Psevdoxromatik (qalbaki). Ayrim shaffof minerallarning rangi ba'zan xilma-xil bo’lib tovlanib turadi. Bu xodisa suv ustida so’zib yurgan kerosin, yog va neftning xar xil "kamalak" rangidek tovlanib turadigan pardasida ko’rganimizdek bizga tanishdir. Bu shaffof moy po’stining ostki (suvdan ajratib turadigan) va ustki (xavo bilan cheklangan) yuzalaridan qaytgan yorug’lik nurining interferentsiyalanishi bilan bog’liqdir. Masalan: labrador mineralini ma'lum burchakka burab qaraganda ko’k va yashil bo’lib tovlanib - chaqnab turadi. Xuddi shunday limonit minerali (qo’ng’ir temir tosh) ning buyraksimon yuzalarida, gematit minerali (temir yaltirogi) yuzalari binafsha rang va ko’k rang bo’lib tovlanadi.
Minerallarning (tiniqligi) shaffofligi. Moddalarning o‘zidan nur o‘tkazish qobiliyati ularning shaffofligi deb ataladi. Bu xususiyatga qarab tabiatdagi minerallar quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. Shaffof minerallar - tog‘ xrustali, island shpati, topaz va boshqalar .
2 .Yarim shaffof - zumrad, sfalerit, kinovar va boshqa minerallar.
3. Shaffof bo‘lmagan minerallar - pirit, magnetit, grafit va boshqalar
Minerallar chizigining rangi. Ayrim minerallarning rangi, ularning kukunining rangidan farq qiladi. Mineral kukunining rangini sirlanmagan (xira biskvit) chinni taxtachaga chizib aniqlash mumkin.
Ko’pinchalik minerallarning rangi chizigining rangi bilan bir xil bo’ladi. Masalan kinovarning o’zi xam, chizigi (kukuni) xam qizil , magnetitda - qora, lazuritda ko’k va x.k. Tabiatda ma'lum bo’lgan minerallarning rangi va chizigining (kukunining) rangi orasidagi farqni gematitda (mineralning rangi pulat - kulrang, chizigi qizil ), piritda (mineralning rangi jezsariq, chizigi qora) ko’rish mumkin.
Shaffof yoki yarim shaffof rangli minerallar ko’pchiligining chizigi rangsiz (oq ) yoki och rangli bo’ladi. Shuning uchun mineral chizigining rangi shaffof emas yoki yarim shaffof to’q rangli birikmalar uchun katta diagnostik axamiyatga ega.
Tabiatda ko’pincha bir mineralning o’zi gox zich massa, gox kukunsimon massa xolida uchraydi. Shuning uchun ularning rangi xam bir-biridan farq qiladi. Bunga limonitni (temir gidrooksidi) zich massa bo’lgani qora, ko’kunsimon xili esa sargish qo’ng’ir; gematitni (temirning suvsiz oksidi) - kristallangan xillari deyarli qora, ko’kunsimon xili esa tinik qizil va x.k. misol bo’lishi mumkin. Boshqaxollarda minerallarning rangi kristallangan zich massalarida xam, kukunsimon xolatida xam bir xildir. Chizigining rangi aniqlanayotgan mineralning qattiqligi 6 balldan ortik bulmasligi kerak.