Makkajo’xori yetishtirish texnalogiyasi.
Dalani tekislash va xaydashga tayyorlash. Makkajo`xoridan mo`l hosil olishda dalaning tekis bo`lishi va uni ekishga to’g`ri tayyorlash juda katta ahamiyatga ega. Chunki o’simlikning butun o’suv davrida qilinadigan ishlar sifati dalaning tekisligiga bog`liq. Yaxshi tekislangan dalalarda makkajo`xorini sifatli qilib ekish va bir tekisda undirib olish mumkin. Shuningdek ekin qator oralig’ini ishlash, sug’orish ishlarining sifati ham dalannig tekisligiga bog`liq. Dala kuzda shudgorlash oldidan tekislanadi. Kuzgi shudgorga ekilganda urug’ uning tabiiy namida ko`karib chiqadi va uzoq vaqtgacha suv talab qilmaydi. Kuzda haydalgan yerning eng muhim ko`rsatkichi uning chuqurligi hisoblanadi. Makkajo`xori ekini ayniqsa yerni haydash chuqurligiga nisbatan taʼsirchan. Chunki uning ildiz sistemasi kuchli rivojlangan. Asosiy ildizlar tuproqning haydov qatlami yuza qismida joylashgan bo`lsa hamki, qolganlari esa 80-110 sm va undan chuqurroq qatlamlargacha kirib boradi. Erta bahorda boronalashini yer sharoitiga qarab tuproqning 8-10 santimetrlik qatlami yetilganda boshlash kerak. Xorazm viloyati kam yomg`ir yog’adigan hududligi sababli, ko`pincha tuproqdagi nam makkajo`xori urug’ining ko’karib chiqishini taʼminlay olmaydi. Shu sababli urug’ni bir tekis undirib olish uchun zapas suvi yoki ekish oldidan shudgorlash paytida olingan egatlardan suv berish lozim. Har ikkala xolatda ham shu yo’l bilan to’plangan tuproqdagi namni saqlab qolish uchun egatlar ustidan ko’ndalangiga borona yurg’iziladi. Shuningdek, yog’in-sochin ko’p bo’lgan yillarda tuproq yetilishi bilan yerni boronalab turish kerak, aks holda tuproqdagi nam u urug’ni ekishga qadar bug’lanib ketishi mumkin. Yerni ekish oldidan ishlash. Ekish oldidan tuproqni ishlash harakteri shudgorning xolatiga bog’liq. Agarda shudgor qilingan dalaning tuprogi zichlashmagan va o’t bosmagan bo’lsa, uni ekishdan 1-2 kun oldin ikki izda boronalash va urug’ ekiladigan kuni molalash mumkin, Mola tuproqning mexanik tarkibiga ko’ra 1-3 marta yurgiziladi. Agarda shudgorlangan dala tuprogi zichlashgan lekin o’t bosmagan bo’lsa, ekish oldidan 10-12 sm chuqurlikda chizellash, borona va mola bostirish bilan cheklansa bo’ladi. Xullas, tuproqni ekish oldidan ishlash dala yuzini tekis, begona o’tlardan toza, tuproqning yuza (8-10 sm) qatlamini yumshoq, donador bo’lishiga va ekilgandaurug’ning tekis ko’karib chiqishini taʼminlashga qaratilgan bo’lishi kerak.
O’g’itlash. Maʼlumki, normal rivojlangan makkajo’xori o’simligi juda ko’p yer ustki massasi va kuchli ildiz sistemasi hosil qiladi. Shuning uchun ham tuproqdan ko’p oziq modda o’zlashtirib oladi. Masalan, 500-700 sentner ko`k massa yoki 60-70 sentner don hosil qilish uchun makkajo’xori tuproqdan 150-180 kg azot, 50-60 kg fosfor va 150 kg kaliy oladi. Buni juda ko’p tajriba maʼlumotlari tasdiqlaydi [5]. Makkajo`xorini ekish bilan bir vaqtda o’g’it berish ham yuqori hosil olishda katta ahamiyatga ega. Makkajo’xorining o’suv davrida kamida ikki marta oziqlantirish lozim. Birinchi marta o’simlik 3-4 barg chiqarganda, ikkinchi marta mumkin qadar kechroq ro’vak chiqarishiga yaqin oziqlantirish zarur. Makkajo`xorini o’g’itlash normasini belgilashda tuproq unumdorligi va mexanik tarkibini albatta xisobga olish lozim.
Dostları ilə paylaş: |