SINFDAN TASHQARI MASHG'ULOTLAR. Sinfdan tashqari mashg'ulotlar, sinfda o'tkaziladigan mashg'ulotlarning aksicha, butunlay ixtiyoriy asosda tashkil etiladi. Sinfdan tashqari mashg'ulotlar o'quvchilarning ixtiyojidan va ijodiy ishga bo'lgan tabiiy intilishidan kelib chiqadi, sinfda o'rganiladigan dastur materialining kamini to'ldirishga emas, balki uni yanada chuqurlatishga qaratilgan bo'ladi, bunda o'quvchilarning mustaqil ish metodlariga tayanish ham kerak. O'qituvchi esa asosan o'quvchilarning tashabbus va ijodiy faoliyatiga yordam berishi kerak. Sinfdan tashqari mashg'ulotlarning uch shakli:guruh bo'lib ishlash, yalpi ishlash va yakka-yakka bo'lib ishlash shakllaridan foydalanish. Guruh bo'lib ishlash shakli-kimyo to'garagi, o'rta maktabda o'tkaziladigan sinfdan tashqari mashg'ulotning asosiy shaklidir. Faqat bir sinf o'quvchilaridan iborat to'garak eng samarali ishlaydi. Yalpi mashg'ulot:kino ko'rsatish, kimyo kechasi, kimyoviy ekskursiyalar, ijodiy konferenziya, olimpiada va hokazo. Yakka-yakka ayrim bolalar uchun olib boriladi.