Morfologik xossalari - kristalli shakllari, ularning tabiiy o'simtalari, agregatlarining to’zilishi, konkretsiyalar, jeodalar, oolitlar.
Optik xossalari - mineral bo'lagining rangi, izining rangi, tiniqligi, yaltiroq ligi.
Mexanik xossalari - mineralning qattiqligi (Moos shkalasi), ulanish tekisligi, sinishi va mo'rtligi.
Kimyoviy xossalari - xlorid kislota bilan o'zaro reaksiyasi, erishi, mazasi va hidi.
Boshqa xossalari - solishtirma og’irligi va magnitlik xususiyati.
Kimyoviy tarkibi va kristall strukturasiga bog’liq ravishda, bunday xususiyatlar xar xil minerallarda turlicha namoyon bo’ladi. Xar qanday mineral o’ziga xos biron bir aloxida xususiyati bilan xarakterlanadiki, ana shu xususiyatga qarab uni doimo boshqa minerallardan ajratib olish mumkin. Quyiga biz muhim diagnostik axamiyatga ega bo’lgan xususiyatlar, minerallarning qiyofasi, shaffofligi, rangi,chizigining rangi (kukunining rangi), yaltiroqligi, ulanish tekisligi, sinishi, qattiqligi, pachoqlanuvchanligi, qayishqoqligi, solishtirma ogirligi, magnit tortishi, radiofaolligi va boshqa xususiyatlari to’grisida to’xtalib o’tamiz.
Minerallarning qiyofasi. Bu xususiyat uning ichki tuzilishi va xosil bo’lish sharoiti bilan bog’liq. Erkin o’sgan anizotrop mineral yaqqol ifodalangan kristallik shaklga ega bo’ladi. Odatda minerallar kristall agregatlar va o’sishmalari ko’rinishida uchraydilar.
Kristall agregatlari deb, minerallarning ichki tuzilishi va fazodagi shakli bilan bog’liq bo’lgan turli shakldagi mineral donalarning yigindisiga aytiladi. Donalarning kattaligini xisobga olib, minerallar yirik donali (donalar kattaligi 5 mm.dan katta), o’rta donali (2-5 mm) va berk kristalli (0,5 mm dan kichik) turlarga bo’linadi. Kristall agregatlari donali, ustunsimon, tolasimon, yapoloq, tangachasimon shakllarda uchraydi.
Minerallar tabiatda druza, konkretsiya, sekretsiya va boshqa ko’rinishlarda uchraydi. Druzalarda - ayrim kristallarning o’sishmalari betartib (qonuniyatsiz) o’sgan. Kristallar bir tomonlari bilan birorta yuzaga maxkamlangan (kvarts, flyuorit). Kristallarning uch tomoni (Ochiq bo’shliq tomonga qarab uchi o’sgan) yaqqol shakllangan. Konkretsiyalar: yumaloq va notugri shakldagi mineral qotishmalari radial yoki puchok xolatda joylashgan.
Oolitlar-kontsentrik-puchqoq tuzilishiga o’xshash bo’lgan no’xotga o’xshash mineral yigindilaridir. Sekretsiyalar-tog’ jinslaridagi bo’shliqlar mineral moddalar bilan to’ldirilganda xosil bo’ladi. Oqma shakllar-ayrim yuzalarni mineral jisnlar asta-sekin qoplashi natijasida xosil bo’ladi. Bunday shakllarning xosil bo’lish jarayonida-kolloid birikmalar asosiy rolni o’ynaydi. Bu xolda kurtaksimon va shingilsimon ko’rinishdagi agregatlar stalaktit va stalagmitlar xosil qiladi.
Mineral moddalarning tolasimon yoriqlarda tez kristallanishidan dendritlar-tolasimon daraxtga o’xshash kristallar xosil bo’ladi.
Psevdomorfozalar - bunday shakllar tog’’ jinslaridagi ayrim minerallar yuvilishidan xosil bo’lgan bo’shliqlar mineral kristallari bilan to’ldirilganda xosil bo’ladi.
Qattiqlik qatori
Mineral nomi
Mineral tarkibi
1
Talk
Mg3[Si4 O10 ][OH]2
2
Gips
CaSO4 2H2O
3
Kalcit
CaCO3
4
Flyuorit
CaF2
5
Apatit
Ca5 [PO4 ]3F
6
Ortoklaz
KAlSi3O8
7
Kvars
SiO2
8
Topaz
Al2 [SiO4 ](F,OH)2
9
Korund
Al2 O3
10
Olmos
S
Minerallarning qattiqligi. Qattiqlik deb, minerallning tashqi mexanik ta'sirga qarshilik ko’rsata olish qobiliyatiga aytiladi. Minerallarni amaliy o’rganishda keng
qo’llaniladigan F.Moos (1773- 1839y.y.) tomonidan ishlab chiqilgan o’n balli shkaladan keng foydalaniladi. Bu usul yordamida minerallning qattiqligini aniqlash uchun qattiqligi ma'lum bo’lgan etalon minerali bilan aniqlanayotgan mineral tirnaladi. F.Moos shkalasining etalonlari sifatida qattiqligi I dan 10 gacha bo’lgan quyidagi minerallar qabul qilingan. Qattiqlikni Moos shkalasi bo’yicha aniqlash nisbiy xarakterga ega. Maxsus qattiqlikni aniqlovchi asboblarda etalon minerallarining qattiqligini aniqlashiga ko’ra kal'tsitning qattiqligi 46 marta, kvartsniki 450 marta, olmosniki 4000 marta tal'knikidan kattadir. Aniqlanayotgan minerallning qattiqligi shu minerallning etalon minerallardan qaysi birini tirnay olishini sinab ko’rish usuli bilan topiladi. Masalan: aniqlanayotgan minerallimiz apatitni (qattiqligi 5) tirnab, o’zi ortoklaz (qattiqligi 6) bilan tirnalsa uning qattiqligini 5 bilan 6 oraligida bo’ladi. Qattiqlikni o`lchaydigan asbob qattiqlik o`lchovi (tverdomer) deyiladi. Uning shkalasida mineralning qattiqlik darajasini juda aniq ko`rish mumkin.
Ayrim hollarda asboblar bo`lmaganida, minerallarning qattiqligini qo`l ostidagi mavjud narsalar yordamida ham aniqlash mumkin. Buning uchun biz yumshoq qalamning qattiqligi 1, tirnoqniki 2-2,5, mis tanganiqi 3, mixniki (temirdan qilingan) 4-4,5, uchli pichoq yoki shisha sinig`iniki 5-6, po`lat egovning qattiqligi 5,5-7 ga tengligini bilishimiz kifoya.