KIMYO HAFTALIGI. Kimyo haftaligini o'tkazishda har bir o'quvchi o'z qobiliyatiga qarab, tayyorgarlik olib boradi. Haftalikda faol qatnashib, o'z bilimi, qobiliyatini namoyish qilgan o'quvchining kimyo faniga bo'lgan mehri yanada ortadi. Kimyo haftaligini turli sanalarga, olimlarning tavallud kunlariga, kimyogarlar kuniga, guruh elementlariga bag'ishlab o'tkazish mumkin.
Masalan: D.I.Mendeleyev tavalludiga bag'ishlab o'tkaziladigan haftalikni quyidagicha rejalashtirish mumkin. Haftaning birinchi kuni "qiziqarli kimyo kechasi" o'tkazish uchun viktorina savollari, krossvord, qiziqarli topishmoq, masalalar, didaktik o'yin namunalari e'lon qilinadi. Bunga o'quvchilar puxta tayyorgarlik ko'radilar.
Ikkinchi kun. Kechaga atalgan devoriy ro'znomalar, referatlar, al'bomlar, olimlar ishlari tasvirlangan al'bomlar, ko'rgazmalar, didaktik materiallar ko'rgazmasi o'tkaziladi. O'quvchilarning o'qituvchi rahbarligida olib borilgan, tayyorlangan ko'rgazmalari hakamlar hay'ati tomonidan baholanadi.
Uchinchi kun. 8 sinf o'quvchilari ishtirokida "Atomjon va D.I.Mendeleyev davriy sistemasi" mavzusida sahna ko'rinishini namoyish qilinadi. Sahna ko'rinishi bilan D. I. Mendeleyev davriy sistemasining yaratilishi namoyish etiladi.
To'rtinchi kun. "Mo''jizalar olamiga sayohat" deb nomlanadi. Tadbirni 9 sinf o'quvchilari olib boradilar. Kecha boshlanishida D. I. Mendeleeev hayoti va ijodi yoritiladi va Mendeleyevni sahnaga taklif etib kecha boshlanadi:
1. Sahna ko'rinishi. Mo''jizalar olamiga sayohat . Kimyoviy elementlar tilga kirganda. Davraga 2 ta boshlovchi va 9 element: vodorod, kislorod, oltin, fosfor, kripton, ftor, natriy, lantan, ruh chiqib she'rlar orqali gapiradilar.
2. Qiziqarli tajribalar o'tkazish:
a) Bir idishdan oddiy va anor suvi olish.
b) Ko'rinmas rassom .
v) Olov sochuvchi ajdar.
g) Yonmas ro'molcha.
3. Intermediya "imtihon" kecha so'ngida Mendeleyevga so'z beriladi. Mendeleyev elementlar ismidan so'zlagan o'quvchilarga tomoshabinlarga, barcha kimyo fanini sevuvchi o'quvchilarga minnatdorchilik bildiradi.
Beshinchi kun: 10-11 sinflar orasida "O'yla, izla, top!" tanlovi o'tkaziladi. tanlov savollari fanlar hamkorligiga, kimyoning kelajagi, yutuqlariga moslab tuziladi.
Oltinchi kun: Hafta davomida olib borilgan tadbirlarga yakun yasaladi. Haftalikda faol ishtirok etgan o'quvchilar esdalik sovg'alar bilan mukofotlanadi.
8 sinfda "Breyring-yumoloq stol" kechasi o'tkazish.
Bu kechani o'tkazishda ham ikkita komanda tuziladi ular 8 tadan bo'lishi mumkin. Kechani olib boruvchi tomonidan ularga quyidagi savollar beriladi (javobi berilgan).
1. Kimyoviy tajribalarda eng ko'p ishlatiladigan asbobning nomini bilasizmi? (Probirka)
2. Kerosinni suvga va boshqa moddalarga aylantirib bo'ladimi? (Kerosin yondirilsa suv bug'iga va karbonat angidridiga aylanadi).
3. Qaysi elementning nomi yerning lotincha nomiga, qaysi elementning nomi oyning grekcha nomiga to'g'ri keladi? (Tellurning nomi lotincha tellus - yer, selenning nomi grekcha selens - oy nomiga to'g'ri keladi).
4. Birinchi o'zbek ayol-kimyogar kim? (Zarifa Saidnosirova).
5. Mis chaqaning sirtini qanday qilib oqartirish mumkin? (Mis chaqa sirtidagi kirni ketkazish uchun u xlorid kislota bilan xo'llangan, so'ngra ustiga simob (II)oksid tomizilsa mis ustiga simob o'tirib qoladi va chaqa oq yaltiroq kumushga aylanadi).
6. Hidsiz kislorod gaziga hech narsa qo'shmay turib, uni qanday qilib hidli qilish mumkin? (Ozonator orqali o'tkazilgan kislorod ozonga aylanadi. Ozonning o'ziga xos hidi bor).
7. Distillangan suv nima sababdan ichish uchun yaroqsiz hisoblanadi? (Ichishga iste'mol qilinadigan suvlar tarkibida inson hayoti uchun zarur bo'lgan ancha miqdor tuzlar erigan holda bo'ladi kimyoviy toza suvda bunday tuzlar bo'lmaydi).
8. Dunyoda eng yengil suyuqlik nima? (Bu vodoroddir -2530 suyuq xolga o'tadi suyoq vodorodning solishtirma og'irligi 0,0692 ga teng bo'lib, suvdan 14,5 marta yengil).
9. Tomoshabinlarga. Eng yengil va eng og'ir metallar qaysilar? (Eng yengil metall litiy bo'lib uning solishtirma og'irligi 0, 53ga teng. Eng og'ir metall osmiy bo'lib uning solishtirma og'irligi 22, 5 ga teng).
10. Nima qilinsa qor yonadi? (Buning uchun qorga bir bo'lak kalsiy karbidni ko'mib qo'yib gugurt chaqilsa qor ustida dudli alanga paydo bo'ladi, bunda qor emas balki azetilen yonadi).
11. Kimyogarlarning qaysi nuqtai nazardan oltin, kumush, platinani yomon metallar degani to'g'ri. (Bu metallar noaktiv metallar reaksiyaga qiyin kirishadigan bo'lgani uchun yomon metallar deyiladi).
12. Qaysi modda kimyoning sanoat noni deyiladi? (Kimyo sanoatining barcha sohalarida sul'fat kislota ishlatilganligi uchun kimyo sanoatining "noni" deb ataladi).