Kirish. “Jahon adabiyoti” fanining predmeti va mazmuni


JAHON ADABIYOTI VA ALISHER NAVOIY



Yüklə 301,15 Kb.
səhifə26/43
tarix02.01.2022
ölçüsü301,15 Kb.
#37316
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   43
Jahon adabiyoti yakuniy

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • (Three
JAHON ADABIYOTI VA ALISHER NAVOIY

Reja:


  1. Alisher Navoiyning ijodining umubashariyat ma’naviy olamida tutgan o’rni.

  2. Navoiy ijodi va turkiy xalqlar adabiyotida adabiy ta’sir masalalari.

  3. Alisher Navoiy ijodining dunyoda dabiyoti miqyosida o’rganilishi.


Hazrat Alisher Navoiy merosining jahon madaniyati tarixidagi o’rnini haqqoniy baholash uchun eng avvalo u yaratgan asarlarning jahon tillariga qilingan tarjimalari tarixini sinchiklab o’rganish lozim. Darvoqe, o’tgan asrda taniqli adabiyotshunos olimlar N.I.Konrad, ye.E.Bertels, V.M.Jirmunskiy, A.K.Borovkov, V.Zohidov, H.Sulaymonov, G’.Karimov, N.Mallayev, A.Rustamov, A.Qayumov tadqiqotlarida Alisher Navoiy merosining jahoniy shuhrati va g’arb sharqshunosligida o’rganilish tarixi xususida ayrim ma’lumotlar berilgani ma’lum.

Bugungi kunga qadar Alisher Navoiyning qator ilmiy-badiiy asarlari xorijiy tillarga tarjima qilindi, bu olamshumul ahamiyatga ega meros bo’yicha yuzlab ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirildi. Ammo hanuzgacha buyuk shoirning ijodiy uslubi, adabiy-estetik tamoyillari, san’atkorlik mahorati uning o’zi kabi Uyg’onish davrida yashab ijod qilgan g’arb shoiru mutafakkirlarining ijodi bilan qiyoslab o’rganilmadi. Navoiyni g’arb adabiyotining yirik namoyandalari qatoriga qo’yib ulug’lash hollari ko’p kuzatiladi, lekin biror asari hozirgacha ularning muayyan bir asari bilan solishtirilib ilmiy tekshirilmagan. Zero, bu yo’nalishdagi ishni ham bajarish lozimligi hozirgi zamon qiyosiy adabiyotshunosligida dolzarb masala hisoblanadi. Alisher Navoiy Sharq Uyg’onish davrining daho mutafakkiri, Vilyam Shekspir esa G’arb Renessansining yirik vakili bo’lganliklari, bu ikki benazir san’atkor o’z ijodlarida inson kamoloti va jamiyat ma’naviy taraqqiyoti masalalarini birday ko’tarib chiqqanliklari bois, ularning ham mavzu, ham syujet, ham badiiy timsollar yaqinligi jihatidan, yonma-yon tilga olinadigan ikki asarlarini qiyosiy o’rganishni maqsad qildik. «Layli va Majnun» hamda «Romeo va Juletta» asarlari shoirlar ijodiy uslublari xususiyatlari nuqtai nazaridan o’rganilsa, maqsadga muvofiq bo’ladi, deb Karimov I. Navoiy shahrida Alisher Navoiy yodgorlik majmuining ochilishiga bag’ishlangan tantanali marosimda so’zlangan nutq // O’zbekiston adabiyoti va san’ati, 2001, 25-avgust. 4 hisobladik. O’zbek adabiyotshunosligida hanuzgacha bunday qiyosiy ish bajarilmaganligi, «Navoiy va jahon adabiyoti» mavzui adabiyotshunoslik fanimizda nisbatan yangi soha bo’lib, bugungacha sanoqligina ishlar amalga oshirilgan» bugungi kunda esa shu usuldagi tadqiqotlarga ehtiyoj paydo bo’lganligi mavzuning dolzarbligini belgilaydi. Muammoning o’rganilganlik darajasi. Zamonaviy jahon adabiyoti va madaniyatining integratsiyalashuv jarayonlariga mos kelganligi bois, XIX asrga kelib to’liq shakllangan qiyosiy adabiyotshunoslik hozirda filologiyaning yetakchi sohalaridan biriga aylandi. A.N.Veselovskiy, V.M.Jirmunskiy, M.P. Alekseyev, I.G.Neupokoyeva, D.Dyurishin, A.Dima singari dunyo ilmiy jamoatchiligi tan olgan olimlar esa ushbu soha nazariy va amaliy asoslarining shakllanishiga munosib hissa qo’shdilar. Atoqli sharqshunoslar ye.Bertels, N.Konrad hamda V.Jirmunskiy jahon adabiyotini muayyan qit’alar, xalqlar bo’yicha emas, balki ijtimoiy- iqtisodiy davrlar bo’yicha tahlil etishni taklif qiladilar. Ularning fikricha, bir xil ijtimoiy-siyosiy sharoitda o’xshash mafkura, g’oya va qarashlar paydo bo’lishi, shu zaminda bir-biriga yaqin adabiy hodisalar, oqimlar shakllanishi, mushtarak obrazlar (hatto tasviriy usullar) yuzaga kelishi tabiiydir. SHu nuqtai nazardan kelib chiqib, ular bu masalaga alohida yondashdilar. Akademik N.I.Konrad «Farhod va SHirin», «Layli va Majnun» dostonlarini yevropa Renessansining shu mavzudagi eng yaxshi asarlari qatoriga qo’ygan edi. Akademik V.M.Jirmunskiy esa Farhod obrazida Renessans davrining idealini ko’rgan. ye.E.Bertels Navoiyning «Layli va Majnun» dostonini fransuzlarning «Tristan va Izolda», V.Shekspirning «Romeo va Juletta» asarlari bilan o’xshashliklarini ta’kidlab fikr bildirgan. O’zbek olimlaridan N.Komilov, F.Sulaymonova, D.Salohiy Sharqning G’arbga ta’siri masalasini ko’tarib chiqdilar hamda tafakkur taraqqiyotida va ijod silsilasida Sharqning alohida mavqei 1 Hayitmetov A. Temuriylar davri o’zbek adabiyoti. - Toshkent: Fan, 1996. - B. 73. 5 borligini dalillar bilan isbotladilar. H.Arasli, I. Braginskiy, S. Narzullayeva, A. Abduqodirov Navoiyning

«Layli va Majnun» dostonini Sharq adabiyotida qiyosiy o’rgandilar. Bunday sa’y-

harakatlar natijasida o’zbek adabiyotshunosligini jahon adabiy-estetik qarashlari mohiyati bilan bog’laydigan o’ziga xos maydon hosil bo’ldi1 . Shekspirning badiiy merosiga bo’lgan juda katta qiziqish natijasida adabiyotshunoslikda alohida shekspirshunoslik yo’nalishi vujudga keldi. Shekspirshunoslik xalqaro miqyosda o’zining bir necha asrlik tarixiga ega.

Tarixdan ma’lumki, XI–XIII asrlar davomida G’arbiy yevropa nasroniy qirollari Rim papasi homiyligida Sharq mamlakatlariga, islom dunyosiga tinimsiz salib yurishlari uyushtirganlar. Bu yurishlar natija bermagach, XIII–XIV asrlar mo’g’ul bosqinidan foydalangan yevropalik nas-roniy sayyohlar, monax va missionerlar Markaziy Osiyo bo’ylab to Pekinga qadar katta hududda emin-erkin yurishib, xristian dinini targ’ib qilganlar va buyuk ajdodlarimiz qalamiga mansub nodir kitob va qo’lyozmalarni o’zlari bilan olib ketganlar. Nihoyat, XIV asrning so’nggi choragida jahon maydoniga chiqqan sohibqiron Amir Temur shijoati va zafarli yurishlari tufayli 1402-yilda Sharq va G’arb iqlimida totuvlik o’rnatildi, nasroniy va musulmon dunyosi o’rtasidagi aloqalar mustahkamlandi. Natijada islom madaniyatining daholari bo’lgan Ibn Sino, Ibn Rushd, al-Farg’oniy, al-Beruniy, al-Xorazmiy va antik dunyo olimlari Platon, Gippokrat, Aristotel, Ptolemey asarlari arab va lotin tillarida g’arb olamiga kirib bordi. Yevropaning Boloniya, Sorbonna, Kembrij, Oksford, Leyden kabi yirik universitetlarida yuqoridagi olimlarning asarlari asosiy darslik tariqasida keng o’rganila boshlandi.

Qadim yunon va rim hamda islom madaniyati ta’sirida dastlab XIV asrda Italiyada, XV–XVII asrlarda Ispaniya, Fransiya, Angliya va Germaniya kabi g’arb mamlakatlarida Renessans (Uyg’onish) madaniyati yuzaga keldi va ravnaq topdi. Qolaversa, buyuk Dantening “Ilohiy komediya”si, Makiavellining “Hukmdor”, Bokkachoning “Dekameron”, Rablening “Gargantyua va Pantagryuel”, Servantesning “Don Kixot”, Marloning “Buyuk Temur” singari shoh asarlarida sharqona mavzu va falsafa e’tirof etilgani fikrimizga asosdir. Eng muhimi, bu davrda dastlab Fransiya va Angliyada sharqshunoslik maktablari yuzaga keldi.

Masalan, Fransiyada qirol Lyudovik XIV (Quyosh qirol) va uning bosh vaziri Kolber zamonida ilm-fan, adabiyot va san’at juda taraqqiy etdi. Shaxsan bosh vazir Kolberning tashabbusi bilan Vizantiya, Konstantinopol, Toledo, Seviliya shaharlaridagi boy kutubxonalar sotib olinib, Prijga keltirildi. Dast-lab Qirollik kutubxonasi, keyinchalik Milliy kutubxona nomini olgan bu maskanda XVII asrning o’rtalarida yirik sharqshunoslik maktabi barpo etildi. Shu maktabning birinchi qaldirg’ochlari Bartolome d’Erbelo de Molenvil (1625–1695) va Fransua de Berne (1620–1688)lar bosh vazir Kolber tomonidan ikki tarafga, birinchisi Vizantiyaga qadar, ikkinchisi Hindistonga qadar bo’lgan sharq mamlakatlariga safarbar etilgan edilar. Bu safar taassurotlari natijasi o’laroq, Bartolome d’Erbeloning “Sharq kutubxonasi” va Bernening “Buyuk mo’g’ullarning so’nggi davlat to’ntarilishi tarixi” kitoblari yuzaga keldi.

Sharq xalqlari hayoti, tarixi va madaniyatini keng yorituvchi Bartolome

d’Erbeloning “Sharq kutubxonasi” (La Bibliotheque orientale) qomusiy kitobi tez orada nafaqat Fransiyada, balki butun yevropada shuhrat qozondi. Mazkur qomusdagi Markaziy Osiyo xalqlari, sohibqiron Amir Temur va uning buyuk imperiyasi, Shohrux va Ulug’bek davlati haqidagi maqolalar bilan bir qatorda, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, al-Xorazmiy, Ibn Rushid kabi buyuk sharq allomalari hayoti va ilmiy faoliyatiga bag’ishlangan sahifalar o’quvchini o’ziga jalb etadi. Qomusda o’zbek mumtoz adabiyotining yirik siymolari Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi xususida ham ilk ma’lumotlar berib o’tilgan edi. Masalan, kitobning 99-sahifasidagi “Alisher” (“Alicher”) nomli maqolada hazrat Navoiy to’g’risida quyidagicha ta’rif keltiriladi: “Alisher, yoki Mir Alisher Navoiy deb atashadi. Bu nom “Ali” va “Sher” so’zlaridan tarkib topgandir… Alisher Xurosonda vazir bo’lib juda katta obro’-e’tibor qozongan. U yirik olim va shirinsuxan shaxs bo’lgan. Hirot shahrida o’zining boy kutubxonasini yaratgan va unga shogirdi tarixchi Xondamirni mutasaddi etib tayinlagan”.

Qomusning 661-sahifasidagi “Navoiy” (“Nevai”) sarlavhasi ostida berilgan maqolada ushbu satrlarni o’qiymiz: “Navoiy, bu Nizomiddin Mir Alisherning taxallusi bo’lib, Amir Temur avlodidan bo’lgan shahzoda Mirzo Sulton Husaynning vaziri edi. Navoiy ham turkiyda, ham forsiyda ajoyib she’rlar yozgan. Uning “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, Saddi Iskandariy” va “Sab’ai sayyor” dostonlari bor. Bundan tashqari, u to’rtta devon yozib qoldirgan. Ular “G’aroyib-us-sig’ar”, “Navodir-ush-shabob”, “Badoyi-ul-vasat”, “Favo-yid-ul-kibar” deb nomlanib, bolalarga, o’smirlarga, o’rta yoshdagi kishilarga va keksalarga atalgandir. Navoiy 906 yoki 912 hijriy yilida vafot etgan”.

Bu maqolada fransuz o’quvchisi ilk da’fa hazrat Navoiy “Xamsa”sidagi dostonlarning, shoir qalamiga mansub to’rtta devonning nomi bilan tanishmoqda. To’g’ri, Bartolome d’Erbelo maqolasida “Xamsa”ning birinchi dostoni “Hayrat-ul-abror” hamda “Xazoyin-ul-maoniy” devonining nomlari tushirib qoldirilgan. Shuningdek, olimning shoir devonlari haqida bildirgan fikrlari ham biryoqlama aytilgan. Shoir vafotini ko’rsatuvchi ikkinchi sana ham to’g’ri keltirilgan. Bu kamchiliklarni hisobga olmaganda, Bartolome d’Erbelo qomusidagi ushbu maqolalar Alisher Navoiy ijodi bilan fransuz jamoatchiligini XVII asrda ilk tanishtirgan manba sifatida qimmatlidir.

XVIII asrga kelib, G’arbiy yevropa, jumladan Fransiyada filooriyentalizm (sharqni sevish va o’rganish) tamoyili fan va madaniyatni feodalizm tajovuzi va diniy jaholatdan himoya qilishda muhim rol o’ynadi. Fransuz ma’rifatparvar adiblari Monteskyo o’zining “Fors maktublari”, Volter “Sharq qissalari”, Didro “Bevafo javohirlar” kabi asarlarida sharqona syujetlarni asosiy maktub qilib oladilar. Bu an’-ana, ayniqsa, Volterning falsafiy qissalarida yaqqol ko’zga tashlanadi. Masalan, sharq folklori, mifologiyasi va adabiyotini yaxshi bilgan yozuvchi, o’zining “Zadig yoki taqdir” (“Zadig ou Destinee”) qissasidagi “It va ot” (“Le chien et le cheval”) bobi mazmunini tabrizlik Xristofor Armaniyning g’arbda mashhur bo’lgan “Sarandip podshosi uch o’g’lining sarguzashtlari” (1557) nomli asaridan olgani o’sha davrda ilmiy jamoatchilikka ma’lum bo’lgan. Qissa nashr qilingandan so’ng, hatto Volterning zamondoshi, tanqidchi Freron adibni ko’chirmachilikda ayblagan ham edi. Sharqshunos ye.E.Bertelsning yozishicha, Xristofor Armaniy ham o’z kitobiga bu syujetni Alisher Navoiyning “Xamsa”siga kiruvchi “Sab’ai sayyor” dostonidagi hikoyatdan erkin tarjima qilib olgan ekan (Bertels ye.E. Navoi. Opыt tvorcheskoy biografii. –M. – L., 1948,s.79).

O’zbek navoiyshunosligida “Sarandib shohining uch yosh o’g’loni ziyorati” nomi bilan tanilgan mazkur asar tabrizlik arman yozuvchisi Xristofor Tabriziy qalamiga mansub deb qaraladi. Bunday qarash sho’rolar davrida bu haqda ilk marta maqola yozgan sharqshunos olim ye.E.Bertels fikri bilan bog’liq. ye.E.Bertelsning “Navoiy va Jomiy” nomli tadqiqotidan o’rin olgan “Navoiy asarlarining G’arbiy yevropa tillariga qilingan qadimgi tarjimalari” nomli maqolasida Alisher Navoiyning “Sab’ai sayyor” asari ta’sirida yaratilgan ikki asar: yuqorida tilga olganimiz “Sarandib shohining uch yosh o’g’loni ziyorati” hamda gruzin yozuvchisi sitsishvilining “Etti sayyora” asarlari haqida ma’lumot beriladi. Xususan, olim birinchi asar “Sarandib shohining uch yosh o’g’loni ziyorati” asariga kengroq to’xtalar ekan, uning muallifi sifatida Xristofor Armani Tabriziy nomini keltirib o’tadi. Bertelsning ma’lumot berishicha, ushbu asar tarjima xarakteriga ega bo’lib, 1557-yilda yaratilgan va 1766-yilgacha, ya’ni 209 yil ichida 11 marta qayta-qayta nashr etilgan.

1557-yilda Venetsiyada Maykl Tramezzino tomonidan italyan tilida nashr etilgan asar muqaddimasida “Sarandibning uch shahzodasi” Muallif mazkur asarni fors tilidagi ertakni italyanchada so’zlab bergan Xristafor Armanodan eshitganlari asosida yozayotganligini aytib ta’kidlab o’tadi.. Ammo hech qayerda Maykl Tramezzino na mualliflar nomi na uning tarjima ekanligini keltiradi. Aytish mumkinki, Maykl Tramezzino asar mullifi yohud mualliflarini yashirishi bilan birga, yuksak mahorat va yangicha g’oyalarga yo’g’irilgan asari egalarining qaysi Sharq allomalari ekanligini yaxshi bilgan. Asarni butunlay o’zlashtirib olganlikda ayblamasliklari uchunmi, nomi xech qaysi manbalarda uchramaydigan Xristofor Armano degani shaxsni kashf etadi. Amerikalik sharqshunos olim Richerd Boyla o’zining “Sarandib shoxining uch o’g’li” asari haqidagi 2000-yilda nashr etilgan ilmiy tadqiqotida “Armano”degan shaxs Tramezzinoning xayoliy tasavvuri mahsuli bo’lishi mumkinligini ta’kidlaydi. Binobarin, boshqa biron bir tarixiy manbalarda bu nom boshqa qayd etilmagan.

G’arb olimlari mazkur asar Xusrav Dehlaviyga tegishli deb taxmin qilsalar, Bertelsning fikricha, kitob ikki mustaqil syujetdan tashkil topgan bo’lib, uning birinchi qismida Sarandib shohining uch o’g’li otalari huzurida yaxshi tarbiya topib, sayohatga otlanganliklari va ko’p sarguzashtlarni boshdan kechirganlari haqida hikoya qilinadi. Shahzodalar yo’qolgan tuyani o’g’irlaganlikda gumon qilinib, ular borib qolgan mamlakat shohi Bahrom Go’rning huzuriga olib kelinadilar va aql-zakovatlari tufayli podshohning ishonchini qozonib, Bahromni o’ldirishni niyat qilgan vazirdan xalos bo’lishiga sabab bo’ladilar. Bertels ushbu syujet Xusrav Dehlaviyning “Hasht behisht” dostonidan olinganligini ta’kidlaydi, darhaqiqat, Dehlaviy dostonidagi birinchi hikoyat voqealari asarning birinchi qismi bilan ko’p jihatdan mos keladiki, biz bu haqda quyiroqda to’xtalib o’tamiz.



Asarning ikkinchi qismi bevosita Bahrom Go’r sarguzashtlari bilan bog’liq. Unda keltirilishicha, o’zining yovuz niyatli vaziridan shahzodalar yordamida xalos bo’lgan Bahrom shahzodalarni o’z xizmatiga oladi. Sal avvalroq Bahrom o’z sevgilisi Diloromni haydab yuborgan va uning firoqida iztirob chekib, xastalanib qolgan edi. Tabiblar uni davolashda ojiz qoladilar. Shunda shahzodalarning maslahati bilan yetti qasr qurib, Bahrom tungi uyqusizligi paytida turli mamlakatlardan kelgan musofirlarning hikoyasini tinglaydi. yettinchi tunda Dilorom haqida xabar topadi. Bertelsning maqolasida keltirilishicha, “Sharq va G’arb” jurnalining noshiri, sharqshunos olim Benfey asarning ikkinchi qismi aynan Nizomiyning “Haft paykar” asaridan olingan degan fikrni bildiradi, zero ushbu qismning Bahrom va uning sarguzashtlari bilan bog’liqligi uning shunday xulosaga kelishiga sabab bo’ladi. Bertels mazkur maqolasida ushbu qismning asl manbasini izlashga harakat qilgan va uning Alisher Navoiyning “Sab’ai sayyor” dostoni bilan bog’lanishi haqidagi ilk mulohazasini bayon qilgan. Bertelsning bu fikri keyinchalik ozarbayjon olimi G’.Aliyev, o’zbek olimlaridan N.Mallayev, N.Komilov, A.Hojiahmedov va boshqalar tomonidan aynan takror tarzda bayon qilindi[1].

Dastavval “Sarandibning uch shahzodasi” asarining umumiy syujetiga qisqacha to’xtalib o’tsak:Sarandib degan mamlakat shohi Ja’farning uch o’g’li bo’lib, shoh ularning bilim yetuk inson bo’lib yetishlari va mamlakatni boshqarish yo’llarini yaxshi egallashlari uchun oroldagi har biri turli sohalarning ustasi bo’lgan mashhur olimlarni ularga ustoz qilib tayinlabdi. Shahzodalar ilmu fan, san’at va adabiyot sohasida hamma bilimlarni egallab, komil shaxs bo’lib voyaga yetibdilar. Ularning ustozlari shahzodalarning komillik cho’qqisini zabt etganliklarini aytganda, shoh unchalik ishonmabdi. U o’z oldiga o’g’illarini chaqirib, bundan buyon davlatni to’ng’ich o’g’il boshqarishi kerakligini, o’zi esa qolgan umrini toat-ibodatda o’tkazmoqchiligini aytadi. Katta o’g’il “Ota sizdagi tajriba va oqillik menda yo’q, umringizning oxirigacha mamlakatni o’zingiz boshqarishingiz kerak” deb kamtarlik bilan javob beradi. O’rtancha va kenja o’g’illar ham akasining gapini takrorlab, shohning taklifini rad etadilar. SHoh o’g’illarining dono va aqlli javoblaridan ta’sirlanadi. Ko’ngli xotirjam tortadi. Biroq ertasi kuni o’g’illari hayotiy tajribani ham orttirib, olgan bilimlarini amaliyotda sinab ko’rishlari uchun, ularni mamlakatdan tashqariga chiqarib yuborishga qaror qiladi. O’g’illarini huzuriga chorlab, mamlakat qirg’oqlarini ko’p yillardan beri xavf solib kelayotgan ajdarlardan ozod qilish uchun sehrli she’r zarur ekanligini va ular ushbu she’rni izlab topishlari lozimligini aytib, shahzodalar 15 kun ichida mamlakatni tark etishlari haqida buyruq beradi. Shoh qarori bilan mamlakatdan chiqib ketgan shahzodalar qudratli imperator Bahrom (Bahrom Go’r)ning mamlakatiga borib qoladilar. Yo’lda bir tuyakashning yo’qolgan tuyasini ko’rmagan bo’lsalar-da, fahmu idrok bilan uning belgilarini aytganlarida, o’g’rilikda gumonlanib, mamlakat podshosi Bahrom huzuriga olib kelinadilar. Bahrom bergan savollariga ziyraklik bilan javob bergan shahzodalarni o’z saroyida mehmon bo’lishga taklif etadi. Ziyofatdan so’ng Bahrom ularga uning saltanatni boshqarishida yordam beradigan – kim yolg’on gapirsa ko’rsatib turadigan adolat oynasi bo’lganligini, uni qo’shni qirollikdagi bokira malika saltanatiga olib ketishganini so’zlab beradi. Va ulardan mamlakatda adolat o’rnatishga yordam beradigan ko’zguni keltirib berishlarini so’raydi. Shahzodalar buning uchun dastavval qirg’oq sohilida paydo bo’lib, qirollik aholisi va hayvonlarni halok qilayotgan bahaybat qo’lni yo’qotishlari kerak edi. Shahzodalarning aql-idroki va tadbirkorligi tufayli, qo’l mahv etilib, malika ko’zguni ularga hadya etadi. Shahzodalar ko’zguni Bahromga qaytarganlarida, shoh chuqur tushkunlik kayfiyatida edi, chunki sal avvalroq Dilorom ismli sevimli kanizagini ovdagi mahoratini maqtab, unga tahsin aytmagani uchun qo’l-oyog’i bog’langan holda sahroda tashlab kelgan, ertasi kuni qilgan ishidan pushaymon yeb, o’rmonga borsa, qizdan nom-nishon topolmagan va bu holatdan qayg’uga botib sevgilisining hajrida xastalanib qolgan edi.

Shohning dardiga chora sifatida katta o’g’il yetti qasr qurdirishni, mazkur

qasrlarga mamlakatning yetti burchagidan ertakchilarni chaqirtirib, har kun bitta qasrda tunab, ularning hikoyalarini eshitib ko’rishni taklif qiladi. Shoh shahzodalarning aytganini qilib, tez orada sog’lig’i tiklana boshlaydi. yettinchi qasrda tunaydigan kun ertakchi unga o’zi va Dilorom haqidagi hikoyani aytib berayotganligini fahmlab qoladi. Ertakchi shohga Dilorom Bahromning qahru g’azabiga qaramasdan hamon uni sevishini aytadi. Bahrom ertasigayoq Diloromga chopar yuborib, uni olib keltiradi.

Shahzodalar o’rmonda birorta iz topa olmagach, Diloromni yovvoyi hayvonlar yeb ketgan degan fikrdan voz kechib, uni kimdir olib ketgan degan taxminga borishgan, shuning uchun mamlakatning turli burchagidan sayyohlarni chaqirtirishni maslahat bergan edi. Shahzodalar o’z yurtiga qaytib boradilar, to’ng’ich o’g’il taxtga o’tiradi, o’rtancha o’g’ilga qo’shni qirollikdagi bokira malika turmushga chiqmoqchi ekanligini aytib, chopar yo’llaydi va ular turmush quradilar. Bir necha yillardan keyin Bahrom qiz ko’rganligini va qiziga kenja shahzodani kuyov qilmoqchi ekanligini aytib noma yo’llaydi. Kenja o’g’il Bahromga kuyov bo’ladi va to’ydan keyin Bahrom vafot etgach, o’sha davlatni boshqaradi.

Asar bilan tanishish jarayonida undagi bir qancha syujetlar Sharq mumtoz adabiyoti ta’sirida vujudga kelganligini kuzatish mumkin. Xususan, Firdavsiyning “Shohnoma”, Xusrav Dehlaviyning “Hasht behisht”, Alisher Navoiyning “Sab’ai sayyor” asarlaridan olingan ko’plab o’rinlar mavjudki, biz dastavval asarning Firdavsiy dostoni bilan aloqador jihatlariga e’tibor qaratmoqchimiz. Ma’lumki, “Shohnoma” asari 100 ga yaqin kichik dostonlardan tarkib topgan bo’lib, undagi qahramonlar keyinchalik Sharq mumtoz adabiyotida ko’plab asarlarning vujudga kelishi uchun asos bo’lgan. Biz tahlil qilayotgan asarda ham shunday ta’sirlanish ko’zga tashlanadi. Unga ko’ra, Bahrom xastalanib yotgan vaqtida, uning yurtidagi odamlar sarandiblik uch shahzodaga Eron yurtiga xavf solayotgan Zahak ismli uch boshli ilon haqida xabar beradilar. Aytishlaricha, bahaybat ilon Damovand tog’idagi zindondan ozod bo’lganmish. U bir necha yillar ilgari ajdodlar tomonidan zindonband etilgan ekan. U o’rmonlar bo’ylab, tog’lar ortidan poytaxt Bishapur tomonga harakatlanib kelayotgan ekan. Akaukalar uning nima uchun kelayotganini so’rashganda, bir dehqon u Bahromni qo’lga kiritmoqchi ekanligini, shuningdek bir necha yil ilgari qo’zg’olon ko’targan Kova ismli temirchining kuchini ham o’ziga tortib olish uchun kelayotganini aytadi. Shahzodalar uni mahv etish usullari haqida so’raganlarida, ularga shunday javob berishadi: “Uning uchta boshini ushlab turgan tirgagi bu uning uchta bo’ynidir. Agar hamma bir yoqadan bosh chiqarsa, Zahakdan qutulish mumkin. Keyin u kuchsizlanadi va uni imperator qushi olib ketadi”[2].

Ushbu syujet va undagi qahramonlar Firdavsiyning “Shohnoma” dostonidagi

“Zahhok va temirchi Kova” dostonini yodga soladi. Unga ko’ra, arab xalqlarida hukmronlik qilgan shoh Mirdosning Zahhok ismli o’g’li bo’lib, u Iblisning hiylasiga uchib, o’z otasini o’ldiradi va taxtga o’tiradi. Iblis oshpaz qiyofasida uning saroyiga ishga kirib, unga taomlar tayyorlab beradi va Iblisning makri bilan Zahhokning yelkasida ilonlar o’sib chiqadi. Iblis ular inson miyasi bilan boqilsagina, tinchlanishi va yo’qolishi mumkinligini aytadi va shu tariqa odam nasli kamaya boradi. Bir kuni Zahhok tush ko’radi: unga ko’ra, uch bahodir ho’kiz boshli gurzisi bilan Zahhokni savalayotgan ekanlar. Ulardan navqironi Zahhokning terisini shilib olib, ikki qo’lini kesib, bog’lab, uni Damovand tog’i tomon sudrayotgan ekan. Uyqudan uyg’ongan Zahhokka mu’badlar tush ta’birini aytib beradilar: Bir kun kelib, Faridun ilonlarga yem bo’lgan otasi Otibinning xuni uchun undan qasos oladi. Darhaqiqat, shunday bo’ladi: Zahhok qancha urinmasin, Faridunni o’ldirishga chog’lanmasin, taqdiridan qutula olmaydi, temirchi Kova esa o’ldirilgan o’g’illarining qoni uchun Zahhokka qarshi qo’zg’olon ko’taradi, pahlavon Faridun uni asir oladi va Damovand tog’iga zindonband qiladi. Ko’rinadiki, “Sarandib shohining uch yosh o’g’loni” asariga kiritilgan ushbu motiv Firdavsiy dostonidagi shu qissadan olingan.

Sharqshunos olim Y.E.Bertels o’zining “Navoiy asarlarining G’arbiy yevropa tillariga qilingan qadimgi tarjimalari” nomli maqolasida “Sarandib shohining uch yosh o’g’loni ziyorati” asari Amir Xusrav Dehlaviyning “Hasht behisht” (“Sakkiz jannat”) tarkibiga kiruvchi bir hikoya zaminida yozilganligini aytadi. Darhaqiqat, uning umumiy qoliplovchi syujeti Dehlaviy dostonidan olingan hikoyatni yodga soladi. Dostonda Bahrom shanba kuni qora gumbaz ostida hind malikasining hikoyatini tinglaydi. Hikoyatning qisqacha mazmunini bayon qilamiz:

Sarandib mamlakati shohining har tomonlama yetuk va barkamol uch o’g’li bo’lib, podshoh ularning har birini alohida huzuriga chaqirib, o’z taxtini taklif qilibdi. Lekin ular ota taxtiga rag’bat bildirmabdilar. Otasi ichida bundan xursand bo’lsa-da, lekin g’azablangan kishi bo’lib, o’g’illarini mamlakatdan haydab yuboribdi. Uch shahzoda boshlari oqqan tomonga yo’l olibdilar. Yo’lda tuyasini yo’qotgan bir kishini uchratibdilar. O’z bilimlari va ziyrakliklari tufayli tuyaning ustida bir homilador ayol va yog’ hamda asal ortilgan xurjun borligini aytibdilar va tuya ketgan tomonga ishora qilibdilar. Tuyaning egasi bu ma’lumotlardan ularni o’g’ri deb gumon qilibdi va podshoh huzuriga olib boribdi. Podshoh ularni zindonga tashlabdi. Ertasi kuni tuya va ayol topilgach, shahzodalarning begunohligi ma’lum bo’libdi va podshoh ulardan uzr so’rab, uch-to’rt kun saroyda mehmon bo’lishlarini iltimos qilibdi. Mehmondorchilik asnosida shahzodalar ularga taom o’rnida tortilgan qo’zichoqning it suti bilan boqilganligini, sharobning qabristonda o’sgan uzumdan tayyorlanganligini va podshohning o’zi ham shoh o’g’li bo’lmay, oshpazning farzandi ekanligini aytibdilar. Hikoyat so’ngida shahzodalar otalari huzuriga qaytib, baxtli hayot kechiribdilar. Ko’rinadiki, “Sarandib shohining uch yosh o’g’loni” ziyorati asari uchun aynan shu hikoyat umumiy qoliplovchi syujet vazifasini o’tagan.

Tabriziyga nisbat berilgan asarning ikkinchi qismi ko’p jihatlari bilan “Sab’ai

sayyor” dostonini yodga soladi. Bu qismning Alisher Navoiy dostoniga qay darajada aloqadorligini bilish uchun xamsanavislar: Nizomiy, Dehlaviy, Ashrafning Bahrom mavzusidagi dostonlari va Navoiyning “Sab’ai sayyor” dostoni syujetlarining ba’zi qirralariga qisqacha to’xtalib o’tsak. Birinchi masala kanizakning ismi bilan bog’liq. Tabriziyga nisbat berilgan asarda kanizakning ismi Dilorom. Nizomiyda Fitna, Ashrafda Bahromning oshiqligi bilan bog’liq sahna, demak kanizak voqeasi yo’q, Dehlaviy va Navoiyda qizning ismi Dilorom. Bu jihatdan asar Dehlaviy va Navoiy asariga yaqinlashadi. Salaflarda, ya’ni Nizomiyda ham, Dehlaviyda ham Diloromning kelib chiqishi, bolalik taqdiri tasvirlanmagan. Navoiy dostonida esa Dilorom xorazmlik sozandaga o’zining asli Chindan ekanligini, bola ekanligida urush vaqtida asir tushib, Xoja uni o’ziga farzand qilib, boqib olganligini, bolaligidanoq dilkash ohang bilan qo’shiq kuylaganligini aytadi:

“Sarandibning uch shahzodasi” asarida ham Diloromning taqdiri Navoiy dostonidagi Diloromga yaqin turadi. Diloromni ilk bor ko’rgan Bahrom uning o’tmishi bilan qiziqib, uning xojasi bo’lmish savdogardan Dilorom haqida so’raganda, u qizni hali bolalik paytidayoq topib, boqib olganini aytadi:

“When I found the child, she was too young to speak, nor growing up, could she remember aught to tell us of her past. Only the tunes she sings suggest she may have heard in her former days some songs we never new” (Three princes of Serendip).


Yüklə 301,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin