Mendeleyev: - Aziz Molekula xonim va Atomjonlar1 sizlarni shu yerda ko'rib turganimdan juda xursandman, sizlarni shu yerga chaqirishimdan maqsadim, bir-biringiz bilan tanishtirish, har biringiz bilan alohida suhbat qilishdir. Eng muhimi, sizlarni bir joyga yig'ish edi. Buning uchun men sizlarga atab yetti qavatli imorat soldirdim, har biringiz uchun alohida xona ajratdim. Hozircha hamma atomlar kelganicha yo'q, kelganlar soni 62 ta. Kelmaganlarining manzilgohi noma'lum bo'lgani sababli taklif kog'ozi yobora olmadim, lekin ularga alohida xona qoldirib ketamiz. Bu atomlar topilgach, ularni o'z xonalariga joylashtiramiz, asta-sekin imoratning xonalari to'la boradi. Hamma atomlarni bir joyga to'plab, "Atomlar shaharchasi"ni tashkil qilamiz. (Elementlar yozilmagan holdagi davriy sistemani ko'rsatadi, Davriy sistema yuqoridagi "Atomlar shaharchasi" deb yozilgan bo'ladi, yoki kog'ozdan davriy sistema maketi ko'rsatiladi). Xonalarning bezagi, katta-kichikligi bir xil, shuning uchun berilgan xonadan boshqa xonalarga o'tishlar bo'lmasligi kerak. Uyimizning birinchisiga eng engil va keksa Vodorod atomini joylashtirdim. Keyingi xonalarga atom og'irligini ortishi tartibida joylashtirdim. Har biringiz uchun pasport tayyorlab qo'ydim. (Stol ustidagi pasportlarni ko'rsatadi). pasportga har biringizning kelib chiqishingiz, og'irligingiz, xonangizning nomeri aniq qilib yozilgan.
Masalan: Shaharning birinchi xonasiga joylashgan Vodorod atomining pasportini ko'rsatib o'qib beradi.
Xonasining nomeri - 1. Ismi Vodorod
Belgisi H
Massasi 1, 008
Vodorodga pasport va xonasi kalitini berib, joylashtiradi. Shu tartibda bir nechta atomlarga pasport va xona kalitlarini tarqatadi. (Atomlar bir-birini tabriklab, qarsaklar chalib turadi. )
-Atomjonlar! Sizlar endi xonalaringizga joylashib, damlaringizni olinglar. Men sizlarni navbat bilan chaqirib, suhbatlashaman.
Atomjon xafa bo'lib, Mendeleyevdan so'raydi. - Men onam bilan shuncha yil birga yashab, o'rganib qolganman, endi onam qayerda yashaydi?
Mendeleyev: - Molekula xonimni alohida mehmonxonaga joylashtiramiz. Sen ularni vaqti-vaqti bilan borib ko'rib turishing mumkin,- deb tushuntiradi.
Ona-bola samimiy xayrlashib, tarqalishadi. Atomlar (elementlar) o'z pasportlari, xona kalitlarini olib joylashib olishadilar. Shunday qilib D.I.Mendeleyev "Kimyoviy elementlarning davriy sistemasi" - "Atomlar shaharchasi"ni tashkil etdilar. Kimyoviy elementlar tilga kirganda: (kimyoviy elementlar belgilari yozilgan o'quvchilar elementlar nomidan tilga kiradilar).
Temir.
Elementlar mamlakatidan,
So'zlab berar bu sirli jadval.
Unda ko'pdir metalloidlar,
Hammasidan o'zimiz afzal
Kaliy
Maqtanchoqdir metalloidlar,
Quruq savlat to'kishib turar.
Juda ham oz aktiv nometal,
Qolganlari ivirsib yorar.
Natriy
Oltingugurt hamda kremniy,
Fosfor-bari qatorma-qator.
Endi men ham ishonamanki,
Mening joyim uchinchi qator.
Kumush
Eshitdim platina ovozi,
Hozir kelar shohlarning-shohi.
Joylaringga turinglar tezroq
(sahnaga oltin, platina, mis kiradi).
Oltin (shoh)
Do'stlar kengash boshlaymiz hozir,
Yig'ilgandir barcha metallar?
Kumush.
Argentumman-oyning metali,
Shunday degan kishilar meni.
Tovlanaman chiroyim go'zal,
Tanga kabi, xohlagan shaklim.
Sizga kosa, qoshig'u, soat.
O'tkazgichlar kerakdir balki.
Xohlasangiz bo'lay o'tkazgich,
Tok oqimi o'tsin tanamdan.
Yozingizni agar ko'rsangiz,
Foydalaning kumush oynamdan.
Platina.
Aziz do'stlar, aziz metallar,
Tanishamiz siz bilan bugun.
So'zlasangiz barin mufassal,
Yozajakmiz daftarga bugun.
(Daftarni ko'rsatadi).
Oltin.
Shubha yo'qki planetada,
Metallarga menman hukmdor.
Meni kuylab yozuvchilar ham,
Yozganlar-ku juda ko'p doston.
Toblanaman, nur sochaman,
Quyosh kabi, men ham o'zimdan.
Kerakligim, qimmatligimni
Bilib oling ushbu so'zimdan.
Platina.
Taklif tushdi azizlar, bizga,
Uglerodni so'zin tinglasak.
Uyalmasdan uglerod og'a
So'zlangiz, deb beramiz istak.
Mis.
Bundan rosa 5000 yil avval,
Topishgandir meni Misrdan.
Men o'xshayman go'zal oltinga,
Shuning uchun juda xursandman.
Men ishlamay qolgan sohalar,
Yo'qdir aslo qadimdan beri.
Menda bordir, tiniq musaffo,
Sohibjamol Venera nuri.
Axir meni qadim zamondan,
Ishlatishgan yasashib qurol.
Men tanamdan elektr tokin,
O'tkazaman yaxshi va darhol.
Menga osmiy juda ishonar,
Qotishmamdan yasashar medal'.
Temir.
8-gruppa joyim, uy nomerim 26
Kobal't, nikel' bilan yashaymiz.
Dargohimiz temir tom, osti,
Sanoat xam mendan minnatdor.
Domna pechdan meni oladi,
Cho'yan, po'lat qatorma-qator.
Men bo'laman o'tkazgich rele,
Haroratim juda ham katta.
Mustaqillik qurish ishida,
Mashinalar juda bo'lar soz.
Stanok va traktor yasa,
GES larni qur, yasa parovoz.
Mening nomim janobi temir,
Elga nafim ko'pdir juda ham.
Nima desang tayyordir shuncha,
Buyurganing tayyorlayman xush.
Uglerod.
Mayli do'stlar! Aslida meni,
Uchratasiz uch xilda xolos.
er jinsiman nomim ham uch xil,
Uglerod, ham grafit, olmos.
Men to'rtinchi gruppadanman,
Mendan keyin qo'rg'oshin turar.
Juda ko'plar meni maqtashar,
er yozida bo'lsam hamki oz.
Maqtov menga juda yarashar,
Maqtasalar hech qilmayman noz.
Juda qadim zamondan,
Qimmatbaho kremniy kabi,
Ishlatishdi ko'plab insonlar.
Qadrim katta sanoatda ham,
Maqtashadi doimo meni.
Neftda ham, havo, gazlarda,
Ishg'ol etdim samo ko'ksini,
Shuning uchun amalim katta.
Oltindan ham qimmatlidir olmos,
O'rinlidir so'zim, albatta.
Mansabim ham podsholarga xos.
Oltin.
Bemazalik, qanday surbetlik,
Obro'yimni to'kdi, la'nati.
Narhimni u bilmaydi-a?
Men emasmi, xalqning davlati?
Qarab tursin ertalabgacha,
Poroshok qilib tashlayman uni.
Topgan edi savdogar Brandt.
Brandt oldin kambag'al edi,
Meni topib bo'ldi Badavlat.
Qizdirdi u karbamit tuzini,
Natijada havo qisildi.
Yorug'lik ham paydo bo'ldi-a,
Issiq emas, sovuq qizardi.
Sovuq o'tdi Brandt stolida,
Pul, Oltinga boyidi rosa.
Azot bilan yaqin o'rtoqmiz,
Bu xosiyat bizlarga xosdir.
Mensiz hayot bo'lmaydi aslo,
Nur sochaman, meni Greklar.
Shunday debon atashgan edi.
Qorong'uda men chiroq kabi,
Nurlannish-xossam ham shudir.
Ftor.
Qiyinchilik kechirib do'stlar,
Meni axir istab topdilar.
Zaharimdan o'lib ko'p inson,
Ochiq go'rga tomon chopdilar.
Aka-uka Nakslar axir,
Zaxarimdan o'lganning ko'pi.
Beparvo-yo, bebosh edilar,
Metallarni oksidlab doim,
Reaksiya qilishim mumkin.
Qo'rqib turar mendan podshoham,
Undan doim kelaman ustun.
Sendan aslo cho'chimayman men,
Tojingni ham olib qo'yaman.
Bag'ringdagi elektronni,
Xazinamga solib qo'yaman.
Oltinliging qolmaydi uncha,
To'la-yo, nur qocha olmaysan.
Yo'qotasan elektronni,
Farqing qolmas oltin iondan.
Oltinni ham jazolab hozir,
Ko'rsataman eksperiment.
Oltin bugun shohlik stuldan,
Bo'yin egib xayrlashadi.
Qani darhol keltiring olov
Kirishamiz reaksiyaga.
Nega turar oltin boshqacha,
Hamma bilan yursin bir safda.
Ishlatilsin xalq uchun doim,
Texnikada, ilmiy maktabda.
(Sahnaga elementlarni kutib olgan yigit chiqadi)
- Birinchi xonadon sohibi Vodorod! - Sizni ustoz D.I.Mendeleyev o'z huzurlariga chaqirmoqda. (Vodorod chiqib ketadi).
Boshlovchi yakunlovchi so'z aytadi:Shunday qilib, 1869 yili ulug' ustoz, kimyo fanining asoschisi D.I.Mendeleyev 62 element ishtirokida, mana shu qarshingizdagi "kimyoviy elementlar davriy sistemasi"ni yaratdilar. Hozirgi kunda fan va texnikaning keskin taraqqiyoti natijasida kimyoviy elementlar, ularning oksidlari, asoslari, kislota va tuzlari barcha sohalarda ishlatilib kelmoqda.