Kirish. Kimyo o'qitish metodikasi fani, vazifalari


REJA : 1. Yarim yillik va yillik rejalar. 2. Kimyo darslarida noananaviy uslublar. Tayanch iboralar



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə23/61
tarix09.12.2022
ölçüsü1,71 Mb.
#73307
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   61
dokumen.tips 1-mavzu-kirish-kimyo-oqitish-metodikasi-fani-vazifalari

REJA :

1. Yarim yillik va yillik rejalar.


2. Kimyo darslarida noananaviy uslublar.


Tayanch iboralar:
Yarim yillik, yillik rejalar. Ochiq darslar. Sinov, eksperimental, tajriba, ekskursiya, sinfdan tashkari amaliy ishlarni rejalash. Noannaviy darslar, seminar, konferesiya. Didaktik o’yinlar, diskusiya, krosvord, domino, loto, breynring, kimyoviy shashka, viktorina.


Yarim yillik yoki yillik kalendar' reja tuzish.
Yarim yillik yoki yillik rejalar tuzish o'qituvchiga dastur materiallarini to'liq o'tish va berilgan soatlardan to'g'ri foydalanish imkoniyatini beradi, yo'l-yo'riq ko'rsatib turadi. Ko'pincha bu masalalar maorif jurnallarida ko'p yoritiladi. Nazariy uslubiy maqolalarda dasturga kiritilgan o'zgarishlar, ularning sabablari, ba'zi bir qisqartirish va qo'shimchalar, davr talabiga ko'ra e'tibor kuchaytirilishi zarur bo'lgan mavzu va muammolar sharhlab beriladi.
Yosh kimyo o'qituvchisi jurnallarni, metodik qo'llanmalarni muntazam ko'zdan kechirib borishi, undagi maslahatlar asosida dastur materiallari va dars soatlarini to'g'ri taqsimlab ish ko'rsa foydadan xoli bo'lmaydi.
Yillik yoki yarim yillik rejalar tuzayotgan paytda e'tiborni asosan quyidagilarga qaratish zarurligini tavsiya etiladi.
- O'tilganlarni, yangi mavzu bilan bog'lagan holda, muntazam ravishda takrorlab borish;
- yangi mavzuni dars sharoiti, o'quvchilarning bilim saviyasi va fundamentiga, qarab izchil tashkil qilish;
- Ochiq dars mavzularini belgilash;
- Har bir mavzuga oid ko'rgazmali qurollar ro'yxatini tuzish;
- O'quvchilar bilimini aniqlashning usul va uslublarini belgilash;
- Sinov ishlar, eksperimental tajribalar mazmunini, taxminiy vaqtini ko'rsatish;
- Ekskursiya ob'ektlarini va vaqtini belgilash;
- O'quvchilarni ishlab chiqarish amaliyotlariga jalb etish;
- Sinfdan tashqari ishlar. Kundalik xayot va kimyo mavzuidagi suhbatlar;
- Amaliy ishlar mavzulari, vaqti, mazmuni va boshqalar.



Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin