Tekshiruv savollari: 1. Dunyoviy fanlarning rivijlanishdagi ahamiyati.
2. Materializm, idealizm, vitalizm, ateizm va boshqa dunyoviy yo’nalishlarni sharhlang.
3. Fanlar orqali millatparvarlik, vatanparvarlikni yoriting.
4. Ma’naviyat va ma’rifatni sharhlashda o’zbek olimlarini misol keltiring.
Adabiyotlar: 1. I. N. Borisov. Kimyo o’qitish metodikasi. T. 1966y.
2. Yosh ximik ensiklopedik lugat. T. 1990y.
3. Yu. V. Pletner, V. Polosin. Kimyo o’qitish metodikasidan praktikum. T. 1981y.
4-MAVZU: dasturlar. asosiy va qo’shimcha materiallar.
REJA:
1. Kimyo dasturlari tarixidan
2. Asosiy va qo’shimcha materiallar
3. Davlat dasturlari tarixi. Hozirgi holat.
Revolyutsiyadan so'ng darslar dastursiz o'tqazilgan. 1920 yilda Lebedev (Moskva ) va Verxovskiy(Sankt-Peterburg)lar tomonidan taxminiy umumdavlat dasturlari taklif etilgan. Ikkala dasturlarda ham ayrim kamchiliklar bo'lgan. 1923 yild "GUS" (davlat o'quv kengashi) dasturi tasdiqlangan, uning bir qismi kimyodan iborat bo'lgan. 1932 yilda stabil kimyodan dastur tasdiqlandi, unda kimyo faninning o'quv materiali yilda bajariladigan o'quv soatlari va ular o'quvchilarning bilim ola olish saviyasiga qarab joylashtirildi va shuning natijasida o'quvchilarga yetkaziladigan aniq-ravshan bilimlar doirasi belgilandi. 1932 yilda V. Verxovskiy, L. Smorgonskiy, O. Gol'dfarb tomonidan "Anorganik kimyo"dan birinchi stabil darslik chop etildi. Shundan keyingi davrlarda O'zbekistonda sobiq Ittifoq tasdiqlagan dasturlar asosida darslar o'tqazildi. Mustaqil respublikamizda dunyo yangiliklarini hisobga olib, kimyo dasturlari qaytadan qarab chiqildi va o'shalarni hisobga olib, yangi 7-11 sinflarga mos dastur tasdiqlandi, bu esa o'z navbatida yangi darsliklar yozilishi va chop etilishiga sababchi bo'ldi. Dastur tuzayotganda asosiy e'tibor moddalarning xossalari va bu moddalar bilan bo'ladigan o'zgarishlarni izohlashga qaratilgandir. Moddalar bilan bo'ladigan o'zgarishlar esa shu moddalarning tuzilishi va uni aks ettirishda atom-molekulyar ta'limot asos ekanligiga asoslangandir. Kimyoviy tushunchalar kimyoviy elementlarni xarakterlaydigan ko'pgina konkret materialni o'z ichiga oladi. Atom-molekulyar ta'limot hamda kimyoviy elementlar va ularning eng muhim birikmalari to'g'risidagi ta'limotni hozirda D. Mendeleyevning davriy qonuni va davriy sistemasisiz tasavvur qilib bo'lmaydi uni kimyo dasturining asosi qilib tanlangandir. Kimyo asoslarini tushuntirishda eng muhim moddalar suv, xavo, temir, alyuminiy, mineral o'g'itlar, ko'pgina har kunlik hayotda qo'llaniladigan moddalar asos qilib olingan, hamda ularni tushuntirishda boshqa fanlar ahamiyati ham ko'rsatilgandir.
Dasturdagi asosiy va qo'shimcha materiallar. O'rta maktabda tipik elementlar, ularning tipik birikmalari va ular orasidagi tipik munosabatlar o'rganiladi. Kichik davrlar va asosiy gruppachalar elementlarining xossalari o'rganilishidagi qonuniyatlar asosiy materialdir, katta davrlar va qo'shimcha gruppachalardagi elementlar xossalarining o'zgarish qonuniyatlari esa qo'shimcha material hisoblanadi.
Asosiy material sifatida atom va molekula (elektron, proton, atom yadrosi, ion, valent elektron), elektrolitik dissoziaziya, almashinish va neytrallanish reaksiyasi, elektroliz, sul'fat kislota, selitra, kaliy xlorid, ammiak va boshqalar qaraladi.
Kimyo kursidagi asosiy materialning hajmini juda aniq belgilash zarurati qo'shimcha materialning ahamiyatini zarracha ham kamsitmaydi. Kimyoni yaxshi o'zlashtirishda qo'shimcha material katta rol' o'ynaydi. O'quvchilar uchun asosiy material qat'iyan majburiydir va uni o'quvchi yaxshi o'zlashtirishi kerak. Qo'shimcha material o'quvchi uchun majburiy emas, o'quvchilar bu material to'g'risida eng umumiy tushunchaga ega bo'lishlari kerak.
Dasturda ko'rsatilgan umumdavlat bilimlar va o'quvchi uchun uning minimumi, shuningdek kimyodan o'tqaziladigan laboratoriya ishlari va amaliy ishlar ro'yxati xuddi boshqa fanlardagiday qat'iyan majburiydir va u tegishli tashkilotlar tomonidan vaqti-vaqtida tekshiriladi. Dasturlar 1921-1949 yillarda 7-10 sinflar uchun yagona bo'lgan. 1949-1950 yillardan boshlab 7-sinf hamda 8-10 sinf uchun aloxida yozilgan, bunda 7-sinfda kirish qismi, qolgan sinflarda asosiy kimyo bilimlari berilgan. 1949-50 o'quv yiligacha bo'lgan dastur va shu yildan boshlab ishlatiladigan dasturdagi mavzular quyidagicha berilgan: