Kirish. “Jahon adabiyoti” fanining predmeti va mazmuni


ITALIYA VA ISPANIYADA UYG’ONISH DAVRI ADABIYOTI



Yüklə 301,15 Kb.
səhifə29/43
tarix02.01.2022
ölçüsü301,15 Kb.
#37316
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   43
Jahon adabiyoti yakuniy

ITALIYA VA ISPANIYADA UYG’ONISH DAVRI ADABIYOTI


Reja:

  1. Italiya uyg’onishi. A. Dante ijodi.

  2. Petrarka lirikasi.

  3. Ispaniyada Uyg’onish davri adabiyoti. M.Servantes ijodi.

  4. “Don Kixot” romani syujeti va obrazlari.

Evropa Uyg’onish harakatining ilk vatani– Italiyada savdo-stiq tez sur’atlar bilan rivojlanadi. Venetsiya va Genuya savdo bilan mashhur bo’lgan bir vaqtda Florensiya sanoat va bank ishlari bilan shuhrat qozonadi. Italiyada shahar respublika tartiblarining g’alaba qilishi, hunarmandchilikning va savdo-sotiqning tez rivojlanishi Rennesans harakatining hammadan oldin shu mamlakatda yuzaga kelishiga zamin hozirladi.

Rennesansning alohida belgilari Dante ijodida namoyon bo’lsa ham, lekin Uyg’onish davri to’la ma’noda XIV asrning ikkinchi choragidan boshlanadi vaXVII asrgacha davom etadi. Uyg’onish davridagi Italiya yozuvchilari antik madaniyat yodgorliklari bilan tanishishga kirishgan birinchi bosqichda lotin tilidagi asarlarni o’rgandilar. Grek yozuvchilarining kitoblari bilan tanishish esa, ikkinchi bosqichdan boshlanadi. 1453-yilda mashxur shahar Konstantinopolni bosib olgach, Vizantiya imperiyasi yemiriladi, uning madaniy yodgorliklariga ham kata zarar yetadi, san’at va adabiyot ahli kuvg’in qilinadi. Juda ko’p olimlar Italiyadan boshpana topadilar. Muhojirlar grek tilidan dars beradilar. Bu tilni bilib olgan Italyan gumanist olimlari grek yozuvchilarining asarlarini asl nusxa holida o’rgana boshlaydilar. Bu madaniy aloqa italyan adabiyotining bundan so’nggi rivojiga katta ta’sir ko’rsatadi. Italyan Rennesansi yevropaning boshqa mamlakatlaridagi ijtimoiy harakatga ham katta ta’sir ko’rsatadi. Fransuz, nemis va ispan gumanistlari antik madaniy merosni bevosita o’rganishlari bilan bir qatorda, uni italyan mutafakkirlari o’qishi orqali ham o’zlashtiradilar.

Gumanistlar maktabda tarbiya ishlarini qayta ko’rishlari bilan birga oliy

ta’limni ham isloh qilishga kirishadilar. Boshqa mamlakatlardan ancha oldin Italiya shaharlarida oliy yuridik maktablarning paydo bo’lishi diqqatga sazovordir. XII asrda mashhur Bolonya universiteti tashkil etiladi. Uning yuristlari Rim huquqshunosligini o’rganib, uni G’arbning yakayu yagona qonuni deb e’tirof qiladilar. Rim qonunshunosligi haqidagi bu qarashlar Uyg’onish davrini tayyorlashda muhim omillardan biri bo’lgan edi.

Mamlakat madaniy hayotida misli ko’rilmagan yangiliklar yuz bera boshlaydi. XIII-XVI asrlar mobaynida Italiya shaharlarida 22 universitet ochiladi. Italyan tasviriy san’atida ham jiddiy burilish sodir bo’ladi. Shaharlarning taraqqiy etishi natijasida arxitektura, haykaltaroshlik va rassomlik san’ati, badiiy adabiyot kamol topadi. Yangi mavzularga murojaat etish badiiy tasvir usullarini ham o’zgartiradi. Bu hol, shubhasiz, o’rta asr adabiyotidagi allegorizmdan realizmga qarab yo’l ochadi. Garchi yangi zamonning birinchi shoiri Dante ijodida hali ramziy tasvirlar mavjud bo’lsa ham, lekin u asta-sekin kamayib boradi.

Dante o’z adabiy faoliyatini lirik shoir sifatida boshladi. O’sha vaqtlarda Florensiyada Averroes va materializmga yaqin shakkoklik ruhidagi arab falsafasi keng tarqalgan edi. Dantening yaqin do’sti florensiyalik shoir Gvido Kavalkanti(1259-1300) arab faylasufi Averroes(Ibn Roshd)ning izdoshlaridan edi.

Gvido jonning o’lmasligi haqidagi diniy qarashlarga ishonmaydi. Dante ham jamiyat haqidagi fikrlarini bayon etishda Averroes ta’limotiga asoslanadi. XIII asr italyan lirikasi va Dante poeziyasi rivojiga faqat lotin adabiyotigina emas, balki arab she’riy tuzilishi ham ta’sir etadi. Sharq adabiyoti motivlari Florensiyaga Sitsiliya va Provans trubadurlari asarlari orqali o’tgan edi. Dante poeziyasining eng yaxshi namunalari uning «Yangi hayot» to’plami 1283-1291-yillarda yozilgan bo’lib, ular shoirning sevgilisi Beatrichega bag’ishlangandir. Bu she’riy asarda shoirning muhabbati, shirin xayollari Beatrichening bevaqt o’limidan so’ng uni qurshab olgan qayg’u- alamlar bilan qo’shilib ketgan. She’rlarning mazmuni nasriy hikoyalar, falsafiy izohlar bilan sharhlanadi. Shoir to’qqiz yoshga kirganida o’ziga tengdosh Beatricheni ko’radi va uni sevib qoladi. Shundan to’qqiz yil o’tgach, ular yana uchrashadilar. Qizning ochiq chehra bilan ta’zim qilishi shoirni hayajonga soladi. Uyga qaytgach shoir tush ko’radi va bu tushlarini o’zining birinchi she’ri(soneti)da tasvirlaydi.

Dante o’rta asr an’analariga amal qilmay, «Ziyofat» traktatini eskirgan lotin tilida emas, balki italyan tilida yozadi, bu jonli tilning kelajagi porloq ekanini ta’kidlab, kitobni«yangi oftob» deb ataydi.

Dantening lotin tilida yozilgan«Xalq nutqi haqida»gi traktati(1305) roman tilshunosligi bo’yicha birinchi ilmiy asardir. Bu kitobida yozuvchi roman tillari o’rtasidagi farqni ko’rsatadi, ularning lotin tiliga aloqasi haqida to’xtalib o’tadi va butun Italiya uchun yagona milliy til yaratish kerak, degan fikrni o’rtaga tashlaydi.

Bu asar o’z zamonasi uchun muhim ijtimoiy va madaniy qimmatga ega bo’ldi.

«Monarxiya haqida» (1313) nomli lotincha risolasida Dante papaning siyosiy hokimiyatga intilishini qoralab, imperiya huquqini himoya qiladi.

«Ilohiy komediya» - Dante ijodining kamolotga erishgan davridagi siyosiy- falsafiy va adabiy faoliyatining yakuni sifatida bunyodga kelgan, uni«o’rta asrning eng oxirgi shu bilan birga yangi zamonning eng avvalgi shoiri» qilib tanitgan asardir. Dante hali ko’p jihatdan o’rta asr urf-odatlari ta’siri ostida bo’lsa ham, lekin bu asarida u zamonaviy masalalarni fantastik bo’yoqlarda aks ettirib, yangi tanqidiy fikrlar bilan chiqadi, butun o’rta asr madaniyatiga falsafiy-madaniy yakun yasaydi. Gumanistik g’oyalarni qat’iylik bilan himoya qilgan bu ulug’ yozuvchi o’sha vaqtda avj olgan diniy jaholat va munofiqlikka qarshi kurashdi.

Dante o’z asarini«Komediya» deb atagan. Yozuvchi vafotidan ancha keyin unga«ilohiy» so’zi qo’shilgan, bu so’zdan kitob diniy xarakterda degan xulosa chiqmaydi, balki bu nom uning badiiy jihatdan yuksak asar ekanligini ifodalash

uchun qo’llangan. Dostonning o’ziga xos aniq tuzilgan badiiy qurilmasi bor. Yozuvchi«narigi dunyo»ni uch qism– «Do’zax», «A’rof» va «Jannat»ga bo’lgan.

Asarning har bir qismi33 qo’shiqdan

tuzilgan, kirish qismi esa bir qo’shiq, hammasi bo’lib 100 qo’shiqdan iboratdir.

Dante tasvirlagan«Do’zax» asarning birinchi qismi yer markaziga voronka shaklida o’yib tushirilgan joy bo’lib, unda to’qqiz pog’onali chuqurlik bor. Gunohkor jonlar shu pog’onali chuqurlarda azob chekadilar. Pastki pog’onaga tusha borgan sari jon qattiqroq azoblanadi. Muhimi shu yerdaki, Dante o’zining siyosiy muxoliflarini do’zaxga tashlaydi, ayniqsa, xristian ruhoniylarini qattiq qoralaydi va ularni do’zaxning so’nggi pog’onalariga joylashtiradi.

Dantening tasvirlashicha, «A’rof» (poemaning ikkinchi qismi) yer kurrasiga qarama-qarshi joylashgan. yer bilan uni katta okean ajratib turadi. Okean o’rtasidagi orolda baland tog’ bor. Tog’ yetti pog’onali bo’lib, ulardan o’tib borayotganida aybdorning bittadan gunohi yuviladi, 7 pog’onadan ko’tarilganida 7 gunoh (mag’rurlik, ichi qoralik, g’azab, umidsizlanish, tamagirlik, mechkaylik, buzg’unchilik) yo’qoladi va u jannatga chiqadi. «Jannat» ham 9 qavatga bo’linadi, jon qancha yuqori pog’onaga ko’tarilsa, u go’yo xudoning shuncha ko’p marhamatiga muyassar bo’ladi.

Dantega hammadan ko’ra ko’proq ta’sir ko’rsatgan kishi Vergiliy bo’ladi. Dante o’z poemasida qahramon Eneyning marhum otasini ziyorat qilmoq uchun Tartarga tushishi kabi epizodlardan foydalandi. Yozuvchi«Do’zax» va«A’rof»ga qilgan sayohatida majusiy Vergiliyni o’ziga ustoz deb bilishi katta voqea edi.

Italyan gumanizmining asoschisi Franchesko Petrarka o’z umrining ko’p qismini antik adabiyot yodgorliklarini o’rganishga bag’ishlagan yirik olim, mutafakkir, notiq va shoir sifatida shuhrat qozondi. Uning otasi Dantening yaqin do’sti bo’lib, u ham 1302-yilda qora gvelflar tomonidan barcha siyosiy muhojirlar qatori Florensiyadan quvilgan va Aretssodan boshpana topgan edi.


Yüklə 301,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin