Kirish. Kimyo o'qitish metodikasi fani, vazifalari


G'isht ishlab chiqarish zavodiga ekskursiya taxminiy rejasi



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə33/61
tarix09.12.2022
ölçüsü1,71 Mb.
#73307
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   61
dokumen.tips 1-mavzu-kirish-kimyo-oqitish-metodikasi-fani-vazifalari

G'isht ishlab chiqarish zavodiga ekskursiya taxminiy rejasi.
1. Zavodning ochilish tarixi.
2. Xom-ashyoni olinishi va zavodga qabul qilishi.
3. G'isht tayyorlash qoliplari va ularni ishlanishi.
4. Qo'l mehnati va mexanizatsiyalash.
5. G'sht pishirish pechlari va ishlash prinsiplari.
6. Ishlab chiqarish unumdorligi.
7. G'ishtga bo'lgan aholining talablari.


Mineral o'g'itlar omboriga ekskursiya taxminiy rejasi.
1. Mineral o'g'itlarning turlari.
2. Mineral o'g'itlarning saqlash usullari.
3. Mineral o'g'itlarni dalalarga tashish ishlari uyoshqoqligi.
4. Mineral o'g'itlarni saqlash texnikasi.
5. Ombor atrofidagi ekologik muhitning ahvolini aniqlash va kuzatish.
O'qituvchi ekskursiya rejasini o'quvchilarga o'qib eshittirib, ishlab chiqarishdagi kimyoviy jaroyonning mohiyatini tushuntiradi. Agarda sinfda 26 ta o'quvchi bo'lsa, ikki guruhga bo'linadi. Birinchi guruhni ishlab chiqarishdagi laborant boshqaradi, ikkinchi guruhni o'qituvchining o'zi boshqaradi.
Uchqo'rg'on shahar 4-maktabning 10-sinf o'quvchilarining kimyodan yog' ishlab chiqarish zavodiga qilgan ekskursiyasi misol qilib keltiramiz. Kimyo o'qituvchisi G. Qo'chqorova zavodga borib, uni diqqat bilan ko'rib chiqdilar va ishlab chiqarishning dasturda ko'rsatilgan material bilan eng ko'p bog'liq bo'lgan, o'rganilganda ta'lim tarbiya ishining sifatini oshiradigan ob'ektlarni tanlaydi. O'qituvchi nazariy jihatdan tayyorgarlik ko'rdi: "O'simlik yog'larini ishlab chiqarish texnologiyasi", "Masloekstraksionnoe proizvodstvo" degan kitoblarni o'qidi. ekskursiyani quyidagi reja asosida o'tkazishga qaror qildi.

1. Texnika xavfsizligi bilan tanishish.


2. Zavodning qisqacha tarixi bilan tanishish.
3. Yog' olinadigan xom-ashyolar, xom-ashyolarni qayta ishlash.
4. Chigit va boshqa yog'li urug'larning po'chog'ini ajratish.
5. Yog' olish.
6. Presslash va ekstrakziyalash sexlari.
7. Sovun ishlab chiqarish sexi.
O'qituvchi oldindan o'tkazgan suhbatda ekskursiyaning ahamiyati va maqsadini aytib berdi, o'quvchilarni ekskursiya marshruti bilan tanishtirdi, hamma o'quvchilarni (26 kishi) yettita zvenoga bo'ldi va har qaysi zvenoga muayyan topshiriq berdi.
Ekskursiyaga maxsus konferenziyada yakun yasaldi. Ekskursiya vaqtida to'plangan barcha masalalar ko'rgazmasi konferenziyaga tayyorlab qo'yildi. Konferenziyaga Jo'raev V., Jambulova Sh., Oxunov E. zavod tarixiga oid referat yozdilar. Mirzaabdullaeva Z., Isomboeva M. chigitdan yog' olish protsesslari yoritilgan al'bom tayyorladilar, Ergasheva K., Jo'raeva D., Xo'jaqulova G. zavodda ishlab chiqarilgan mahsulotlardan namuna olib, stend tayyorlashdi, Adashev B., Sayfullaev T. ekskursiya davri yoritilgan fotostend tayyorlashdi.
Konferenziyaga zavod vakillari, shahardagi maktablarning kimyo o'qituvchilari va metodistlari qatnashdilar. Konferensiya quyidagi reja asosida o'tkazildi:
1. O'qituvchini kirish so'zi.
2. O'quvchilarning hisobotlari.
3. Zavod vakilining so'zga chiqishi.
4. Tashkiliy qism.


Noan'anaviy uslubda to'garak mashg'uloti o'tish tajribasidan.
Mashg'ulotning ta'limiy va tarbiyaviy maqsadi: suhbat va sahnalashtirilgan ko'rinishlar bilan "D. I. Mendeleyev davriy sistemasi"ni yaratilishini o'quvchilarga ilmiy yoritib berish.
Mashg'ulot jihozi: kimyoviy elementlar belgilarini taqib olgan o'quvchilar, davriy sistema.
Mashg'ulotning borishi. Reja:
1. Atomning tuzilishi.
2. Atom - M. V. Lomonosov huzurida.
3. Atomlar shaharchasi.
4. Kimyoviy elementlar tilga kirganda.
5. Xulosa.
Sahnaga boshlovchi chiqib, so'z boshlaydi: Qadim o'tgan zamonda, Yunoniston tomonda molekulalar xonadonida quvonchli voqea bo'ldi. Oilada farzand tug'ildi. Oila a'zolarining quvonchi cheksiz. Quvonmay bo'ladimi axir, oilada farzand tug'ilsa? Rasm-rusumlarga ko'ra unga ism qo'yish, o'qimishli, nomdor, dono kishilarga tushadi. Shunday faxrli ish taniqli olim Demokritga nasib etdi. Olim chaqaloqni qo'liga oldi-yo, hayratdan qotib qoldi. U o'ta mitti, ko'rimsiz bo'lishiga qaramasdan, ancha harakatchan, sho'x ko'rinar, nuqul og'zini ochib, gapirishga harakat qilardi. Murg'akni qo'lidan ko'p ishlar kelishini sezgan olim unga "boshing toshdan bo'lsin", -deb "Atom", ya'ni "bo'linmas" - deb ism qo'yadi.
Atomjonning tez orada tili chiqib, Demokrit bilan tez-tez suhbatlashib turdi. Oradan 100 yil o'tdi, bu orada Demokrit olamdan o'tdi. Atomjon anchagina ulg'aydi. Kunlarning birida Demokritning vatandoshi Epikur Atomjon bilan uchrashib qoladi va ulardan xabar olib turadi. Atomjon onasi "Molekula xola" bilan anchagina og'ir kun kechiradilar, chunki atomni tan olmagan ashaddiy dushmanlardan biri "shayton" edi. Shaytondan qutulish maqsadida atomjon onasi molekula bilan o'z Vatanini, tug'ilib o'sgan joyini tashlab, savdogarlarga yalinib, Rossiyaga kelib qoladilar. Ona-bolani Rossiyaga kelib qolganini eshitgan M. Lomonosov savdogardan ularni sotib oladi va uyiga olib borib, o'zini tanishtiradi:
Sizlarni ancha vaqtdan beri qidiraman. Mana nihoyat sizlarni ko'rishga, suhbatlashishga muyassar bo'ldim. Demokrit, Epikur, amakilarni yaxshi bilasan. Ular-senday atomlarni tarbiyalab, dunyoga tanitgan olimlar. Bu yerda ham seni ko'pgina qarindoshlaring bor, ular bilan seni tanishtiraman. Men sening qarindoshlaring to'g'risida kitob yozganman, ularning ismlari - korpuskula va elementlardir (Atomjon hayron bo'ladi). Sen hayron bo'lma! Element - sening noming, korpuskula esa onangni nomiga o'xshash, nomlaring boshqacha bo'lgani bilan ma'nosi bir xil. Sen bilan onangning tabiati bir xil, boshqa atomlarning tabiati boshqacha bo'ladi,-deb tushuntiradi. Lomonosov Atomjonga yangi nomini, unga o'xshash atomlarning ko'p ekanligini, ularning ham o'z oilasi borligini, ularning barchasini to'plash kerakligini, bu elementlar odamlarga katta foyda keltirishini tushuntiradi. Shu tariqa Atomjon va molekula xola Lomonosov xonadonida hayot kechira boshlaydilar. Atomjon Lomonosovdan: "Shayton nega bizlarni ta'qib qiladi?",- deb so'raydi. Shunda o'qishni, yozishni biladiganlardan ko'ra bilmaydiganlar ko'pligini, ular "Shayton"ning gapiga kirib, atomlarni tan olmasligini, vaqtlar kelib, hammaning savodi chiqadi, seni tanishib, sening mavjudligingdan faxrlanadilar deb tushuntiradi. Kunlarning birida ularga xat keladi. (Ona kiyimidagi Molekula va kichkinagina bola kiyimidagi. Atomjon sahnaga chiqadi)

-O'g'lim, senga xat keldi.


-Kimdan ekan, o'qidingizmi?
-Yo'q.
Atomjon xatni qo'liga olib, notanish odam ismini o'qib hayron bo'ladi. Dmitriy Ivanovich Mendeleyev... - Onajon, bizni D. I. Mendeleyev degan odam mehmonga chaqiryapti. "Molekula xola" va jajji "Atomjon" yo'lga tushib, mehmonga borishadi. Manzilgoh ko'rsatilgan joyda karnay-surnay ovozi yangrar va katta tantana ekanligi sezilib turardi. Kelgan mehmonlarni oppoq soqolli mo'ysafid kutib olayotgan edi.
-Kelinglar! Atomjon-u, Molekula xonim! Yuqoriga o'tinglar, marhamat azizlarim,- deb iliq kutib oladi. Ular kirib kelganida katta xona to'lgan, o'tirganlar deyarli bir-biriga o'xshash, lekin bir-birini tanimas edilar. Bir yigit turib, o'tirganlarga qarab so'z boshlaydi.
-Hurmatli, aziz mehmonlar! Sizlarni bu yerga chaqirganimizning sababini ustozimiz D. I. Mendeleyev so'zlab beradilar,- deb Mendeleyevga so'z berdi.

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin