1-AMALIY MASHG’ULOT ЖИНС ЯРАТУВЧИ МИНЕРАЛЛАРНИНГ FIZIK XUSUSIYATLARI. ҚАТТИҚЛИГИ ВА УЛАНИШ ТЕКИСЛИГИ.
Маqsаd: mаvzu bo‘yichа umumiy tushunchа bеrish, jins hosil qiluvchi minerallarning kimyoviy tarkibi, yaltiroqligi, tiniqliligi, solishtirma og'irligi, magnitlik xususiyati va tashqi ko'rinishi bilаn tаnishish, bilimlаrni kеngаytirish, mustаhkаmlаsh vа ko‘nikmаlаrni chuqurlаshtirish.
Nazariy asoslar: Kimyoviy elementlar yer po‘stida sof holatda deyarlik uchramaydi, ular doimiy tarkibga ega bo‘lgan kimyoviy birikmalar hosil qiladi. Tarkibi va tuzilishi bir xil bo‘lgan, yer po‘sti ichkarisida va yuzasida sodir bo‘ladigan turli-tuman jarayonlar natijasida hosil bo‘lgan kimyoviy birikmalar hosil qiladi.
Yer qobig‘ining ichida va uning sirtida bo‘lib turadigan xima-xil fizik-kimyoviy va termodinamik jarayonlar natijasida vujudga kelgan tabiiy kimyoviy birikmalar yoki sof tug‘ma elementlar minerallar deb yuritiladi.
Minerallar sun'iy yol bilan ham olinishi mumkin. Yer po‘stining turli qismlarida ma’lum fizik-kimyoviy sharoitlarda-bosim, harorat va turli miqdordagi eritmalar ta'sirida va ishtirokida hosil bo‘lgan minerallar, faqat shu sharoit uchun o‘zgarmas va barqaror hisoblanadi. Ko‘pgina hollarda sharoit o‘zgarishi bilan ular o‘zgaradi yoki yangi sharoitga xos bo‘lgan yangi mineral birikmalarini hosil qiladi.
Minerallar yakka kimyoviy elementdan (oltingugurt, olmos, grafit, sof, tugma, mis) yoki qator elementlarning (kvars, slyuda, ortoklaz) kimyoviy birikmalaridan tashkil topishi mumkin.
Hozirgi vaqtda 5000 dona mineralning nomi ma’lum. Ulardan taxminan 2500 tasi mustaqil minerallar hisoblanadi, qolganlari esa ularning boshqa ko‘rinishlariga yoki sun'iy usul bilan olingan kimyoviy birikmalarga kiradi. Bu minerallarning ko‘pgina qismi yer po‘stida kamdan-kam uchraydi va faqat 50ga yaqini keng tarqalgan va tog‘ jinslarini hosil qiluvchi minerallar hisoblanadi. Tabiatdagi minerallar, asosan qattiq holatda uchraydi, lekin simob, suv va neft kabi suyuq minerallar ham bor. Gazsimon minerallardan esa karbonat angidridi, vodorod sulfidi, sulfid angidrid gazi va boshqalarni misol qilib ko‘rsatish mumkin.
Qattiq minerallarning aksariyat ko‘pchiligi kristall holatida, ozgina qismi esa amorf holatda uchraydi. Kristall va amorf holatlarining farqi shundan iboratki, kristallik minerallardagi ionlar shu jism uchun ma'lum aniq bir tartibda joylashadi va struktura panjarasini hosil qiladi. Amorf minerallarda esa ionlarning joylashishida qonuniy tartib bo‘lmaydi. Kristallik va amorf jismlarning ichki tuzilishidagi bunday farq ularning fizik xossalariga (issiqlik o‘tkazuvchanligi, ulanishi, qattiqligi va boshqalarga) ta'sir o‘tkazadi. Shuning uchun ularni anizotrop minerallar deyiladi. Amorf minerallarda esa ularning fizik xossalari hamma yo‘nalishlar bo‘yicha bir xil bo‘ladi. Bu minerallarizotrop deyiladi.
Minerallar uch, to‘rt, olti qirrali prizmalar yoki piramidalar, boshqalari kublar, oktaedrlar ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Kristallning chegaralanish yuzasi uning yonlari, yonlar kesishgan chiziqni uning qirrasi, qirralar kesishgan nuqtani uning uchi (cho‘qqisi) deyiladi.
Minerallarning muhim fizik xossalarini aniqlashda kimyoviy, termik va boshqa analizlar natijalaridan foydalaniladi. Ularga quyidagilar kiradi: