarda trubalarni sektsiyalarga bo`lish uchun yoki muhit harakat yo`lining soniga qarab, isitkichning qopqog’i bilan truba turining orasiga ko`ndalang to`siqlar o`rnatiladi ( 4-rasm). Bunda har bir sektsiyadagi trubalarning soni bir xil bo`lishi kerak.
Ko`p yo`lli isitkichlarda bir yulli isitkichlarga nisbatan muhitlarning tezligi yo`llarning soniga qarab proportsional o`zgaradi.
Kimyo sanoatida 4-6 yo`lli isitkichlar ishlatiladi, chunki yo`llarning soni ortib borishi bilan isitkichning gidravlik qarshiligi ortib, qurilmaning konstruktsiyasi murakkablashadi.
Qobiq-trubali isitkichlarda qobiq bilan trubalar orasidagi temperaturalarning farqiga qarab truba va qobiqning uzayishi har xil bo`ladi.
Shuning uchun qobiq trubali isitkichlar konstruktsiyasiga ko`ra ikki xil bo`ladi:
1) qo`zg’almas turli isitkichlar
2) kompensatorli isitkichlar
Qo`zg’almas turli isitkichlarda issiqlik ta`sirida trubalar va qobiq har xil uzayadi, shu sababli bunday isitkichlar trubalar va qobiq o`rtasidagi temperaturalar farqi katta bo`lmaganda ( 50 С gacha) ishlatiladi.
Temperaturalar farqi 50 С dan katta bo`lganda trubalar va qobiqning har xil uzayishini kompensatsiyalash maqsadida linzali kompensatorli (5- rasm, a) va U - simon trubali (3 -rasm, b) qobiq trubali isitkichlar ishlatiladi.
Linzali kompensator isitish trubalari va qurilma devori o`rtasidagi bosim 6 105 н / м2 gacha bo`lganda ishlatiladi.
U - simon qobiq trubali isitkichlarda issiqlik ta`sirida trubalarning uzayishidagi kompensatsiyani truba qurilmalarining o`zi bajaradi.
5 - rasm. Temperatura yuqori bo`lganda qobiq va trubalarni uzaytirishni hisobga oluvchi qobiq-trubali isitkichlar: a) linza kompensatorli; b) U - simon trubali