LOTIN ALIFBOSI-ASOSIDAGI YANGI O'ZBEK YOZUVINI O'RGANAMIZ deb nomlanadi
Biz har darsimizda shu yozuvga bir necha soniya vaqt ajratamiz, O'quvchilar doskaga chiqib, kislotalarning nomlarini yozadilar.
HCl - xlorid kislota
H2SO4 - sulfat kislota
HNO3 - nitrat kislota
H2SiO3 - silikat kislota
H2CO3 - karbonat kislota
H3PO4 - ortofosfat kislota
Sahifani e'lon qilishda davom etamiz.
15-sahifa.
G'oliblarni tabriklash. So'nggi sahifamizda saylangan hakimlardan test savollarining natijalarini va og'zaki javoblariga qo'yilgan baholarni umumlashtirib e'lon qilinadi. Dars davomida ishtirok etgan barcha o'quvchilar baholanadi.
16-sahifa.
Uyga vazifa. "Asoslar" mavzusini takrorlash.
Tekshiruv savollari:
1. O’qituvchilar yillik va yarim yillik rejalar tuzganda nimaga asoslenib tuzishi kerak.
2. Rejalaganda sinfda va sinfdan tashqari ishlarni oldindan rejalashtirishga misol keltiting.
Adabiyotlar:
1. I. N. Borisov. Kimyo o’qitish metodikasi. T. 1966y
2. O. Xudoyqulova. Kimyo fani o’qituvchilari uchun uslubiy tavsiyalar tuplami. NVO’MOI, N, 1996y
3. Yu. V. Pletner. V. S. Polosin. Ximiya o’qitish metodikasidan praktikum. N, 1981y.
8-MAVZU: Fakul'tativ darslar.
REJA:
1. Fakultativ darslar shakllari, rejalash, o’tqazish.
2. Sinfdan tashqari mashg’ulotlar. Ekskursiya, to’garak’stol o’yinlari, kimyoviy haftalik.
Tayanch iboralar:
Fakultativ darslar tiplari. Maxsus fakul’tativ kurslar. Yakka, guruh va umumiy dars o’tqazish tiplari. Ekskursia darsi, to’garak, kimyoviy haftalik o’tqazish. Vodorod, Olmos, elementlar shaharchasi kechalarini o’tqazish.
Maktablarda ko'pdan-ko'p o'quvchilar kimyo faniga qiziqyaptilar, ular faqatgina maktab dasturidan emas, balki boshqa adabiyotlardan ilmiy jurnallar, kimyo jurnallaridan keng foydalanmoqdalar. O'quvchilar darslardan keyingi vaqtlarda kimyo kabinetlarida eksperimental tajribalar o'tkazmoqdalar. Shunday o'quvchilar uchun tashkil etilgan fakul'tativ mashg'ulotlar, ularning bilimini, umumiy bilimlarini va qobiliyatlarini oshiradi. Fakul'tativ mashg'ulotlar, o'quv programmasini, o'quv rejalarini o'zgartirmay, darsliklarni mazmunini o'zgartirmay o'quvchilarni ta'lim olishiga qo'shimcha bilimlar kiritilmoqda. Pedagogik kengash har yili o'qituvchi va o'quvchilar tashabbusiga asoslanib va imkoniyatga asoslanib fakul'tativ mashg'ulotlarni belgilaydi. Fakul'tativ kurslarni tasdiqlangan ro'yxati e'lon qilinadi. O'quvchilar qiziqishiga va qobiliyatlariga bog'liq bo'lgan fakul'tativ mashg'ulotlarni tanlab olish huquqiga ega bo'ladi.
Fakul'tativ mashg'ulotlarga guruhlar bir yoki bir necha parallel' bo'lgan sinflardan o'quvchilar yig'iladi. Halq ta'limi bo'limi tavsiyalariga ko'ra fakul'tativ mashg'ulotlarni bir yoki bir necha maktablarning o'quvchilaridan tashkil qilish mumkin.
Har bir fakul'tativ mashg'ulot 35 soatga taqsimlanadi, ya'ni 1 soat haftada 1 yil davomida yoki 2 soat haftasiga yarim yil davomida. Fakul'tativ mashg'ulotlar o'tkazishda ilg'or o'qituvchilar, tajribali mutaxasislar, oliy o'quv yortlari o'qituvchilari, ilmiy xodimlar taklif etilishi mumkin. Fakul'tativ mashg'ulotlarga qabul qilish fakul'tativ olib boruvchi o'qituvchi tomonidan o'tkaziladi va o'quvchi hoxishi hamda sinf rahbari fikrlarini hisobga olib, maktab direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Fakul'tativ mashg'ulotlar o'z jadvaliga ega bo'ladi va faqat darslardan keyin o'tkaziladi. Fakul'tativ mashg'ulotlarni o'tkazish va nazorat qilish maktab direktori va o'quv tarbiya ishlari bo'yicha o'rinbosarlar zimmasiga yuklatiladi. O'quvchilarning mashg'ulotlarga qatnashishi, ularning hosil qilgan bilimi, yutuqlari mashg'ulot oxirida hisobga olinib o'qituvchi tomonidan baholanadi.
O'quvchilar tanlab olish uchun quyidagi fakul'tativ kurslar tavsiya etiladi:
1. Yoqori darajadagi fakul'tativlar.
a) 8 sinf fakul'tativ kursi 68 s;
b) 9 sinf fakul'tativ kursi 68 s;
v) 10-11 sinf fakul'tativ kursi 102 s;
2. Amaliy fakul'tativlar.
a) Kimyoviy tahlil asoslari (9-10) 136 s;
b) Kimyo qishloq xo'jaligida (9-10) 136 s;
v) Sanoatda kimyo (10-11) 102 s;
3. Fakul'tativ maxsus kurslar.
a) Yoqori molekulyar birikmalar(polimerlar)kimyosi (11) 34s;
b) Metallar kimyosi va metallurgiya (9-10) 68s;
v) Biokimyo masalalari (11) 68s;
g) Elementar bioorganik kimyo (11) 68s;
d) Dispers sistemalar va sirt hodisalar haqida ta'limot (10) 68s;
e) Organik birikmalarning fazoviy va elektron tuzilishi (11) 68s
Fakul'tativ mashg'ulotlardagi ish metodi darsdagi ish uslublaridan ancha farq qiladi. Bu metodda ko'proq materialni bayon qilish ma'ruzaga o'xshash bo'ladi, seminar mashg'ulotlar bo'ladi va OO' yurti dasturiga o'xshab ketadi. Ma'ruzalar boshqa uslublardan ustun turib ularni boshqa fakul'tativ kurslarda ham qo'llash mumkin. Fakul'tativ mashg'ulotlarda ko'proq o'quvchilarni mustaqil ishlashlarini ta'minlash kerak. Bunday ishlar sifatida ma'ruzalar, referatlar, konspektlar, jadvallar tayyorlash kabilar kiradi.
Fakul'tativ mashg'ulotlarga tayyorgarlik ko'rishda fakul'tativ kurs metodikasi va kerak bo'lgan dastur va adabiyotlar bilan tanishish kerak. Shundan so'ng o'quvchilar uchun kerak bo'lgan adabiyot yig'ish kerak. O'qituvchi mashg'ulotdan oldin mutaxassislar bilan suhbatlashib, maktabning ishlab chiqarish bazasi bilan tanishishi kerak. Eng muhim ishlardan biri demonstratsiya, ya'ni fakul'tativ kurs o'qituvchisi o'quv fil'mlarga ega bo'lishi kerak.
Fakul'tativ mashg'ulotlar boshlashdan oldin o'qituvchi kimyo xonasida ko'rgazmali qurol, laboratoriya va amaliy mashg'ulotlar o'tish uchun asbob uskunalarni muxayyo etadi.
Organik birikmalarning tuzilishi va xossalari fakul'tativ kursi mavzulari:
1. Organik kimyoda nazariy qarashlar tarixidan qisqa ma'lumotlar 2 s;
2. Atomlar tuzilishi va kimyoviy bog'lanish 24 s;
3. Uglevodorodlar 28 s;
4. Kislorod tutgan organik birikmalar 12 s;
5. Elementorganik birikmalar 2 s;
6. Yoqori molekulyar birikmalar 4 s;
7. Organik kimyo muvaffaqiyatlari. Xulosa. 2 s;
Ja'mi: 74 s;
Dostları ilə paylaş: |