Kirish. “Jahon adabiyoti” fanining predmeti va mazmuni



Yüklə 301,15 Kb.
səhifə24/43
tarix02.01.2022
ölçüsü301,15 Kb.
#37316
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   43
Jahon adabiyoti yakuniy

Sa’diy Sheroziy. Mashhur fors-tojik shoiri, adibi va mutafakkiri Muslihiddin Sa’diy Sheroziy nomini eshitmagan, uning jahon so’z san’ati durdonalari qatoridan o’rin olgan «Bo’ston» va «Guliston» asarlaridan bahramand bo’lmagan adabiyot muxlisi topilmasa kerak. Sharq xalqlari orasida Shayx Sa’diy nomi bilan shuhrat qozongan bu donishmand inson 1203-yili Sheroz shahrida tug’ilgan. Otasi Sheroz otabegi Sa’d binni Zangiyning mulozimlaridan bo’lgan. Lekin u10—11 yoshlarida otadan yetim qoladi.

Saroy tomonidan nafaqa tayinlangan bo’lsa-da, oilaning moddiy ahvoli og’ir edi. Mayda savdogarchilik bilan shug’ullangan akasining ham bozori tezda kasod bo’ladi. Shunga qaramay, bilimga chanqoq Muslihiddin boshlang’ich ma’lumotni tug’ilgan shahri Sherozda olgach, tahsilni davom ettirish uchun xalifalik poytaxti, o’sha davrning eng yirik ilm va madaniyat markazi bo’lgan Bag’dodga boradi. Dongdor«Nizomiya» va«Mustansiriya» madrasalarida kalom, fiqh, tafsir ilmlari, arab tili sarf-u nahfi, arab va fors adabiyoti, Sharq falsafasi, tarix, mantiq, tib hamda boshqa tabiiy va aniq fanlarni o’rganadi. Taniqli tasavvuf olimi va faylasuf adib Shahobiddin Suhravardiy hamda yirik ilohiyot allomasi Abulfaraj Abdurahmon ibn Javziy qo’lida tahsil oladi.

XI asrda saljuqiy sultonlardan bir nechtasiga vazirlik qilgan mashhur davlat va jamoat arbobi Nizomulmulk asos solgan «Nizomiya» madrasasi ming talabani o’z bag’riga olsa, «Mustansiriya» kutubxonasida 70 ming jilddan ortiq kitob bo’lgan. Bu ikki ulkan madrasaning musulmon Sharqidagi nufuzini shundan ham bilsa bo’ladi. Talabalar orasida, ayniqsa, zabardast arab shoiri Mutanabbiy she’rlariga qiziqish kuchli edi. Bu mutolaalar keyinchalik Sa’diy ijodiga kuchli ta’sir ko’rsatdi. U bu yerdagi ilmiy- adabiy davralarda faol ishtirok etib, bilimining keng va chuqurligi, dalillarining o’tkir va asosliligi, voizlik iqtidori tufayli hammaning e’tiborini o’ziga jalb qilar va bahsu munozaralarda hamisha g’olib chiqar edi. Madrasani tutatgan Sa’diy olgan bilimlarini amaliyotga qo’llash o’rniga, Sharq mamlakatlari bo’ylab uzoq yillik sayohatga otlanadi. Buni ikki sabab bilan asoslash mumkin:

birinchisi shoirning sayohatga o’chligi, ikkinchisi- mo’g’ullar tasarrufidagi ulkan hududda ilmu ijod uchun osoyishta shart-sharoitning yuqligi. U goh olim va voiz, goh so’fiy va darvesh suratida Eron, Arabiston, Kichik Osiyo, Misr, Xuroson, Sharqiy Turkiston kabi mamlakatlarni ba’zida otu eshak, ba’zan esa poyi piyoda kezib chiqadi. Bu sayohatlar 20 yildan ortiq davom etgan. Sayohat davrida Sa’diyga karvonni qaroqchilardan himoya qilib, muhorabaga kirishiga ham, turli joylardagi madrasa va

qozixonalarda va’z o’qishiga ham, shayxu so’fiylar bilan mubohasa qilishiga ham to’g’ri kelgan. U Hindistonda ham bo’lib, bir muddat butxonada istiqomat qilgan, salibchilarga asir tushib, ularning qal’alarini tuzatish ishlarida qatnashishga majbur bo’lgan. Bu sayohatlar davomnda Sa’diy hayot ilmini chuqur o’rganib, inson fe’lini butun murakkabligi bilan anglab, o’z davrining ko’pni ko’rgan donishmand kishisi bo’lib yetishadi. XIII asrning o’rtalarida Sherozga qaytib kelgan shoir dunyo tashvishlaridan o’zini chetga olib, shahar chekkasidagi shayx Abu Abdulloh Hafif xonaqosida faqirona hayot kechiradi va 1292 yili vafot etadi. U dafn etilgan bog’ va maqbara she’riyat ixlosmandlarining ziyoratgohlaridan biri bo’lib, undan kecha-kunduz shoir muxlislarining qadami arimaydi.

Barcha mashhur kishilar kabi Sa’diy hayoti ham afsona va rivoyatlarga ko’milib kettan. Chunonchi, turli manbalarda shoirning Sharq mamlakatlari bo’ylab sayohati 20 yildan 50 yilgacha davom etgani naql qilinadi. Yoki u juda uzoq102, 108, hatto120 yil umr ko’rgani aytiladi. Go’yo u o’z umrini uch qismga taqsim qilib, 30 yilini ilm tahsili, 30 yilini sayohat, 30 yilini ijodga bag’ishlagan emish. (Ba’zi manbalarda30 o’rniga, 40 raqami tilga olinadi.) Bu taxminlarning barchasi Sa’diyning tarjimai holi haqida yetarli ma’lumot saqlanib qolmaganligidan. Shuning uchun ham shoir ijodining tadqiqotchilari uning tarjimai holini asarlari asosida tiklashga harakat qilganlar. Jumladan, «Bo’ston» va«Guliston» asarlaridagi ba’zi hikoyatlardan kelib chiqib, uning yomon xotinga uchragani, undan bir o’g’il ko’rib, Yamanda bo’lgan vaqtida yolg’iz jigarbandi ham vafot etgani xususida ma’lumot berishadi. Bu haqda«Guliston»da shunday hikoyat keltiriladi:

«Damashqdagi do’stlarimning suhbati jonimga tegib, shahardan bosh olib, Quddusi sharif biyoboniga jo’nadim-da, hayvonlar bilan ulfatlashib, to faranglar qo’liga asir tushgunimcha o’sha yerda yashadim. Meni yahudiylar bilan birga qo’shib, Taroblis xandaqini qazishga olib borib ishlatdilar. Halablik sardorlardan biri men bilan oshna edi, yonimizdan o’ta turib, meni tanib qoldi-da, xitob qildi: «Iye, bu qanday hol?» Men unga: «Nima ham deyman?» deb javob berdim. Ahvolimga achinib, o’n dinor to’lab, asirlikdan xalos etdi va o’zi bilan Halabga olib ketdi. U yerda yuz dinorlik qalin puli bilan qizini menga nikohlab berdi. Oradan sal vaqt o’tgach bilsam, qizi badfe’l, shallaqi va o’jar ekan, tilini zahar qilib, jonimdan bezor eta boshladi. Oxiri bir kun basharamga tik boqib, ta’na-malomatlar bilan dedi: «Sen otam o’n dinor barobariga faranglardan xalos etgan odam emasmisan?» Men javob berdim: «Ha, otang o’n dinor barobariga faranglardan ozod etib, yuz dinor barobariga changalingga topshirgan odam men bo’laman!» «Bo’ston»ning shoir hayoti tafsilotlariga bag’ishlangan qismida esa quyidagi ishoraga duch kelamiz:

Ba San’oduram, tifle andar guzasht,

Chi go’yam k-az onam, chi bar sar guzasht..

Mazmuni: «San’oda musofirligimda bolam dunyodan o’tdi. Boshimdan kechgan hodisalarning qaysi birini aytay?»

Mo’g’ullar istilosidan tashqari, yevropa mamlakatlarining Sharqqa uyushtirgan salib yurishlari ham Sa’diy davriga to’g’ri keladi. Bu hodisalar shoir yashagan zamonning qanchalik murakkab va og’ir bo’lganligini ko’rsatadi. Uning

sayohatlari cho’zilishi, xususan, Arabistonda ko’proq qolib ketishi o’z yurtidagi huddi shu notinchlik, ilmu ijod uchun shart-sharoitning

yo’qligidan bo’lsa kerak.

Fors tojik adabiyotida Sa’diyning maqomi juda yuksak. Xususan, boy hayotiy tajriba asosida yaratgan «Bo’ston» (1257) va«Guliston» (1258) asarlari unga olamshumul shuhrat keltirdi. «Bo’ston» o’n qismdan iborat bo’lib, uning tarkibiy tuzilishi quyidagicha: hamd; na’t; kitobning yozilish sababi; Abu Bakr bin Sa’d bin Zangiy madhi; Sa’d bin Abu Bakr bin Sa’d madhi; birinchi bob — odilligu tadbiru andisha zikrida; ikkinchi bob— ehson zikrida; uchinchi bob— ishqu oshiqligu mastlik zikrida: to’rtinchi bob— tavoze’ zikrida; beshinchi bob — rizo zikrida; oltinchi bob- qanoat zikrida; yettinchi bob tarbiyat olami zikrida; sakkizinchi bob — shukru omonlik zikrida; to’qqizinchi bob— tavba va savob yo’li zikrida; o’ninchi bob— munojot va kitob xotimasi zikrida.

«Bo’ston» kitobiylikdan uzoq bo’lib, u bevosita qaynoq ijtimoiy-siyosiy hayotdan, jonli xalq tilidan suv ichgan, oziqlangan va shuning uchun ham jamiyatning hamma tabaqalariga tushunarli bo’lgan» (A.Hayitmetov). «Guliston» sakkiz bobdan iborat bo’lib, uning tarkibiy tuzilishi quyidagicha: debocha; birinchi bob- podshohlar siyrati zikrida: ikkinchi bob— darveshlar axloqi zikrida; uchinchi bob— qanoat fazilati zikrida; to’rtinchi bob sukut saqlashning foydalari zikrida; beshinchi bob— ishq va yoshlik zikrida; oltinchi bob— qarilik va zaiflik zikrida; yettinchi bob- tarbiyat ta’siri zikrida; sakkizinchi bob— suhbat odobi zikrida.

«Guliston» — fors-tojik didaktik adabiyotining cho’qqisi hisoblaiadi. U«pandu nasihat va odob-axloq kitobi sifatida shuhrat qozongan... Umrining ko’p qismini sayohatlarda o’tkazgan, ko’p xalqlar, millatu elatlar hayotini kuzatgan, turli tabaqa kishilari bilan muloqotda bo’lgan Sa’diy ko’rgan-kechirganlarini, hayotiy tajribasini umumlashtirib, ularni yuksak badiiy shaklda, qisqa-qisqa, ammo g’oyat shirali, ta’sirchan musajja’ nasriy jumlalar va she’riy baytlar bilan ziynatlab, o’ziga xos hikoyatlar to’plamini yaratgan. Ularda donishmand bir hakim insonning zakovati, nasihatlari ham, yengil hazil-mutoyiba, lutfu nuktadonligi ham, his-tuyg’ularga limmo-lim shoirona mahorati ham mujassam. Shu sababli har xil toifadagi, turli tab’li odamlar «Guliston»dan bahra ola biladilar»(N.Komilov).

Sa’diyni g’azal janrining kashshofi va ustodi sifatida ham ulug’lashadi, chunki ungacha forsiy sheriyatning yetakchi janrlari qasida, doston, masnaviy, qit’a va ruboiy edi. Rudakiy, Sanoiy, Xoqoniy, Jamodiddin va Kamoliddin Isfahoniylar ko’plab g’azallar yozgan bo’lsalar-da, ular qasida va qit’a xarakteriga ega bo’lib, o’zaro mustaqil alohida baytlardan g’azal yaratish an’anasini Sa’diy boshlab berdi. U g’azalchilikdagi o’zigacha olib borilgan izlanish va tajribalarni rivojlantirib, g’azalni takomilga yetkazdi, keyin Xusrav Dehlaviy, Hasan Dehlaviy, Xoju Kirmoniy kabi zabardast shoirlar uni yanada taraqqiy ettirib, Hofiz Sheroziyga yetkazdilar, Hofiz esa uni yuksak cho’qqiga olib chiqdi. Sa’diy g’azallari 4 devondan iborat bo’lib, ular «Tayyibot» («Latif g’azallar»). «Badoye’» («Yangi g’azallar»), «Xavotim» («Xotima g’azallar») va

«G’azaliyoti qadim») («Eski g’azallar»)dan iborat.

Sa’diy ikki tilda yoziladigan she’r turi— mulamma’(shiru shakar)ning ham asoschisi hisoblanadi. Arab tilini yaxshi bilganligidan u arabcha misra va baytlarni forsiy bilan uyg’unlashtirib, ushbu shaklni ixtiro qilgan. Keyinchalik forsiy-turkiy ibora va misralar vositasida shiru shakar yozish an’anasi paydo bo’ldi.

Sa’diy tarjeband janrini ham rivojlantirib, baland poyaga ko’tardi. Undan keyin o’tgan shoirlar, hatto Hofiz va Jomiy kabi she’r ustodlari ham bu borada unga ergashdilar. Sa’diy fors-tojik badiiy nasrining ham asoschisi hisoblanadi. Ungacha faqat maktublar, hujjatlar, ilmiy va tasavvufiy asarlar, adabiy xarakterdagi tarixiy lavhalargina nasrda yozilgan. Bundan tashqari, shoirning hayot va inson haqidagi fikrlarining qaymog’ini o’zida jamlagan «Sohibiya» asari, arabcha va forscha qasidalari, qita, ruboiy va fardlari ham mashhur.




Yüklə 301,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin