Kirish magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi


Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari



Yüklə 27,34 Kb.
səhifə3/4
tarix21.06.2023
ölçüsü27,34 Kb.
#133408
1   2   3   4
KIRISH

Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Bo‘lajak o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligini oshadi, agar:

  • bo’lajak o’qituvchilarning metodik tayyorgarligini virtual texnologiyalar vositasida takomillashtirish bo’yicha mazmun ochib berilsa;

  • «Informatika» o’quv fanini o’qitishda talabalarning virtual texnologiyalardan foydalanish bo’yicha kompetentligini rivojlantirish bosqichlari ishlab chiqilsa;

  • «Informatika» o’quv fanini o’qitishda bo’lajak o’qituvchilarning virtual texnologiyalardan foydalanish bo’yicha kompetentligini rivojlantirish metodikasi pedagogika, psixologiya va kompyuter texnologiyasining eng so’ngi yutuqlari hisobga olgan holda yaratilsa;

  • «Informatika» o’quv fanini o’qitishda bo’lajak o’qituvchilarning virtual texnologiyalardan foydalanish bo’yicha kompetentligini baholash mezonlari, usullari va vositalari ishlab chiqilsa.

Tadqiqot mavzusi bo’yicha adabiyotlar sharhi (tahlili):
Oliy ta’lim muassasalarida “Informatimka” fanini o’qitish muammolarini A.Abduqodirov [22], M.Aripov [23], U.Begimkulov [24], F.Zakirova [15, 16], M.Lutfullaev [29] va boshqa olimlar o’rganganlar.
Ta’lim tizimi shu jumladan, Oliy ta’lim muassasalarida “Informatika” fanini o’qitishning o’quv-uslubiy va ilmiy jihatlari quyidagi olimlarning tadqiqotlarida yoritilgan:
U.Yu.Yuldashev, R.R.Boqiyev, F.M.Zokirovalar tomonidan kasb-hunar kollejlari uchun “Informatika” darsligi yaratilgan bo’lib, unda o’quv dastur bo’yicha “Informatika” fanining asosiy mazmuni yoritilgan. Hozirgi kunda kasb-hunar kollejlarida “Informatika” fanidan darsliklardan biri sifatida foydalanilmoqda [35].
M.Aripov, A.Haydarovlar tomonidan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun “Informatika asoslari” deb nomlangan o’quv qo’llanmasi yaratilgan. Unda “Informatika” fanining asosiy masalalari bilan birga, qo’shimcha o’rganiladigan dasturiy vositalar haqida ma’lumotlar keltirilgan [23].
U.Yuldashev tomonidan yaratilgan “Informatsionno’e texnologii” deb nomlangan o’quv qo’llanmasida Informatika va Axborot texnologiyalari sohasi masalalari takomillashtirilib, yangi mazmun bo’yicha zamonaviy axborot texnologiyalari keng yoritilgan [35].
Q.Olimovning ilmiy ishlarida maxsus fanlardan o’quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish masalalari yoritilgan bo’lib, unda yangi avlod o’quv adabiyotlariga qo’yiladigan psixologik, pedagogik, uslubiy, sanitariya-gigienik talablar mazmuni keltirilgan [61].
M.Mamarajabovning ilmiy-tadqiqot ishida kasb-hunar kollejlari “Informatika” fanining amaliy dasturiy ta’minot bo’limi mazmuni va o’qitish metodikasi bayon etilgan bo’lib, unda amaliy dasturlar mazmuni va ulardan foydalanish masalalari EXCEL va PowerPoint dasturlari misolida yoritilgan [57].
Ta’lim tizimida masofali o’qitish texnologiyalari va ulardan foydalanish masalalari quyidagi olimlarning tadqiqot ishlarida bayon qilingan:
A.A.Abduqodirov, A.X.Pardaevlar tomonidan yaratilgan “Masofali o’qitish nazariyasi va amaliyoti” deb nomlangan monografiyada masofali o’qitishning paydo bo’lishi, shakllanishi, joriy etilishi, istiqbollari va o’quv-uslubiy vositalari keng bayon etilgan. Unda masofali o’qitishni tashkil qilishda o’quv-uslubiy materiallar yaratish va uni amaliyotga joriy qilish bo’yicha amaliy tavsiyalar keltirilgan [22].
N.Tayloqovning ilmiy-tadqiqot ishlarida o’quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish va ulardan masofali o’qitish tizimlarida foydalanish masalalari yoritilgan [68].
A.A.Andreevning ilmiy-tadqiqot ishlari oliy o’quv yurtlarida masofali o’qitishni tashkil qilish va ularning didaktik asoslariga bag’ishlangan bo’lib, unda masofali o’qitish jarayonida ta’lim oluvchilarga beriladigan didaktik materiallar qanday bo’lishi kerakligi to’g’risida ilmiy xulosalar keltirilgan [36].

Yüklə 27,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin